Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 9-sinf Geografiya olimpiada №2 Geografiya olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 9-sinf Geografiya olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 587 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Geografiya olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Qaysi iqtisodiy rayondagi temiryo‘llar hudud bo‘ylab uchburchak shaklida qurilgan? A) Quyi Amudaryo B) Farg‘ona C) Mirzacho‘l D) Toshkent 2 / 25 2. Ushbu rasmda tasvirlangan tepalikning qaysi yonbag‘ri qiya? A) G‘arbiy B) Sharqiy C) Shimoliy D) Janubiy 3 / 25 3. Qanday andozalarda tuzilgan xaritalarda meridianlar bilan parallellar bir-birini 90◦ li burchak ostida kesishadigan to‘g‘ri chiziqlardan iborat to‘r hosil qiladi? A) teng maydonli B) azimutli C) silindrsimon D) konussimon 4 / 25 4. Toshkent viloyatining qaysi tumanlari asosan sabzavot va meva yetishtirishga ixtisoslangan? A) Piskent, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Olmaliq B) Yangiyo‘l, Qibray, Bo‘stonliq, Parkent C) Parkent, G‘azalkent, Angren, Nurobod D) Bekobod, Do‘stobod, Chinoz, Chirchiq 5 / 25 5. Okean suvining sho‘rligi nima bilan uzviy bog‘liq? A) suvo‘tlar va mikroorganizmlar bilan B) suvning harorati bilan C) chuqurligi va maydoni bilan D) tarkibidagi moddalari bilan 6 / 25 6. Mamlakatimizdagi birinchi paxta tozalash zavodi qayerda bunyod etilgan? A) Namangan B) Bekobod C) Toshkent D) Samarqand 7 / 25 7. Cho‘l mintaqasi O‘zbekiston hududining necha foizini tashkil etadi? A) 50% B) 80% C) 70% D) 30% 8 / 25 8. Mamlakatimizdagi 1)furon birikmalari, 2) biokimyo, 3) gidroliz zavodlari joylashgan shaharlarni belgilang? A) Farg‘ona, Yangiyo‘l, Andijon B) Farg‘ona, Andijon, Namangan C) Farg‘ona, Muborak, Navoiy D) Yangiyo‘l, Farg‘ona, Namangan 9 / 25 9. Quydagilardan og‘ir rangli metallar ko‘rsatilgan variantni toping? A) Mis, qalayi, qo‘rg‘oshin, nikel. B) Platina, molibden, nikel, aluminiy. C) Oltin, kumush, platina, uran. D) Volfram, germaniy, rux, magniy. 10 / 25 10. Quyida berilgan variantlarni qaysi birida yurtimizdagi silikat bloklar ishlab chiqariladigan viloyatlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Toshkent, Farg‘ona, Jizzax viloyatlari B) Toshkent, Buxoro, Jizzax viloyatlari C) Xorazm, Buxoro, Farg‘ona viloyatlari D) Xorazm, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari 11 / 25 11. Quydagilardan mamlakatimizdagi mehnatda band aholining 10,9 va 13,4 %i qaysi tarmoqlarda band ekanligini ajrating? 1. Sanoat; 2. Qishloq xo‘jaligi; 3. Savdo va umumiy ovqatlanish; 4. Qurilish; 5. Sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya; 6. Transport va aloqa; 7. Fan, ta`lim, madaniyat va san`at; 8. Boshqaruv tashkilotlari. A) 4.8 B) 1.5 C) 2.6 D) 3.7 12 / 25 12. Quydagilardan Respublikamizda dengiz sathidan 850 metr balanddan o‘tuvchi temir yo‘l o‘zaro bog‘lagan shaharlarni toping.1. Toshkent; 2. Qo‘qon; 3. Boysun; 4. Jizzax; 5. G‘uzor; 6. Namangan; 7. Sherobod; 8. Samarqand. A) 2.6 B) 3.7 C) 4.8 D) 1.5 13 / 25 13. . Quyidagilardan texnika ekinlari ko‘rsatilgan variantni belgilang ? 1.kanop; 2. bug‘doy; 3. sholi; 4. qovun; 5. paxta; 6. arpa; 7. karam; 8. tamaki; 9.pomidor;, 10. tarvuz; 11. suli; 12. beda. A) 1,5,8 B) 2,7,10 C) 4,8,12 D) 3,9,11 14 / 25 14. Turli xildagi elektr stansiyalarning yuqori voltli elektr uzatish liniyalari bilan birlashtirib, bir markazdan boshqarib turishi nima deyiladi? A) Energiya tizimi B) Energetika tizimi C) Energetika tarmog’i D) Energetika manbai 15 / 25 15. Gazni quvurar orqali yuborishdan maqsad nima? A) Isrof bo’lmasligini oldini olish B) Transport xarajatini tejash C) Quruqlik transportida tashib bo’lmasligidan D) Masofa qisqa bo’lishi uchun 16 / 25 16. Mamlakatimizda 11 000 ta ….…, 119 ta……va 1065ta …..… aholi manzillari bor. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlar qo‘yilgan variantni toping? A) Shaharcha, shahar, qishloq B) Qishloq, shahar, shaharcha C) Shahar, qishloq, shaharcha D) Qishloq, shaharcha, shahar 17 / 25 17. Neftni qazib chiqarish xarajati ko’mir qazib chiqarishdan o’rta hisobda qancha kam? A) 3 barobar B) 10 barobar C) 4 barobar D) 2 barobar 18 / 25 18. Alp-Karpat tog’lari qaysi kichik o’lkaga tegishli? A) O’rta Yevropa B) Janubiy Yevropa C) Sharqiy Yevropa D) Shimoliy Yevropa 19 / 25 19. Organizmlar faol bo’lib, yer yuzini egallay boshlaganiga qancha vaqt bo’ldi? A) 550-600 mln yil B) 650-700 mln yil C) 450-500 mln yil D) 350-400 mln yil 20 / 25 20. Bir tonna gaz kondensatidan qancha kg - 1) motor yoqilgisi; 2) sun`iy tola; 3) sun`iy kauchuk olish mumkun? A) 500, 200 60 kg B) 400, 150, 50 kg C) 300, 100, 30 kg D) 350, 120, 40 kg 21 / 25 21. Iliq oqimlarni aniqlang. A) Shimoliy Atlantika, Peru, Antil, Gvineya B) Shimoliy Atlantika, Golfstrim, Antil, Gvineya C) Shimoliy Atlantika, Golfstrim, Antil, Kanar D) Shimoliy Atlantika, Golfstrim, Labrador, Gvineya 22 / 25 22. Zona so’zining ma’nosini aniqlang. A) Yunoncha so’z bo’lib , uzun, cho’zilgan , ensiz yer B) Nemischa so’z bo’lib, uzun, cho’zilgan, ensiz yer C) Lotincha so’z bo’lib, uzun, cho’zilgan , ensiz yer D) Lotincha so’z bo’lib, uzun cho’zilmagan, enli yer 23 / 25 23. O‘zbekiton aholisining jinsiy tarkibida erkaklar va ayollarning ulushi qancha % ni tashkil etadi? A) Erkaklar 52% ni ayollar 48 % ni B) Erkaklar 53% ni ayollar 47 % ni C) Erkaklar 50% ni ayollar 50 % ni D) Erkaklar 48% ni ayollar 52 % ni 24 / 25 24. Afrikada tropic cho’llar materikning necha foizini egallaydi? A) 50 B) 40 C) 30 D) 20 25 / 25 25. Antraktidada muzning o’rtacha qalinligi qancha. A) 3000 m ga yaqin B) 2555 m C) 2000 m ga yaqin D) 2500 m dan ortiq 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6