11-sinf Biologiya olimpiada №2

0

11-sinf Biologiya olimpiada №2

2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar.

1 / 25

1. Genlarning pleyotrop ta’sirida sichqon junining rangi qora bo‘lishi qanday holatdagi genotipga bog‘liq?

2 / 25

2. Tashqi sekretsiya bezlari mahsulotlari keltirilgan qatorni belgilang.

1) insulin; 2) androgen; 3) testosteron; 4) tripsin; 5) timozin; 6) lipaza

3 / 25

3. Pleyotrop (I) va letal (II) genga egaorganizmlarni to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang. 1) qoramollarda oq va qora yungning turlimiqdorda irsiylanishi; 2) gomozigota sariqsichqonlarning o‘limi; 3) to‘q qizil rangnita’minlovchi pigmentga ega o‘simliklarda poyava shoxlarning qizil bo‘lishi

4 / 25

4. Qora kalamushning zigotasi 4 marata meridianal bo`lingandan so`ng uning blastulasidagi blastamerlarida jami xromasomalr soni 2688 taga yetgan bo`lsa, uning tuxum hujayrasidagi xromasomalar sonini aniqlang.

5 / 25

5. Shoxlanmagan(a) va shoxlangan(b) gulpoya ega o`simliklarni aniqlang. 1.yong`oq 2.o`sma 3.sholi 4.bug`doy 5.qamish 6.rediska 7.makkajo`xori

6 / 25

6. Qirqquloqlarning sporofiti uchun xos bo‘lgan (a) va xos bo‘lmagan (b) javobni belgilang. 1) spora hosil qiluvchi bo’rtmachaga ega emas; 2) zigota hosil qiladi; 3) soruslarga ega; 4) yashil, yuraksimon o’simtaga ega; 5) fotosintez qiladi; 6) ildizpoyali o'simlik; 7) ko‘p hujayrali arxegoniyga ega.

7 / 25

7. Ko‘lbuqada ovogenez jarayonida kuzatiladigan hodisalar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? 1) ko‘payish davrida reduplikatsiya sodir bo‘ladi; 2) 4 ta gaploid to'plamga ega hujayra hosil bo‘ladi; 3) hujayralarning 50% i jinsiy Y xromosomaga ega; 4) o‘sish davrida hujayralarda translyatsiya kuzatilmaydi; 5) hujayralarning barchasi jinsiy X xromosomaga ega bo‘ladi; 6) ko‘payish davrida diploid to‘plamga ega hujayralar hosil bo’ladi

8 / 25

8. Qaysi organizmlar postembrional davrda xordaga (a), nerv nayiga (b), jabra yoriqlariga (c) ega bo‘ladi? 1) bakra; 2) xumbosh; 3) lansetnik;4) kvaksha; 5) kashalot; 6) assidiya;7) beluga; 8) tikandum

9 / 25

9. Translatsiya va transkripsiya jarayoni sitoplazmada kechuvchi organizmlarni ko`rsating. 1.xrokok 2.usneya 3.nostok 4.temir bakteriyasi 5.klodoniya 6.amyoba 7.tripanasoma 8.ossilatoriya

10 / 25

10. Quyidagi belgilardan qaysilarini genotipni fenotipga qarab aniqlab bo`lmaydi? 1.oddiy dukkali doni burishgan no`xat 2.qizil gulli nomozshom gul 3.gulsimon tojli xo`roz 4.qizil donli bug`doy 5.tovuq patini oq bo`lishi

11 / 25

11. Selluloza qobig`iga ega bo`lgan organizmga zarar keltiruvchi eukariot(a) va prokariot(b) organizmni ko`rsating. 1.gommoz bakteriyasi 2.vertitsil qo`zg`atuvchisi 3.qorakuya zamburug`i 4.bo`rtma nemotoda 5.agrobakterium 6.zang kasalligini qo`zg`atuvchisi 7.temir bakteriyasi

12 / 25

12. Oziq zanjirida vidra(yirtqich hayvon),baliq, qisqichbaqasimonla va suv o`tlari bor. 2-chi tartib konsumentlarining biomassasi 320kg bo`lsa, oziq zanjiridagi barcha komponentlari iste`mol qilgan oziqning umumiy biomassasini aniqlang.

13 / 25

13. Noto‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. 1) 89 ta peptid bog‘iga ega oqsil sintezida qatnashgan i-RNK da 266 ta nukleotid bo‘ladi; 2) 210 ta nukleotiddan iborat i-RNK asosida sintezlangan oqsil molekulasida 70 ta aminokislota bo'ladi; 3) 120 ta dezoksiriboza molekulasi bo‘lgan i-RNK dan 39 ta peptid bog'li oqsil molekulasi hosil bo‘ladi; 4) 360 ta nukleotiddan iborat DNK dan 180 molekula ribozaga ega i-RNK hosil bo‘ladi

14 / 25

14. Gullari mayda,to`g`ri ikki jinsli yoki bir jinsli, rangsiz rovaksimon to`pgulga yig`ilgan oilani ko`rsating.

15 / 25

15. Shoxlanmagan gulpoya ega bo`lgan o`simliklarni aniqlang. 1.qashqarbeda 2.bodiyon 3.o`sma 4.nok 5.bug`doyiq 6.oqqayin 7.sholi

16 / 25

16. Quyidagi hodisalarning qaysi biri tarixiy usulyordamida o‘rganiladi? 1) delfin va ixtiyozavrning tana shaklining o’xshashligi; 2)ko’k-yashil suvo’tlarini kelib chiqishi; 3) akula va ixtiyozavrning tana shaklini o’xshashligi; 4) xaltali va yo’ldoshli sutemizuvchilarning kelib chiqishi

17 / 25

17. Barbadenze g‘o‘zasida urug'lanish natijasida bir nechta zigota hosil bo‘ldi. Zigotalardagi xromosomalarning umumiy soni 6240 ta bo'lsa,tuxum hujayrani urug'lantirishda ishtirok etgan spermiylar sonini toping.

18 / 25

18. Meyoz bosqichlari yakuni uchun mos holatlarnibelgilang. 1) telofaza II; 2) anafaza I; 3) metafaza II;a) diploid to'plarndagi xromosomalardaikkitadan xromatida bo'ladi; b) gaploidto‘plamdagi xromosomalarda ikkitadanxromatida bo‘ladi; c) gaploid to'plarndagixromosomalarda bittadan xromatida bo'ladi;d) diploid to'plarndagi xromosomalarda bittadanxromatida bo'ladi

19 / 25

19. Emuni embrional rivojlanishiga xos bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1.ektoodermadan nerv nayi, teri epiteliysini rivojlanishi 2.biogenetik qonuni asosida murtak varaqasini hosil bo`lishi 3.orgonagenez jarayonidan oldigi bosqich blastula hosil bo`lishi bilan tugiydi 4.maydalanish bosqichidan keyin o`zak organlar majmuasi hosil bo`ladi. 5.endoderma qavati hujayralarni qat-qat bo`lib joylishi natijasida hosil bo`ladi 6.hujayralarni biokimyoviy va morfologik jihatdan ixtisoslashi kuzatiladi

20 / 25

20. Ekologik piramidani bug’doy-pashsha-kaltakesak-lochin tashkil etadi. Geterotroflarning umumiy massasi 2442 kg ni tashkil qilsa, produtsent va III darajali konsumentning umumiy biomassasini aniqlang.

21 / 25

21. Quyidagi belgilardan qaysilarini genotipni fenotipga qarab aniqlab bo`ladi? 1.oddiy dukkali doni burishgan no`xat 2.qizil gulli nomozshom gul 3.gulsimon tojli xo`roz 4.qizil donli bug`doy 5.tovuq patini oq bo`lishi

22 / 25

22. Qizil va oq donli bug`doylar o`zaro chatishtirilganda F1 da pushti, F2 da esa qizil, och qizil, pushti, och pushti va oq donli bug`doylar olingan bo`lsa. F2 da olingan avlodlarning necha foizi taxliliy chatishtirilganda ajralish ro`y beradi?

23 / 25

23. Kakku (a) va salamandra (b) embrional rivojlanish davriga xos ma’lumotlarni aniqlang. 1) urug‘lanish ichki; 2) gastrulatsiya blastulaning qat-qat joylashuvi hisobiga bo‘ladi; 3) 2 marta ekvatorial bo'linishdan so‘ng 64 ta blastomer hosil bo'ladi; 4) urug‘lanish tashqi; 5) 3 marta meridinal bo'linishdan so'ng 16 ta hujayra hosil bo‘ladi; 6) maydalanish blastulaning hosil bo'lishi bilan tugallanadi

24 / 25

24. Postembranal davri to`gri kechuvchi(a) va to`g`ri kechmaydigan(b) organizmlarni ko`rsating. 1.kolorada qo`ng`izini barg ostiga tuxum qo`yishi 2.yomg`ir chuvalchangini tuxum qo`yishi 3.o`rgimchakni tuxumini pilla ichiga qo`yishi 4.kurapatkani rangi yozda qo`ng`ir bo`lishi qishda oq rangda bo`lishi 5.tut ipak qurtini pillaga o`ralishi 6.asal arini tuxumini mumdan yasalgan katakchalarga qo`yishi

25 / 25

25. G`o`za, bug`doy, askarida, yomg`ir chuvalchangi kabi organizmlarning poliploid turlarini uchrashi qaysi hodisaga kiradi?

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Iltimos, reklama blokeringizni o’chiring!

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0