Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 11-sinf Biologiya olimpiada №2 Biologiya olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 11-sinf Biologiya olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 188 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 11-sinf Biologiya olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Genlarning pleyotrop ta’sirida sichqon junining rangi qora bo‘lishi qanday holatdagi genotipga bog‘liq? A) aa B) Aa C) AA D) AA, aa 2 / 25 2. DNK fragmentida jami 1632 ta vodorod bog‘i mavjud bo‘lib, ushbu DNK fragmentining uzunligi 231,2 nm teng. Ushbu DNK fragmentidagi adenin nukleotidlari sonini aniqlang. A) 125 B) 408 C) 510 D) 340 3 / 25 3. Ko‘lbuqada ovogenez jarayonida kuzatiladigan hodisalar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? 1) ko‘payish davrida reduplikatsiya sodir bo‘ladi; 2) 4 ta gaploid to'plamga ega hujayra hosil bo‘ladi; 3) hujayralarning 50% i jinsiy Y xromosomaga ega; 4) o‘sish davrida hujayralarda translyatsiya kuzatilmaydi; 5) hujayralarning barchasi jinsiy X xromosomaga ega bo‘ladi; 6) ko‘payish davrida diploid to‘plamga ega hujayralar hosil bo’ladi A) 1, 5 B) 3.6 C) 4, 5 D) 2, 4 4 / 25 4. Gullari mayda,to`g`ri ikki jinsli yoki bir jinsli, rangsiz rovaksimon to`pgulga yig`ilgan oilani ko`rsating. A) tokdosh B) ituzumdosh C) ra`nodosh D) qovoqdosh 5 / 25 5. Noto‘g‘ri rivojlanuvchi umurtqasiz (a) va to‘g‘ri (b) rivojlanuvchi umurtqali organizmlarni aniqlang. 1) ildam kaltakesak; 2) karam kapalagi; 3) planariya; 4) ko‘l baqasi; 5) chuchuk suv gidrasi; 6) baqachanoq; 7) yashil qurbaqa; 8) chittak A) a-2, 6; b-3,5 B) a-2, 5; b-1, 3 C) a-4, 7; b-1, 8 D) a-2, 6; b-1,8 6 / 25 6. Kakku (a) va salamandra (b) embrional rivojlanish davriga xos ma’lumotlarni aniqlang. 1) urug‘lanish ichki; 2) gastrulatsiya blastulaning qat-qat joylashuvi hisobiga bo‘ladi; 3) 2 marta ekvatorial bo'linishdan so‘ng 64 ta blastomer hosil bo'ladi; 4) urug‘lanish tashqi; 5) 3 marta meridinal bo'linishdan so'ng 16 ta hujayra hosil bo‘ladi; 6) maydalanish blastulaning hosil bo'lishi bilan tugallanadi A) a-1, 5; b-4, 6 B) a-1, 3; b-4, 5 C) a-1, 2; b-3, 6 D) a-3, 6; b-1, 4 7 / 25 7. Quyidagi belgilardan qaysilarini genotipni fenotipga qarab aniqlab bo`lmaydi? 1.oddiy dukkali doni burishgan no`xat 2.qizil gulli nomozshom gul 3.gulsimon tojli xo`roz 4.qizil donli bug`doy 5.tovuq patini oq bo`lishi A) 1.4 B) 1.3 C) 2.5 D) 2.4 8 / 25 8. Ekologik piramidani g’oza-chivin-kaltakesak-lochin tashkil etadi. II va III darajali konsumentlarning umumiy massasi 132 kg ni tashkil qilsa, umumiy biomassani aniqlang. A) 13300 B) 13232 C) 13332 D) 13200 9 / 25 9. Qizil va oq donli bug`doylar o`zaro chatishtirilganda F1 da pushti, F2 da esa qizil, och qizil, pushti, och pushti va oq donli bug`doylar olingan bo`lsa. F2 da olingan avlodlarning necha foizi taxliliy chatishtirilganda ajralish ro`y beradi? A) 37.5 B) 62.5 C) 75 D) 50 10 / 25 10. Quyidagi hodisalarning qaysi biri tarixiy usulyordamida o‘rganiladi? 1) delfin va ixtiyozavrning tana shaklining o’xshashligi; 2)ko’k-yashil suvo’tlarini kelib chiqishi; 3) akula va ixtiyozavrning tana shaklini o’xshashligi; 4) xaltali va yo’ldoshli sutemizuvchilarning kelib chiqishi A) 2; 3 B) 3; 4 C) 2; 4 D) 1; 2 11 / 25 11. Qirqquloqlarning sporofiti uchun xos bo‘lgan (a) va xos bo‘lmagan (b) javobni belgilang. 1) spora hosil qiluvchi bo’rtmachaga ega emas; 2) zigota hosil qiladi; 3) soruslarga ega; 4) yashil, yuraksimon o’simtaga ega; 5) fotosintez qiladi; 6) ildizpoyali o'simlik; 7) ko‘p hujayrali arxegoniyga ega. A) a-1,6 b-2,4 B) a-5,7 b-3,4 C) a-2,7 b-3,4 D) a-3,6 b-1,2 12 / 25 12. Barbadenze g‘o‘zasida urug'lanish natijasida bir nechta zigota hosil bo‘ldi. Zigotalardagi xromosomalarning umumiy soni 6240 ta bo'lsa,tuxum hujayrani urug'lantirishda ishtirok etgan spermiylar sonini toping. A) 180 B) 120 C) 240 D) 360 13 / 25 13. Ekologik piramidani bug’doy-pashsha-kaltakesak-lochin tashkil etadi. Geterotroflarning umumiy massasi 2442 kg ni tashkil qilsa, produtsent va III darajali konsumentning umumiy biomassasini aniqlang. A) 22220 B) 22222 C) 22022 D) 24442 14 / 25 14. Shoxlanmagan(a) va shoxlangan(b) gulpoya ega o`simliklarni aniqlang. 1.yong`oq 2.o`sma 3.sholi 4.bug`doy 5.qamish 6.rediska 7.makkajo`xori A) a-3,4 b-1,2 B) a-2,6 b-3,5 C) a-4,5 b-6,7 D) a-2,3 b-1,7 15 / 25 15. G`o`za, bug`doy, askarida, yomg`ir chuvalchangi kabi organizmlarning poliploid turlarini uchrashi qaysi hodisaga kiradi? A) genotipik-rekombinativ B) fenotipik-ontogenetik C) fenotipik-modifikatsion D) genotipik-mutatsion 16 / 25 16. Leyshmanioz kasalligi qo‘zg’atuvchisini tarqatuvchi organism haqidagi to‘g‘ri fikrlarni belgilang. a) xivchinlari yordamida harakatlanadi; b) qon so‘ribparazitlik qiladi; c) odamlarning yassi qoplovchi to‘qimasiostida parazitlik qiladi; d) chivinga o‘xshash maydahasharot; e) tanasidagi keyingi qanotlari rudimentar holatda;f) cho‘llardagi kemiruvchilar inida ko‘p uchraydi. A) c, e, f B) a, c, d C) a, b, c D) b, d, f 17 / 25 17. Translatsiya va transkripsiya jarayoni sitoplazmada kechuvchi organizmlarni ko`rsating. 1.xrokok 2.usneya 3.nostok 4.temir bakteriyasi 5.klodoniya 6.amyoba 7.tripanasoma 8.ossilatoriya A) 2,3,4 B) 4,7,6 C) 6,7,2 D) 1,4,8 18 / 25 18. Quyidagi belgilardan qaysilarini genotipni fenotipga qarab aniqlab bo`ladi? 1.oddiy dukkali doni burishgan no`xat 2.qizil gulli nomozshom gul 3.gulsimon tojli xo`roz 4.qizil donli bug`doy 5.tovuq patini oq bo`lishi A) 1.3 B) 2.5 C) 2.4 D) 1.4 19 / 25 19. Shoxlanmagan gulpoya ega bo`lgan o`simliklarni aniqlang. 1.qashqarbeda 2.bodiyon 3.o`sma 4.nok 5.bug`doyiq 6.oqqayin 7.sholi A) 1,4,6 B) 4,5,7 C) 2,3,5 D) 2,4,6 20 / 25 20. Odam organizmidagi anatomik(a) va gistologik(b) belgilarni ajrating. 1.teri epiteliysi yassi shaklda bo`lib, ko`p qavatli bo`ladi 2.tukli epiteliy burun bo`shli`gida, kubsimon epiteliy buyraklarda joylashgan 3.tikuvchi skelet muskuli sonda joylashgan 4.suyakni 33% osseinlar tashkil qiladi 5.qalqon orqa bezi qalqonsimon bezning orqa yuzasiga yopishib turadi 6.tiroksinning 65% dan ko`prog`I yod moddasidan iborat A) a-1,5,6 b-2,3,4 B) a-2,3,4 b-1,4,6 C) a-3,4,5 b-1,2,6 D) a-2,4,6 b-1,3,5 21 / 25 21. Qaysi organizmlar postembrional davrda xordaga (a), nerv nayiga (b), jabra yoriqlariga (c) ega bo‘ladi? 1) bakra; 2) xumbosh; 3) lansetnik;4) kvaksha; 5) kashalot; 6) assidiya;7) beluga; 8) tikandum A) a - 3; b - 2,3 ; с - 4, 5 B) a - 1, 7; b - 3; с -, 8 C) a - 1,3 ; b - 6; с - 5, 8 D) a - 4, 6; b - 3, 5;с – 2 22 / 25 22. Noto‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. 1) 89 ta peptid bog‘iga ega oqsil sintezida qatnashgan i-RNK da 266 ta nukleotid bo‘ladi; 2) 210 ta nukleotiddan iborat i-RNK asosida sintezlangan oqsil molekulasida 70 ta aminokislota bo'ladi; 3) 120 ta dezoksiriboza molekulasi bo‘lgan i-RNK dan 39 ta peptid bog'li oqsil molekulasi hosil bo‘ladi; 4) 360 ta nukleotiddan iborat DNK dan 180 molekula ribozaga ega i-RNK hosil bo‘ladi A) 2 ,3 B) 2, 4 C) 1, 3 D) 1, 4 23 / 25 23. Meyoz bosqichlari yakuni uchun mos holatlarnibelgilang. 1) telofaza II; 2) anafaza I; 3) metafaza II;a) diploid to'plarndagi xromosomalardaikkitadan xromatida bo'ladi; b) gaploidto‘plamdagi xromosomalarda ikkitadanxromatida bo‘ladi; c) gaploid to'plarndagixromosomalarda bittadan xromatida bo'ladi;d) diploid to'plarndagi xromosomalarda bittadanxromatida bo'ladi A) 1-c; 2-a; 3- b B) 1-a; 2-c; 3-d C) 1-d; 2-b; 3-a D) 1-c; 2-d; 3- b 24 / 25 24. Emuni embrional rivojlanishiga xos bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1.ektoodermadan nerv nayi, teri epiteliysini rivojlanishi 2.biogenetik qonuni asosida murtak varaqasini hosil bo`lishi 3.orgonagenez jarayonidan oldigi bosqich blastula hosil bo`lishi bilan tugiydi 4.maydalanish bosqichidan keyin o`zak organlar majmuasi hosil bo`ladi. 5.endoderma qavati hujayralarni qat-qat bo`lib joylishi natijasida hosil bo`ladi 6.hujayralarni biokimyoviy va morfologik jihatdan ixtisoslashi kuzatiladi A) 5.6 B) 2.3 C) 3.4 D) 2.5 25 / 25 25. Selluloza qobig`iga ega bo`lgan organizmga zarar keltiruvchi eukariot(a) va prokariot(b) organizmni ko`rsating. 1.gommoz bakteriyasi 2.vertitsil qo`zg`atuvchisi 3.qorakuya zamburug`i 4.bo`rtma nemotoda 5.agrobakterium 6.zang kasalligini qo`zg`atuvchisi 7.temir bakteriyasi A) a-1,5 b-,2,6 B) a-3,4 b-1,5 C) a-5,7 b-3,6 D) a-1,7 b-2,4 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz