On tili va adabiyot attestatsiya №11 Iyul 12, 2022Iyul 12, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan On tili va adabiyot attestatsiya №11 ga fikr bildirilmagan. 0% 15 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №11 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Boshni fido ayla ato qoshig`a Jismni qil sadqa ano boshig`a. Ushbu misralar Navoiyning qaysi dostonidan olingan? A) “Saddi Iskandariy” B) “Farhod va Shirin” C) “Layli va Majnun” D) “Hayrat-ul abror” 2 / 40 2. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Ular bilan xozir, o'smirlik chog'idayoq, qudratli qanot paydo qilayotibdi B) Manzilga yetkach, sen bilan alohida gaplashaman C) Vaholanki, til davlat miqyosida keng qo'llansagina, milliy til bo'lib qoladi va ravnaq topadi D) Orada qancha zamonlar o'tdi, uning nomini faxr bilan tilga olayapmiz 3 / 40 3. Menga qulluq qilma, Yurt tuprog‘in o‘p, Unga qullar emas, fidolar kerak. Uning senu mendek shoirlari ko‘p, Buyuk elga endi daholar kerak. Qaysi javobda ushbu misralar muallifining hayoti va ijodi haqida ma`lumot berilgan? A) Dantening “Ilohiy komediya” asarini tarjima qilgan. B) Zamonaviy va tarixiy mavzularda drama yozgan. C) Uning ilk kitobi “Ona yer ” deb nomlangan. D) muallim oilasida dunyoga kelgan. 4 / 40 4. Berilgan misralarning qaysi birida tardi aks san`ati qo`llangan? A) Ko`z yoshim tuproq ila gar qotila Kelmagayman javridin haqqo tila B) Kuchum yetguncha ko`p qildim vafolar Vafoli qulni asrar podshohlar podshohlar C) Zulfung cheriki jamol mulkin, Oldi ko`zing ittifoqi birla D) Menga dushvor erur sensiz tirilmoq, Senga men bo`lmasam ey jon, ne g`amdur 5 / 40 5. Qaysi gapda ham tub, ham yasama mavhum otlar ishtirok etgan? A) Yalqovlik muhtojlikka olib keladi. B) Hayo qalbning haqiqiy oynasidir. C) Hunaringni ishga solib did bilan chiroyli bino solib bersalaring, bas. D) Vatanimga qaytgach, vujudimni quvonch, shukronalik hislari chulg’ab oldi. 6 / 40 6. Berilgan qo`shimchalardan nechtasi faqat lug`aviy shakl yasovchi qo`shimcha hisoblanadi? -la, - (i)b – ta, - tacha, - roq, - mtir, - gach, - niki, - cha, - xon A) 8 ta B) 5 C) 6 ta D) 7 ta 7 / 40 7. Kardiogramma so’zida nechanchi bo’g’inga urg’u tushadi? A) to’rtinchi bo’g’inga B) beshinchi bo’g’inga C) uchinchi bo’g’inga D) ikkinchi bo’g’inga 8 / 40 8. Nahot mening yuragimni zanglatguvchi – sen, Ko`klam oshiq gulzorimni sarg`aytguvchi – sen. (H.Xudoyberdiyeva) Yuqoridagi misrada qatnashgan shakl yasovchi qo`shimchalar miqdori? A) 7 ta B) 9 ta C) 10 ta D) 6 ta 9 / 40 9. Qaysi javobdagi gapda barcha so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) Shu chog‘ xonaga Nozimjon otilib kirdiyu, uning yoqasiga yopishdi. B) Hozir unga juda alam qilardi, ammo kimga zahrini sochishni bilmasdi. C) Hammasiga shu kalondimoq aybdor, – deb o‘yladi ichida. D) Bu hayolparast bolaning qo‘lidan hech kitob tushmasdi. 10 / 40 10. Bir odam tovusning tumshug‘i bilan qanotlaridagi go‘zal, yaltiroq patlarni yulayotganini ko‘rib qoldi. Chidolmay so‘radi: – Ey go‘zal qush! Gunoh emasmi, shunday chiroyli, rang-barang patlaringni yulib tashlayapsan. Holbuki, sening go‘zalliging shu patlaringdir. Hamma shu patlaringdan yelpig‘ich qilish, ularni kitob sahifalari orasiga qo‘yishni o‘ylaydi, sen esa nima qilyapsan? Tovus javob berdi: – To‘g‘ri, lekin bu patlar mening jonimdan aziz emas. Chunki bu patlar tufayli meni ovlashadi, jonimga qasd qilishadi. Jon omon qolishi uchun xunuk bo‘lishim kerak. Ushbu matn haqidagi noto’g’ri mulohazani aniqlang. A) Tovus go’zallik uchun o’zini qurbon qilmoqchi. B) Tovusning go’zalligi o’ziga dushman. C) Odamlar jonzotlarga nisbatan shafqatsiz. D) Odamlar tovuslarni yeyish uchun ovlamaydi. 11 / 40 11. O’sha kuni bu gapni eshitgan ukam toza asabiylashdi. Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub so’zlar nechta? A) 3 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 6 ta 12 / 40 12. U nimadir: hammada bor, biroq hech kim yodga olmaydi? Ushbu gapdagi olmoshlar va ularning ma`no turini aniqlang. A) 4 ta: kishilik, so’roq, belgilash va bo’lishsizlik olmoshlari B) 4 ta: ko’rsatish, gumon, belgilash, bo’lishsizlik C) 3 ta: kishilik, gumon, bo’lishsizlik D) 4 ta: ko’rsatish va so’roq olmoshlari 13 / 40 13. Qaysi qatorda sinonim so’zlar xato berilgan? A) dastur-reja B) xor-zor C) et-go’sht D) nasim-yel 14 / 40 14. Bu qadar past bino deb o’ylamagan edim. Gapda qo’llangan sifat turkumiga mansub so’z haqidagi to’g’ri mulohazani belgilang. A) nisbiy, sodda yasama, oddiy daraja B) asliy, soda tub sifat, ozaytirma darajada C) asliy, sodda tub sifat, oddiy darajada D) nisbiy, sodda tub sifat, ozaytirma darajada 15 / 40 15. Qaysi qatordagi barcha so’zlar to’g’ri yozilgan? A) tatbiq, tadqiq, krepdeshin, keldiku B) hasharot, naqarot, talafot, imtixon C) fojia, xohlamoq, tarozi, shukur D) shukr, ozmuncha, biroz,ma`sul, yashang-e 16 / 40 16. Bu romanda insonning hayotdagi o`rni undan talab etiladigan fidoiylik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik, xususuiyatlari to`g`risida keng mushohada yuritiladi. Qaysi asar to`g`risida ? A) “Zulmat ichra nur” B) “Abadiyat qonuni” C) “O`zbekiston” qasidasi D) “Hellados” 17 / 40 17. Uning hikoyalari chiqqan jurnallar, gazetalar qo`lma -qo`l bo`lib ketardi. Romanlarini o`qish uchun navbat kutib turganlarning sanog`iga yetib bo`lmasdi. Chunki adib inson ruhining sirli va nozik jihatlarini chuqur ta`sirli va haqqoniy aks ettirardi. Ushbu tarif kim haqida ? A) Xudoyberdi To`xtaboyev B) Abdulla Qodiriy C) Abdulla Qahhor D) Ernest Seton Tompson 18 / 40 18. T va d tovushlarining birlashtiruvchi belgilarini toping. 1) til oldi; 2) portlovchi; 3) jarangsiz; 4) sirg’aluvchi; 5) jarangli. A) 1,2,3 B) 1.2 C) 1,3,4,5 D) 2.3 19 / 40 19. Qo’shimcha qo’shilishi bilan asosida tovush almashishi bo’ladigan so’zlar qatorini toping. A) past, terak B) qayir, qalb C) o’rin, gurs D) tara, sovi 20 / 40 20. Har ikkala qismi ham yasama so’zdan iborat juft sifatlarni toping. 1) ilmiy-ommabop; 2) aqlli-hushli; 3) uyma-uy; 4) meva-chevali; 5) qishin-yozin. A) 1,2,5 B) 1,3,5 C) 2,4,5 D) 1.2 21 / 40 21. “Turon” nomli jamiyat ochgan va shu jamiyat qoshida shu nomli teatr tashkil qilgan shoir kim? A) Oybek B) Mirmuhsin C) Hamza D) Avloniy 22 / 40 22. Yasalish asosi yasama so’z bo’lgan faoliyat- jarayon otini belgilang. A) ko’rik B) ezmalik C) ustachilik D) terimchi 23 / 40 23. Qish oqshomi derazamga urilar kumush. Ma`no ko’chish turini aniqlang. A) sinekdoxa B) metonimiya C) vazifadoshlik D) metafora 24 / 40 24. Hujjatli qissa yozgan adib haqida qaysi qatorda ma`lumot berilgan? A) Urush yillarida “Shodligim”, “Tabassum” nomli kitoblari nashr etilgan. B) Mustaqillik yillarida “Adolat manzili” nomli romanini yozgan C) Ilk asari “Studentlar” nomi bilan nashr etilgan D) Romani 24 tilga tarjima qilinib, Janni Rodari tahsiniga sazovor bo’lgan 25 / 40 25. Qaysi gapda yasalish asosi yasama sifat bo’lgan ot ishtirok etgan? A) Bo’ron tinimsiz guvullab turganida yonginadagi arava tagidan o’tib, Zavrak bilan Zulfiqor emaklab kirib kelishdi. B) Eshkakchilar ham ajblanib, bola ko’rsatgan tomonga qarashdi. C) U qisiq ko’zlari bilan dengiz ufqiga boqar ekan, shodligini yashirolmay toqatsizlanayotgan bolaning holatini ham sezib turardi. D) Garchi bu ishga o’ta sezgirlik bilan yondashgan bo’lsa ham, natijasidan biroz cho’chib turardi. 26 / 40 26. Aytishlaricha, Iskandar taxtga o’tirgach, jahonda u tasarruf qilmagan joy qolmadi. Dunyoning barcha shohlari uning qulllug;ini ado etishni o’zlariga sharaf deb bildilar. Yetti iqlim dur-u javohirlari uning xazinasi sari oqib keldi. Yurti obod, xalqi farovon bo’ldi. Dunyoning jami oqil-u donishmandlarini jam etdiki, barcha ilm-u ma`rifat sirlari u uchun ayon bo’ldi. Shunday jahongir shoh ajal oldida ojiz qolib vasiyat qiladi: “ Meni ko’mish uchun qabristonga olib borayotganda tobutdan bir qo’limni tashqariga chiqarib qo’ying, toki unga boqqan kishilar yeti iqlimni olgan, yeti falak mushkulini hal qilgan qudratli hukmdor oxir oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo’l bilan u dunyoga ketayotganini ko’rsinlar. So’nggi yo’lga ketar ekanman, istaymanki, menday jahongirning dunyodan quruq qo’l bilan ketayotgani mol-dunyo to’plashga ruju qo’ygan odamlar uchun ibrat bo’lsin”. Iskandardek qudratli shohning mol-u mulki o’ziga vafo qilmadi, ammo uning adli, ilm-u urfoni tillarda doston bo’lib qoldi, zero insonning umri davomida to’plagan mol-u dunyosi bebaqodir. Undan faqat ezgu amallargina yodgor bo’lib qoladi. Matndagi tagiga chizib ko’rsatilgan so’zlardan birortasining ham ma`nosiga mos kelmaydigan izohni aniqlang. A) Egalik qilmagan, ixtiyoriga oolmagan, xo’jayinlik qilmagan. B) Faxr, iftixor, faxrlanishga arziydigan narsa C) Koinot, olam, falak, osmon D) Obod, yashnagan, baxtiyor 27 / 40 27. Quyidagi ruboiyda qo’llangan she`riy san`atni toping. Ko’z birla qoshing yaxshi, qabog’ing yaxshi, Yuz birla so’zing yaxshi, dudog’ing yaxshi. Eng birla menging yaxshi, saqog’ing yaxshi, Bir- bir ne deyin, boshdin ayog’ing yaxshi. A) tajnis B) tanosub C) irsoli masal D) talmeh 28 / 40 28. “…jurnalist do`stim bor. Juda dilkash yigit. Faqat doim shoshib yuradi ” ushbu tarif “Dunyoning ishlari” qissasidan qaysi hikoyadan olingan? A) “Oy quyoshdan nur oladi” B) “Pistachi” C) “Havas” D) “Kaltakesakning dumi” 29 / 40 29. Men ketgan so’ng uydan chiqib o’tirma, Do’st yig’latib, dushmanimni kuldirma. Berilgan qo’shmisrada qaysi kelishik shakllari ham belgili, ham belgisiz qo’llangan? A) tushum B) chiqish C) chiqish va tushum D) qaratqich 30 / 40 30. Aytishlaricha, Iskandar taxtga o’tirgach, jahonda u tasarruf qilmagan joy qolmadi. Dunyoning barcha shohlari uning qulllug;ini ado etishni o’zlariga sharaf deb bildilar. Yetti iqlim dur-u javohirlari uning xazinasi sari oqib keldi. Yurti obod, xalqi farovon bo’ldi. Dunyoning jami oqil-u donishmandlarini jam etdiki, barcha ilm-u ma`rifat sirlari u uchun ayon bo’ldi. Shunday jahongir shoh ajal oldida ojiz qolib vasiyat qiladi: “ Meni ko’mish uchun qabristonga olib borayotganda tobutdan bir qo’limni tashqariga chiqarib qo’ying, toki unga boqqan kishilar yeti iqlimni olgan, yeti falak mushkulini hal qilgan qudratli hukmdor oxir oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo’l bilan u dunyoga ketayotganini ko’rsinlar. So’nggi yo’lga ketar ekanman, istaymanki, menday jahongirning dunyodan quruq qo’l bilan ketayotgani mol-dunyo to’plashga ruju qo’ygan odamlar uchun ibrat bo’lsin”. Iskandardek qudratli shohning mol-u mulki o’ziga vafo qilmadi, ammo uning adli, ilm-u urfoni tillarda doston bo’lib qoldi, zero insonning umri davomida to’plagan mol-u dunyosi bebaqodir. Undan faqat ezgu amallargina yodgor bo’lib qoladi. Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to’g’ri davom ettirilgan? Shoh Iskandar… A) Umrining so’ngida bu dunyoning o’tkinchi , bevafo ekanligini anglab yetibdi. B) Umrining so’ngida dunyoning ko’plab xalqlarini o’ziga tobe qilganidan g’ururlanibdi. C) Bitmas xazina, ko’p boylik o’z hayotining asosiy mazmuni ekanligini tushunibdi. D) O’z xazinalari, boyliklari bilan birga ko’mishlarini vasiyat qilibdi. 31 / 40 31. Qaysi gapda paronimlarni qo’llash bilan bog’liq xatolik uchraydi? A) Esi past odamning dimog’I baland bo’ladi. B) O’choqdagi lahja cho’g’ hali sovimagan. C) Toshbaqa guldan-gulga qo’nib yurgan kapalakka g’ashi keldi. D) Posbon uxlagach, Mirzo Ulug’bekni Ko’ksaroy tagidagi lahmdan olib chiqmoqchi edi 32 / 40 32. Qaysi javobda tushum kelishigining ikki o’rinda belgili qo’llanishi uchraydi? A) Lozim siza har tilni biluv ona tilidek, Bilmakka oni g’ayrat eting, foida kondir. B) Quyosh yuzing ko’rib yerga yiqildi, Adoqing tufroqini surma qildi. C) Jonim chiqadir dard ila, jononima ayting, Men xasta gado holini sultonima ayting. D) Ko’rgali husningni zor-u mubtalo bo’ldim sanga, Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldim sanga. 33 / 40 33. Qaysi gapda o’z paronimi bilan turli turkumga mansub bo’la oladigan so’z qatnashgan? A) Xira ko’zlar bilan suratga boqdi, U hamon o’shanday, so’zlamas hamon. B) Zaruriy muolajalar qilingandan keyin bemorning sog’ligi xiyla yaxshilandi. C) Xalq ganjin yulmoqqa cho’zilgan qo’lga Biz alvon guldasta tutibmiz faqat. D) Shoh bolasida yurt va sipoh, darvesh bolasiga masjid-u xonaqoh kerak. 34 / 40 34. Qaysi asar inson hayotida muhim o`rin tutadigan aql, ilm -ziyo, insof va adolat, yaxshi xulq, va muomala madaniyati, din etiqod davlatni idora qilish xalqlar va elatlarning ahil do`stona munosabatda bo`lishlari haqida mulohaza yuritiladi? A) Alisher Navoiyning “Mahbub ul qulub” B) Avaz O`tar “Saodat ul- iqbol” C) Abay “Nasihatlar”i D) Sadiy Sheroziy “Bo`ston” 35 / 40 35. Vazifasi jihatdan bir turga mansub bo’lmagan qo’shimcha ketma-ket qo’shilgan so’zni aniqlang. A) uyqusirab B) atama C) sinfimdan D) chidamli 36 / 40 36. “Buvim mening bolaligimni turli ertak va qo`shiqlar bilan bezagan. U meni turli davralarga, to`y hashamlarga o`zi bilan birga olib borardi ” Ushbu xotiralar qaysi adib hayotidan? A) Xudoyberdi To’xtaboyev B) Chingiz Aytmatov C) Hamid Olimjon D) Abdulla Avloniy 37 / 40 37. Kimyogar ba`zi ismlar haqida suhbatlashgandan keyin uning zehniga, ma`lumotining kengligiga taajjublanganini yashirmadi. Ushbu gapda nechta ism turlangan? A) 7 ta B) 9 ta C) 8 ta D) 6 ta 38 / 40 38. Quyida keltirilgan fe`llarning qaysilari majhul nisbatda? 1) cho’zildi; 2) qayrildi; 3) maqtandi; 4)qoqildi; 5) berildi; 6) gavdalandi; 7) tashlandi; 8) huvillagan. A) 2,5,6,7 B) 1,2,4,5,7 C) 3,4,6.8 D) 1,5,7 39 / 40 39. “Yiqilgan polvon alamini kulib yengadi” Ushbu jumla qaysi asardan? A) “Yulduzlar mangu yonadi” B) “Dunyoning ishlari” C) “Kecha va Kunduz” D) “Yulduzli tunlar” 40 / 40 40. Yig’loqi bolani kaltaklab o’zgartrib bo’lar ekanmi? Berilgan gapda so’z yasovchilar qaysi turkumdagi so’zlarga qo’shilgan? A) fe`l, ot, sifat B) fe`l, ot C) fe`l, ot, sifat, olmosh D) olmosh, ot, fe`l 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot attestatsiya