11-sinf Kimyo olimpiada №2 Iyul 17, 2022Iyul 17, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 11-sinf Kimyo olimpiada №2 ga fikr bildirilmagan. 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Kimyo olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. 2N2O = 2N2 + O2 reaksiyaning tezligi quyidagicha ifodalanadi: r = k[N2O]2. Azot(I) oksidining yarmi parchalanishga ulgursa, uning parchalanish tezligi dastlabkisiga nisbatan qanday o‘zgaradi? A) 4 marta kamayadi B) 2 marta kamayadi C) 2 marta ortadi D) o‘zgarmaydi 2 / 25 2. 2-metilbuten-2 molekulasi HBr bilan ta’sirlashganda eng ko‘p qanday mahsulot hosil bo‘ladi? A) 2-metilbutan B) 2-brom-3-metilbutan C) 2-brom-2-metilbutan D) 2,3-dibrom-2-metilbutan 3 / 25 3. 89,1 g ikki asosli karbon kislotaning kalsiyli tuzi pirolizga uchratilib olingan siklik keton qaytarilganda 37,8 g sikloalkan olindi. Qanday sikloalkan olinganligini aniqlang . A) siklopentan B) siklopropan C) Siklogeksan D) siklobutan 4 / 25 4. HСl + О2 = Сl2 + Н2О reaksiya hajmi 8 litr bo‘lgan idishda olib borildi. Kimyoviy muvozanat qaror topganda moddalar konsentratsiyalari [HCl]=0,7, [O2]=0,6 va [Н2О]=0,4 mol/l ni tashkil qildi. Boshlang’ich moddalar miqdorini (mol) aniqlang. A) 0,8; 0,2; B) 12; 6,4; C) 6,4; 1,6. D) 1,5; 0,8; 5 / 25 5. Quyidagi tuzlarning qaysilari gidrolizga uchramaydi? 1) natriy sulfat; 2) ammoniy nitrit; 3) litiy nitrat; 4) alyuminiy karbonat; 5) kaliy xlorid; 6) ammoniy atsetat. A) 4, 5, 6; B) 2,4,6; C) 1, 3, 5; D) 1, 3, 5, 6; 6 / 25 6. Quyidagi reaksiyaning o‘ng tomonidagi moddalar koeffitsiyentlar yig‘indisi nechaga teng? As2S3 + HNO3= H3AsO4 + SO2 + NO2 + H2O A) 23 B) 58 C) 49 D) 35 7 / 25 7. 500 g 32% li CuSO4 eritmasidan misni to‘liq ajratib olish uchun 5 A to‘k kuchini necha sekund davomida o‘tkazish kerak? A) 38600 sekund B) 38660 sekund C) 38650 sekund D) 38000sekund 8 / 25 8. Qaysi birikmalar suvda eritilganda ishqoriy muhit hosil qiladi? 1) natriy; 2) natriy nitrat; 3) kaliy peroksid; 4) litiy xlorid; 5) kaliy sulfat; 6) natriy gidrokarbonat. A) 1, 3, 6 B) 2, 4, 5 C) 2, 3, 6 D) 1, 4, 5 9 / 25 9. Noma'lum to'yingan aldegidning 1 moli oksidlanishidan olingan karbon kislota massasi shu aldegidning 0,75 moli yonishidan hosil bo'lgan karbonat angidrid massasidan 1,1 marta kichik bo'lsa, aldegidni aniqlang. A) butanal B) metanal C) propanal D) etanal 10 / 25 10. Mol nisbatlari 5:2 bo'lgan CD4 va H2O tarkibidagi neytronlar soni ayirmasi 8,5 ga teng bo'lsa, aralashmaning mol yig'indisini toping. A) 1,75 B) 0,175 C) 17,5 D) 175 11 / 25 11. Qaysi birikmalar suvda eritilganda neytral muhit hosil bo‘ladi? 1) kaliy peroksid; 2) natriy nitrat; 3) kalsiy xlorid; 4) litiy sulfat; 5) natriy gidrokarbonat; 6) natriy gidrid. A) 2, 3, 4; B) 1, 3, 5; C) 1, 5, 6; D) 2,4,6. 12 / 25 12. A+2B=C+D reaksiya bo‘yicha muvozanat qaror topgandan so‘ng moddalarning muvozanat konsentratsiyalari quyidagicha: [A]=0,4 mol/l, [B]=0,5 mol/l, [C]=0,25 mol/l, [D]=0,8 mol/l bo‘lsa, muvozanat konstantasini aniqlang. A) 4 B) 2 C) 3 D) 1 13 / 25 13. 2A + B↔ C reaksiya muvozanat holatida boshlang‘ich moddalar konsentratsiyalari [A]=0,5 mol/l; [B]=0,2 mol/l ga teng bo‘lsa muvozanat holatidagi C moddaning konsentratsiyasini (mol/ l) toping (KM=1). A) 0,05 mol/l B) 0,5 mol/l C) 0,125 mol/l D) 0,25 mol/l 14 / 25 14. 100oC dagi Ba(NO3)2 ning 336 g to‘yingan eritmasi 25 oC gacha sovitilsa, necha gramm tuz kristallanadi? S(250C)=10,5; S(1000C) =34,4) A) 59,75 B) 23,9 C) 59 D) 59,25 15 / 25 15. Qaysi birikmalar suvda eritilganda kislotali muhit hosil bo‘ladi? 1) natriy peroksid; 2) alyuminiy nitrat; 3) magniy xlorid; 4) kaliy gidrid; 5) natriy gidrokarbonat; 6) rux sulfat. A) 1, 5 B) 1, 4, 5 C) 2, 3, 6 D) 2 ,3 16 / 25 16. 100 oC dagi KBr ning 408 g to‘yingan eritmasi 25oC gacha sovitilsa, necha gramm tuz kristallanadi? (S (25 oC)=66; S (100 oC)=104) A) 56 B) 46 C) 76 D) 66 17 / 25 17. N2(g)+3H2(g) ↔ 2NH3(g) ushbu reaksiya bo‘yicha azotning sarflanish tezligi 3 mol/l∙min. 8 litrli idishda shu reaksiya o‘tkazilganda, azotning miqdori 104 moldan 8 molgacha kamaydi. Reaksiya necha minut davom etganligini aniqlang. A) 7 B) 6 C) 5 D) 4 18 / 25 18. Kaliy nitratning 30°C da to'yingan 150 g eritmasi 10 A tok bilan 71410 sekund davomida elektroliz qilinadi. Agar kaliy nitrat 30°C da 26% tuz saqlasa, cho'kmaga tushgan tuz massasini (g) aniqlang. A) 0,234 B) 234 C) 2,34 D) 23,4 19 / 25 19. Orbital kvant soni 2 ga teng bo‘lgan pog‘onachaga eng ko‘pi bilan nechta elektron sig‘adi . A) 9 B) 8 C) 10 D) 11 20 / 25 20. SO2 + NO2 = SO3 + NO reaksiyada SO2 va NO2 ning dastlabki konsentratsiyasi 6 va 7 mol/litr bo‘lsa, SO2 ning muvozanat konsentratsiyasini (mol/litr) hisoblang (Км=1). A) 10,77 B) 2,77 C) 3,27 D) 8,73 21 / 25 21. Quyidagi birikmalardan ham kation, ham anion bo‘yicha gidrolizga uchraydiganlarini aniqlang. 1) natriy sulfat; 2) ammoniy atsetat; 3)litiy nitrat; 4) ammoniy karbonat; 5) kaliy xlorid. A) 2, 4. B) 1, 2, 5; C) 1, 3, 5; D) 4, 5; 22 / 25 22. 5,2 g atsetilendan necha gramm akril kislota olish mumkin? A) 0,144 B) 14,4 C) 144 D) 1,44 23 / 25 23. KClning 20oC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 34 ga teng. 350 g suvda 70 g KCl eritildi. Shu eritmani to‘yintirish uchun yana necha gramm KCl qo‘shish kerak? A) 59 B) 29 C) 39 D) 49 24 / 25 24. Geksan molekulasida nechta sp³-gibrid orbitallar mavjud? A) 23 B) 24 C) 26 D) 25 25 / 25 25. 124,65 kPa bosim, temperatura 77 °C ga teng bo‘lganda, 7 l metan tarkibidagi atomlar sonini toping. A) 3,02∙10²³ B) 9,03 ∙10²³ C) 6,02∙10²³ D) 1,2∙10²³ 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Kimyo olimpiada