11-sinf Kimyo olimpiada №2

0

11-sinf Kimyo olimpiada №2

2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. 1,43 ml (ρ = 0,81 g/ml) noma’lum aldegid kumush(I) oksidining ammiakdagi eritmasi bilan oksidlanganida 4,32 g kumush hosil bo‘lgan bo‘sa, noma’lum aldegidni aniqlang.

2 / 25

2. Massasi 23,2 g bo‘lgan Mg va MgO dan iborat aralashma to‘liq qaytarildi va yetarli miqdorda xlorid kislota ta’sir ettirildi. Natijada 15,68 litr (n.sh.da) gaz modda ajralib chiqdi. Boshlang‘ich aralashma tarkibidagi metallning massasini (g) aniqlang.

3 / 25

3. 124,65 kPa bosim, temperatura 77 °C ga teng bo‘lganda, 7 l metan tarkibidagi atomlar sonini toping.

4 / 25

4. 100 oC dagi KBr ning 408 g to‘yingan eritmasi 25oC gacha sovitilsa, necha gramm tuz kristallanadi? (S (25 oC)=66; S (100 oC)=104)

5 / 25

5. 89,1 g ikki asosli karbon kislotaning kalsiyli tuzi pirolizga uchratilib olingan siklik keton qaytarilganda 37,8 g sikloalkan  olindi. Qanday sikloalkan olinganligini aniqlang .

6 / 25

6. Noma'lum to'yingan aldegidning 1 moli oksidlanishidan olingan karbon kislota massasi shu aldegidning 0,75 moli yonishidan hosil bo'lgan karbonat angidrid massasidan 1,1 marta kichik bo'lsa, aldegidni aniqlang.

7 / 25

7. Quyidagi birikmalardan ham kation, ham anion bo‘yicha gidrolizga uchraydiganlarini aniqlang. 1) natriy sulfat; 2) ammoniy atsetat; 3)litiy nitrat; 4) ammoniy karbonat; 5) kaliy xlorid.

8 / 25

8. Quyidagi reaksiyaning o‘ng tomonidagi moddalar koeffitsiyentlar yig‘indisi nechaga teng? As2S3 + HNO3= H3AsO4 + SO2 + NO2 + H2O

9 / 25

9. Orbital kvant soni 2 ga teng bo‘lgan pog‘onachaga eng ko‘pi bilan nechta elektron sig‘adi .

10 / 25

10. Geksan molekulasida nechta sp³-gibrid orbitallar mavjud?

11 / 25

11. 2A + B↔ C reaksiya muvozanat holatida boshlang‘ich moddalar konsentratsiyalari [A]=0,5 mol/l; [B]=0,2 mol/l ga teng bo‘lsa muvozanat holatidagi C moddaning konsentratsiyasini (mol/ l) toping (KM=1).

12 / 25

12. N2(g)+3H2(g) ↔ 2NH3(g) ushbu reaksiya bo‘yicha azotning sarflanish tezligi 3 mol/l∙min. 8 litrli idishda shu reaksiya o‘tkazilganda, azotning miqdori 104 moldan 8 molgacha kamaydi. Reaksiya necha minut davom etganligini aniqlang.

13 / 25

13. 100oC dagi Ba(NO3)2 ning 336 g to‘yingan eritmasi 25 oC gacha sovitilsa, necha gramm tuz kristallanadi? S(250C)=10,5; S(1000C) =34,4)

14 / 25

14. A+2B=C+D reaksiya bo‘yicha muvozanat qaror topgandan so‘ng moddalarning muvozanat konsentratsiyalari quyidagicha: [A]=0,4 mol/l, [B]=0,5 mol/l, [C]=0,25 mol/l, [D]=0,8 mol/l bo‘lsa, muvozanat konstantasini aniqlang.

15 / 25

15. Qaysi birikmalar suvda eritilganda kislotali muhit hosil bo‘ladi? 1) natriy peroksid; 2) alyuminiy nitrat; 3) magniy xlorid; 4) kaliy gidrid; 5) natriy gidrokarbonat; 6) rux sulfat.

16 / 25

16. SO2 + NO2 = SO3 + NO reaksiyada SO2 va NO2 ning dastlabki  konsentratsiyasi 6 va 7 mol/litr bo‘lsa, SO2 ning muvozanat konsentratsiyasini (mol/litr) hisoblang (Км=1).

17 / 25

17. 500 g 32% li CuSO4 eritmasidan misni to‘liq ajratib olish uchun 5 A to‘k kuchini necha sekund davomida o‘tkazish kerak?

18 / 25

18. Kaliy nitratning 30°C da to'yingan 150 g eritmasi 10 A tok bilan 71410 sekund davomida elektroliz qilinadi.  Agar kaliy nitrat  30°C  da  26%  tuz saqlasa, cho'kmaga tushgan tuz massasini (g) aniqlang.

19 / 25

19. 250 g 8,94% li KCl eritmasidan 3 A tok kuchi 9650 sekund davomida o‘tkazilganda hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) toping.

20 / 25

20. KClning 20oC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 34 ga teng. 350 g suvda 70 g KCl eritildi. Shu eritmani to‘yintirish uchun yana necha gramm KCl qo‘shish kerak?

21 / 25

21. Qaysi birikmalar suvda eritilganda ishqoriy muhit hosil qiladi? 1) natriy; 2) natriy nitrat; 3) kaliy peroksid; 4) litiy xlorid; 5) kaliy sulfat; 6) natriy gidrokarbonat.

22 / 25

22. 5,2 g atsetilendan necha gramm akril kislota olish mumkin?

23 / 25

23. Quyidagi tuzlarning qaysilari gidrolizga uchramaydi? 1) natriy sulfat; 2) ammoniy nitrit; 3) litiy nitrat; 4) alyuminiy karbonat; 5) kaliy xlorid; 6) ammoniy atsetat.

24 / 25

24. 2CO(g) + O2(g) ↔ 2CO2(g) ushbu reaksiya bo‘yicha kislorodning sarflanish tezligi 4 mol/litr∙min. 2 litrli idishda shu reaksiya olib borilganda, kislorodning konsentratsiyasi 7 mol/litrdan 2 mol/litrgacha kamaydi. Reaksiyaning sekundlardagi davomiyligini aniqlang.

25 / 25

25. Mol nisbatlari 5:2 bo'lgan CD4 va H2O tarkibidagi neytronlar soni ayirmasi 8,5 ga teng bo'lsa,  aralashmaning mol yig'indisini toping.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

32 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0