Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok №7 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy blok №7 InfoMaster May 2, 2024 65 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №7 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapda antonim so‘zlar qo‘llangan? A) Necha asrlardan beri asir bo‘lib kelgan xalq endi bosh ko‘targan edi. B) …Qirg‘oq chiroy bilan to‘ladi, Chechak ochsa, turfa gullari. C) Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi. D) Oqil va fozil kishilar suhbatida bo‘lishga odatlan. 2 / 10 2. Qaysi javobda ilmiy uslubga oid gap berilgan? A) Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi. B) -Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, toza charchapsan. C) Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi. D) Kesim qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: fe’l kesim, ot kesim bo`ladi. 3 / 10 3. Bir bo`g`inida birgina tovush bo`lgan so`z qaysi javobda berilgan? A) odobnoma B) huquqbuzar C) johillik D) insoniyat 4 / 10 4. Dunyoviy bilim va hunarlarga ega bo‘lgan yoshlarimizning fazilatlari haqida soatlab gapirishimiz mumkin. Ushbu gapda nechta sodda yasama so’z mavjud? A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 5 ta 5 / 10 5. Qaysi gapda kelishik qo‘shimchasining qo‘llanishi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A) Ziyolilar ma’rifat urug‘ini sochishda fidoyilik ko‘rsatdilar. B) Insofli, diyonatli, boy-badavlat va xalqparvar kishilarni moddiy yordamisiz ma’rifatchilar faoliyat ko‘rsata olmas edilar. C) Men o‘tgan yili yozga anhor bo‘yidagi hovlimizda dam oldim. D) Xalq orasida: “Maqtanganni-uyini ko‘r” degan gap bor. 6 / 10 6. Eldor bu xabarni eshitib dami chiqmadi. Ushbu gapda ajratib ko`rsatilgan iboraning ma`nosi qaysi qatorda to`g`ri berilgan? A) qo`rquv aralash hech narsa deyolmay lol bo`lib qoldi. B) hech narsa demadi, indamadi. C) oshkor bo`lishdan qo`rqib gapirmadi. D) bir so`z ham ayta olmay qoldi. 7 / 10 7. Ko`rsatmoqchi so'zidagi qo`shimchalar soni to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping? A) 4 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 3 ta 8 / 10 8. Qaysi javobda zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to‘g‘risidagi fan ma`nosini beruvchi atama berilgan? A) menejment B) strategiya C) menejer D) monitoring 9 / 10 9. Vatansiz inson // kuysiz bulbul. Ushbu gapda // o`rnida qaysi tinish belgisi qo`yiladi? A) tire B) vergul C) ikki nuqta D) nuqtali vergul 10 / 10 10. Berilgan so`zlardan qaysilari qo`shib yoziladi? 1) dev sifat: 2) liq to‘la: 3) dardi bedavo; 4) kecha kunduz; 5) ko‘p vaqt. A) 1, 3, 5 B) faqat 1 C) 2, 4, 5 D) 1, 2, 3 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 31 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29