Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok №5 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy blok №5 InfoMaster May 2, 2024 208 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №5 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Baxt shunday narsaki, borligida uni kishi sezmaydi, yo‘qligida orzu qiladi. Baxtli odam “Men baxtliman” deb olamga jar solmaydi. Inson hech qachon baxtga to‘ygan, “baxtliman” degan emas. Parchada qatnashgan yasama so`zlar miqdori? A) 4 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 6 ta 2 / 10 2. Alo…ida, …ola, vo...a, ar…eolog, asla…a, pa…ta, a…ir, a…il, ba…t, ba…o, …isobchi, ba..s, ba…odir, va …ima, gav…ar, giyo… , gazet...on, go…, guvo…, gul…an, Yuqorida berilgan so`zlardan nechtasida bo`g`iz undoshi qo`llanadi? A) 11 ta B) 13 ta C) 12 ta D) 9 ta 3 / 10 3. Vatanparvar bobomiz uning taklifini rad etadi. Ushbu gapda yasama so`zlar qanday sintaktik vazifa bajargan? A) faqat aniqlovchi B) aniqlovchi, kesim C) ega, aniqlovchi D) faqat kesim 4 / 10 4. Ikkinchi bo`g`ini ochiq bo`g`in bo`lgan so`zni aniqlang? A) sabrsizlik B) ko`nglidan C) somonsiz D) kitoblar 5 / 10 5. Qismlari kelishik yordamida bog`langan so`z birikmasi qaysi javobda berilgan? A) akam bilan bormoq B) to`satdan ko`rmoq C) kitob o`qimoq D) shoshib kelmoq 6 / 10 6. Qaysi qatorda faqat mavhum otlar berilgan? A) dev, yaxshilik, achitqi B) o’quvchi, o’kinch, tuman C) chopiq, odam, go’zallik D) quvonch, qo’rqinch, xayol 7 / 10 7. Qaysi gapdagi ibora toliqmoq ma’nosiga teng? A) og’zining tanobi qochmoq B) tinkasi qurimoq C) ich-etini yemoq D) mazasi qochmoq 8 / 10 8. Vatanning vayronasi // umrning g`amxonasi. (Maqol) Belgi o`rnida qanday tinish belgisi qo`yiladi? A) vergul B) tire C) nuqtali vergul D) ikki nuqta 9 / 10 9. O`g`lima o`xshaydi ovozing saning. Ushbu gapda kelishik qo`shimchasini olgan ot haqida qaysi fikr noto`g`ri? A) shaxs oti hisoblanadi. B) qaratqich aniqlovchi vazifasini bajargan. C) asos fonetik hodisaga uchragan. D) asosi faqat jarangli undoshlardan iborat. 10 / 10 10. Qaysi qatorda shevaga oid so`z ot so`z turkumida emas? A) Sen meni boshimdi aylantirma, - deya muallimning gapini to`xtatdi u. (Zulfiya Qurolboy qizi) B) Yo ulimdi musobaqaga yuborganim uchun menga bir so‘m bering? (Zulfiya Qurolboy qizi) C) Qishloqdi dunyo tanidi nima, tanimadi nima? (Zulfiya Qurolboy qizi) D) Juringlar! Qaytishda cho`milamiz! – dedi Oqboy (Sh.Xolmirzayev) 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 30 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29