Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok №7 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy blok №7 InfoMaster May 2, 2024 92 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №7 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi qatorda qo`shma gap qismlari bog`lovchi vazifasidagi vosita orqali bog`langan? A) Ko`kda na yulduz bor, na bir bulut bor. B) Agar vijdoning toza bo`lsa, hech kim seni yo`ldan ozdira olmaydi. C) Do`st bilan obod uying, gar bo`lsa u vayrona ham. D) Biz qiynalib dalaga bug`doy sepamiz, qushlar esa osonlik bilan ularni terib yeydi. 2 / 10 2. Qaysi gapda antonim so‘zlar qo‘llangan? A) Necha asrlardan beri asir bo‘lib kelgan xalq endi bosh ko‘targan edi. B) …Qirg‘oq chiroy bilan to‘ladi, Chechak ochsa, turfa gullari. C) Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi. D) Oqil va fozil kishilar suhbatida bo‘lishga odatlan. 3 / 10 3. Qaysi javobda ilmiy uslubga oid gap berilgan? A) Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi. B) Kesim qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: fe’l kesim, ot kesim bo`ladi. C) Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi. D) -Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, toza charchapsan. 4 / 10 4. Dunyoviy bilim va hunarlarga ega bo‘lgan yoshlarimizning fazilatlari haqida soatlab gapirishimiz mumkin. Ushbu gapda nechta sodda yasama so’z mavjud? A) 2 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta 5 / 10 5. Qaysi gapda kelishik qo‘shimchasining qo‘llanishi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A) Men o‘tgan yili yozga anhor bo‘yidagi hovlimizda dam oldim. B) Insofli, diyonatli, boy-badavlat va xalqparvar kishilarni moddiy yordamisiz ma’rifatchilar faoliyat ko‘rsata olmas edilar. C) Xalq orasida: “Maqtanganni-uyini ko‘r” degan gap bor. D) Ziyolilar ma’rifat urug‘ini sochishda fidoyilik ko‘rsatdilar. 6 / 10 6. Vatansiz inson // kuysiz bulbul. Ushbu gapda // o`rnida qaysi tinish belgisi qo`yiladi? A) ikki nuqta B) vergul C) nuqtali vergul D) tire 7 / 10 7. Qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz undoshi qo‘yiladi? A) su..bat, ..il-..il B) ba..t, ogo.. C) no’..at, ..ayot D) ..il-..il, sho‘.. 8 / 10 8. Bir bo`g`inida birgina tovush bo`lgan so`z qaysi javobda berilgan? A) johillik B) insoniyat C) huquqbuzar D) odobnoma 9 / 10 9. Qaysi javobda zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to‘g‘risidagi fan ma`nosini beruvchi atama berilgan? A) menejment B) monitoring C) strategiya D) menejer 10 / 10 10. Xoja Fazlulloh Abullaysiy – Samarqand akobiridindur. Faqih Abullays avlodidandur. Fiqhda ani Abu Hanifayi Soniy derlar erdi va arabiyatda Ibn Hojib kaffasida tutarlar erdi. Ushbu matnda ajratib ko`rsatilgan arxaik so`zning hozirgi muqobili qaysi qatorda berilgan? A) adabiyotshunoslik B) geometriya C) huquqshunoslik D) geografiya 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 34 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29