Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok №7 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy blok №7 InfoMaster May 2, 2024 52 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №7 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Dunyoviy bilim va hunarlarga ega bo‘lgan yoshlarimizning fazilatlari haqida soatlab gapirishimiz mumkin. Ushbu gapda nechta sodda yasama so’z mavjud? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta 2 / 10 2. Xoja Fazlulloh Abullaysiy – Samarqand akobiridindur. Faqih Abullays avlodidandur. Fiqhda ani Abu Hanifayi Soniy derlar erdi va arabiyatda Ibn Hojib kaffasida tutarlar erdi. Ushbu matnda ajratib ko`rsatilgan arxaik so`zning hozirgi muqobili qaysi qatorda berilgan? A) geometriya B) adabiyotshunoslik C) huquqshunoslik D) geografiya 3 / 10 3. Qaysi gapda kelishik qo‘shimchasining qo‘llanishi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A) Men o‘tgan yili yozga anhor bo‘yidagi hovlimizda dam oldim. B) Insofli, diyonatli, boy-badavlat va xalqparvar kishilarni moddiy yordamisiz ma’rifatchilar faoliyat ko‘rsata olmas edilar. C) Ziyolilar ma’rifat urug‘ini sochishda fidoyilik ko‘rsatdilar. D) Xalq orasida: “Maqtanganni-uyini ko‘r” degan gap bor. 4 / 10 4. Qaysi javobda ilmiy uslubga oid gap berilgan? A) -Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, toza charchapsan. B) Kesim qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: fe’l kesim, ot kesim bo`ladi. C) Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi. D) Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi. 5 / 10 5. Bir bo`g`inida birgina tovush bo`lgan so`z qaysi javobda berilgan? A) insoniyat B) huquqbuzar C) johillik D) odobnoma 6 / 10 6. Berilgan so`zlardan qaysilari qo`shib yoziladi? 1) dev sifat: 2) liq to‘la: 3) dardi bedavo; 4) kecha kunduz; 5) ko‘p vaqt. A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) faqat 1 7 / 10 7. Hammadan balanddir ona mansabi. Yuqoridagi gapdagi gap bo`laklari tartibini toping? A) to`ldiruvchi, kesmi, ega, ega B) ega, kesim, aniqlovchi, ega C) ega, aniqlovchi, ega kesim D) to`ldiruvchi, kesim, aniqlovchi, ega 8 / 10 8. Qaysi gapda antonim so‘zlar qo‘llangan? A) …Qirg‘oq chiroy bilan to‘ladi, Chechak ochsa, turfa gullari. B) Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi. C) Oqil va fozil kishilar suhbatida bo‘lishga odatlan. D) Necha asrlardan beri asir bo‘lib kelgan xalq endi bosh ko‘targan edi. 9 / 10 9. Ko`rsatmoqchi so'zidagi qo`shimchalar soni to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping? A) 2 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta 10 / 10 10. Eldor bu xabarni eshitib dami chiqmadi. Ushbu gapda ajratib ko`rsatilgan iboraning ma`nosi qaysi qatorda to`g`ri berilgan? A) oshkor bo`lishdan qo`rqib gapirmadi. B) bir so`z ham ayta olmay qoldi. C) hech narsa demadi, indamadi. D) qo`rquv aralash hech narsa deyolmay lol bo`lib qoldi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 28 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29