Biologiya abituriyent testi №2

1

Biologiya abituriyentlar uchun №2

1 / 30

Otlar junining rangini ikkita allel bo’Imagan genlar nazorat qiladi. Genotipdagi dominant B geni qora rangli, b geni esa malla rangli jun hosil bo’lishiga sabab bo'ladi. I geni esa B va b genlar funksiyasini pasaytirib, rangning kulrang tusda bo’lishiga olib keladi. Fermer xo'jaligida bir necha yil davomida digeterozigotali otlarni chatishtirish natijasida olingan nasl orasida necha foiz organizm kulrang tusda bo'lishi ehtimolini aniqlang.

2 / 30

Zubturumga guliga xos xususiyatlatni ko’rsating. 1) erta bahorda gullab, urug’ tugib bo’ladi 2) iliq kuz oylarida ham gullashda davom etadi 3) mevasi shamol yordamida taraladi 4) mevasi tuklar hosibiga uchadi 5) mevasi suv o’tkazmaydigan qobiqqa ega 6) to’pgulda gulpoya sholanmaydi 7) to’pgulda gulpoya sholanadi 8) gullari gulpoyada bandsiz 9) gullari gulpoyada uzun band bilan birlashgan

3 / 30

Mitozda qiz hujayralar kimning hujayrasidan replikatsiya qilinadi?

4 / 30

Glukozaning kislorodsiz sharoitda sut kislotagacha parchalanishi tufayli ajralib chiqadigan energiyaning necha foizi issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi?

5 / 30

Odamda A va B genlari bitta xromasomada joylashgan va ular orasidagi masofa 8 Morganidaga teng. C geni boshqa nogomologik xromasomada joylashgan. Barcha belgilari bo’yicha geterozigota organizm tahliliy chatishtirildi. Avlodda noallel dominant A va B genlarining birga uchrash ehtimolini aniqlang?

6 / 30

bug’doydoshlar (1) , piyozdoshlar (2) , ituzumdoshlar(3) , karamdoshlar (4) oilalarida gul qavatlari ortib borishi bo’yicha joylashtiring?

7 / 30

Tishlari ixtisoslashgan sinfga masub bo`lgan tishlari ixtisoslashmagan hayvonni aniqlang.

8 / 30

Quyidagilardan to’g’ri(I) va qiyshiq(II) gulli vakillarni tanlang? 1. qoqio’t 2. Zangori sachratqi 3. Ermon shuvog’i 4. Qizil lola 5. nok 6. Itqovun 7. Soya 8. Baobab 9. Bo’tako’z

9 / 30

Gipofez bezining gormonlari qaysi organga ta’sir ko’rsatishi bilan juftlab ko’rsating. 1) tireotrop 2) gonadotrop 3) adrenokortikoid a) qalqonsimon bez b) buyrakusti bezi c) jinsiy bezlar f) epifez bezi

10 / 30

DNK ma'lum bir fragmentining tarkibida A nukleotidlari umumiy yig'indisi G nukleotidlari bilan teng miqdordaligi ma'lum bo'lsa hamda undan sintezlangan oqsilning massasi 14400 Da kelsa, DNK dagi T va S nukleotidlarining yig'indisi nechta bo'ladi?

11 / 30

Fotosintezda kuzatiladigan jarayon va uning ahamiyatini aniqlang. a-yorug`lik energiyasining kimyoviy energiyaga aylanishi; b-karbonat angidrid bilan suvdan organik birikma hosil bo`lishi; c-sintezlangan anorganik birikmalar energiya manbai bo`lib xizmat qilishi; d-atmosfera erkin kislorod bilan boyishi; e-sintezlangan organik birikmalar organizmlar uchun ozuqa va energiya manbai bo`lib xizmat qilishi; f-quyosh energiyasi mexanik energiyaga aylanishi; j-karbonat angidrid bilan kisloroddan organik birikma hosil bo`lishi

12 / 30

Hujayralari tirik lekin yadrosi bo’lmagan atrofida yo’ldosh hujayralar bo’lgan tuzilmaga xos bo’lmagan hususiyatlarni toping? 1. bargdan boshlanadi 2. U orqali suvda erigan shakar harakatlanadi 3. Poyani tirik qavatida joylashgan 4. Ulvani asosiy to’qima tashuvchisi 5. O’simlik uzoq muddat qorong’uda saqlansa uni ichidagi shira konsentratsiyasi ortadi 6. Funariyani bargi va g’amlovchi to’qima harakatini taminlaydi 7. Iloqning ildizi tomon harakatlanadi 8. Mexanik to’qimada joylashadi

13 / 30

Qirqbo‘g‘imlarning gametofiti uchun mos keladigan javobni aniqlang.

14 / 30

Uy pashshalari (I) va kanalar (II) odamlarga qanday kasalliklarni yuqtirishi mumkin? 1) vabo; 2) sil; 3) terlama; 4) ensefalit; 5) ichburug';6) tulyaremiya

15 / 30

790 ta aminokislotani kodlovchi nukleotidlarning DNK zanjiridagi soni, i-RNK ni uzunligi, m-RNK dagi mononukleotidlarni soni, oqsilning molekulyar massasi ( aminokislota 138 D)

16 / 30

Qaysi davrda bola tez o’sadi, tanasining vazni ham ortadi, va organlari takomillashib boradi.

17 / 30

Gledichiya gulidagi qaysi qismlar qo’shilgan. 1) 2 ta Gt; 2) 5 ta Gk; 3) 1 ta Ch; 4) 1 ta U; 5) 9 ta Ch; 6) 3 ta Gt

18 / 30

Qo’sh membranali-bir membranali- membranasiz hujayra organoidlarini belgilang?

19 / 30

Quyidagi tengsizliklarga mos keluvchi javoblarni ularga juftlang. I. CO2

20 / 30

Miya sopini hosil qilishda qaysi miyalar qatnashadi. 1. orqa miya 2. uzunchoq 3. o’rta 4. oraliq 5. miya ko’prigi 6. miyacha

21 / 30

Dum umurtqalari soni ko`p va dumi uzun bo`lgan hayvonnlarni aniqlang. a. suv ayg`iri b. morj c. it d. kaputsin e. alligator f. baqa g. kaptar h. arxeopteriks j. delfin

22 / 30

Piyozdoshlarga xos xususiyatni aniqlang.

23 / 30

So‘rg‘ichlilar sinfiga mansub jigar qurtining hayot siklida 3 va 5 raqamlarga muvofiq ravishda mos keladigan bosqichlar qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? Urug'langan tuxum - tashqi muhitdagi tuxum -3 - oraliq xo‘jayin tanasidagi lichinka - 5 -sista - asosiy xo‘jayin tanasidagi lichinka - voyaga yetgan jigar qurti

24 / 30

Daryo qisqichbaqasining hid sezuvchi hujayralari impulsni qaysi nerv tuguniga olib boradi?

25 / 30

Yog’ bezlari funksiyasi pasayganda terida qanday holat paydo bo’ladi. 1) teri quruqlashadi 2) tarangligi ortadi 3) tarangligi yo’qoladi 4) terida mayda ajinlar paydo bo’ladi 5) teri yog’lanadi

26 / 30

O`rta Osiyoda o'sadigan ko'pgina dorivor o'simliklami aniq tasvirlab ularning shifobaxshlik xususiyatlarini to' liq ko'rsatgan asar(lar) (I) va u(lar)ning muallif(lar)i (II) ni aniqlang? a-Kitob ush shifo b-Kitob as Saydana fitt-tib c- Tib-qonunlari d-Devonu lug'otu turk 1-Ibn Sino 2-Beruniy 3-Mahmud Koshg'ariy

27 / 30

Urug’kurtakli daraxtni toping?

28 / 30

Ko’p tukli halqali chuvalchanglarning lichinkalarining qaysi belgilari ularning qadimgi yassi chuvalchanglardan kelib chiqqanligini ko’rsatadi?

29 / 30

Qoraqatning bitta bargidagi ostki va ustki barg og’izchalar nisbati 4:1 bo’lib, ustki barg og’izchalarni hosil qilishda 50 ta loviyasimon hujayra qatnashsa,7 ta bargdagi jami barg og’izchalar sonini aniqlang?

30 / 30

Metabolizm(a) va metabolit (b)ga tegishli javobni belgilang. 1-hujayra hayot faoliyatining doimiyligini saqlashni ta’minlovchi plastik almashinuv reaksiyalari yig‘indisi 2-hujayra hayot faoliyatining doimiyligini saqlashni energetik almashinuv reaksiyalari yig‘indisi 3-biosintetik reaksiyalar yig`indisi , 4-metabolizm mahsulotlari

Sizning ballingiz

0%

Baholash mezoni

To'g'ri javob uchun 3,1 ball.

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0