Uy » Abituriyent » Biologiya abituriyent » Biologiya abituriyent testi №2 Biologiya abituriyent Biologiya abituriyent testi №2 InfoMaster Aprel 14, 2022 413 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 1 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Biologiya abituriyentlar uchun №2 1 / 30 Albinizm kasalligi retsessiv autosoma kasalligi, daltonizm retsessiv jinsga birikkan holda irsiylanadi. I qon guruhi I0 I0 va II qon guruhi IA IA, IA I0 holda ifodalanadi. I qon guruhli daltonizm va albinizm bo'yicha sog'lom gomozigotali ayol daltonik bo'Imagan va qolgan ikki belgi bo'yicha geterozigotali II qon guruhli yigitga turmushga chiqdi. Ushbu oilada tug’ilgan o'g'il bolalardan necha foizi I qon guruhli va ikkala belgi bo'yicha sog'lom bo'lish ehtimolini toping. A) 75 B) 0 C) 25 D) 50 2 / 30 Odamda A va B genlari bitta xromasomada joylashgan va ular orasidagi masofa 8 Morganidaga teng. C geni boshqa nogomologik xromasomada joylashgan. Barcha belgilari bo’yicha geterozigota organizm tahliliy chatishtirildi. Avlodda noallel dominant A va B genlarining birga uchrash ehtimolini aniqlang? A) 48 B) 25 C) 50 D) 46 3 / 30 Miya sopini hosil qilishda qaysi miyalar qatnashadi. 1. orqa miya 2. uzunchoq 3. o’rta 4. oraliq 5. miya ko’prigi 6. miyacha A) 1,4,6 B) 2 5,6 C) 4,5,6 D) 2,3,5 4 / 30 Ko’p tukli halqali chuvalchanglarning lichinkalarining qaysi belgilari ularning qadimgi yassi chuvalchanglardan kelib chiqqanligini ko’rsatadi? A) tanasida kipriklar bo’lishi,tuxumini pillaga qo’yishi B) ayirish sistemasi,tanasida kipriklar bo’lishi C) tuxumini pillaga qo’yishi,ayirish sistemasi D) sezgi organlari,hazm qilish sistemasi 5 / 30 Quyidagi tengsizliklarga mos keluvchi javoblarni ularga juftlang. I. CO2 A) II-2,4,6; I-1,3,5 B) I-2,3,6; II-1,4,5 C) I-2,4,6; II-1,3,5 D) I-2,4,5; II-1,3,6 6 / 30 Tishlari ixtisoslashgan sinfga masub bo`lgan tishlari ixtisoslashmagan hayvonni aniqlang. A) baqa B) akula C) kasatka D) ko`k sug`ur 7 / 30 Gipofez bezining gormonlari qaysi organga ta’sir ko’rsatishi bilan juftlab ko’rsating. 1) tireotrop 2) gonadotrop 3) adrenokortikoid a) qalqonsimon bez b) buyrakusti bezi c) jinsiy bezlar f) epifez bezi A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-a, 2-c, 3-c C) 1-a, 2-c, 3-b D) 1-a, 2-b, 3-c 8 / 30 Qo’sh membranali-bir membranali- membranasiz hujayra organoidlarini belgilang? A) yadro, sitoplazma, golji B) yadro, golji, endolazmatik to’r C) xloroplast, golji, lizosoma D) mitoxondriya, lizosoma, ribosoma 9 / 30 Quyidagilardan to’g’ri(I) va qiyshiq(II) gulli vakillarni tanlang? 1. qoqio’t 2. Zangori sachratqi 3. Ermon shuvog’i 4. Qizil lola 5. nok 6. Itqovun 7. Soya 8. Baobab 9. Bo’tako’z A) I-1,2,3,7 II-5,8,9 B) I-4,5,6,8 II-9,2,1,7 C) I-8,9,5,6 II-1,2,7,8 D) I-9,4,1,6 II-3,2,7,8 10 / 30 Daryo qisqichbaqasining hid sezuvchi hujayralari impulsni qaysi nerv tuguniga olib boradi? A) halqum osti B) qorin nerv zanjiri C) bosh miya D) halqum usti 11 / 30 DNK ma'lum bir fragmentining tarkibida A nukleotidlari umumiy yig'indisi G nukleotidlari bilan teng miqdordaligi ma'lum bo'lsa hamda undan sintezlangan oqsilning massasi 14400 Da kelsa, DNK dagi T va S nukleotidlarining yig'indisi nechta bo'ladi? A) 360 ta B) 240 ta C) 120 ta D) 180 ta 12 / 30 790 ta aminokislotani kodlovchi nukleotidlarning DNK zanjiridagi soni, i-RNK ni uzunligi, m-RNK dagi mononukleotidlarni soni, oqsilning molekulyar massasi ( aminokislota 138 D) A) 4740/805.8/2370/94800 B) 2370/805.8/2370/109020 C) 2370/80.58/ 4740/94800 D) 4740/80.58/2370/109020 13 / 30 Zubturumga guliga xos xususiyatlatni ko’rsating. 1) erta bahorda gullab, urug’ tugib bo’ladi 2) iliq kuz oylarida ham gullashda davom etadi 3) mevasi shamol yordamida taraladi 4) mevasi tuklar hosibiga uchadi 5) mevasi suv o’tkazmaydigan qobiqqa ega 6) to’pgulda gulpoya sholanmaydi 7) to’pgulda gulpoya sholanadi 8) gullari gulpoyada bandsiz 9) gullari gulpoyada uzun band bilan birlashgan A) 1,3,4,7,8 B) 5,8,7 C) 2,6,8 D) 1,3,4,7,9 14 / 30 Qirqbo‘g‘imlarning gametofiti uchun mos keladigan javobni aniqlang. A) zigotadan rivojlanadi, sporofit hisobiga oziqlanadi B) sporadan rivojlanadi, avtotrof organism C) ildizpoyali o ‘simlik, spora hosil qiladi D) yashil rangli poyasi b o ‘g ‘imlarga b o ‘lingan, zigota hosil qiladi 15 / 30 Metabolizm(a) va metabolit (b)ga tegishli javobni belgilang. 1-hujayra hayot faoliyatining doimiyligini saqlashni ta’minlovchi plastik almashinuv reaksiyalari yig‘indisi 2-hujayra hayot faoliyatining doimiyligini saqlashni energetik almashinuv reaksiyalari yig‘indisi 3-biosintetik reaksiyalar yig`indisi , 4-metabolizm mahsulotlari A) a-1,2 b-4 B) a-1 b-3,2 C) a-1 b-4,2 D) a-1,4 b-2 16 / 30 bug’doydoshlar (1) , piyozdoshlar (2) , ituzumdoshlar(3) , karamdoshlar (4) oilalarida gul qavatlari ortib borishi bo’yicha joylashtiring? A) 1,4,3,2 B) 1,2,3,4 C) 1,2,4,3 D) 2,4,1,3 17 / 30 Uy pashshalari (I) va kanalar (II) odamlarga qanday kasalliklarni yuqtirishi mumkin? 1) vabo; 2) sil; 3) terlama; 4) ensefalit; 5) ichburug';6) tulyaremiya A) 1-2, 3, 5; II-1,4, 6 B) 1-1,2,5,11-3,4,6 C) 1-2,5,11-1,3,4,6 D) 1-1,2, 3; II-4,5,6 18 / 30 O`rta Osiyoda o'sadigan ko'pgina dorivor o'simliklami aniq tasvirlab ularning shifobaxshlik xususiyatlarini to' liq ko'rsatgan asar(lar) (I) va u(lar)ning muallif(lar)i (II) ni aniqlang? a-Kitob ush shifo b-Kitob as Saydana fitt-tib c- Tib-qonunlari d-Devonu lug'otu turk 1-Ibn Sino 2-Beruniy 3-Mahmud Koshg'ariy A) Ia,b,c II1,2 B) Ia,b,c,d II1,2,3 C) Ia,c II1 D) Ia,b,d II1,2 19 / 30 So‘rg‘ichlilar sinfiga mansub jigar qurtining hayot siklida 3 va 5 raqamlarga muvofiq ravishda mos keladigan bosqichlar qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? Urug'langan tuxum - tashqi muhitdagi tuxum -3 - oraliq xo‘jayin tanasidagi lichinka - 5 -sista - asosiy xo‘jayin tanasidagi lichinka - voyaga yetgan jigar qurti A) 3 - dumli lichinka; 5 - asosiy xo‘jayin tanasidagi lichinka B) 3 - finna; 5 - asosiy xo‘jayin tanasidagi lichinka C) 3 - kiprikli lichinka; 5 - finna D) 3 - kiprikli lichinka; 5 - dumli lichinka 20 / 30 Hujayralari tirik lekin yadrosi bo’lmagan atrofida yo’ldosh hujayralar bo’lgan tuzilmaga xos bo’lmagan hususiyatlarni toping? 1. bargdan boshlanadi 2. U orqali suvda erigan shakar harakatlanadi 3. Poyani tirik qavatida joylashgan 4. Ulvani asosiy to’qima tashuvchisi 5. O’simlik uzoq muddat qorong’uda saqlansa uni ichidagi shira konsentratsiyasi ortadi 6. Funariyani bargi va g’amlovchi to’qima harakatini taminlaydi 7. Iloqning ildizi tomon harakatlanadi 8. Mexanik to’qimada joylashadi A) 3,6,5,4 B) 3,5,8,2 C) 1,2,5,7,8 D) 7,8,1,2 21 / 30 Dum umurtqalari soni ko`p va dumi uzun bo`lgan hayvonnlarni aniqlang. a. suv ayg`iri b. morj c. it d. kaputsin e. alligator f. baqa g. kaptar h. arxeopteriks j. delfin A) f,a,h B) e,c,g C) h,c,d,e D) j,d,c,e,h 22 / 30 Fotosintezda kuzatiladigan jarayon va uning ahamiyatini aniqlang. a-yorug`lik energiyasining kimyoviy energiyaga aylanishi; b-karbonat angidrid bilan suvdan organik birikma hosil bo`lishi; c-sintezlangan anorganik birikmalar energiya manbai bo`lib xizmat qilishi; d-atmosfera erkin kislorod bilan boyishi; e-sintezlangan organik birikmalar organizmlar uchun ozuqa va energiya manbai bo`lib xizmat qilishi; f-quyosh energiyasi mexanik energiyaga aylanishi; j-karbonat angidrid bilan kisloroddan organik birikma hosil bo`lishi A) a, b, d, e B) a, b, c, d C) c, d, e, f D) d, e, f, j 23 / 30 Urug’kurtakli daraxtni toping? A) saksovul B) barchasi C) archa D) qarag’ay 24 / 30 Beshyaproqli partenotsisus (a) va Virgin archasi (b)ga xos xususiyatlarni toping? 1. tugunchasu urug’kurtakli 2.urug’kurtagida Markaziy hujayra bor 3. O’tkazuvchi to’qimaga ega emas 4. Neoarktik biogeografikdan kelib chiqqan 5. Ingichka poyasida murakkab burglar joylashadi 6. Yog’ochlik qavatida o’tkazuvchi to’qima joylashadi 7. Urug’kurtagida markaziy hujayrasi yo’q 8. Yer ustki metamorfoziga ega A) a-8,5,3,1 b-1,6,4,7 B) a-2,4,8,6 b-7,6,4 C) a-8,4,5,2 b-1,6,3,4 D) a-1,4,5,6 b-7,4,3 25 / 30 Gledichiya gulidagi qaysi qismlar qo’shilgan. 1) 2 ta Gt; 2) 5 ta Gk; 3) 1 ta Ch; 4) 1 ta U; 5) 9 ta Ch; 6) 3 ta Gt A) 3, 6, 4 B) 2, 1, 5 C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 6 26 / 30 Qaysi davrda bola tez o’sadi, tanasining vazni ham ortadi, va organlari takomillashib boradi. A) navqironlik davri B) Go’daklik davri C) yetuklik davr D) chaqaloqlik davri 27 / 30 Qoraqatning bitta bargidagi ostki va ustki barg og’izchalar nisbati 4:1 bo’lib, ustki barg og’izchalarni hosil qilishda 50 ta loviyasimon hujayra qatnashsa,7 ta bargdagi jami barg og’izchalar sonini aniqlang? A) 375 B) 875 C) 1250 D) 625 28 / 30 Mitozda qiz hujayralar kimning hujayrasidan replikatsiya qilinadi? A) buvi B) buva C) ota D) ona 29 / 30 Yog’ bezlari funksiyasi pasayganda terida qanday holat paydo bo’ladi. 1) teri quruqlashadi 2) tarangligi ortadi 3) tarangligi yo’qoladi 4) terida mayda ajinlar paydo bo’ladi 5) teri yog’lanadi A) 1.5 B) 1,3,4 C) 1,2,4 D) 1.4 30 / 30 Piyozdoshlarga xos xususiyatni aniqlang. A) barg yaprog’i parallel yoki yoysimon tomirlangan, gulqo’rg’oni oddiy bo’ladi. B) unayotgan o’simlikda urug’pallabargi yer ostida qoladi, gulqo’rg’oni murakkab bo’ladi C) asosiy ildiz tezda nobud bo’ladi, unayotgan o’simlik tuproqdan ikkita urug’pallabarg bilan chiqadi D) gulqo’rg’oni oddiy, o’q ildizi rivojlangan bo’ladi Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz