Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Zoologiya » 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar 7-sinf Zoologiya 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar InfoMaster Aprel 14, 2022 269 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 2 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar 49- mavzu.PARRANDACHILIK. 50- mavzu.ITNING TASHQI TUZILISHI,SKELETI VA MUSKULLARI. 51- mavzu.ITNING ICHKI TUZILISHI. 1 / 50 Chayonning qaysi organlari soni ko’zlari soniga teng? A) qisqichlari, yurish oyoqlari B) ustki jag’lari va qisqichlari C) ustki jag’lari, qisqichlari, yurish oyoqlari D) ustki jag’lari, yurish oyoqlari 2 / 50 Xasva qaysi turkum vakili hisoblanadi? A) to’g’riqanotlilar B) chala qattiqqanotlilar C) qattiqqnotlilar D) tangachaqanotlilar 3 / 50 Asalari oilasidagi ishchi arilar ... iborat. A) voyaga yetgan , lekin ko’payish xususiyatini yo’qotgan arilardan B) urug’lanmagan tuxumdan rivojlangan arilardan C) voyaga yetmagan erkak arilardan D) voyaga yetmagan urg’ochi arilardan 4 / 50 Yuragi ikki kamerali bo`lgan hayvonlar guruhini begilang ?1) skat 2) baqa 3) qurbaqa 4) qirg`ovul 5) chumchuq 6) akula7) kit 8) manta 9) triton A) 2,3,9. B) 1,6,8. C) 1,2,4. D) 4,5,7. 5 / 50 Mantaga xos bo’lmagan xususiyatni toping. A) tropic dengizlarda yashab, 70 Vt kuchlanishli electr zaryadi hosil qila oladi B) eng yirik, bahaybat skat C) baliqchalar bilan oziqlanadi D) suv qa`ridagi mayda qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi 6 / 50 Baqaning ko`rish analizatori uchun xos bo`lmagan xususiyat ? A) tinch holatdagi va harakatlanayotgan o`ljani payqaydi B) qovoqlar ko`zlarni ta`sirlardan himoya qiladi C) ko`zlari yuqori va pastki qovoqlar bilan himoya qilingan D) qovoqlar ko`zlarini namlab turadi 7 / 50 Kaltakesak qachon o`sadi ? A) hayoti davomida B) yozda C) 1-5 yoshgacha D) tanasidagi yangi terisi qotguncha 8 / 50 Qushlarning oyoq skeleti qaysi suyaklardan iborat ?1) son 2) boldir 3) bilak 4) tirsak 5) ilik 6) barmoq 7) chanoq 8) yelka 9) tovon A) 1,7,5,6 B) 1,2,5,6 C) 1,2,3,6 D) 1,3,4,9 9 / 50 To`rt kamerali yurakka ega bo`lgan hayvonni ko`rsating. A) qorayaloq B) kaltakesak C) gekkon D) baqa 10 / 50 Qushlar bosh miyasining qaysi qismida bo‘rtmalar ko‘p bo‘ladi ? A) oraliq B) o‘rta C) miyacha D) uzunchoq 11 / 50 Bo'yni va oyoqlari uzun, balchiqda yaxshi yuradigan, suvda suzolmaydigan qushni belgilang. A) oq laylak B) o'rdak C) oqqush D) g'oz 12 / 50 Chumchuqsimonlar turkumining eng yirik turlari qaysi qatorda to`g`ri keltirilgan ? A) chittak, olaqarg`a B) qirg`ovul, kaklik C) go`ngqarg`a, zag`cha D) chittak, chug`urchuq 13 / 50 Itning tana harorati qancha bo`ladi ? A) 40-42 gradus B) 37 gradus C) 36,5-37 gradus D) 37-38 gradus 14 / 50 Sutemizuvchilarda qaysi qovoq rivojlanmagan ? A) ustki qovoq B) uchinchi qovoq C) qovoqlari yaxlit rivojlangan D) pastki qovoq 15 / 50 Kurka dastlab qayerda xonakilashtirilgan ? A) Afrikada B) Hindistonda C) Amerikada D) Indoneziyada 16 / 50 Odamlar yovvoyi o`rdakni qachon xonakilashtirgan ? A) bundan 300 yil oldin B) bundan 2000 yil ilgari C) bundan 3000 yil ilgari D) bundan 200 yil ilgari 17 / 50 Xonaki o`rdakning qanday zotlari ko`paytiriladi ? A) pekin, moskva, ukraina B) suqsun C) moskva, kuban D) churrak 18 / 50 Rus oq tovug`i va lekgorn zotli tovuqlar bir yilda nechtagacha tuxumberadi, bir dona tuxumining og`irligi qancha bo`lishi mumkin ? A) 150, 180 dona, 70-75 gr, B) 200,220 ta, 70-80 gr, C) 150,200 ta, 40-45 gr, D) 200, 300 ta, 50-65 gr, 19 / 50 Sutemizuvchilarning nafas olish sistemasi qanday organlardan tashkil topgan ? A) burun bo`shlig`i, hiqildoq, kekirdak, bronxlar, o`pkalar B) burun, og`iz, hiqildoq, traxeya, Bronx C) burun bo`shlig`i, hiqildoq, kekirdak, bronxlar, o`pkalar,diafragma. D) burun, halqum, hiqildoq, traxeya, bronx, o`pka 20 / 50 Itlarda qaysi suyak rivojlanmagan ? A) o`mrov B) kil C) ko`krak tirgak D) chanoq 21 / 50 It yurganda qayeriga tayanib yuradi ? A) oyoqlariga B) barmoqlariga C) tovoniga D) skeletiga 22 / 50 Ikki oylik jo`jalari 1,6 kg (a), o`zini vazni 2,6 kg (b) va undan ortiq keladigan zotlar ?1) Nyugemshpir 2) lekgorn 3) Pervomayskiy 4) Plimutrok 5) Moskva 6)Ukraina 7) Kornuel 8) Pekin A) a-5,6,8 b-4,7 B) a-1,2 b-3,5,6 C) a-1,4,7 b-2,3,8 D) a-4,7 b-5,6,8 23 / 50 aysi tovuq zoti 5-6 oyda tuxumga kiradi ? A) Ukraina B) Moskva C) Pekin D) Lekgorn 24 / 50 Issiq yoz vaqtida, yoki yugurganda it nega tez-tez nafas oladi ? A) itlarning terisida ter bezlari bo`lmaganligi sababli tez-tez nafas olib tana haroratini pasaytiradi B) yurak muskullari kuchsiz C) tana harorati ko`tarilib ketadi D) tanasiga nisbatan o`pkasi kichik 25 / 50 Go`shti uchun boqiladigan tovuq zotlari berilgan qatorni belgilang. A) kornuel, plimutrok B) rus oq tovug`i, lekgorn C) zagorsk, nyugempshir D) pervomaysk, lekgorn 26 / 50 Itlarning oldingi oyoqlar kamarini qaysi suyaklar tashkil qiladi ? A) kurak, ko`krak, tirgak, o`mrov B) 2 ta ko`krak tirgak, 2ta kurak C) 2 ta kurak suyagi, ko`krak tirgak suyagi, 2 ta o`mrov D) oldingi oyoq kamari, 2 ta kurak suyagini ko`krak tirgak suyagi b-n qo`shilishidan va 2 ta o`mrov suyagidan hosil bo`ladi 27 / 50 Parrandachilik fabrikalarida qanday sexlar bo`ladi ? A) go`sht yetishtiradigan B) tuxum yetishtiradigan C) barcha javoblar to`g`ri D) nasl beruvchi, tuxum qo`yuvchi, jo`ja ochirish, chiqindilarga ishlov berish sexlari 28 / 50 Qaysi sutemizuvchilar hidni yaxshi sezmaydi ? A) kropatka B) ko`rshapalak C) kit, delfin D) sassiq qo`zan 29 / 50 Faqat sutemizuvchilarga xos belgilarni aniqlang.a) quloq suprasi rivojlangan b) bo'yinda 7 ta umurtqa bo'ladi c) gavdasi jun bilan qoplangan d) tishlari ixtisoslashgan e) diafragma rivojlangan f) ayirishorgani bitta loviyasimon buyrakdan iborat j) qon aylanish doirasi bitta k) junqoplami bir qavatdan iborat A) a, b, c, d, e B) a, b, c, d, e, f, j, k C) a, b, c, f, k D) d, e, f, j, k 30 / 50 Xonakilashtirilgan, vazni 16 kg gacha bo`ladigan qush hisoblanmish kurkaning vatani qayer ? A) Yevropa B) Hindiston C) Amerika D) Avstraliya 31 / 50 Sutemizuvchilarning tuyg`u organi vazifasini nima bajaradi ? A) uzun va yo`g`on qillar B) quloq C) til D) teri 32 / 50 Faqat jo`ja olish uchun boqiladigan, ikki oylik jo`jasining og`irligi 1,6 kg keladigan tovuq zotlari qaysi qatorda berilgan ? A) kornuel, plimutrok B) pervomaysk, Zagorsk C) lekgorn D) Zagorsk, lekgorn 33 / 50 Sutemizuvchilarni ayirish sistemasini nima hosil qiladi ? A) buyraklar 2 ta siydik yo`li qovuq chiqarish nayi B) 1 ta siydik yo`li qovuq chiqarish nayi C) qovuq chiqarish nayi D) 2 ta siydik yo`li qovuq chiqarish nayi 34 / 50 Tuxum-go'sht yo'nalishidagi tovuq zotlarini ko'rsating.1) Lekgorn 2) Pervomaysk 3) Zagorsk 4) Kornuel A) 2,4 B) 1.2 C) 2.3 D) 3.4 35 / 50 Sutemizuvchilar umurtqa pog`onasi necha bo`limdan iborat ? A) 3 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 6 ta 36 / 50 ozirgi tovuqlar qachon qayerda xonakilashtirila boshlangan ? A) Birmada 3000 yil ilgari B) Yaponiyada 1500 yil ilgari C) Hindistonda 4500 yil ilgari D) Xitoyda 4000 yil ilgari 37 / 50 Itning og`zida qanday tishlar bo`ladi va ular qay tartibda joylashgan ? A) 2 ta kurak, 2 ta qoziq, 3 ta kichik oziq, 3 ta katta oziq tishlari bor B) sudralib yuruvchilar singari 1 xilda tuzilgan tishlardan iborat C) oldingi qismida ponasimon kurak, ulardan orqaroqda konussimon yirik qoziq tishlar, keyin yassi oziq tishlar. D) kurak tishlar, qoziq tishlar, jag` tishlari, yirtqich tishlar 38 / 50 Itning orqa oyoqlari qanday suyaklardan tashkil topgan ? A) son, boldir, ilik, panja B) son, kichik boldir, katta boldir, tovon barmoq suyaklari C) son, bilak, tirsak, tovon, panja D) son, boldir, tirsak, changal 39 / 50 Itning oldingi oyoqlari qanday suyaklardan tashkil topgan ? A) yelka bilan tirsak, tovon, changal B) ko`krak tirgak, o`mrov, kurak, yelka bilan panja C) yelka, bilak, tirsak, barmoq (panja) D) yelka kamari, yelka bilak, tirsak, panja 40 / 50 Tuxum – go`sht maqsadida boqiladigan tovuq zotlari berilgan qatornitoping. 1) rus oq tovug`i 2) nyugempshir 3) kornuel 4) pervomayskiy 5)plimutrok 6) zagorsk 7) lekgorn A) 1,6,3 B) 2,4,6 C) 3,5,6 D) 1,5,7 41 / 50 Itning bo`yin, ko`krak, bel, dumg`aza, dum umurtqalar soni qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan ?1) bo`yin 2) ko`krak 3) bel 4) dumg`aza 5] dum a) 3 b) 7 c) 12,15 d) 6 e) 3,4 j) 3,10 A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e B) 1-b, 2-c, 3-e, 4-d, 5-j C) 1-b,2-c,3-d,4-e, 5-j D) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d, 5-e 42 / 50 Sutemizuvchilarning yuragi necha kamerali ? A) 4 B) 3 C) 2 D) 5 43 / 50 Itning qaysi muskullari kuchli rivojlangan ? A) qo`l, oyoq kamari muskullari B) pastki jag`ini harakatga keltiruvchi muskullar C) ko`krak D) bo`yin 44 / 50 Qaysi tovuq zoti tullash davrida tuxum qilmaydi ? A) Moskva B) Pekin C) Zagorsk D) Ukraina 45 / 50 tning hazm qilish organlariga qaysi organlar kiradi ? A) og`iz bo`shlig`i, halqum, qizilo`ngach, oshqozon, ingichka, yo`g`on, to`g`ri ichak B) og`iz, halqum, qizilo`ngach, kichik oshqozon, bezli oshqozon, ichak C) og`iz bo`shlig`i, qizilo`ngach, halqum, oshqozon, ichak D) og`iz, halqum, qizilo`ngach, kichik oshqozon, katta oshqozon, ichaklar 46 / 50 Uchish qobiliyatini yo`qotgan qushlar nomi qaysi qatorda keltirilgan ? A) pingvinlar, g`oz B) xonaki g`oz, tuyaqush, pingvin C) tuyaqush, o`rdak D) xonaki g`ozlar, jo`rchi 47 / 50 Faqat tuxum olish uchun ko`paytiriladigan tovuq zotini belgilang. A) zagorsk B) pervomaysk C) plimutrok D) lekgorn 48 / 50 Sutemizuvchilarning terisidagi qillar nima vazifani bajaradi ? A) tana haroratini saqlash B) terini himoya qilish C) tuyg`u D) tuklar bilan terini himoya qiladi 49 / 50 Sutemizuvchilarning eshtish organi boshqa umurtqali hayvonlarning eshitish organidan qanday farqlanadi ? A) ichki quloqning taraqqiy etmagani B) kuchli rivojlangani bilan C) faqat tashqi va o`rta quloqlarning mavjudligi D) tashqi quloq va quloq suprasi bo`lishi 50 / 50 Quyidagi nomlari ko`rsatilgan tovuq zotlari qanday maqsadlarda boqiladi ?1) rus oq tovug`i 2) lekgorn zot 3) zagorsk 4) kornuel 5) nyugempshir 6)pervomaysk 7) plimutrok a) tuxum, go`sht b) tuxum olish uchun c) go`shti uchun A) 1b, 2b, 3a, 4c, 5a, 6a, 7c B) 1b,2a,3c,4a,5b,6a,7c C) 1b, 2b, 3a, 4c, 5c, 6a, 7c D) 1b, 2b, 3a, 4c, 5a, 6b, 7a 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 7-sinf Zoologiya 58-59-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 7-sinf Zoologiya 52-53-54-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 7-sinf Zoologiya 46-47-48-mavzular yuzasida testlar