Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Zoologiya » 7-sinf Zoologiya 1-2-3-mavzular testlar 7-sinf Zoologiya 7-sinf Zoologiya 1-2-3-mavzular testlar InfoMaster Aprel 11, 2022 3049 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 14 2 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Zoologiya 1-2-3-mavzular yuzasida testlar 1-mavzu.ZOOLOGIYA FANI VA UNING VAZIFALARI 2-mavzu.HAYVON ORGANIZMINING TUZILISHI,HAYVONLARNI KLASSIFIKATSIYA QILISH. 3-mavzu.SOXTA OYOQLILAR SINFI. 1 / 50 Soxta oyoqlilarga mansub bo'lmagan hayvonni aniqlang. A) foraminifera B) nursimonlar C) nozema D) ichburug` amyobasi 2 / 50 Dеngizlarda uchraydigan sodda hayvonlarni bеlgilang. A) forominifеra, nursimon soxta oyoqlilar B) leyshmaniya, triponosoma C) oddiy amyoba, evglеna D) oddiy amyoba, infuzoriya, bezgak paraziti 3 / 50 Oddiy amyoba qanday eritmaga solinganda soxta oyoqlarini tortib olib sharsimon shaklga kiradi? A) etil spirit B) sirka kislotasi C) osh tuzi D) disstillangan suv 4 / 50 Zoologiyada qaysi sistematik birlik ikki lotincha nom bilan ataladi A) tur B) turkum C) urug’ D) oila 5 / 50 Kremniy skeletli sodda hayvonni aniqlang. A) ichburug amyobasi B) foraminifera C) nozema D) nursimonlar 6 / 50 Hayvonlar sistematikasiga asos slogan olimni ko’rsating. A) Kashkarov B) Anton Levenguk C) Arastu D) Karl Linney 7 / 50 Amyobaning nafas olish organi vazifasini nima bajaradi ? A) jabra. B) teri. C) butun tana yuzasi. D) o`pka. 8 / 50 Qaysi olimlar umurtqali hayvonlarni o’rganishgan A) Zohidov. Bogdanov B) Kashkarov C) Azimov. Yaxontov D) Isayev. Borovskiy 9 / 50 Qon so’ruvch hashorotlar va kanalar qanday kasalliklarni odamlarga yuqtiradi A) o’lat, terlama, bezgak B) qorin tifi va ichburug’ C) o’lat, bug’ma, vabo D) vabo, sil, bezgak 10 / 50 Amyobaning ko’payishida qanday jarayonlar kuzatiladi ?Ketma-ketligi to’g’ri berilgan javobni aniqlang.a) yadro hajmi ortadi b) yadro qobig’i yemriladi c) yadro qismlari hujayraning ikki tomoniga teng taqsimlanadi d) hujayraning ikki tomonida yadro hosilbo’ladi e) amyoba tanasi cho’ziladi va ikkiga bo’linadi f) yadro hajmi kamayadij) yadro qobig’i qalinlashadi k) yadro va amyoba tanasi barobar cho’ziladi vaikkiga bo'linadi l) hosil bo'lgan hujayralarda qo'shimcha yadro hosil bo'ladi A) f, j, k, l B) a, c, d, k, l C) f, j, k, b D) a, b, c, d, e 11 / 50 Amyob qachon sista hosil qiladi1.sovuq tushganda 2.kislorod yetishmaganda 3.havo soviganda 4.suv qurib qolganda A) 1.2 B) 3.4 C) 1.4 D) 2.3 12 / 50 Bir hujayralilar tipi qanday sinflarga bo’linadivchinlilar 1.xivchinlilar 2.sporalilar 3.infuzoriyalilar 4.soxta oyoqlilar A) 1.2.3 B) 1.4 C) 1.2.3.4 D) 1.3.4 13 / 50 5-raqam bilan ko’rsatilgan hujayra mansub bo’lgan to’qimaga xos bo’lgan ma’lumotni aniqlang. A) Alohida hujayralar va organlar oralig‘ini to‘ldirib turadi. B) Qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan muskul tolalardan iborat. C) Zich joylashgan yassi kubsimon yoki silindrsimon hujayralardan iborat. D) Yulduzsimon nerv hujayralari va ular orasidagi oraliq moddadan iborat. 14 / 50 Qaysi hayvonlarda to’qima va organlar rivojlanmagan A) umurtqasizlarda B) ko’p hujayralilarda C) bir hujayralilarda D) bir ko’p hujayralilar va tuban ko’p hujayralilarda 15 / 50 Qaysi javoblar bir hujayralilar sinfiga mos keladi ? A) tanasi bitta hujayradan iborat mustaqil oziqlanish, o`sish va ko`payish xususiyatlariga ega B) hujayralar yirik. C) murakkab tuzilgan. D) mustaqil oziqlanish, o`sish va ko`payish xususiyatlariga ega. 16 / 50 Rasmda qaysi sinfga kiruvchi hayvonning mikraskop ostidagi tasviri ko’rsatilgan? A) Soxtaoyoqlilar sinfi B) Xivchinlilar sinfi C) Infuzoriyalar sinfi D) ]sporalilar sinflari 17 / 50 O’simliklarning hayvonlardan farqli tomonini toping1.tayyor oziqa bilan oziqlanmaydi balki o’zlari fotosintez qilishadi 2.hujayralardantashkil topganligi 3.hujayralarning kimyoviy tarkibi ham o’zaro o’xshash 4.po’sti qalin bo’lishi 5.faol harakatlanishi 6.yashil rang beruvchi xloroplastlar bo’lishi A) 1.4.5.6 B) 1.6.4 C) 1.2 D) 2.3 18 / 50 Ohak chig'anoqli soxta oyoqlilar vakilini aniqlang. A) nursimonlar B) nozema C) foraminifera D) ichburug' amyobasi 19 / 50 1-raqam bilan ko’rsatilgan hujayra mansub bo’lgan to’qimaga xos bo’lgan ma’lumotni aniqlang. A) Alohida hujayralar va organlar oralig‘ini to‘ldirib turadi. B) Yulduzsimon nerv hujayralari va ular orasidagi oraliq moddadan iborat. C) Zich joylashgan yassi kubsimon yoki silindrsimon hujayralardan iborat. D) Qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan muskul tolalardan iborat. 20 / 50 Qushlar, ko’rshapalaklar va baqalarning o’xshashlik xususiyatlarini belgilang A) o’rmon va qishloq xo’jalik zararkunadalarini qirib foyda ketiradi B) issiq qonli C) qanotining bo’lishi D) sovuq qonli 21 / 50 Amyobaning hazm qilish vakuolasi qaysi paytda paydo bo`ladi ? A) sista hosil qilishi bilan. B) sitoplazma bo`linishi bilan. C) yadrodan hazm shirasi ajralishi bilan. D) sitoplazmadan hazm shirasi ajralishi bilan. 22 / 50 Amyobalarda oziq moddalar nima ta'sirida hazm bo'ladi ? A) gormonlar B) hazm shirasi C) yadro shirasi D) sitoplazma shirasi 23 / 50 Bir hujayrali hayvonlarni kim kashf etgan? A) K. Linney B) A. Levenguk C) Arastu D) R. Guk 24 / 50 O‘rta Osiyo hududida uchramaydigan (a) va asosan shu hududda tarqalgan (b) hayvonlarni juftlab ko‘rsating? 1)ingichka barmoqli qo‘shoyoq 2) ko‘k sug‘ur 3) triton 4) soxta kurakburun 5) salamandra A) a-2,5 b-1,3,4 B) a-3,5 b-1,2,4 C) a-1,3,4 b-2,5 D) a-1,2 b-3,4,5 25 / 50 Biriktiruvchi to’qima organlarni o’zaro bog’lash…(1), kislorod va oziq moddalarni tashish…(2), zaxira oziq moddalar to’plash…(3), tayanch…(4), vazifasini bajaradia.parenxima b.qon c.pay d.suyak e.tog’ay A) )1.c 2.b 3.a 4.d.e B) 1.c 2.b 3.d 4.d.e C) 1.c 2.b.a 3.a 4.d.e D) 1.c 2.b 3.b 4.d.e 26 / 50 O‘rta Osiyoda rishta, bezgak paraziti, leyshmaniya kabi parazit hayvonlarning tugatilishiga qaysi olimlarning tadqiqotlari asos bo‘ldi? A) D.N.KashKarov,V.V.Yaxontov, M.A.Sultonov B) J.A.Asimov, M.A.Sultonov C) L.M. Isayev, P.F.Borovskiy D) D.N.Kashkarov, V.V.Yaxontov 27 / 50 Qaysi hayvonlar uchun qirilib keti xavfi tug’ildi A) tur, bizon B) ko’k sug’ur, tarpan C) Prjevalskiy oti D) dengiz hayvoni, tur 28 / 50 Taroqli hayvon nechanchi raqam bilan ifodalangan? A) 7 B) 5 C) 6 D) 8 29 / 50 Umurtqasizlar va umurtqalilar nechta tipdan iborat A) 1 ta, 20 ta B) 8 ta, 1 ta C) 20 ta, 8 ta D) 20 ta, 1 ta 30 / 50 Hayvonlarning o’simliklarga o’xshash tomonini ko’rsating1.tayyor oziqa bilan oziqlanishi 2.hujayralardan tashkil topganligi 3.hujayralarning kimyoviy tarkibi ham o’zaro o’xshash 4.po’sti yupqa bo’lishi 5.faol harakatlanishi 6.yashil rang beruvchi xloroplastlar bo’lmasligi A) 1.2 B) 1.4.5.6 C) 2.3 D) 3.4 31 / 50 Qaysi to’qima alohida hujayralar va organlar oralig’ini to’ldirib turadi A) muskul B) biriktiruvchi C) epiteliy D) )nerv 32 / 50 Ichburug’ amyobasi kimda parazitlik qiladi? A) odam va sutemizuvchilarda B) odam va umrtqalilarda C) odam, sutemizuvchi, qushlarda D) faqat odamda 33 / 50 Oddiy amyobaning soxta oyoqlari qanday vazifani bajaradi ?1) nafas olish 2) oziqlanish 3) ko`payish4) ayirish 5) harakatlanish A) 3,4. B) 1,2. C) 2,5. D) 2,3. 34 / 50 Amyobali suv tomchisiga osh tuzi qo'shilsa nima kuzatiladi ?soxta oyoqlarini tortib oladi b) soxta oyoqlarini otib chiqaradi c) sharsimon shaklga kiradi d) tanasi cho'ziladi va ikkiga bo'linadi A) b, c B) a, c C) b,d D) a, d 35 / 50 Hayvon hujayralari qanday shakillarda bo’lishini ko’rsating1.kubsimon 2.yumaloq 3.yulduzsimon 4.duksimon 5.to’g’ri to’rtburchakli6.tuksimon 7.kiprikli 8.ko’p qirrali 9.cho’ziq A) 2.3.4.6.7.8.9 B) 1.2.3.4.7 C) 1.2.6.7.8 D) 3.4.5.6.7.8.9 36 / 50 Amyoba organoidlari va ularning vazifasini juftlab ko`rsating ?1) soxta oyoqlari 2) yadro hazm vakuola 4) qisqaruvchi vakuola ortiqcha suv, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`lgan mahsulotlarni chiqarish b) harakatlanish, oziqni qamrab olish c) hazm qilish d) ko`payishda ishtirok etish A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d. B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b. C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a. D) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a. 37 / 50 Qaysi olim hayvonlarni o‘rganishni boshlab bergan(a), bir hujayrali hayvonlarni kashf etgan(b), hayvonlarni sistemaga solib o‘rganishni(v) taklif etgan?1) Ibn Sino; 2) A.Levenguk; 3) Arastu; 4) K.Linney; A) a-2, b-1,v-4 B) a-1,b-2,v-3 C) a-3, b-2, v-4 D) a-4; b-2, v-1 38 / 50 Ichak qanday xildagi to’qimlardan tashkil topgan1.muskul 2.nerv 3.biriktiruvchi 4.epiteliy A) 1.4 B) 4 C) 1.2.3.4 D) 4.2 39 / 50 Qaysi olimlar umurtqasiz hayvonlarni o’rganishgan A) Kashkarov B) Azimov. Yaxontov C) Zohidov. Bogdanov D) Isayev. Borovskiy 40 / 50 Soxta oyoqlilar uchun xos bo`lgan belgilar ?1) qattiq hujayra qobig`i bo`lmaydi 2) shakli o`zgaruvchan 3) tanasi duksimon4) tanasi qattiq qobiq bilan qoplangan 5) soxta oyoqlar hosil qiladi 6) asosanjinsiy ko`payadi A) 4,5,6. B) 1,2,3. C) 1,2,5. D) 1,2,6. 41 / 50 Rasmda ko’rsatilgan hayvonning sistematik birliklari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang? A) bir hujayralilar tipi,soxta oyoqlilar sinfi B) bir hujayralilar tipi,infuzoriyalilar sinfi C) bir hujayralilar tipi,sporalilar sinfi D) bir hujayralilar tipi,xivchinlilar sinfi 42 / 50 Mamlakatimizda quyida bеrilgan hayvonlarning nechtaga yaqin turlari tarqalgan? 1) baliq; 2) suvda ham quruqlikda yashovchilar; 3) sudralib yuruvchilar; 4) hasharotlar a) 11000 dan ortiq; b) 60 ga yaqin; g) 4ta; d) 70 ga yaqin; e) 3 ta; j) 972 ga yaqin A) 1-d; 2-е, 3-b; 4-a B) 1-j; 2-b; 5-d; 4-g C) 1-b; 2-g; 3-d; 4-j D) 1-g; 2-b; 3-d; 4-j 43 / 50 Amyoba tanasidan ortiqcha suv va zararli moddalar qaysi organoid ishtirokida chiqarib yuboriladi ? A) qisqaruvchi vakuolalar B) soxta oyoqlar C) anal teshigi D) hazm vakuolalari 44 / 50 Biriktiruvchi to’qimaning suyuq…(1),tig’iz…(2), va g’ovak…(3), xillari mavjud a.parenxima b.pay c.qon d.suyak e.tog’ay A) 1.c 2.b.d.e 3.a B) 1.c 2.b 3.a C) 1.c 2.d.e 3.a D) 1.c 2.d 3.b 45 / 50 Rasmda organizmni noqulay sharoitdan himoya qiladi hamda uning faoliyatini boshqaradigan moddalar ishlab chiqaradigan to’qima hujayralari qaysi raqamlar bilan ifodalangan? A) 5,6,7 B) 4,5,6 C) 2,3,4 D) 1,2,3 46 / 50 Kim hayvonlar ekologiyasini o’rganishni boshlab bergan A) Kashkarov B) Isayev. Borovskiy C) Azimov. Yaxontov D) Zohidov. Bogdanov 47 / 50 Qaysi sinf vakillari tanasining shakli doimiy bo`lmaydi ? A) xivchinlilar. B) sporalilar. C) soxta oyoqlilar. D) infuzoriyalar. 48 / 50 Quyida 4-rasmda keltirilgan organoidga xos bo’lgan ma’lumotni toping A) bo’linishni ta’minlaydi B) hazm qilish funksiyasiga ega C) hujayra ichidagi bosimni meyorga soladi D) ortiqcha moddani chiqarib tashlaydi 49 / 50 Noqulay sharoitda amyoba nima hosil qiladi? A) spora B) sista C) finna D) kapsula 50 / 50 Soxta oyoqlilarni, ularni ahamiyati bilan juftlab ko`rsating ?1) ichburuq amyobasi 2) foraminifera 3) nursimonlar a) chig`anoqli ohaktosh konlarini hosil qiladi b) skeleti qoldig`idan jilvir qog`oz tayyorlanadic) ichakda yara hosil qiladi A) 1-c, 2-a, 3-b. B) 1-a, 2-b, 3-c. C) 1-b, 2-c, 3-b. D) 1-c, 2-b, 3-a. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 7-sinf Zoologiya 58-59-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 7-sinf Zoologiya 52-53-54-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar