Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 7-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiada 7-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Aprel 29, 2022 408 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 6 12345678910111213141516171819202122232425 7-sinf Tarix olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar. 1 / 25 Somoniylar davlatida hujjatlar va elchilik aloqalari bilan qaysi devon shug’ullangan? A) Amid ul-mulk B) Mustavfiy C) Sohibi-shurat D) Ariz 2 / 25 Quyidagi qaysi javobda ilk o‘rta asrlarda shakllangan tabaqa vakillari ta’rifi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) dehqon — qishloq hokimi B) kashovarz — ziroatchi oddiy qo‘shchilar C) chokar — dehqon qo‘riqchisi D) kadivar — erkin ziroatchi 3 / 25 VI asrda Vizantiyaning yirik savdo hunarmandchilik markazlari bo’lgan shaharlarni aniqlang. 1.Konstantinopol 2.Aleksandriya 3.Antioxiya 4.Edessa 5.Quddus 6.Afina A) 3,4,5,6 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4,5 D) 1,4,5,6 4 / 25 ”Mening bilishimcha urushlar ichida bunday urushni hali hech kim ko’rmagan.” Geradot qaysi jang haqida yozgan? A) A.Makedonskiy va Spetamen o’rtasidagi jang haqida B) Kir II va To’maris o’rtasidagi jang haqida C) Arablar va Muqanna o’rtasidagi jang haqida D) Doro I va Shiroq o’rtasidagi jang haqida 5 / 25 VIII asrning 40-yillarida Arab xalifaligida … A) hokimiyat tepasiga Ummaviylar sulolasi keldi B) abbosiylar hukmronligi barham topdi C) Muqanna qo‘zg‘oloni ko‘tarildi D) toj-u taxt uchun kurash kuchaydi 6 / 25 Finikiyaliklarning dastlabki koloniyalari qayerlarda tashkil etilgan? A) Apenin yarim oroli va Afrika sohillarida B) Krit oroli va Apenin ya o sohilida C) Krit oroli va Kichik Osiyo sohilida. D) Krit oroli va Shimoliy Afrika sohilida 7 / 25 Tutmos II ning Falastin va Suriyani bosib olish uchun uyushtirgan hujumlari qachon boshlangan? A) Mil.av 1500-yil. B) Mil.av 1650-yil C) Mil.av 1450-yil D) Mil.av 1600-yil 8 / 25 O’rta Osiyoda sopol idishlar qachondan boshlab, hayvonlar, qushlar va o’simliksimon naqshlar bilan bezatiladigan bo’ldi? A) Mil.av 4-ming yillikda. B) Mil.av 3-ming yillikda C) Mil.av 5-ming yillikda D) Mil.av 2-ming yillikda 9 / 25 Arab xalifaligining bir qismi bo’lgan Ispaniyaga qarshi Buyuk Karl qachon yurushni amalga oshirgan? A) 773-yilda B) 780-yilda C) 772-yilda D) 778-yilda 10 / 25 V-VII asrlarda O‘rta Osiyoda qay turdagi turar joylar qad ko‘tardi? 1) ko‘shk; 2) to‘r; 3) o‘rdugoh; 4) qasr; 5) qo‘rg‘on; 6) qo‘rg‘oncha; 7) madrasa. A) 2, 4, 6 B) 3, 4, 5 C) 1, 3, 5, 7 D) 1, 4, 5, 6 11 / 25 Birlashgan Millatlar Tashkiloti qachon tuzilgan? A) 1941-yil 22iyun B) 1950-yil 30-oktabr C) 1948-yil 9-may D) 1945-yil 24-oktabr 12 / 25 O’zbekistonda arxeologiya fanining rivojlanishida qaysi olimlarning xizmatlari katta bo’ldi? A) Ali Qushchi,Beruniy B) M.Saidjonov,Y.G’ulomov C) V.Bartold,Vyatkin D) Mirzo Ulug’bek,Beruniy 13 / 25 Shaharning mustahkam labirintli darvoza og‘zi istehkomi darvozaxonasi bo‘lgan… Shahar markazidan yuqoriroqda ibodatxona majmuasi, uning shimoli-g‘arbiy burchak qismida esa balandligi 25 metr bo‘lgan uch minorali hukmdor qasri qad ko‘targan. Yuqoridagi ta’rif qaysi shahar xarobasiga tegishli? A) Yunosobod Oqtepasi B) Turoqqal’a C) Jonbosqal’a D) Bolaliktepa 14 / 25 Germanlarda urush va tinchlik masalalarini hal qilish konunglarni saylash qaysi organning vazifasi edi? A) xalq yig’ini B) aslzodalar kengashi C) harbiylar yig’in D) oqsaqollar kengashi 15 / 25 Tarixning maxsus fanlar va ularning vazifalari to’g’ri ko’rsatilgan javobni ko’rsating. 1. Arxeologiya 3. Etnografiya 2. Antropologiya 4. Lingvistlar a.Moddiy-ashyoviy manbalar asosida tarixni o’rganuvchi fan b. Qadimgi tillarni o’rganuvchi fan c. Xalqlarning udumlari, xo’jalik va madaniyat an’analarini o’rganuvchi fan d. Qadimgi odamlarning qiyofasini o’rganuvchi fan A) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b B) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c C) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c D) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d 16 / 25 O’rta asr shaharlaridan qaysilari monastirlar atrofida paydo bo’lgan? A) Padeborn,Bremen,Strastburg B) Myunster,sen-Gallen,Sen-Dene C) Strastburg,Gamburg, Austburg D) Sveybryukken,Bryugge,Sen-Gallen 17 / 25 Ilk o‘rta asrlarda barpo etilgan Darg‘om kanali hozirda O‘zbekitonning qaysi hududida asosiy suv ombori hisoblanadi? A) Farg‘ona vodiysida B) Qashqadaryo viloyati va Surhondaryoning shimoliy tumanlarida C) Xorazm va Orol bo‘yi atrofida D) Samarqand viloyati janubiy tumanlarida 18 / 25 Quyidagi Germaniya shaharlardan qaysi biri movut,surp,metal buyumlar,qurol-aslaha yasashda yetakchi bo’lgan? 1.Kyoln 2.Ulm 3.Vorms 4.Augsburg 5.Nyurenberg 6.Frankfurt A) 1,2,6 B) 1,3,6 C) 4,5,6 D) 2,4,5 19 / 25 Najjorlik — bu … A) qurolsozlik B) zargalik C) duradgorchilik D) chilangarlik 20 / 25 O’rta asrlar tarixining birinchi davriga xos bo’lgan xususiyatni aniqlang 1.Yer egaligi ishlab chiqarish munosabatlarining yuksalishi 2. Natural xo’jalkining inqirozi 3.Yangi feodal jamiyatga o’tish 4. Feodallar va qaram dehqonlar toifalarining shakillanishi 5. Yirik feodal davlatlarining paydo bo’lishi A) 2,4,5 B) 3,4,5 C) 2,3,4 D) 1,2,3 21 / 25 Ilk o‘rta asrlarda Turon aholisining ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi sodir bo‘lgan qanday keskin o‘zgarish mamlakatning mayda davlatlarga bo‘linib ketishiga sabab bo‘ladi? A) dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalarining shakllanishi B) ekin maydonlarining barchasi qishloq oqsoqollari hamda urug‘ va qabila boshliqlari qo‘lida to‘planishi C) dehqonlarning kadivarlarni ekspluatatsiya shaklida ishlatishi D) ko‘chmanchi chorvador xion qabilasining hujumi 22 / 25 Issiqko’l janubi,Qoshg’ar yag’molari,shimoli-sharqda chigil,sharqda o’g’uz qabilalarini birlashtirgan ulkan hudud dastlab qanday atalgan? A) Xoniya B) Qorluqlar davlati C) Qarluqlar o’lkasi D) Xoqoniya 23 / 25 Orol dengizi bo’ylarida Sirdaryoning quyi oqimida saklarning qaysi guruhi yashagan? A) Saka-tiay-taradarayya B) Saka- tigra- hauda C) Massagetlar D) Saka-xaumovarka 24 / 25 Kserks qo’shinlari qaysi bo’g’ozga kelib,podsho buyrug’i bilan bir kilometrdan uzun ko’prik qurildi? A) Balabak bo’g’ozi B) Gellespont bo’g’ozi C) Salamin bo’g’ozi D) Gibraltar bo’g’ozi 25 / 25 Kim zamondoshlari tomonidan “Jahon hayrati”deb nom olgan? A) Rudolf Gabsburg B) Fridrix I Barbarossa C) Fridrix II D) Grigoriy IX 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz