Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 7-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiada 7-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Aprel 29, 2022 484 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Tarix olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar. 1 / 25 Finikiyaliklarning dastlabki koloniyalari qayerlarda tashkil etilgan? A) Krit oroli va Shimoliy Afrika sohilida B) Krit oroli va Apenin ya o sohilida C) Krit oroli va Kichik Osiyo sohilida. D) Apenin yarim oroli va Afrika sohillarida 2 / 25 Xalifa Umar davrida islom davlati tarkibiga kiritilgan davlatlarni aniqlang? 1.Falastin 2.Misr 3. Liviya 4.Suriya 5.Kavkaz 6.Eronning bir qismi 7.Xuroson 8.Kichik Osiyo A) 1,2,6,7,8 B) 2,3,4,5,6 C) 3,4,5,6,7 D) 1,2,3,4.6 3 / 25 Quyidagi Germaniya shaharlardan qaysi biri movut,surp,metal buyumlar,qurol-aslaha yasashda yetakchi bo’lgan? 1.Kyoln 2.Ulm 3.Vorms 4.Augsburg 5.Nyurenberg 6.Frankfurt A) 1,2,6 B) 1,3,6 C) 2,4,5 D) 4,5,6 4 / 25 V-VII asrlarda O‘rta Osiyoda qay turdagi turar joylar qad ko‘tardi? 1) ko‘shk; 2) to‘r; 3) o‘rdugoh; 4) qasr; 5) qo‘rg‘on; 6) qo‘rg‘oncha; 7) madrasa. A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5, 7 C) 1, 4, 5, 6 D) 3, 4, 5 5 / 25 Najjorlik — bu … A) zargalik B) qurolsozlik C) duradgorchilik D) chilangarlik 6 / 25 Tutmos II ning Falastin va Suriyani bosib olish uchun uyushtirgan hujumlari qachon boshlangan? A) Mil.av 1600-yil B) Mil.av 1650-yil C) Mil.av 1450-yil D) Mil.av 1500-yil. 7 / 25 Shaharning mustahkam labirintli darvoza og‘zi istehkomi darvozaxonasi bo‘lgan… Shahar markazidan yuqoriroqda ibodatxona majmuasi, uning shimoli-g‘arbiy burchak qismida esa balandligi 25 metr bo‘lgan uch minorali hukmdor qasri qad ko‘targan. Yuqoridagi ta’rif qaysi shahar xarobasiga tegishli? A) Turoqqal’a B) Bolaliktepa C) Yunosobod Oqtepasi D) Jonbosqal’a 8 / 25 VI asrda Vizantiyaning yirik savdo hunarmandchilik markazlari bo’lgan shaharlarni aniqlang. 1.Konstantinopol 2.Aleksandriya 3.Antioxiya 4.Edessa 5.Quddus 6.Afina A) 2,3,4,5 B) 3,4,5,6 C) 1,2,3,4 D) 1,4,5,6 9 / 25 Orol dengizi bo’ylarida Sirdaryoning quyi oqimida saklarning qaysi guruhi yashagan? A) Saka- tigra- hauda B) Saka-tiay-taradarayya C) Saka-xaumovarka D) Massagetlar 10 / 25 Favqulodda vaziyatlar ro’y berganda tayinlanuvchi yakkaboshchi hukmdor nima deyiladi? A) Konsul B) Strateg C) Diktator D) Dinastiya 11 / 25 O’zlashtiruvchi xo’jalikka nimalar kiradi? A) Chorvachilik va ovchilk B) Termachilik va dehqonchilik C) Denqonchilik va chorvachilik D) Termachilik va ovchilik 12 / 25 Germanlarda urush va tinchlik masalalarini hal qilish konunglarni saylash qaysi organning vazifasi edi? A) xalq yig’ini B) harbiylar yig’in C) oqsaqollar kengashi D) aslzodalar kengashi 13 / 25 VIII asrning 40-yillarida Arab xalifaligida … A) abbosiylar hukmronligi barham topdi B) Muqanna qo‘zg‘oloni ko‘tarildi C) hokimiyat tepasiga Ummaviylar sulolasi keldi D) toj-u taxt uchun kurash kuchaydi 14 / 25 O’rta asrlar tarixining birinchi davriga xos bo’lgan xususiyatni aniqlang 1.Yer egaligi ishlab chiqarish munosabatlarining yuksalishi 2. Natural xo’jalkining inqirozi 3.Yangi feodal jamiyatga o’tish 4. Feodallar va qaram dehqonlar toifalarining shakillanishi 5. Yirik feodal davlatlarining paydo bo’lishi A) 2,4,5 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 3,4,5 15 / 25 O’rta asr shaharlaridan qaysilari monastirlar atrofida paydo bo’lgan? A) Sveybryukken,Bryugge,Sen-Gallen B) Strastburg,Gamburg, Austburg C) Padeborn,Bremen,Strastburg D) Myunster,sen-Gallen,Sen-Dene 16 / 25 Tarixning maxsus fanlar va ularning vazifalari to’g’ri ko’rsatilgan javobni ko’rsating. 1. Arxeologiya 3. Etnografiya 2. Antropologiya 4. Lingvistlar a.Moddiy-ashyoviy manbalar asosida tarixni o’rganuvchi fan b. Qadimgi tillarni o’rganuvchi fan c. Xalqlarning udumlari, xo’jalik va madaniyat an’analarini o’rganuvchi fan d. Qadimgi odamlarning qiyofasini o’rganuvchi fan A) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b B) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d C) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c 17 / 25 Xiyoniylarning Sug‘dga bostirib kirishidan 48 yil oldin …1) zaiflashgan Qang‘ davlatidan Xorazm davlati ajralib chiqdi; 2) xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahriga ko’chirdi 3) Xorazm va Amudaryo havzasiga toxarlar kirib keldi; 4) Katdagi Al-Fir qasrida yangi saroy qurildi; 5) Afrig‘iy shohlari betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb ettira boshladilar; 6) Sosoniylar hukmdori Pero‘z eftaliylarga qarshi uchinchi marta yurishga otlandi. A) 1, 4, 6 B) 5, 6 C) 3, 4, 5 D) 2, 4, 5 18 / 25 Ilk o’rta asrlarda ……. xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv va Farg’ona orqali sharqiy Turkistonga kirib Xitoy hududlarigacha yetib boradi? A) Turk tili B) Xitoy tili C) Sug’d tili D) Arab tili 19 / 25 ”Mening bilishimcha urushlar ichida bunday urushni hali hech kim ko’rmagan.” Geradot qaysi jang haqida yozgan? A) Doro I va Shiroq o’rtasidagi jang haqida B) Arablar va Muqanna o’rtasidagi jang haqida C) Kir II va To’maris o’rtasidagi jang haqida D) A.Makedonskiy va Spetamen o’rtasidagi jang haqida 20 / 25 Quyidagi qaysi javobda ilk o‘rta asrlarda shakllangan tabaqa vakillari ta’rifi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) kashovarz — ziroatchi oddiy qo‘shchilar B) dehqon — qishloq hokimi C) chokar — dehqon qo‘riqchisi D) kadivar — erkin ziroatchi 21 / 25 Kim zamondoshlari tomonidan “Jahon hayrati”deb nom olgan? A) Grigoriy IX B) Fridrix I Barbarossa C) Rudolf Gabsburg D) Fridrix II 22 / 25 Somoniylar davlatida hujjatlar va elchilik aloqalari bilan qaysi devon shug’ullangan? A) Amid ul-mulk B) Sohibi-shurat C) Ariz D) Mustavfiy 23 / 25 Ilk o‘rta asrlarda barpo etilgan Darg‘om kanali hozirda O‘zbekitonning qaysi hududida asosiy suv ombori hisoblanadi? A) Xorazm va Orol bo‘yi atrofida B) Farg‘ona vodiysida C) Qashqadaryo viloyati va Surhondaryoning shimoliy tumanlarida D) Samarqand viloyati janubiy tumanlarida 24 / 25 O’zbekistonda arxeologiya fanining rivojlanishida qaysi olimlarning xizmatlari katta bo’ldi? A) Ali Qushchi,Beruniy B) V.Bartold,Vyatkin C) M.Saidjonov,Y.G’ulomov D) Mirzo Ulug’bek,Beruniy 25 / 25 Ilk o‘rta asrlarda Turon aholisining ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi sodir bo‘lgan qanday keskin o‘zgarish mamlakatning mayda davlatlarga bo‘linib ketishiga sabab bo‘ladi? A) ko‘chmanchi chorvador xion qabilasining hujumi B) ekin maydonlarining barchasi qishloq oqsoqollari hamda urug‘ va qabila boshliqlari qo‘lida to‘planishi C) dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalarining shakllanishi D) dehqonlarning kadivarlarni ekspluatatsiya shaklida ishlatishi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz