Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №16 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №16 InfoMaster Aprel 6, 2022 201 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №16 O’XSHATISH –QIYOSLASH YUKLAMALAR MUSTAHKAMLASH UNDOV SO’ZLAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 45 Qaysi so'zlarda qo‘sh undosh xato qo‘llangan? A) uwos, sodda B) tirqirramoq, ushshatmoq C) taajjub, horittirmoq D) himmatli, haqqoniyat 2 / 45 Qaysi qatordagi gapda fe’lning harakat nomi shakli qatnashgan? A) Bu yerda odamlar choy ichishadi chaq –chaqlashishadi ish yuzasidan maslahat qilishadi. B) Ular bog’ o’stirishdi ,paxta ekishdi . C) Gul ekib daraxt o’stirish kishini ezgulik sari yetaklaydi D) Mehmonxona yaxshi isitilgan katta stolga dasturxon yozishgan edi . 3 / 45 Ma’nodosh ravishlar berilgan qatorni aniqlang . A) jindek, jichcha, ozgina B) olg’a, oldinda, o’rtada C) yakka, yagona, batamom D) sal, picha, ko’p 4 / 45 3 Ma’nodosh so’zlar qo’llangan gapni ko’rsating A) Anvar nimadir so’ramoqchi edi,biroq Karim darrov g’oyib bo’ldi B) Sen nimadan xursandsan? C) Yoz kunlarining birida Vali oshna og’aynilari, jo’ralari ,do’stlari bilan toqqa aylangani bordi D) Go’zal hech qachon yutuqlari bilan maqtanmas ,mag’rurlanmas edi 5 / 45 Qaysi olmoshlar hurmat ma’nosida qo’llanganda bosh harf bilan yozilishi mumkin ? A) men ,sen B) ular , siz C) biz ,siz D) siz ,o’zingiz 6 / 45 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi B) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi C) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi D) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? 7 / 45 Sodda kishilik olmoshlari qaysi qatordagi gapda mavjud. A) Yuzta siz-u bizdan bitta jiz-u biz yaxshi. B) Bular siz ekkan daraxtlar. C) . Kimda savol bor. D) Salimaxon shu-shu qishloqqa qaytmadi. 8 / 45 Kishilik olmoshlariga quyidagi qo’shimchalardan qaysi biri qo’shilmaydi? A) egalik qo’shimchasi B) Sanalgan qo’shimchalar kishilik olmoshlariga qushiladi. C) kelishik qo’shimchasi D) so’z yasovchi qo’shimcha 9 / 45 Egalik qo'himchasi qachon egalik ma'nosini ifodalaydi ?1 modda ma'dan +narsa oti qolipidagi birikmalarda2 zamon otiga qo'shilganda 3qarindoshlik otlariga qo'shilganda A) 1,3 B) 1,2 C) 3 D) 1,2,3 10 / 45 Yo’nalish ma’nosini ifodalgan sof ko’makchilarni aniqlang 1) tomon 2) sari 3) qarab 4) qadar 5) sayin 6) bo’ylab A) 1,2,5 B) 2 C) 1,2,3,6 D) 2,4 11 / 45 Qaysi gapdagi vazifadosh ko’makchini sof ko’makchi bilan almashtirish mumkin? A) Qoziq ustida qor turmas B) A va B C) Orqadan chuqur soy oqardi D) Gap futbol o’yini ustida ketardi 12 / 45 Teng bog’lovchilar qanday vazifa bajaradi? A) so’z va gaplarga qo’shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladi B) ot va otlashgan so’zlardan keyin kelib. ularning boshqa so’zlar bilan munosabatini ko’rsatadi C) so’zlarni teng munosabatli qo’shma gap qismlarini boglash uchun xizmat qiladi D) tobe gapli qo’shma gap qismlarini bog’lash uchun xizmat qiladi 13 / 45 Bu jarang-jurung ovozlar uning g’ashini keltirmas, balki xayolini chalg’itib, unga orom bag’ishlardi.Ushbu gapdagi balki so’zi qanday vazifada kelyapti? A) mustaqil so’z turkumi vazifasida B) inkor bog’lovchisi vazifasida C) modal so’z vazifasida D) zidlov bog’lovchisi vazifasida 14 / 45 Ergashtiruvchi bog’lovchilar... A) teng munosabatli qo’shma gaplar qismlarini bog’laydi B) uyushiq bo’laklarni bog’lash uchun hizmat qiladi C) so’z sozlarga qo’shimmcha manolar ‘yuklash uchun xizmal qilacli D) ergashgan qo’shma gaplar larkibidagi gaplarni bog’lash uchun xizmat qiladi 15 / 45 Ayiruv-chegaralov yuklamasi berilgan qatorni toping ? A) xuddi B) -da C) xolos D) –ku 16 / 45 Qaysi gapda undov so’z otlashgan? A) Ehe, ishlar kattaku, ozamatlar. B) Eh. hozir onam tirilib kelgandami! C) Kerak emas buncha oh-vohlar D) Voy, Mohigulxon, shug’zingizmi 17 / 45 Men-ku, bu ishhi eplarman-a, o'zingiz-chi, biror ishni qila olasizmi? gapdagi yuklamalar sonini toping. A) 6ta B) 4ta C) 3ta D) 5 ta 18 / 45 Qaysi gapda gumon yuklamasi ishtirok etmagan? A) ”O’lsa o’lgandir, bunga nima janjal ! “ – deb qo’ydi tag’in birov. B) Sizni birontasi yo’qlab kelgandir ? C) Muslima maktabga yetib borgandir. D) Furqatning “Sayding qo’ya ber, sayyod” musaddasi asl mazmuni bilan erk va ozodlikka chorlovchi madhiyadir. 19 / 45 Inkor yuklamasi qatnashgan gapni toing. A) Na qo’shiq,na kulgi ,na churq etgan ovoz eshitilmadi. B) Axir, dalalarda ish boshlandi. C) Sekin unga yaqin bordim : bu manzara ham bizning ko’ngilga yaqin-da qadrdon! D) Dalalarda ish boshlandi-da. 20 / 45 Qaysi qatordagi gapda otlashgan undov ishtirok etgan. A) Eh ,darsdan kechga qoldim . B) Xalqning dardini eshitay deb kelibsiz-da C) E,e bu voqeani Toshkand ahli orasida eshitmagan qolmadi D) Va ba'zan qilgan ishimdan pushaymonim va ohim yo’qdir 21 / 45 Inkor yuklamasi berilgan qatorni aniqlang. A) –ku, ham B) faqat, -gina C) xuddi, naq D) hech, sira 22 / 45 Bilasanmi, ertagayoq bu gap faqat uning qulog’igagina emas hatto ota-onasigacha yetib borishi mumkin Ushbu gapda qollangan yuklamalar miqdorini toping. A) 4 B) 3 C) 5 D) 2 23 / 45 Qaysi qatorda undov so’zlarga xos xususiyat noto’g’ri berilgan ? A) gap tarkibida kelib ,uni undov gapga aylantirishi mumkin B) undov so’zlar gap bilan gramatik jihatdan bog’lanishi mumkin C) undov so’zlar otlashganda gapda ma’lum vazifada qo’llanishi mumkin D) undov so’zlar o’zi undov gap bo’lib kelishi mumkin 24 / 45 Gumon yuklamasi ishtirok etgan gapni toping. A) U musobaqa g‘olibidir. B) Suv hayot manbayidir. C) ”O’lsa o‘lgandir, bunga nima janjal!” — deb qo‘ydi tag‘in birov. D) Furqatning “Sayding qo‘yaver, sayyod” musaddasi asl mazmuni bilan erk va ozodlikka chorlovchi madhiyadir. 25 / 45 Bolalar-ku, mayli-ya, kuniga savat-savat narsa tashib, uzoq-yaqindari keladigan ota-onalarning xarhashasini aytmaysizmu. yuklamalar miqdorini aniqlang. A) 2. B) 4 C) 3 D) 5 26 / 45 Gumon yuklamasi qaysi qo'shimcha bilan shakldosh? A) man, san qatorida turuvchi 3-shaxs qo 'shimchasi bilan B) —miz, -siz- qatorida turuvchi 3-shaxs qo’shimchasi bilan C) fe'llardagi orttirma nisbat qo'shimchasi bilan D) В va C. 27 / 45 Ha, albatta, qatnashamiz! E, otangizga rahmat! Barakalla do’stim! Ushbu matnda qo’llangan undov so’zlarni toping A) rahmat,barakalla B) e,barakalla,rahmat C) e D) ha,albatta,e 28 / 45 O’xshatish-qiyoslash yuklamasi qatnashgan gapni toping A) Dardga darmon bo’ladigan ham shu so’z, turmushga og’u soladigan ham xuddi shu so’z. B) Toki odamlar meni ko’rmasin, faqat mehnatimni ko’rishsin. C) Men bor-ku ! – deb qichqirdi Akbarali kulib. D) O’shanda dadam ham frontda edilar. 29 / 45 Qaysi qatorda undov so’zlarning ta’rifi to’g’ri berilgan? A) His-hayajon,buyruq –xitobni ifodalovchi so’zlar. B) So’z yoki gapga so’roq,ta’kid,ayiruv-chegaralov,gumon,o’xshatish,inkor kabi ma’nolarni yuklovchi so’z va qo’shimchalar. C) Gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlar. D) Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildirgan so’zlar. 30 / 45 Kishilarning diqqatiini tortish,jonivorlarni haydash,chaqirish va to’xtatish uchun qo’llanadigan so’zlar ... A) buyruq-xitob undovlari. B) taqlid so’zlar C) his-hayajon undovlari D) modal so’zlar 31 / 45 Axir Marg’ilonda bizning ham shunday kclininimiz bor ekan-u, bilmay yurgan ekanmiz-da !Gapdagi yuklamalar sonini toping. A) 5 ta B) 2 ta C) 4ta D) 3 ta 32 / 45 Gumon yuklamasi qo’llanmagan gapni toping. A) Barcha gaplarda gumon yuklamasi qo’llangan B) Urug’ingdir, aymog’ingdir, Biror og’zi maymog’ingdir. C) U sizni yo’qlab kelgandir? D) Uni kimdir elektr toki bilan urgandek bo’ldi . 33 / 45 Rangi boshqa bo’lsa ham, o’shaning o’zi-ku, faqatgina bu yangisi xolos-da.Ushbu gapdagi yuklamalar miqdorini toping A) 6 B) 5 C) 4 D) 3 34 / 45 Darhaqiqat, odam qo’ligina odamga abadiy hakal qo’yishiga ana o’shanda ishonganman-da A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 35 / 45 Inkor yuklamasi qatnashgan gapni belgilang A) Bu xabarni hamma eshitdimi ? B) Sen hayotda sira bo’shashma C) Naq o’ldirib qo’yayozdi D) Allaqachon yetib kelgandir 36 / 45 Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasaUlarga qo’shilib yig’isharmidik. Biz baxtli bo’lamiz, Xudo xohlasa. Xudo xohlamasa, Uchrasharmidik ? Yuklamalar sonini toping. A) 3 ta B) 6ta C) 4ta D) 2 ta 37 / 45 Qaysi qatorda undov so’zlar berilgan? A) voy,yarq,balli,g’uv-g'uv,xo'o'sh,g'ir-g'ir B) uf,o'ho',chu,beh-beh,drr,ey C) ofarin,hay,hormang,be,gurs D) oh,qars,rahmat,piq-piq,kisht.duk-duk 38 / 45 Betobligini ko’riboq sezgan ekansan, shifoxonaga yuborsang bo’lmasmidi, axir? Ushbu gapdagi yuklamalar miqdorini aniqlang. A) 3 B) 2 C) 4 D) 1 39 / 45 O'shanda ham imorat xolos boshqa hech narsa yo’qUshbu gapdagi yuklamalar miqdorini aniqlang A) 4 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 2 ta 40 / 45 Gumon yuklamasi qatnashgan gapni toping A) Suv hayot manbaidir. B) Urug'ingdir, aymog'ingdir, Biror og'zi maymog'ingdir... (Masaldan) C) A, B, C. D) U musobaqa g 'olibidir. 41 / 45 Undov so'z qatnashgan gapni aniqlang. A) Obbo, bular dod-voy solib nimaga erishmoqchi bo'lishadi- ya! B) Xonaga kirgan birinchi salom beradi. C) Hozirgacha birov mening mushugimni pisht degan emas. D) Barcha gaplarda undov so'z qo'llangan. 42 / 45 Nutqiy odat undovlariga qaysilari kiradi? A) iye,o,voy,eh,oh B) xo’sh,rahmat,balli,salom C) o’h-ho’,ho,ehe D) hoy,hay,hey,allo 43 / 45 Sizni otasi o’rnida ko’rsag-u, nahotki sizdan beso’roq ish tutsak-a (A.Q.)Ushbu gapdagi yuklamalar miqdorini aniqlang. A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 1 ta 44 / 45 Undovga xos xususiyatlarni belgilang. A) Atab ko’rsatish xususiyatiga ega emas B) Turlanmaydi C) Maxsus guruh ko’rsatkichlari yo'q D) A,B 45 / 45 O'shanda ham faqatgina imorat xolos-da boshqa hech narsa yo’q-kuUshbu gapdagi yuklamalar muiqdorini aniqlang. A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 1 ta 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz