Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №15 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №15 InfoMaster Aprel 6, 2022 121 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №15 SOF VA VAZIFADOSH YUKLAMALAR SO’ROQ VA TAAJJUB YUKLAMALAR AYIRUV VA CHEGARALOV YUKLAMALAR KUCHAYTIRUV VA TA’KID YUKLAMALAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 44 “Human ” o’quv markazi tikuvchilik,astarli kastum shim ,pardalar,oqshom liboslari ,modellash va malaka oshirish kurslariga o’qishga taklif etadi Gapdagi yasama so’zlar miqdorini toping A) 6 ta B) 4 ta C) 7 ta D) 5 ta 2 / 44 Shevaga xos so’zlar qaysi qatorda berilgan? A) yaxshi,yomon,sariq B) maktab,suv,tosh C) momo,moyak,inak D) og’ir,qo’l,ikki 3 / 44 Yigirma so’zidan sonlarning qaysi turini hosil qilib bo’lmaydi. A) jamlovchi. B) dona. C) chama. D) tartib. 4 / 44 1.Anvar ham muloyimgina kulimsirab olgach…yana qalamiga qoralab qog’oz ustiga bir-ikki kalima yozdi. 2. Bu bilan men Zokir ota bilan Ro’zimatni qoralab , o’zimni oqlamoqchi emasman. 3. Nizomov oltmishni qoralagan baqaloq kishi edi.Gaplarda qo’llangan qoralamoq so’zi haqidagi to’g’ri hukmni belgilang. A) uchala gapda shakldosh so’zlar qo’llangan. B) birinchi va ikkinchi gapda bir so’zning turli ma’nolari qo’llangan. C) Uchala gapda bir so’zning turli ma’nolari qo’llangan. D) ikkinchi va uchinchi gapda shakldosh so’zlar qo’llangan 5 / 44 Quyidagi qaysi qo'shimchalar qo'shilganda, ko'rsatish olmoshlarida asos bilan qo'shimcha orasida bir "n" tovushi orttirib talaffuz qilinadi va shunday yoziladi? A) A va B. B) -day, -dek C) -ning, -ni D) - aqa, -cha 6 / 44 Qaysi gapda to'pdan ajratilgan shaxsni ifodalagan olmosh qo'llangan? A) Men kelajagi buyuk Vatanning farzandiman. B) Rostini aytsam, o'zim ham unchalik yomon bola emasman. C) Vatan har bir inson uchun aziz va muqaddasdir. D) Kim ko'p o'qisa, u ko'p biladi. 7 / 44 Qaysi gapda qo’shma olmosh mavjud? A) O’zboshimcha unmas, o’zbilarmon yolchimas. B) Shu -shu buldi-yu, Tursunboyning qulog’idan Zebixonning ovozi nari ketmay qoldi. C) Hamma unga o’girilib qarar, ammo Sarkor Roziyadan boshqa hech kimni ko’rmas edi. D) Siz o’zingizni tuproq bilan tenglashtirmoqchi bo’lgansiz, lekin men Kumushga ham qanoatlanmay, Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim. 8 / 44 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi B) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz C) Hech bir his aqldan bo’lmaydi D) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi 9 / 44 Mingga kirmasak ham,Kirardik yuzga,Dunyoda bo‘lmasa dilozorlik.Nechta so'z bosh kelishik shaklida kelgan? A) 3ta B) 1 ta C) 2ta D) Bunday so'z qo'llanmagan 10 / 44 Jo’nalish kelishigi qo’shimchasini olgan so’zlar ganda qanday bo’lak vazifasini bajaradi? A) faqat vositali to’ldiruvchi B) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi, vaziyat holi C) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi, payt holi D) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi 11 / 44 Qanday so’zlar ko’makchi vazifasida kelishi mumkin ?1 otlar 2 ravishlar 3 ravishdoshlar A) 1,3 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 2,3 12 / 44 Teng bog’lovchilarning ma’no munosabatiga ko’ra turlari qaysi javobda berilgan? A) yakka bog’lovchilar va takror bog’lovchilar B) sabab ,shart,aniqlov bog’lovchilar C) birikliruv ayiruv. zidlov. inkor bog’lovchilar D) Teng bog’lovchilar ergashtiruvchi bog’lovchilar 13 / 44 Faqat yakka holda qo’llanuvchi bog’lovchilar qatorini toping. A) dam, va, ham B) goh. yo. ba’zan C) shuning uchun, goh yo D) va, ammo, lekin 14 / 44 Ergashtiruvchi bog’lovchi qatnashgan gapni toping. A) Siz buyuk iusonsiz, shuning uchun hamma sizga ergashadi B) Yo siz keeling , yo men boray C) Ba’zan Salimlarnikiga borardim D) Dam nayning mayin ohangi, dam hofizning dilkash ovozi quloqqa chalinib qoladi 15 / 44 Yuklamaning qaysi turlari vazifadosh bog’lovchi bo’lib kelishi mumkin ? A) ta’kid B) ta’kid va ayiruv chegaralov C) ta’kid va inkor D) ta’kid,ayiruv chegaralov ,inkor 16 / 44 Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari qatnashgan gapni aniqlang. A) Axir, tug’ilib o’sgan joyingiz Fayzobod-ku! B) B, C C) Bizning faryodimiz hatto ota-onalarimizning ham qulog’iga kirmas edi! D) Bugungi yig’ilishga faqat Turg’un kechikib keldi. 17 / 44 Qaysi gapda vazifadosh yuklama mavjud? A) Muhtaramning faqat o’zi qoldi. B) Axir,bir to’p g’o’za–xalq boyligi. C) Shu ondayoq o’zini chetga oldi. D) Choy qaynatib ichishni-da unutdi. 18 / 44 Qaysi gapda ham yuklamasi bog’lovchi vazifasida qo’llangan? A) Barcha javoblarda yuklama sifatida qo’llangan. B) O’zi balo tog’ining boshida o’tirarmish kun-u tun, yoz ham qish. C) Men ham eshitgan va ko’rganimni aytaman-da,jo’ra. D) Sekin unga yaqin bordim: bu manzara ham bizning ko’ngilga yaqin-da, qadrdon! 19 / 44 Ayiruv-chegaralov yuklamasi qatnashgan gapni toping. A) Terak go’yo mungli qo’shiqni kuyga solgan sozandadek bir maromda tebranib shivirlar ekan. B) Bu haqda Shahnozagina biladi. C) Sekinroq yuring , uka ,men charchaganman.Ikki kundan beri uxlayman-a. D) Nega yo’q bo’larkan? Muattar Zokirovna-chi ? Lobarxon-chi ? 20 / 44 Qaysi yuklamalar tlakrorlanib qo’llanganda bog’lovchi vazilasida qo’llanishi mumkin. A) ham B) dir C) faqat D) ba’zan 21 / 44 Qaysi gapdagi yuklama iltimos ma'nosini anglatadi. A) Qanday yaxshi edi-ya? B) Naqadar go’zal bir gul-a! C) Kecha kechqurun qirga chiqqnimiz esingda bormi? D) Ertaga biznikiga bir kelsang-chi. 22 / 44 Ayiruv va chegaralov yuklamalari qo’llangan gapni toping A) Ancha yerni sug’oribsizlar-ku, azamatlar. B) O’g’li otasining huddi o’zi. C) U faqat o’zini ovutishga uringanday ko’rinardi. D) Bunga qiziqmayam qo’ydim. 23 / 44 Qaysi javobda kuchaytiruv -ta’kid yuklamalari berilgan? A) gina, axir, u(yu). B) hatto, oq(yoq), axir. C) ham, a(ya), hatto. D) hatto, faqat, ku. 24 / 44 Quyidagi qaysi gapda –da yordamchisi o’rnida ham yuklamasini qo’llash mumkin ? A) Choy qaynatib ichishni-da unutdi . B) Namiqqan shuvoqlar oldin tutab ,yaxshi yonmasa ham ,keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da ,axiyri gurullab ketdi C) Yoshgina bir qiz atlas ko’ylagini hilpiratib sahnaning o’rtasiga keldi-da ,nimanidir e’lon qildi D) Birov kirdi-da,chiqib ketdi 25 / 44 Vazifadosh yuklamalar qatorini aniqlang. A) ham,-dir,-gina B) -u(-yu), -da C) -mi, -chi,-a, -ya D) balki,-a(-ya) 26 / 44 So’roq va taajjub yuklamalari berilgan qatorni toping. A) -mi, -chi, -a, -ya. B) -oq, -yoq, -ku. C) -u, -yu, -mi, -ya. D) -chi, a, ya, da. 27 / 44 Kuchaytiruv –ta’kid yuklamalari ko’rsatilgan qatorni belgilang A) g’irt,-u(-yu),-da B) nahotki,hatto,-chi C) -oq(yoq) ,-mi,-a D) –mi ,gina,g’irt 28 / 44 Taajjub, hayrat ma'nolarini ifodalovchi yuklama qaysi gapda mavjud. A) Men dalada ishlashim kerakmishmi? B) Lekin keyinchalik bundan-da voz kechdi. C) Yopiray shuning hammasi yerga tusharmikin? D) A, C. 29 / 44 Qysi qatorda ayiruv chegaralov yuklamasi berilgan ? A) -a. B) ham. C) -ku, -da. D) -gina. 30 / 44 Qaysi qatorda kuchaytiruv yuklamasi ishtirok etgan? A) Hayosi yo’q po’sti archilgan yog’och va xudi pili tugagan chiroqqa o’xshaydi. B) Otasining xuddi o’zi . C) Ba’zi insonlar birovdan foyda etmasa, hatto unday kishilarni odam sanamaydilar. D) So’z naq quroldir, bilki shu quro bilan jarohatlangan bo’lsa. uni davolash qiyin. 31 / 44 Mehmon esa “buning o’zi nima-yu, muomalasi nima bo’lardi” degan ma’noda kulib qo’ydi xolos.Ushbu gapdagi ayiruv - chegaralov yuklamasini ko’rsating. A) esa B) ayiruv - chegaralov yuklamasi qo’llanmagan C) xolos D) -yu 32 / 44 Kuchaytiruv-ta'kid yuklamasi berilgan qatorni toping. A) -oq (-yoq) B) -ya C) A, B. D) g'irt 33 / 44 -mi. -chi. -a. -ya yuklamalari yordamida asosan qanday gaplar tuziladi? A) undov B) buyruq C) darak D) so’roq 34 / 44 Vazifadosh yuklamalarni belgilang. A) -u(-yu), -da B) ya’ni , deb, go’yo C) axir, xuddi, nahotki D) -mi, -chi, -oq 35 / 44 Ayiruv-chegaralash yuklamasi qo’llangan gapni toping A) Polkovnik Klark tomonidan yaxshigina o’lilgan Qo’pkmbekka shu kerak edi B) O’zi ham ko’rkamgina C) UIar pastakkina eshik peshtoqida to’qnash kclishdi D) U sinfdagina ernas, butun maktabda eng yaxshi o’quvchi edi 36 / 44 Sof yuklamalar berilgan qatorni toping. A) ham, -da, -dir B) nahotki, -mi, -oq C) zero, negaki,zotan D) –dir, -u(-yu), gina 37 / 44 1) na; 2) hatto; 3) g’irt; 4) hech; 5) sira; 6) -oq(-yoq); 7) -u(-yu); 8) ham; 9) — a( — ya); 10) nahotkiBerilgan yuklamalardan kuchaytiruv —ta’kid yuklamalarini belgilang. A) 2,4,5,8,10 B) 2,3,6,7,8,10 C) 2,5,6,7,8 D) 1,2,6,7,10 38 / 44 So’roq-taajjub yuklamalaridan qaysi biri so’zga qo’shib yoziladi? A) –chi B) –a(-ya) C) -mi D) barchasi chiziqcha bilan yoziladi 39 / 44 So’roq yuklamasi ishtirok etgan gap qatorini toping. A) O qashqar tuprog’i qashshoqmiding sen? B) Vatannifaqat boyligi uchun sevish soxta muhabbatdir. C) O’zbekiston isliqlolini ardoqlang. D) Aslida tuproqni odil tabiat taqsim aylagan-ku yer yuziga teng 40 / 44 So’roq yuklamalari qaysi gap tarkibida qo’llangan. A) A, C B) Boshqalarning ishiga aloqam yo’qmi? C) Oppoq palatkalarda kimlar yashaydi? D) So’zingiz so’z-a? 41 / 44 1 Sen ham men xatni yozdik 2 Karim ham xatni yozdi Gaplar tarkibidagi ham so’zi qaysi qatorda to’g’ri izohlangan ? A) birinchisi bog’lovchi, ikkinchisi yuklama B) bog’lovchi C) yuklama D) birinchisi bog’lovchi ,ikkinchisi ko’makchi 42 / 44 Qaysi qatorda faqat kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari berilgan? A) -da, -u, -yu, axir, faqat B) -oq, (-yoq,), -dir, ham, xuddi C) -ki, -chi, -a, sira D) hatto, -ku, ham, nahotki 43 / 44 Kuchaytiruv-ta’kid yuklamasi qatnashgan gapni toping A) U hammani g’irt yolg’on gaplari bilan laqillatdi. B) Na martaba, na boyligi bor edi uning. C) Faqat bir iltimos ko’rkam chamanda Ochib gul g’unchalar etganda xanda D) Sizni yo’qlab kelgandir? 44 / 44 So’roq va taajjub yuklamalari qaysi gap tarkibida qo’llangan. A) Shu yerda seni kutaylikmi? B) Endi ortga ham yo’l yo’q. C) Axir biz do’st edik-ku. D) Yomg’ir yoqqan bo’lsa-da, havo sovumadi. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz