Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №16 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №16 InfoMaster Aprel 6, 2022 124 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №16 O’XSHATISH –QIYOSLASH YUKLAMALAR MUSTAHKAMLASH UNDOV SO’ZLAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 45 Til oldi undoshlari to'g'ri berilgan qatomi toping. A) 1, d, t B) q, g',d C) r, s, g D) t, z, sh 2 / 45 Takroriy sifat qatnashmagan gapni toping A) To'p-to'p daraxtlar tag'in lipillab orqada qolib ketdi B) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko'kni avalay ketdi C) Sarvinozxon gul-gul ochilib bog'chaga ketdi D) Ko'chani sho'x-sho'x bolalar to'ldirib o'tishdi 3 / 45 O’rin ravishi qaysi qatordagi gapda mavjud? A) Osmon bulut. B) Buloqdan nariroqda do’nglik bo’lib ,atrofga shox otib ketgan tok Shoxlari ko’zga tashlanar C) Nihoyat ,kichik bir qiyalikda so’qmoq ko’rindi D) Atrofga kulrang harir parda bo’lib yoyila boshlagan oqshom qorong’iligi quyuqlashib borardi 4 / 45 Antonimlar qatnashgan gapni toping A) Siringni saqlagil ,har kimga zinhor etmagil ravshan B) Ilmu kamolot hamisha fazilatdir C) Do’st bilan yolg’on so’zlashma ,uning dushmani bilan ham do’stlashma D) Hikmat shunday liboski ,kiygan bilan eskirmaydi 5 / 45 Qaysi gapdagi kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosi yuklanmoqda? A) -Sening qancha puling bor edi? - deb so’radi mirshab sho’rlik kosib yigitdan. B) Bu ishlarning hammasini mening o’zim bajarganman. C) Men ko’rmagan baxtni kimdir ko’rajak, Men aytmagan so’zni aytajak kimdir. D) O’zimni moziyning bag’riga urdim, Va shu on shukrona aytib qaytdim men. 6 / 45 Kelishik qo’shimchalarini qabul qimaydigan so’roq olmoshini toping. A) necha? B) nega? C) qancha? D) qachon? 7 / 45 Mana shu ,o’sha-o’sha ,siz-biz ,hech kim , allaqaysi ,har bir Yuqoridagi qo’shma olmoshlar olmoshning ma’no jihatdan qaysi turiga mansub ? A) ko’rsatish ,bo’lishsizlik ,belgilash B) ko’rsatish ,bo’lishsizlik ,gumon, belgilash C) ko’rsatish ,kishilik,bo’lishsizlik ,belgilash D) ko’rsatish ,kishilik, bo’lishsizlik ,gumon,belgilash 8 / 45 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi B) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Hech bir his aqldan bo’lmaydi D) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz 9 / 45 Abu Rayhon Beruniy o‘lim to‘shagida yotganida uning huzuri… shogirdlari… biri kiritdi. U ustozining umri tugayotgani… sezib, ko‘nglini ko‘targan boiibdi.Qaysi javobda ushbu parchadagi nuqtalar o‘rniga yoziladigan qo‘shimchalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) jo‘nalish kelishigi, tushum kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchaIari B) jo‘nalish kelishigi, chiqish kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchalari C) qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchalari D) qaratqich kelishigi, chiqish kelishigi, qaratqich kelishigi qo‘shimchalari 10 / 45 Qo’shimcha shaklidagi so’zlar turkumini nima tashkil etadi ? A) undov so’z B) bog’lovchi C) kelishik D) yuklama 11 / 45 Quyidagi gapda ko`makchining qanday ma’no uchun xizmat qilayotganini aniqlang. Bahorga qadar sabr qilishga to`g`ri keladi. A) qamrov B) payt C) sabab D) chegara 12 / 45 Bosh kelishikdagi so`z bilan birikadigan ko`makchilar qatorini aniqlang. A) singari, haqida, tarzida, doir, so`ng. B) bilan, uchun, singari, haqida, tarzida. C) tufayli qarab, yarasha, beri, bilan. D) bilan, uchun, sayin, cho`g`li, so`ng. 13 / 45 Ayiruv bog`lovchilari gap ichida qay holatda kelganida verguldan foydalaniladi? A) bu bog’lovchilar yakka holda qo’llanganida B) bu bog’lovchilar uyushiq bo’laklar orasida kelganida C) bu bog’lovchilar takror holda qo’llanganida D) B,C 14 / 45 Ergashtiruvcht bog’lovchi qo’llangan qatorai toping. A) Quyosh dam yalt etib.bir ko’rinib qoladi, dam bulutlar ichida bekinib oladi B) Oishloq obod bo’ldi. shuning uchun ko’nglim shod C) Olim Sharq xalqlarinlng-madaniyatt to’g’risida hurmat va iftixor bilan gapirdi D) Hozir yo shamol bo’ladi, yo yomg’ir yog’adi 15 / 45 Qaysi gapda vazifadosh yuklama mavjud? A) Muhtaramning faqat o’zi qoldi. B) Axir,bir to’p g’o’za–xalq boyligi. C) Shu ondayoq o’zini chetga oldi. D) Choy qaynatib ichishni-da unutdi. 16 / 45 Qaysi qatorda undov so’zlarga xos xususiyat noto’g’ri berilgan ? A) undov so’zlar otlashganda gapda ma’lum vazifada qo’llanishi mumkin B) undov so’zlar o’zi undov gap bo’lib kelishi mumkin C) undov so’zlar gap bilan gramatik jihatdan bog’lanishi mumkin D) gap tarkibida kelib ,uni undov gapga aylantirishi mumkin 17 / 45 Qaysi gapda gumon yuklamasi ishtirok etmagan? A) Furqatning “Sayding qo’ya ber, sayyod” musaddasi asl mazmuni bilan erk va ozodlikka chorlovchi madhiyadir. B) ”O’lsa o’lgandir, bunga nima janjal ! “ – deb qo’ydi tag’in birov. C) Muslima maktabga yetib borgandir. D) Sizni birontasi yo’qlab kelgandir ? 18 / 45 Undovga xos xususiyatlarni belgilang. A) Maxsus guruh ko’rsatkichlari yo'q B) Turlanmaydi C) Atab ko’rsatish xususiyatiga ega emas D) A,B 19 / 45 Bolalar-ku, mayli-ya, kuniga savat-savat narsa tashib, uzoq-yaqindari keladigan ota-onalarning xarhashasini aytmaysizmu. yuklamalar miqdorini aniqlang. A) 4 B) 2. C) 3 D) 5 20 / 45 Nutqiy odat undovlariga qaysilari kiradi? A) hoy,hay,hey,allo B) o’h-ho’,ho,ehe C) xo’sh,rahmat,balli,salom D) iye,o,voy,eh,oh 21 / 45 Inkor yuklamasi berilgan qatorni aniqlang. A) xuddi, naq B) faqat, -gina C) –ku, ham D) hech, sira 22 / 45 Qaysi qatordagi gapda otlashgan undov ishtirok etgan. A) E,e bu voqeani Toshkand ahli orasida eshitmagan qolmadi B) Eh ,darsdan kechga qoldim . C) Xalqning dardini eshitay deb kelibsiz-da D) Va ba'zan qilgan ishimdan pushaymonim va ohim yo’qdir 23 / 45 Qaysi qatorda undov so’zlarning ta’rifi to’g’ri berilgan? A) His-hayajon,buyruq –xitobni ifodalovchi so’zlar. B) Gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlar. C) Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildirgan so’zlar. D) So’z yoki gapga so’roq,ta’kid,ayiruv-chegaralov,gumon,o’xshatish,inkor kabi ma’nolarni yuklovchi so’z va qo’shimchalar. 24 / 45 Kishilarning diqqatiini tortish,jonivorlarni haydash,chaqirish va to’xtatish uchun qo’llanadigan so’zlar ... A) his-hayajon undovlari B) taqlid so’zlar C) buyruq-xitob undovlari. D) modal so’zlar 25 / 45 Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasaUlarga qo’shilib yig’isharmidik. Biz baxtli bo’lamiz, Xudo xohlasa. Xudo xohlamasa, Uchrasharmidik ? Yuklamalar sonini toping. A) 3 ta B) 6ta C) 2 ta D) 4ta 26 / 45 Gumon yuklamasi qatnashgan gapni toping A) U musobaqa g 'olibidir. B) Urug'ingdir, aymog'ingdir, Biror og'zi maymog'ingdir... (Masaldan) C) Suv hayot manbaidir. D) A, B, C. 27 / 45 Sizni otasi o’rnida ko’rsag-u, nahotki sizdan beso’roq ish tutsak-a (A.Q.)Ushbu gapdagi yuklamalar miqdorini aniqlang. A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 1 ta 28 / 45 Bilasizmi, bu nima? Birinchi marta osmouga uchirilgan Ycr yo’ldoshi bor-ku, ana o’shaoning xuddi o’ziUsbu matnda qo’llangan yuklamalar miqdorini toping A) 3 B) 4 C) 6 D) 2 29 / 45 Qaysi gapda undov so’z otlashgan? A) Kerak emas buncha oh-vohlar B) Eh. hozir onam tirilib kelgandami! C) Ehe, ishlar kattaku, ozamatlar. D) Voy, Mohigulxon, shug’zingizmi 30 / 45 Gumon yuklamasi qo’llanmagan gapni toping. A) Barcha gaplarda gumon yuklamasi qo’llangan B) Uni kimdir elektr toki bilan urgandek bo’ldi . C) Urug’ingdir, aymog’ingdir, Biror og’zi maymog’ingdir. D) U sizni yo’qlab kelgandir? 31 / 45 O'shanda ham faqatgina imorat xolos-da boshqa hech narsa yo’q-kuUshbu gapdagi yuklamalar muiqdorini aniqlang. A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 1 ta 32 / 45 Ha, albatta, qatnashamiz! E, otangizga rahmat! Barakalla do’stim! Ushbu matnda qo’llangan undov so’zlarni toping A) ha,albatta,e B) rahmat,barakalla C) e,barakalla,rahmat D) e 33 / 45 Betobligini ko’riboq sezgan ekansan, shifoxonaga yuborsang bo’lmasmidi, axir? Ushbu gapdagi yuklamalar miqdorini aniqlang. A) 1 B) 3 C) 2 D) 4 34 / 45 Qaysi qatorda undov so’zlar berilgan? A) voy,yarq,balli,g’uv-g'uv,xo'o'sh,g'ir-g'ir B) oh,qars,rahmat,piq-piq,kisht.duk-duk C) uf,o'ho',chu,beh-beh,drr,ey D) ofarin,hay,hormang,be,gurs 35 / 45 Axir Marg’ilonda bizning ham shunday kclininimiz bor ekan-u, bilmay yurgan ekanmiz-da !Gapdagi yuklamalar sonini toping. A) 2 ta B) 4ta C) 3 ta D) 5 ta 36 / 45 Rangi boshqa bo’lsa ham, o’shaning o’zi-ku, faqatgina bu yangisi xolos-da.Ushbu gapdagi yuklamalar miqdorini toping A) 4 B) 6 C) 3 D) 5 37 / 45 Darhaqiqat, odam qo’ligina odamga abadiy hakal qo’yishiga ana o’shanda ishonganman-da A) 2 B) 5 C) 4 D) 3 38 / 45 O’xshatish-qiyoslash yuklamasi qatnashgan gapni toping A) Toki odamlar meni ko’rmasin, faqat mehnatimni ko’rishsin. B) Dardga darmon bo’ladigan ham shu so’z, turmushga og’u soladigan ham xuddi shu so’z. C) O’shanda dadam ham frontda edilar. D) Men bor-ku ! – deb qichqirdi Akbarali kulib. 39 / 45 Undov so'z qatnashgan gapni aniqlang. A) Hozirgacha birov mening mushugimni pisht degan emas. B) Barcha gaplarda undov so'z qo'llangan. C) Xonaga kirgan birinchi salom beradi. D) Obbo, bular dod-voy solib nimaga erishmoqchi bo'lishadi- ya! 40 / 45 Gumon yuklamasi qaysi qatordagi gap tarkibida mavjud ? A) Balki bugun uyga borgandir. B) B,C C) Bu yerda na tom, na deraza bor edi. D) Til millat kovzgusidir. 41 / 45 O'shanda ham imorat xolos boshqa hech narsa yo’qUshbu gapdagi yuklamalar miqdorini aniqlang A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 42 / 45 Inkor yuklamasi qatnashgan gapni belgilang A) Allaqachon yetib kelgandir B) Bu xabarni hamma eshitdimi ? C) Sen hayotda sira bo’shashma D) Naq o’ldirib qo’yayozdi 43 / 45 Inkor yuklamasi qatnashgan gapni toing. A) Na qo’shiq,na kulgi ,na churq etgan ovoz eshitilmadi. B) Dalalarda ish boshlandi-da. C) Axir, dalalarda ish boshlandi. D) Sekin unga yaqin bordim : bu manzara ham bizning ko’ngilga yaqin-da qadrdon! 44 / 45 Bilasanmi, ertagayoq bu gap faqat uning qulog’igagina emas hatto ota-onasigacha yetib borishi mumkin Ushbu gapda qollangan yuklamalar miqdorini toping. A) 2 B) 5 C) 4 D) 3 45 / 45 Gumon yuklamasi ishtirok etgan gapni toping. A) Furqatning “Sayding qo‘yaver, sayyod” musaddasi asl mazmuni bilan erk va ozodlikka chorlovchi madhiyadir. B) ”O’lsa o‘lgandir, bunga nima janjal!” — deb qo‘ydi tag‘in birov. C) Suv hayot manbayidir. D) U musobaqa g‘olibidir. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz