Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №16 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №16 InfoMaster Aprel 6, 2022 124 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №16 O’XSHATISH –QIYOSLASH YUKLAMALAR MUSTAHKAMLASH UNDOV SO’ZLAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 45 Donolik ramzi –so’z ,bilib so’zlansa , Nodonning o’zi ham so’zi qo’lansa Ushbu she’riy misralardagi yasama so’zlar sonini toping A) 2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta 2 / 45 Quyidagi gapda yo’l so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? U paytlarda otda yurilsa ,uch kunlik yo’l edi A) usul B) safar C) yo’nalish D) masofa 3 / 45 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Xo’jaligimiz har gektar yerdan 30 sentenerdan hosil ko’tardi A) hazm qilmoq B) yetishtirmoq C) oshirmoq D) yo’qotmoq 4 / 45 Sinonimik qatordagi bitta so'zga antonim bo'lgan so'z shu qatordagi barcha so'zlarga antonim bo'lishi mumkinmi? A) Mumkin. B) Ba'zan mumkin, ba'zida mumkin emas. C) Mumkin emas. D) Sinonimik qatordagi so'zlar o'zaro antonim bo'ladi. 5 / 45 Qaysi olmosh yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma'nosini ham bildiradi? A) В, С. B) siz C) biz D) ular 6 / 45 O’zlari olmoshi qanday ma’nolarda kelishi mumkin? A) hurmat B) A, B, C C) ko’plik D) kesatish 7 / 45 Qanday olmoshlar ajratib yoziladi? A) tub olmoshlar B) yasama sodda olmoshlar C) qo’shma olmoshlar D) B, C 8 / 45 Qanday olmoshlar takroriy olmoshlar sanaladi? A) bir olmoshning ayrim tovush о 'zgarishi bilan takrorlanishidan hosil bo 'Igan olmoshlar B) bir olmoshning aynan takrorlanishidan hosil bo 'Igan olmoshlar C) barchasi to 'g 'ri. D) hir olmoshning tovush qo'shilishi bilan takrorlanishidan hosil bo 'Igan olmoshlar 9 / 45 Abu Rayhon Beruniy o‘lim to‘shagida yotganida uning huzuri… shogirdlari… biri kiritdi. U ustozining umri tugayotgani… sezib, ko‘nglini ko‘targan boiibdi.Qaysi javobda ushbu parchadagi nuqtalar o‘rniga yoziladigan qo‘shimchalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) jo‘nalish kelishigi, tushum kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchaIari B) qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchalari C) qaratqich kelishigi, chiqish kelishigi, qaratqich kelishigi qo‘shimchalari D) jo‘nalish kelishigi, chiqish kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchalari 10 / 45 Qaysi qatorda ko’makchining ta’rifi to’g’ri berilgan? A) So’z yoki gaplarga so’roq, ta’kid ayirish-chegaralash, gumon, o’xshatish, inkor kabi ma’nolarni yuklovchi so’z va qo’shimchalar.. B) Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildirgan so’zlar. C) Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiluvchi so’zlar. D) Gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlar. 11 / 45 Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qaysi ko’makchi bilan ma’nodosh hisoblanadi ? A) muvofiq B) bo’ylab C) tufayli D) kabi 12 / 45 Qaysi gapda teng bog’lovchi qo’llangan? A) Haqiqat tikanli gulga o’xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. B) Menga Pushkin bir jahon-u, Menga Bayron bir jahon, Lek Navoiydek bobom bor, Ko’ksi qalqon O’zbegim. C) Barcha gaplarda teng bog’lovchi mavjud. D) El netib topgay menikim, Gar o’zimni topmasam 13 / 45 -u, -yu yuklamasi qaysi gapda zidlov bog’lovchisi sifatida qo’llangan? A) Sinfni boshida ko’targan bola shhu-yu B) Havo ochildi-yu. kun isimadi C) Dalada qo’y-u qo'zilar o’tlamoqda D) Erta-yu kech umidimiz sizdan 14 / 45 Qaysi fikr xato? A) -mi, -gina. -oq. -yoq. -dir yuklamalari so’zga qo’shib yoziladi B) yuklamalar gap bo’lagi vazifasini bajarmaydi C) barcha yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi D) hatto. nahotki. Axir, faqat yiulamalari so’z yuklamalar hisoblanadi 15 / 45 Qaysi javobda kuchaytiruv -ta’kid yuklamalari berilgan? A) gina, axir, u(yu). B) ham, a(ya), hatto. C) hatto, oq(yoq), axir. D) hatto, faqat, ku. 16 / 45 O'shanda ham faqatgina imorat xolos-da boshqa hech narsa yo’q-kuUshbu gapdagi yuklamalar muiqdorini aniqlang. A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 17 / 45 Gumon yuklamasi qaysi qo'shimcha bilan shakldosh? A) fe'llardagi orttirma nisbat qo'shimchasi bilan B) man, san qatorida turuvchi 3-shaxs qo 'shimchasi bilan C) —miz, -siz- qatorida turuvchi 3-shaxs qo’shimchasi bilan D) В va C. 18 / 45 Qaysi qatorda undov so’zlar berilgan? A) ofarin,hay,hormang,be,gurs B) uf,o'ho',chu,beh-beh,drr,ey C) oh,qars,rahmat,piq-piq,kisht.duk-duk D) voy,yarq,balli,g’uv-g'uv,xo'o'sh,g'ir-g'ir 19 / 45 Inkor yuklamasi qatnashgan gapni toing. A) Na qo’shiq,na kulgi ,na churq etgan ovoz eshitilmadi. B) Sekin unga yaqin bordim : bu manzara ham bizning ko’ngilga yaqin-da qadrdon! C) Dalalarda ish boshlandi-da. D) Axir, dalalarda ish boshlandi. 20 / 45 Qaysi qatorda undov so’zlarga xos xususiyat noto’g’ri berilgan ? A) undov so’zlar o’zi undov gap bo’lib kelishi mumkin B) undov so’zlar otlashganda gapda ma’lum vazifada qo’llanishi mumkin C) gap tarkibida kelib ,uni undov gapga aylantirishi mumkin D) undov so’zlar gap bilan gramatik jihatdan bog’lanishi mumkin 21 / 45 Gumon yuklamasi qaysi qatordagi gap tarkibida mavjud ? A) Bu yerda na tom, na deraza bor edi. B) Til millat kovzgusidir. C) Balki bugun uyga borgandir. D) B,C 22 / 45 Nutqiy odat undovlariga qaysilari kiradi? A) o’h-ho’,ho,ehe B) iye,o,voy,eh,oh C) xo’sh,rahmat,balli,salom D) hoy,hay,hey,allo 23 / 45 O’xshatish-qiyoslash yuklamasi qatnashgan gapni toping A) Dardga darmon bo’ladigan ham shu so’z, turmushga og’u soladigan ham xuddi shu so’z. B) Men bor-ku ! – deb qichqirdi Akbarali kulib. C) Toki odamlar meni ko’rmasin, faqat mehnatimni ko’rishsin. D) O’shanda dadam ham frontda edilar. 24 / 45 Qaysi gapda undov so’z otlashgan? A) Eh. hozir onam tirilib kelgandami! B) Kerak emas buncha oh-vohlar C) Voy, Mohigulxon, shug’zingizmi D) Ehe, ishlar kattaku, ozamatlar. 25 / 45 Gumon yuklamasi ishtirok etgan gapni toping. A) U musobaqa g‘olibidir. B) ”O’lsa o‘lgandir, bunga nima janjal!” — deb qo‘ydi tag‘in birov. C) Furqatning “Sayding qo‘yaver, sayyod” musaddasi asl mazmuni bilan erk va ozodlikka chorlovchi madhiyadir. D) Suv hayot manbayidir. 26 / 45 Betobligini ko’riboq sezgan ekansan, shifoxonaga yuborsang bo’lmasmidi, axir? Ushbu gapdagi yuklamalar miqdorini aniqlang. A) 1 B) 3 C) 4 D) 2 27 / 45 Sizni otasi o’rnida ko’rsag-u, nahotki sizdan beso’roq ish tutsak-a (A.Q.)Ushbu gapdagi yuklamalar miqdorini aniqlang. A) 3 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 4 ta 28 / 45 Kishilarning diqqatiini tortish,jonivorlarni haydash,chaqirish va to’xtatish uchun qo’llanadigan so’zlar ... A) his-hayajon undovlari B) taqlid so’zlar C) buyruq-xitob undovlari. D) modal so’zlar 29 / 45 Undov so'z qatnashgan gapni aniqlang. A) Obbo, bular dod-voy solib nimaga erishmoqchi bo'lishadi- ya! B) Xonaga kirgan birinchi salom beradi. C) Barcha gaplarda undov so'z qo'llangan. D) Hozirgacha birov mening mushugimni pisht degan emas. 30 / 45 Bilasizmi, bu nima? Birinchi marta osmouga uchirilgan Ycr yo’ldoshi bor-ku, ana o’shaoning xuddi o’ziUsbu matnda qo’llangan yuklamalar miqdorini toping A) 4 B) 3 C) 6 D) 2 31 / 45 Qaysi gapda gumon yuklamasi ishtirok etmagan? A) Sizni birontasi yo’qlab kelgandir ? B) ”O’lsa o’lgandir, bunga nima janjal ! “ – deb qo’ydi tag’in birov. C) Furqatning “Sayding qo’ya ber, sayyod” musaddasi asl mazmuni bilan erk va ozodlikka chorlovchi madhiyadir. D) Muslima maktabga yetib borgandir. 32 / 45 Undovga xos xususiyatlarni belgilang. A) Atab ko’rsatish xususiyatiga ega emas B) Turlanmaydi C) Maxsus guruh ko’rsatkichlari yo'q D) A,B 33 / 45 O'shanda ham imorat xolos boshqa hech narsa yo’qUshbu gapdagi yuklamalar miqdorini aniqlang A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 1 ta 34 / 45 Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasaUlarga qo’shilib yig’isharmidik. Biz baxtli bo’lamiz, Xudo xohlasa. Xudo xohlamasa, Uchrasharmidik ? Yuklamalar sonini toping. A) 6ta B) 2 ta C) 4ta D) 3 ta 35 / 45 Men-ku, bu ishhi eplarman-a, o'zingiz-chi, biror ishni qila olasizmi? gapdagi yuklamalar sonini toping. A) 3ta B) 4ta C) 5 ta D) 6ta 36 / 45 Axir Marg’ilonda bizning ham shunday kclininimiz bor ekan-u, bilmay yurgan ekanmiz-da !Gapdagi yuklamalar sonini toping. A) 4ta B) 2 ta C) 5 ta D) 3 ta 37 / 45 Inkor yuklamasi berilgan qatorni aniqlang. A) faqat, -gina B) –ku, ham C) xuddi, naq D) hech, sira 38 / 45 Qaysi qatordagi gapda otlashgan undov ishtirok etgan. A) E,e bu voqeani Toshkand ahli orasida eshitmagan qolmadi B) Eh ,darsdan kechga qoldim . C) Xalqning dardini eshitay deb kelibsiz-da D) Va ba'zan qilgan ishimdan pushaymonim va ohim yo’qdir 39 / 45 Darhaqiqat, odam qo’ligina odamga abadiy hakal qo’yishiga ana o’shanda ishonganman-da A) 4 B) 3 C) 5 D) 2 40 / 45 Ha, albatta, qatnashamiz! E, otangizga rahmat! Barakalla do’stim! Ushbu matnda qo’llangan undov so’zlarni toping A) rahmat,barakalla B) e,barakalla,rahmat C) e D) ha,albatta,e 41 / 45 Rangi boshqa bo’lsa ham, o’shaning o’zi-ku, faqatgina bu yangisi xolos-da.Ushbu gapdagi yuklamalar miqdorini toping A) 4 B) 3 C) 5 D) 6 42 / 45 Gumon yuklamasi qatnashgan gapni toping A) A, B, C. B) Urug'ingdir, aymog'ingdir, Biror og'zi maymog'ingdir... (Masaldan) C) U musobaqa g 'olibidir. D) Suv hayot manbaidir. 43 / 45 Bolalar-ku, mayli-ya, kuniga savat-savat narsa tashib, uzoq-yaqindari keladigan ota-onalarning xarhashasini aytmaysizmu. yuklamalar miqdorini aniqlang. A) 3 B) 5 C) 4 D) 2. 44 / 45 Bilasanmi, ertagayoq bu gap faqat uning qulog’igagina emas hatto ota-onasigacha yetib borishi mumkin Ushbu gapda qollangan yuklamalar miqdorini toping. A) 3 B) 4 C) 2 D) 5 45 / 45 Inkor yuklamasi qatnashgan gapni belgilang A) Sen hayotda sira bo’shashma B) Bu xabarni hamma eshitdimi ? C) Allaqachon yetib kelgandir D) Naq o’ldirib qo’yayozdi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz