Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 6-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiada 6-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Aprel 29, 2022 647 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 7 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar. 1 / 25 Kir II ning massaget qabilalaridan mag`lubiyatga uchraganidan qancha vaqt o`tib Doro III qo`shinlari makedonlar tomonidan tor-mor qilindi? A) 200 yil B) 860 yil C) 857 yil D) 190 yil 2 / 25 Quyidagilardan qaysi biri noto`g`ri? A) Demokrit-hamma narsa atomlardan tashkil topgan B) Arximed- “Evrika” C) Suqrot- o`z-o`zingni anglagin va bilgin D) Geraklit- hamma narsa oqadi 3 / 25 Quyidagi hukmdorlarning qaysilari Hindistoning bir qismini bosib olishga muvaffaq bo`lgan? A) Aleksandr M. va Demetriy B) Demetriy va Kanishka C) Demetriy va Diodot D) Diodot va Kanishka 4 / 25 Qaysi hukmdor davrida Kushonda yangi-yangi shaharlar qurilgan? A) Vima Kadfiz B) Kudzula Kadfiz C) Kanishka D) Yevtidem 5 / 25 Qaysi voqea sak va massagetlar ahamoniylar tarkibidan ajralib chiqqan asrda yuz bergan? A) Yunonistonda jamoat inshootlari toshdan barpo etila boshlandi B) Xeroneya yaqinidagi jangda yunonlar tor-mor etilgan C) Rimda davlat boshqaruvining respublika shakli o`rnatildi D) O`rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan 6 / 25 Qaysi mulohazada xatolik mavjud? A) Dajla daryosi bo`yi Salavkiyadan Baqtriyagacha karvon yo`li qurib bitkazilgach, jahondagi ko`pgina davlatlar bilan savdo va madaniy aloqalar jonlangan B) Platon dunyoda ezgulik qonunlari mavjudligi, faqat ularni bilish va ularga rioya qilgan holda yashash kerakliligini isbotlagan C) Gannibal, Brut, Mark Antoniy va Kleopatralar dushman qo`liga asir tushishni xohlamay, o`z joniga qasd qilgan D) Brut shimoliy Yunonistonda qo`shin to`plab, Rimga jiddiy xavf slogan 7 / 25 Quyidagilardan noto`g`ri javobni aniqlang. A) Xeroneya jangi- mil.avv.IV asr 2-yarmi B) Drakont qonunlari- mil.avv. VII asr 2-yarmi C) yunon-fors urushlari tugadi- mi.avv. V asro`rtalari D) Solon islohotlari- mil.avv.VI asr oxiri 8 / 25 Xom g`ishtdan ko`p xonali uylar qurila boshlangan tarixiy davrda ……. A) O`rta Osiyoda ilk shahr alomatlariga ega bo`lgan manzilgoh vujudga kelgan B) toshga ishlov berishning yangi usullari:silliqlash, sirlash, arralash, teshikchalar parmalash qo`llanila boshlangan C) spool idishlar hayvonlar, qushlar va o`simlik naqshlari bilan bezatila boshlangan D) O`rta Osiyoning janubiy tumanlarida ziroatchilik xo`jaligiga o`tilgan 9 / 25 Yunon koloniyalarining tashkil topish davrini ko`rsating. A) mil.avv. VIII-V asrlar B) mil.avv.VII-VI asrlar C) mil.avv. IX-VIII asrlar D) mil.avv.VIII-VI asrlar 10 / 25 Arxeologik va yozma manbalar mil.avv. VI-IV asrlarda O`rta Osiyo xalqlarining qanday sohalar taraqqiyotida yuksak darajaga erishganliklaridan dalolat beradi? A) kulolchilik,dehqonchilik, badiiy o`ymakorlik, ganchkorlik B) badiiy o`ymakorlik, ganchkorlik, kulolchilik, kavushdo`zlik C) dehqonchilik, chorvachilik, me`morchilik, ganchkorlik D) zargarlik, hunarmandchilik, tikuvchilik, kulolchilik, binokorlik 11 / 25 Aleksandriya Esxata qal`asi nima uchun qurilgan? A) So`g`diylarga qarshi kurashish uchun B) Tayanch qal`a sifatida C) Saklarga qarshi kurash uchun D) Askarlar to`plash uchun 12 / 25 Quyidagilardan oily xudo deb hisoblangan Zevsning inisini ko`rsating. A) Aid B) Pompeyos C) Apollon D) Gelios 13 / 25 Afinada qachon davlat boshqaruvida demokratiyaga o`tildi? A) mil.avv. VI asr o`rtalari B) mil.avv. V asr oxiri C) mil.avv. VI asr boshlari D) mil.avv. VI asr oxiri 14 / 25 Qaysi inshoot ham maqbara, ham ibodatxona vazifasini bajargan? A) Artemida maqbarasi B) Piza minorasi C) Misr ehromlari D) Galikarnas maqbarasi 15 / 25 Olimp tog`ida ilk marotaba muqaddas olov yondirilgan vaqtda qanday voqea sodir bo`ldi? A) troya jangi bo`lgan B) yunon yil hisobi boshlandi C) Yunonistonda teatr paydo bo`lgan D) yunonlarda sport vujudga keldi 16 / 25 Quyidagi berilganlar orasidan xato javobni toping. A) G.Shliman 1870-yilda Turkiyaning Hisorlik tepaligi xarobalari hududida qazishma ishlarini boshlab yubordi, chindan ham Troya qoldiqlarini topdi B) XVII asrdan keyin Hind daryosi vodiysi tez-tez ro`y beruvchi toshqinlar, o`rmonlar va changalzorlar kengayishi natijasida zavolga yuz tutdi C) Xitoyga ko`chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan foydalangan chekka viloyatlar aholisi ajralib chiqib, o`z davlatini tashkil qila boshladi D) Elamda jahondagi eng qadimgi yozuvlardan biri yaratilgan 17 / 25 Quyidagi voqealarni xronologik to`g`ri tartibda joylashtiring. 1.Oktavian va Antoniy flotlari o`rtasida jang bo`lib o`tishi 2.Sarkarda Mark Krass tomonidan Spartak qo`shinlarining tor-mor keltirilishi 3.Rim imperiyasi kuch-qudratining qayta tiklanishi 4.Kushon podsholigida Kanishkaning hukmronligi boshlanishi 5.Xitoyda U Di hukmronligining yakunlashishi A) 2,5,1,4,3 B) 5,2,1,4,3 C) 5,2,3,1,4 D) 3,4,2,1,5 18 / 25 Ismi “astron” so`zidan kelib chiqqan shaxs bir davlatda munajjimga tenglashtirilgan. Ushbu davlatdagi palestralarda o`qitilgan fanlarning homiysi bo`lgan xudo? A) Zevs B) Afina C) Poseydon D) Apollon 19 / 25 Makedoniylik Aleksandr Sug`d qo`g`olonidan so`ng qishlash uchun ketgan shahar qaysi ahamoniy hukmdor tomonidan bosib olingan? A) Kir II B) Kserks C) Kambiz II D) Doro I 20 / 25 Dovon poytaxti Ershini egallab olgan Xitoy qo`shinlari nima sababdan shaharni tashlab chiqib ketadi? A) Aholining tovon to`lashi evaziga B) Aholining bosqinchilarga o`tkazgan tazyiqi tufayli C) ”Samoviy otlar”ni qo`lga kiritgach bu yerda qolish zarur emas edi D) Qish kirib qolganligi sababli 21 / 25 Solon islohotlari natijasida jamiyatda qanday o`zgarishlar sodir bo`lmagan? A) dehqonlar qarzlari qisqartirildi B) qarz uchun qul qilish bekor qilindi C) Xalq majlisi faoliyati tiklandi D) barcha afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyati yuzaga keldi 22 / 25 Afinada xalq boshqaruvi bekor qilingan qonunlar amalga kirgan davr? A) VI asrning 2-yarmi B) VI asr o`rtalari C) VII asrning 1-yarmi D) VII asr oxiri 23 / 25 Doro I hukmronligining nechanchi yili Marafon jangi bo`lib o`tdi? A) 32 B) 15 C) 28 D) 36 24 / 25 To`g`ri fikrni aniqlang. A) Kanishka davrida Afg`oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo`shib olingan B) Baqtra, Maroqanda, Marg`iyona Antioxiysi va Termiz Salavkiylar davlatining yirik shaharlari hisoblangan C) Mil. avv. II asr oxirlarida Yunon-Baqtriya eng katta sarhadlarga ega bo`lib, bu davrda Hindistonning bir qismi ham davlat tarkibiga qo`shib olingan D) Shoh yo`li mil.avv. VI-IV asrlarda Qora dengiz bo`yidagi Efes shahrini qadimgi Fors davlati poytaxtlari – Suza va Persepol bilan bog`lab turgan 25 / 25 Noto`g`ri fikrni aniqlang. A) Sargon I Shumer va Akkadni birlashtirgan mingyillikda Xitoyda qabilalar ittifoqi paydo bo`la boshlagan B) Kushonlar davriga oid Eski Termiz, Dalvarzintepa va Ayritomda muhtasham buddaviylik ibodatxonalari bo`lgan, aynan shu yerdan buddaviylik O`rta Osiyo bo`ylab tarqalgan C) Qadimgi misrliklar, hindlar va shumerlarda quyosh kalendarlari, shumerlarda yil davomiyligi 354 kun qilib belgilangan oy taqvimi bo`lgan D) Mezolit davri oxirida Old Osiyoda xo`jalikning yangi tarmoqlari ibtidoiy ziroatchilik, chorvachilik, hunarmandchilik vujudga kelgan 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6