Uy » Online olimpiada » Matematika olimpiada » 5-sinf Matematika olimpiada №1 Matematika olimpiada 5-sinf Matematika olimpiada №1 InfoMaster Aprel 29, 2022 68 Ko'rishlar 106 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 5-sinf Matematika olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar Ismi familiyangizni kriting! Iltimos ma'lumotlaringizni to'g'ri kritishga e'tibor bering! 1 / 25 1. Zavodning 3 ta sexida 2740 nafar ishchi ishlaydi . Ikkinchi sexda birinchisiga nisbatan 140 ta ko`p ishchi , uchinchi sexda esa ikkinchisiga nisbatan 1 ,2 marta ko`p ishchi ishlaydi . har bir sexda qanchadan ishchi ishlaydi ? A) 760;980;1000 B) 760;900;1080 C) 790;900;1050 D) 750;900;1090 2 / 25 2. 1+2-3+4+5-6+7+8-9+…208+209-210 ni hisoblang A) 7275 B) 7425 C) 7245 D) 7445 3 / 25 3. Ruchka qalamdan ikki marta qimmat , o`chirg`ich esa qalamdan uch marta arzon . Agar ruchka , qalam va o`chirg`ich 2000 so`m bo`lsa qalam necha so`m turadi . A) 600 B) 550 C) 400 D) 500 4 / 25 4. Hisoblang: A) 33/76 B) 33/56 C) 125/333 D) 15/28 5 / 25 5. Ikki sonning yi`g`indisi 150ga , shu sonlarning EKUBi 30 ga teng natural qiymatlaridagi yechimlar juftligi nechta ? A) 4 B) 2 C) 1 D) 3 6 / 25 6. 3 ga bo`linmaydigan sonning kvadratidan bittaga kam bo`lgan son , qaysi songa qoldiqsiz bo`linadi? A) 2 B) 3 C) 4 D) 6 7 / 25 7. Agar uch xonali sondan 6 ni ayirsak ayirma 7 ga bo`linadi , 7 ni ayirsak ayirma 8 ga bo`linadi , 8 ni ayirsak ayirma 9 ga bo`linadi .Bu sonni toping . A) 503 B) 143 C) 167 D) 936 8 / 25 8. x , y , z Natural sonlar uchun 28x+30y+31z =365 munosabat o`rinli bo`lsa x+y+z ni toping . A) 11 B) 12 C) 8 D) 10 9 / 25 9. Otasi 41 yoshda katta o`g`il 13 yoshda , qizi 10 yoshda kichik o`g`li 6 yoshda . Necha yildan keyin otasining yoshi hamma bolalari yoshlarining yi`gi`indisiga teng bo`ladi ? A) 6 B) 4 C) 5 D) 7 10 / 25 10. Ifodaning qiymatini toping : A) 576/49 B) 37/49 C) 664/49 D) 96/59 11 / 25 11. Agar uch xonali sondan 6 ni ayirsak ayirma 7 ga bo`linadi , 7 ni ayirsak ayirma 8 ga bo`linadi , 8 ni ayirsak ayirma 9 ga bo`linadi .Bu sonni toping . A) 143 B) 503 C) 936 D) 167 12 / 25 12. Sotuvchi kilosi 1500 so`mdan 100 kg olma sotib oldi . 20 kg maydaroq olmalarni sotuvchi 1750 so`mdan , qolganlarini 2000 so`mdan sotdi . Bu tijoratda sotuvchi necha foiz foyda qilgan ? A) 40% B) 80% C) 50% D) 30% 13 / 25 13. Umumiy bahosi 225 dinor bo`lgan ikki xil qimmatbaho muynali teri xalqaro bozorda 40% foydasi bilan sotildi . Agar birinchi xil teridan 25% ikkinchisidan 50% foyda qilgan bo`lsa har bir terining bahosi necha dinor bo`lgan ? A) 80 va 235dinor B) 90 va 135dinor C) 10 va 135dinor D) 90 va 125dinor 14 / 25 14. x soni y ning p foiziga teng .y soni x ning 4p foiziga teng . p ni toping ? A) 60 B) 55 C) 70 D) 50 15 / 25 15. Parovoz ma`lum masofani 2,25 sutkada o`tishi kerak edi , lekin u har soatda mo`ljaldagidan 25 km ko`p yo`l o`tganligi va shuning uchun mo`ljallangan masofani 2 sutkada o`tganligi ma`lum bo`ldi .Paravoz qancha masofa o`tgan ? A) 1080 B) 10800 C) 10080 D) 10000 16 / 25 16. Basseyn ikkita quvur bilan 7,5 soatda to`ldiriladi. Birinchi quvurning yolg`iz o`zi basseynni ikkinchi quvurning yolg`iz o`zi to`ldirganidan 8 soat tezroq to`ldiradi . Birinchi quvurning alohida o`zi basseynni necha soatda to`ldira oladi ? A) 12 B) 16 C) 15,5 D) 15 17 / 25 17. Hisoblang : 1,1(6)+0,12(3) A) 7/30 B) 187/90 C) 1,29 D) 19 18 / 25 18. Kubning sirti 294 sm2 ga teng . Uning barcha qirralari yig`indisini toping ? A) 75 sm B) 84 sm C) 85 sm D) 74 sm 19 / 25 19. Hisoblang: A) 27/2 B) 1/27 C) 4/27 D) 2/27 20 / 25 20. Do`konda jami 0 ,96 t shakar bo`lib , birinchi kuni uning 1/3 qismi , ikkinchi kuni qolganing ½ qismi , uchinchi kuni esa qolganing 1/4 qismi va to`rtinchi kuni qolgan barcha shaker sotib bo`lingan bo`lsa , ikkinchi va uchinchi kunlari jami qancha shaker sotilgan ? A) 400 B) 300 C) 500 D) 550 21 / 25 21. p qanday tub son bo`lganda 71 p +1 biror natural sonnig kvadratiga teng bo`ladi ? A) 75 B) 73 C) 53 D) 83 22 / 25 22. Birdan o`ngacha bo`lgan natural sonlar ko`paytmasining natural bo`luvchilari sonini toping ? A) 275 B) 32 C) 270 D) 280 23 / 25 23. Idish to`g`ri burchakli parallelepiped shaklida bo`ib , uning bo`yi 60 sm eni 45 sm va balandligi 47 sm ga teng. Agar idishdagi suv sathi 40 sm balandlikda bo`lsa , unda necha litr suv bor ? A) 108 B) 135 C) 106 D) 115 24 / 25 24. Bir odam avval maoshining yarmini keyin oltidan bir qismini , keyinroq esa qolganing yarmini oldi . Agar olgan pulining beshdan bir qismi 350 so` m bo`lsa , u odam yana qancha olishi kerak ? A) 3155 So`m B) 2100 So`m C) 10500 So`m D) 1750 So`m 25 / 25 25. Akrom bog`dan bir necha olma uzib chiqdi . Olmalarning 1/3 qismini va yana bir donasini ukasiga , qolgan olmalarning 1/3 qismini va bir donasini esa singlisiga berdi .Shunda uning o`zida 5 dona olma qolgan bo`lsa , Akrom bog`dan nechta olma uzib chiqqan? A) 16 B) 12 C) 15 D) 20 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz