Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 7-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiada 7-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Aprel 29, 2022 408 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 6 12345678910111213141516171819202122232425 7-sinf Tarix olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar. 1 / 25 O’zbekistonda arxeologiya fanining rivojlanishida qaysi olimlarning xizmatlari katta bo’ldi? A) Ali Qushchi,Beruniy B) Mirzo Ulug’bek,Beruniy C) M.Saidjonov,Y.G’ulomov D) V.Bartold,Vyatkin 2 / 25 Ilk o‘rta asrlarda barpo etilgan Darg‘om kanali hozirda O‘zbekitonning qaysi hududida asosiy suv ombori hisoblanadi? A) Farg‘ona vodiysida B) Samarqand viloyati janubiy tumanlarida C) Qashqadaryo viloyati va Surhondaryoning shimoliy tumanlarida D) Xorazm va Orol bo‘yi atrofida 3 / 25 Xiyoniylarning Sug‘dga bostirib kirishidan 48 yil oldin …1) zaiflashgan Qang‘ davlatidan Xorazm davlati ajralib chiqdi; 2) xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahriga ko’chirdi 3) Xorazm va Amudaryo havzasiga toxarlar kirib keldi; 4) Katdagi Al-Fir qasrida yangi saroy qurildi; 5) Afrig‘iy shohlari betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb ettira boshladilar; 6) Sosoniylar hukmdori Pero‘z eftaliylarga qarshi uchinchi marta yurishga otlandi. A) 3, 4, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 4, 6 D) 5, 6 4 / 25 Xalifa Umar davrida islom davlati tarkibiga kiritilgan davlatlarni aniqlang? 1.Falastin 2.Misr 3. Liviya 4.Suriya 5.Kavkaz 6.Eronning bir qismi 7.Xuroson 8.Kichik Osiyo A) 2,3,4,5,6 B) 1,2,3,4.6 C) 1,2,6,7,8 D) 3,4,5,6,7 5 / 25 Kim zamondoshlari tomonidan “Jahon hayrati”deb nom olgan? A) Grigoriy IX B) Rudolf Gabsburg C) Fridrix I Barbarossa D) Fridrix II 6 / 25 Favqulodda vaziyatlar ro’y berganda tayinlanuvchi yakkaboshchi hukmdor nima deyiladi? A) Diktator B) Dinastiya C) Konsul D) Strateg 7 / 25 V-VII asrlarda O‘rta Osiyoda qay turdagi turar joylar qad ko‘tardi? 1) ko‘shk; 2) to‘r; 3) o‘rdugoh; 4) qasr; 5) qo‘rg‘on; 6) qo‘rg‘oncha; 7) madrasa. A) 3, 4, 5 B) 1, 4, 5, 6 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5, 7 8 / 25 Ilk o‘rta asrlarda Turon aholisining ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi sodir bo‘lgan qanday keskin o‘zgarish mamlakatning mayda davlatlarga bo‘linib ketishiga sabab bo‘ladi? A) ekin maydonlarining barchasi qishloq oqsoqollari hamda urug‘ va qabila boshliqlari qo‘lida to‘planishi B) dehqonlarning kadivarlarni ekspluatatsiya shaklida ishlatishi C) ko‘chmanchi chorvador xion qabilasining hujumi D) dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalarining shakllanishi 9 / 25 Kserks qo’shinlari qaysi bo’g’ozga kelib,podsho buyrug’i bilan bir kilometrdan uzun ko’prik qurildi? A) Gellespont bo’g’ozi B) Salamin bo’g’ozi C) Gibraltar bo’g’ozi D) Balabak bo’g’ozi 10 / 25 Quyidagi Germaniya shaharlardan qaysi biri movut,surp,metal buyumlar,qurol-aslaha yasashda yetakchi bo’lgan? 1.Kyoln 2.Ulm 3.Vorms 4.Augsburg 5.Nyurenberg 6.Frankfurt A) 4,5,6 B) 1,3,6 C) 1,2,6 D) 2,4,5 11 / 25 Shaharning mustahkam labirintli darvoza og‘zi istehkomi darvozaxonasi bo‘lgan… Shahar markazidan yuqoriroqda ibodatxona majmuasi, uning shimoli-g‘arbiy burchak qismida esa balandligi 25 metr bo‘lgan uch minorali hukmdor qasri qad ko‘targan. Yuqoridagi ta’rif qaysi shahar xarobasiga tegishli? A) Yunosobod Oqtepasi B) Jonbosqal’a C) Turoqqal’a D) Bolaliktepa 12 / 25 Finikiyaliklarning dastlabki koloniyalari qayerlarda tashkil etilgan? A) Krit oroli va Shimoliy Afrika sohilida B) Krit oroli va Apenin ya o sohilida C) Apenin yarim oroli va Afrika sohillarida D) Krit oroli va Kichik Osiyo sohilida. 13 / 25 ”Mening bilishimcha urushlar ichida bunday urushni hali hech kim ko’rmagan.” Geradot qaysi jang haqida yozgan? A) Doro I va Shiroq o’rtasidagi jang haqida B) A.Makedonskiy va Spetamen o’rtasidagi jang haqida C) Arablar va Muqanna o’rtasidagi jang haqida D) Kir II va To’maris o’rtasidagi jang haqida 14 / 25 Birlashgan Millatlar Tashkiloti qachon tuzilgan? A) 1948-yil 9-may B) 1945-yil 24-oktabr C) 1941-yil 22iyun D) 1950-yil 30-oktabr 15 / 25 Najjorlik — bu … A) chilangarlik B) zargalik C) qurolsozlik D) duradgorchilik 16 / 25 VIII asrning 40-yillarida Arab xalifaligida … A) hokimiyat tepasiga Ummaviylar sulolasi keldi B) toj-u taxt uchun kurash kuchaydi C) abbosiylar hukmronligi barham topdi D) Muqanna qo‘zg‘oloni ko‘tarildi 17 / 25 O’rta asr shaharlaridan qaysilari monastirlar atrofida paydo bo’lgan? A) Padeborn,Bremen,Strastburg B) Myunster,sen-Gallen,Sen-Dene C) Strastburg,Gamburg, Austburg D) Sveybryukken,Bryugge,Sen-Gallen 18 / 25 Tutmos II ning Falastin va Suriyani bosib olish uchun uyushtirgan hujumlari qachon boshlangan? A) Mil.av 1500-yil. B) Mil.av 1600-yil C) Mil.av 1450-yil D) Mil.av 1650-yil 19 / 25 Quyidagi qaysi javobda ilk o‘rta asrlarda shakllangan tabaqa vakillari ta’rifi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) kashovarz — ziroatchi oddiy qo‘shchilar B) kadivar — erkin ziroatchi C) chokar — dehqon qo‘riqchisi D) dehqon — qishloq hokimi 20 / 25 O’rta Osiyoda sopol idishlar qachondan boshlab, hayvonlar, qushlar va o’simliksimon naqshlar bilan bezatiladigan bo’ldi? A) Mil.av 4-ming yillikda. B) Mil.av 2-ming yillikda C) Mil.av 5-ming yillikda D) Mil.av 3-ming yillikda 21 / 25 Germanlarda urush va tinchlik masalalarini hal qilish konunglarni saylash qaysi organning vazifasi edi? A) harbiylar yig’in B) oqsaqollar kengashi C) aslzodalar kengashi D) xalq yig’ini 22 / 25 Issiqko’l janubi,Qoshg’ar yag’molari,shimoli-sharqda chigil,sharqda o’g’uz qabilalarini birlashtirgan ulkan hudud dastlab qanday atalgan? A) Xoqoniya B) Xoniya C) Qarluqlar o’lkasi D) Qorluqlar davlati 23 / 25 Tarixning maxsus fanlar va ularning vazifalari to’g’ri ko’rsatilgan javobni ko’rsating. 1. Arxeologiya 3. Etnografiya 2. Antropologiya 4. Lingvistlar a.Moddiy-ashyoviy manbalar asosida tarixni o’rganuvchi fan b. Qadimgi tillarni o’rganuvchi fan c. Xalqlarning udumlari, xo’jalik va madaniyat an’analarini o’rganuvchi fan d. Qadimgi odamlarning qiyofasini o’rganuvchi fan A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c B) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d C) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c 24 / 25 O’zlashtiruvchi xo’jalikka nimalar kiradi? A) Chorvachilik va ovchilk B) Termachilik va ovchilik C) Termachilik va dehqonchilik D) Denqonchilik va chorvachilik 25 / 25 VI asrda Vizantiyaning yirik savdo hunarmandchilik markazlari bo’lgan shaharlarni aniqlang. 1.Konstantinopol 2.Aleksandriya 3.Antioxiya 4.Edessa 5.Quddus 6.Afina A) 1,2,3,4 B) 3,4,5,6 C) 2,3,4,5 D) 1,4,5,6 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz