Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 6-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiada 6-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Aprel 29, 2022 716 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar. 1 / 25 Qaysi hukmdor davrida Kushonda yangi-yangi shaharlar qurilgan? A) Yevtidem B) Vima Kadfiz C) Kanishka D) Kudzula Kadfiz 2 / 25 Yunon-fors urushlarida Plateya yaqinidagi jangdan 50 yil o`tib ……. A) Kambiz Misrni bosib oldi B) Perikl Afina strategi lavozimiga saylandi C) Perikl vafot etdi D) yunon-fors urushlari tugadi 3 / 25 Doro I hukmronligining nechanchi yili Marafon jangi bo`lib o`tdi? A) 28 B) 15 C) 36 D) 32 4 / 25 Quyidagilardan oily xudo deb hisoblangan Zevsning inisini ko`rsating. A) Gelios B) Pompeyos C) Apollon D) Aid 5 / 25 Aleksandriya Esxata qal`asi nima uchun qurilgan? A) Saklarga qarshi kurash uchun B) So`g`diylarga qarshi kurashish uchun C) Askarlar to`plash uchun D) Tayanch qal`a sifatida 6 / 25 Qaysi inshoot ham maqbara, ham ibodatxona vazifasini bajargan? A) Galikarnas maqbarasi B) Piza minorasi C) Artemida maqbarasi D) Misr ehromlari 7 / 25 Qaysi voqea sak va massagetlar ahamoniylar tarkibidan ajralib chiqqan asrda yuz bergan? A) Xeroneya yaqinidagi jangda yunonlar tor-mor etilgan B) Rimda davlat boshqaruvining respublika shakli o`rnatildi C) O`rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan D) Yunonistonda jamoat inshootlari toshdan barpo etila boshlandi 8 / 25 Xom g`ishtdan ko`p xonali uylar qurila boshlangan tarixiy davrda ……. A) spool idishlar hayvonlar, qushlar va o`simlik naqshlari bilan bezatila boshlangan B) O`rta Osiyoda ilk shahr alomatlariga ega bo`lgan manzilgoh vujudga kelgan C) toshga ishlov berishning yangi usullari:silliqlash, sirlash, arralash, teshikchalar parmalash qo`llanila boshlangan D) O`rta Osiyoning janubiy tumanlarida ziroatchilik xo`jaligiga o`tilgan 9 / 25 Noto`g`ri fikrni aniqlang. A) Kushonlar davriga oid Eski Termiz, Dalvarzintepa va Ayritomda muhtasham buddaviylik ibodatxonalari bo`lgan, aynan shu yerdan buddaviylik O`rta Osiyo bo`ylab tarqalgan B) Mezolit davri oxirida Old Osiyoda xo`jalikning yangi tarmoqlari ibtidoiy ziroatchilik, chorvachilik, hunarmandchilik vujudga kelgan C) Sargon I Shumer va Akkadni birlashtirgan mingyillikda Xitoyda qabilalar ittifoqi paydo bo`la boshlagan D) Qadimgi misrliklar, hindlar va shumerlarda quyosh kalendarlari, shumerlarda yil davomiyligi 354 kun qilib belgilangan oy taqvimi bo`lgan 10 / 25 Olimp tog`ida ilk marotaba muqaddas olov yondirilgan vaqtda qanday voqea sodir bo`ldi? A) yunon yil hisobi boshlandi B) yunonlarda sport vujudga keldi C) Yunonistonda teatr paydo bo`lgan D) troya jangi bo`lgan 11 / 25 Asosan qaysi sohalar Afina davlatiga katta daromad keltirar edi? A) kumush konlari va tuz qazib olish B) dengiz savdosi va kulolchilik C) kumush konlari va teri mahsulotlari D) tuz qazib olish va oltin konlari 12 / 25 Makedoniylik Aleksandr Sug`d qo`g`olonidan so`ng qishlash uchun ketgan shahar qaysi ahamoniy hukmdor tomonidan bosib olingan? A) Kir II B) Kserks C) Kambiz II D) Doro I 13 / 25 To`g`ri fikrni aniqlang. A) Kanishka davrida Afg`oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo`shib olingan B) Baqtra, Maroqanda, Marg`iyona Antioxiysi va Termiz Salavkiylar davlatining yirik shaharlari hisoblangan C) Mil. avv. II asr oxirlarida Yunon-Baqtriya eng katta sarhadlarga ega bo`lib, bu davrda Hindistonning bir qismi ham davlat tarkibiga qo`shib olingan D) Shoh yo`li mil.avv. VI-IV asrlarda Qora dengiz bo`yidagi Efes shahrini qadimgi Fors davlati poytaxtlari – Suza va Persepol bilan bog`lab turgan 14 / 25 Quyidagi hukmdorlarning qaysilari Hindistoning bir qismini bosib olishga muvaffaq bo`lgan? A) Aleksandr M. va Demetriy B) Demetriy va Diodot C) Demetriy va Kanishka D) Diodot va Kanishka 15 / 25 Quyidagi berilganlar orasidan xato javobni toping. A) Xitoyga ko`chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan foydalangan chekka viloyatlar aholisi ajralib chiqib, o`z davlatini tashkil qila boshladi B) G.Shliman 1870-yilda Turkiyaning Hisorlik tepaligi xarobalari hududida qazishma ishlarini boshlab yubordi, chindan ham Troya qoldiqlarini topdi C) Elamda jahondagi eng qadimgi yozuvlardan biri yaratilgan D) XVII asrdan keyin Hind daryosi vodiysi tez-tez ro`y beruvchi toshqinlar, o`rmonlar va changalzorlar kengayishi natijasida zavolga yuz tutdi 16 / 25 Yangi davlat yoki yangi sulola asoschilarini toping. 1.Kudzula Kadfiz 2.Kanishka 3.Lyu Ban 4.U Di 5.Diodot 6.Demetriy 7.Salavkiy 8.Antiox 9.Kir II 10.Sin Shixuandi 11.Doro I 12.Solon 13.Trayan 14.Sargon I 15.Chandragupta 16.Ashoka A) 1,4,5,7,9,10,12,14,16 B) 1,3,5,7,9,10,14,15,16 C) 1,3,5,7,9,10,14,15 D) 2,4,5,7,9,10,11,13,14,15 17 / 25 Quyidagi voqealarning qaysilari Perikl hukmronligi davrida amalga oshirilgan? 1)boshqaruv tizimi aristokratiyadan demokratiyaga almashtirildi 2)Xalq majlisidagi lavozimlarga haq to`lash joriy etildi 3)Parfenon ibodatxonasi qurildi 4)huquq va majburiyatlar borasida barchani tenglashtiruvchi qonunlar tuzildi 5)Afinadan Pirey dengizi portigacha mudofaa devorlari qurish to`g`risida buyruq berildi 6)Xalq majlisi faoliyati tiklandi A) 1,2,3,5,6 B) 2,3,5,6 C) 1,2,3 D) 2,3,5 18 / 25 Quyidagi voqealarni xronologik to`g`ri tartibda joylashtiring. 1.Oktavian va Antoniy flotlari o`rtasida jang bo`lib o`tishi 2.Sarkarda Mark Krass tomonidan Spartak qo`shinlarining tor-mor keltirilishi 3.Rim imperiyasi kuch-qudratining qayta tiklanishi 4.Kushon podsholigida Kanishkaning hukmronligi boshlanishi 5.Xitoyda U Di hukmronligining yakunlashishi A) 2,5,1,4,3 B) 3,4,2,1,5 C) 5,2,1,4,3 D) 5,2,3,1,4 19 / 25 Kir II ning massaget qabilalaridan mag`lubiyatga uchraganidan qancha vaqt o`tib Doro III qo`shinlari makedonlar tomonidan tor-mor qilindi? A) 860 yil B) 190 yil C) 857 yil D) 200 yil 20 / 25 Qaysi mulohazada xatolik mavjud? A) Platon dunyoda ezgulik qonunlari mavjudligi, faqat ularni bilish va ularga rioya qilgan holda yashash kerakliligini isbotlagan B) Brut shimoliy Yunonistonda qo`shin to`plab, Rimga jiddiy xavf slogan C) Gannibal, Brut, Mark Antoniy va Kleopatralar dushman qo`liga asir tushishni xohlamay, o`z joniga qasd qilgan D) Dajla daryosi bo`yi Salavkiyadan Baqtriyagacha karvon yo`li qurib bitkazilgach, jahondagi ko`pgina davlatlar bilan savdo va madaniy aloqalar jonlangan 21 / 25 Quyidagilardan noto`g`ri javobni aniqlang. A) Drakont qonunlari- mil.avv. VII asr 2-yarmi B) Xeroneya jangi- mil.avv.IV asr 2-yarmi C) yunon-fors urushlari tugadi- mi.avv. V asro`rtalari D) Solon islohotlari- mil.avv.VI asr oxiri 22 / 25 Afinada xalq boshqaruvi bekor qilingan qonunlar amalga kirgan davr? A) VI asr o`rtalari B) VII asr oxiri C) VI asrning 2-yarmi D) VII asrning 1-yarmi 23 / 25 Salavkiylar hukmdori Antiox tomonidan qurilgan Marg`iyona Antioxiysi hozirgi kunda qaysi davlat hududdida joylashgan? A) Afg`oniston B) Eron C) Tojikiston D) Turkmaniston 24 / 25 Ismi “astron” so`zidan kelib chiqqan shaxs bir davlatda munajjimga tenglashtirilgan. Ushbu davlatdagi palestralarda o`qitilgan fanlarning homiysi bo`lgan xudo? A) Afina B) Apollon C) Zevs D) Poseydon 25 / 25 Arxeologik va yozma manbalar mil.avv. VI-IV asrlarda O`rta Osiyo xalqlarining qanday sohalar taraqqiyotida yuksak darajaga erishganliklaridan dalolat beradi? A) zargarlik, hunarmandchilik, tikuvchilik, kulolchilik, binokorlik B) badiiy o`ymakorlik, ganchkorlik, kulolchilik, kavushdo`zlik C) dehqonchilik, chorvachilik, me`morchilik, ganchkorlik D) kulolchilik,dehqonchilik, badiiy o`ymakorlik, ganchkorlik 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6