Uy » Abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2 Ona tili va adabiyot abituriyent Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2 InfoMaster Aprel 20, 2022 385 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2 1 / 30 Bir g`uncha edingiz yel ham tegmagan, ifor taralardi sizdan muattar. Gapdagi hid bilduruvchi sifat qaysi bo`lakka tobelangan ? A) kesimga B) to`ldiruvchiga C) egaga D) holga 2 / 30 Har xil odamlarning fe`l-atvori va ahvoli; yaxshi fe`l xosiyati va yomon xislat kasofati; turli foydali kuzatishlar va misollar haqida uch qismdan iborat asarni aniqlang. A) "Saddi Iskandariy" B) "Mezon ul-avzon" C) "Hayrat ul-abror" D) "Mahbub ul-qulub" 3 / 30 Hayot mendan ayamadi ne`matlarini, Ne istasam, berdi doim, hech bir tonmayman. Ushbu parchada qaysi gap bo`laklari kesimga nisbatan o`rnini almashtirgan? A) vositasiz to`ldiruvchi va daraja-miqdor holi B) faqat vositasiz to`ldiruvchi C) vositasiz to`ldiruvchi va payt holi D) vositasiz va vositali to`ldiruvchi 4 / 30 Quyida berilgan gardagi fe`l yasovchi qo`shimchalar soni qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan? Chollar kulgidan qotib qoldilar, ularning burishgan yuzlari ruhlanib ko`zlarini kulgu namladi A) 4 ta B) 5 ta C) 2 ta4 ta D) 1 ta 5 / 30 Navoiy "Xamsa"sining qaysi dostonida "Beshinchi iqlim yo`lidan kelgan musofir hikoyati" keltiriladi? A) "Sab`ayi sayyor" B) "Hayratul-abror" C) "Layli va Majnun" D) "Farhod va Shirin" 6 / 30 Qaysi javobda keltirilgan gapda tarkibida faqat til oldi undoshlari bo’lgan qo’shma sifat mavjud? A) Qo’shiqning diltortar navolari hammani o’ziga rom qildi. B) U juda shirinsuxan odam ekan. C) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g’oyalar bilan uyg’unlashib ketgan. D) Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag’ishlaydi. 7 / 30 Ko`zlarim yo`l ustida, kelmadi yor, Ushbu keng dunyo ko`zimga bo`ldi tor. Qay qaroqchi oldi yorimning yo`lin, Mundagi baxtsiz yigit yo`l uzra zor... Ushbu to`rtlik qaysi asardan olingan? A) “Navoiy” B) “O`tkan kunlar” C) “Mehrobdan chayon” D) “Kecha va kunduz” 8 / 30 Ilon kabi buralib daryo shu yerga kelganda, ikkiga ajralgan, uch chaqirimdan so`ng yana birlashardi. Berigan gapda qaysi turkumlar qatnashgan? A) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ot, ko`makchi, ravish, fe`l B) ot, ko`makchi, ravish, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l C) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ko`makchi, ravish, fe`l D) ot, ko`makchi, fe`l, ot, olmosh, ot, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l 9 / 30 Quyida berilgan qaysi so`zlar imloviy jihatdan noto`g`ri yozilgan? 1) xasrat; 2) mudofaa; 3) muddoa; 4) tobeylanmoq; 5) tamir A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 3, 4, 5 10 / 30 Quyidagilardan xamsanavislar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. 1)“Xamsa” yozishni ozarbayjonlikulug’ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan; 2)Dehlaviy yana 2 doston qo’shib, o’z “Xamsa”sini yetti dostonga yetkazadi; 3)Jomiy “Xamsa”sini “Panj ganj” deb atagan; 4)Navoiy qisqa muddatda (1483-1485-yillard 51 ming misradan ortiq “Xamsa”sini yozib tugallagan. A) 1, 3 B) 2, 3 C) 1, 4 D) 2, 4 11 / 30 Qaysi gap tarkibida o’z paronimi bilan o’zaro bir xil turkumga mansub bo’la oladigan tub so’z qatnashgan? A) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi begona afzal. B) Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma. C) U otalik mehri jo’sh urib qizchasini bag’riga bosdi. D) Siz daraxtning shoxida yursangiz, u bargida yuradigan yigit. 12 / 30 Fuzuliyning “Dahr bir bozordir – har kas mato’in arz edar” baytini aytgan oddiy qorovul tohir aka obrazi qaysi asarda uchraydi? A) “Yulduzli tunlar” B) “O’tkan kunlar” C) “Mehrobdan chayon” D) “Kecha va kunduz” 13 / 30 Arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostonini tarjima qilgan ijodkorning asari qaysi qatorda berilgan? A) “Singan umid” B) “Astrabod ” C) “Izlaganim” D) “So`nggi kun” 14 / 30 Eldor akaning uyi o`n yetti tomdan keyin joylashgan, zo`rg`a topib bordik-da. Ushbu gapda ajratib ko`rsatilgan so`zda qanday ma’no ko'chishi kuzatiladi? A) vazifadoshlik B) metafora C) sinekdoxa D) metonimiya 15 / 30 Berilgan matndagi fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar haqidagi noto’g’ri hukmni toping. A) Beriligan matndagi so’zlarda ko’makchi morfemada ham tovush o’zgarishi kuzatiladi B) Berilgan matndagi olmosh tarkibida tovush ortishi hodisasi ro’y bergan C) Berilgan matnda olmosh tarkibida Tovush tushishi hodisasi ro’y bergan D) Fonetik o’zgarishga uchragan ot tarkibida jarangli undosh jarangsiz undoshga almashgan 16 / 30 Qaysi qatorda Mirtemir ijodiga mansub tarjimalar berilgan? Pushkinning"Yevgeniy Onegin" she'riy romani; Lermontovning "Maskarad" asarini "Manas" qirg'iz xalq eposini; "Qirq qiz" qoraqalpoq xalq dostoni; "Sosunli Dovud" arman xalqeposi. A) l, 2 B) 3, 4 C) l, 2, 3 D) 4, 5 17 / 30 Navoiyning ”Haq taolo xoni in`omi-yu karami omi ” qit`asidagi ishonch, e`tiqod, ixlos, tushuncha, fikr, bilim ma`nolarini qaysi so`z ifodalaydi? A) ro`ziy B) aqida C) gumroh D) ro`za 18 / 30 Qaysi asarda Turkistonda Qul Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasining shundoq biqinida O’rta Osiyoni zabt etgan general Chernyayev qurdirgan besh-oltita g’ishtin binolarning borligi, Chernyayev bu binolarni chor askarlari uchun qurdirganligi, ammo Sovet hokimiyati ularni qamoqxonaga aylantirib atrofini tikanli sim bilan o’raganligi tasvirlangan? A) “O’tkan kunlar” romanida B) “Muzqaymoq” hikoyasida C) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida D) “Mehrobdan chayon” romanida 19 / 30 “Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan buyon yomon ko’paydi”. Ushbu misralar qaysi asardan olinganligini aniqlang. A) Bemor B) Muzqaymoq C) Urushning so’nggi qurboni D) Shum bola 20 / 30 Qaysi so’zlarning yozilishida bosh harflar imlosiga amal qilingan? A) Sog’liqni Saqlash Vazirligi, Markaziy Osiyo B) 21-mart – Navro’z Bayrami, Azamat Shuhrat O’g’li C) Marjonbuloq qishlog’i, Birlashgan millatlar tashkiloti D) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis 21 / 30 Qaysi ijodkor o’z she’rida Vatanning tinchligini asrash xuddi “mo’rt shisha”ni asrashdek qiyin ekanligini eslatib o’tadi? A) A. Obidjon B) A. Avloniy C) Zulfiya D) E. Vohidov 22 / 30 Odil Yoqubov qalamiga mansub “Olma gullaganda” asarining janrini aniqlang. A) hikoyalar to’plami B) pyesa C) roman D) qissa 23 / 30 Berilganlardan qo’shma sifatlarni aniqlang. 1) sovuqmijoz; 2) hozirjavob; 3) achchiqtosh; 4) mehnatkash; 5) issiqxona; A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 2 D) 1, 3 24 / 30 Quyida berilgan gap turini aniqlang. Bunday saltanat yalong’och odamga o’xsharki, uni ko’rgan kimsa nazarini olib qochadi. A) egasi yashiringan sodda yoyiq gap B) sodda yoyiq gap C) shaxsi umumlashgan sodda yoyiq gap D) ergashgan qo’shma gap 25 / 30 Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to’g’ri davom ettirilgan? Shoh Iskandar … A) umrining so’nggida bu dunyoning o’tkinchi, bevafo ekanligini anglab yetibdi. B) umrining so’nggida dunyoning ko’plab xalqlarini o’ziga tobe qilganidan g’ururlanibdi. C) bitmas xazina, ko’p boylik o’z hayotining asosiy mazmuni ekanligini tushunibdi. D) o’z xazinalari, boyliklari bilan birga ko’mishlarini vasiyat qilibdi 26 / 30 Umri… mazmuni… millat… dardi… darmon bo’lish… iborat deb bilgan Amir Temur xalqimiz… ardoqli, ulug’ farzandidir. Ushbu gapda nechta so’zdagi nuqtalar o’rniga qaratqich kelishigi qo’shimchasini qo’llash lozim? A) 2 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 4 ta 27 / 30 Qaysi qatordagi fe`llarda nisbat qo`shimchasi mavjud emas? A) Yomon qo`shni dushmandan yomon – turgan joyingdan ko`chirib yuborganini sezmay qolasan. B) Uning vujudida ham mehr, ham vahshiylik yashiringan edi. C) Baxt oila ostonasidan boshlanishini unutmang! D) Ko`ngli vayron bo`lgan qiz yelkalari titrab-titrab yig`lardi. 28 / 30 Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilmagan? A) Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar. B) Mumkin o‘lsa ko‘rmog‘im, ey sarvi ra’no, surating, Aylasa chashmim aro mardum kabi jo surating. C) Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim. D) Orzu qildim: “ Tutarmen ”, - deb visoli domanin, Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat. 29 / 30 Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan (bir so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so‘ng ishlatiladigan tinish belgisi qaysi gapda qo`llangan? A) Yashash. Bu – orzular qanotin kermoq. Yashash. Bu – muhabbat gullarin termoq. (O. Matjon) B) Podshoh o‘sha bolani yoniga o‘tqazib, undan so‘rabdi: Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi? C) She’rim! Yana o‘zing yaxshisan! ( U. Nosir ) D) Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim! ( M. Yusuf ) 30 / 30 Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang? A) sazovor, muloqot B) sozovor, muloqot C) sazovar, muloqat D) sazavor, mulaqot 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot abituriyent testi №3
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1