Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok №7 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy blok №7 InfoMaster May 2, 2024 95 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №7 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Xoja Fazlulloh Abullaysiy – Samarqand akobiridindur. Faqih Abullays avlodidandur. Fiqhda ani Abu Hanifayi Soniy derlar erdi va arabiyatda Ibn Hojib kaffasida tutarlar erdi. Ushbu matnda ajratib ko`rsatilgan arxaik so`zning hozirgi muqobili qaysi qatorda berilgan? A) geometriya B) huquqshunoslik C) adabiyotshunoslik D) geografiya 2 / 10 2. Qaysi gapda antonim so‘zlar qo‘llangan? A) Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi. B) …Qirg‘oq chiroy bilan to‘ladi, Chechak ochsa, turfa gullari. C) Necha asrlardan beri asir bo‘lib kelgan xalq endi bosh ko‘targan edi. D) Oqil va fozil kishilar suhbatida bo‘lishga odatlan. 3 / 10 3. Bir bo`g`inida birgina tovush bo`lgan so`z qaysi javobda berilgan? A) johillik B) odobnoma C) huquqbuzar D) insoniyat 4 / 10 4. Qaysi javobda ilmiy uslubga oid gap berilgan? A) Kesim qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: fe’l kesim, ot kesim bo`ladi. B) -Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, toza charchapsan. C) Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi. D) Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi. 5 / 10 5. Qaysi gapda kelishik qo‘shimchasining qo‘llanishi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A) Insofli, diyonatli, boy-badavlat va xalqparvar kishilarni moddiy yordamisiz ma’rifatchilar faoliyat ko‘rsata olmas edilar. B) Men o‘tgan yili yozga anhor bo‘yidagi hovlimizda dam oldim. C) Ziyolilar ma’rifat urug‘ini sochishda fidoyilik ko‘rsatdilar. D) Xalq orasida: “Maqtanganni-uyini ko‘r” degan gap bor. 6 / 10 6. Qaysi gapda majhul nisbatdagi fe’l qatnashmagan? A) Zangori ekran orqali «Qishloqdagi tengdoshim» ko‘rsatuvi namoyish etildi. B) Bizning tumanimizda bir qancha sport inshootlari qurildi. C) Bizning sholi yerimiz haydaldi. D) Daraxtlarning so‘nggi yaproqlari qishning ilk kunlarida to‘kildi. 7 / 10 7. Qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz undoshi qo‘yiladi? A) su..bat, ..il-..il B) ba..t, ogo.. C) ..il-..il, sho‘.. D) no’..at, ..ayot 8 / 10 8. Vatansiz inson // kuysiz bulbul. Ushbu gapda // o`rnida qaysi tinish belgisi qo`yiladi? A) tire B) vergul C) ikki nuqta D) nuqtali vergul 9 / 10 9. Dunyoviy bilim va hunarlarga ega bo‘lgan yoshlarimizning fazilatlari haqida soatlab gapirishimiz mumkin. Ushbu gapda nechta sodda yasama so’z mavjud? A) 5 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 3 ta 10 / 10 10. Eldor bu xabarni eshitib dami chiqmadi. Ushbu gapda ajratib ko`rsatilgan iboraning ma`nosi qaysi qatorda to`g`ri berilgan? A) bir so`z ham ayta olmay qoldi. B) oshkor bo`lishdan qo`rqib gapirmadi. C) qo`rquv aralash hech narsa deyolmay lol bo`lib qoldi. D) hech narsa demadi, indamadi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 34 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29