Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok №7 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy blok №7 InfoMaster May 2, 2024 82 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №7 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi qatorda qo`shma gap qismlari bog`lovchi vazifasidagi vosita orqali bog`langan? A) Agar vijdoning toza bo`lsa, hech kim seni yo`ldan ozdira olmaydi. B) Biz qiynalib dalaga bug`doy sepamiz, qushlar esa osonlik bilan ularni terib yeydi. C) Do`st bilan obod uying, gar bo`lsa u vayrona ham. D) Ko`kda na yulduz bor, na bir bulut bor. 2 / 10 2. Ko`rsatmoqchi so'zidagi qo`shimchalar soni to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping? A) 2 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta 3 / 10 3. Bir bo`g`inida birgina tovush bo`lgan so`z qaysi javobda berilgan? A) odobnoma B) insoniyat C) huquqbuzar D) johillik 4 / 10 4. Qaysi gapda antonim so‘zlar qo‘llangan? A) Necha asrlardan beri asir bo‘lib kelgan xalq endi bosh ko‘targan edi. B) Oqil va fozil kishilar suhbatida bo‘lishga odatlan. C) Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi. D) …Qirg‘oq chiroy bilan to‘ladi, Chechak ochsa, turfa gullari. 5 / 10 5. Qaysi gapda majhul nisbatdagi fe’l qatnashmagan? A) Bizning tumanimizda bir qancha sport inshootlari qurildi. B) Zangori ekran orqali «Qishloqdagi tengdoshim» ko‘rsatuvi namoyish etildi. C) Daraxtlarning so‘nggi yaproqlari qishning ilk kunlarida to‘kildi. D) Bizning sholi yerimiz haydaldi. 6 / 10 6. Berilgan so`zlardan qaysilari qo`shib yoziladi? 1) dev sifat: 2) liq to‘la: 3) dardi bedavo; 4) kecha kunduz; 5) ko‘p vaqt. A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 5 D) faqat 1 7 / 10 7. Vatansiz inson // kuysiz bulbul. Ushbu gapda // o`rnida qaysi tinish belgisi qo`yiladi? A) nuqtali vergul B) ikki nuqta C) tire D) vergul 8 / 10 8. Qaysi javobda zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to‘g‘risidagi fan ma`nosini beruvchi atama berilgan? A) monitoring B) menejment C) strategiya D) menejer 9 / 10 9. Xoja Fazlulloh Abullaysiy – Samarqand akobiridindur. Faqih Abullays avlodidandur. Fiqhda ani Abu Hanifayi Soniy derlar erdi va arabiyatda Ibn Hojib kaffasida tutarlar erdi. Ushbu matnda ajratib ko`rsatilgan arxaik so`zning hozirgi muqobili qaysi qatorda berilgan? A) huquqshunoslik B) geografiya C) geometriya D) adabiyotshunoslik 10 / 10 10. Dunyoviy bilim va hunarlarga ega bo‘lgan yoshlarimizning fazilatlari haqida soatlab gapirishimiz mumkin. Ushbu gapda nechta sodda yasama so’z mavjud? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 33 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29