Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Zoologiya » 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar 7-sinf Zoologiya 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar InfoMaster Aprel 14, 2022 404 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 1 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar 55- mavzu.YIRTQICH SUTEMIZUVCHILAR TURKUMI. 56- mavzu.DENGIZ SUTEMIZUVCHILARI: KURAKOYOQLILAR VA KITSIMONLAR TURKUMLARI. 57- mavzu.TUYOQLI SUTEMIZUVCHILAR. 1 / 50 Ona ari qaysi xususiyatiga ko’ra ishchi(a) va erkak (b) arilarga o’xshaydi?1) nishtarga ega; 2) urug’lanmagan tuxum hujayradan rivojlanadi; 3) og’iz organlari kemiruvchi-so’ruvchi tipda tuzilgan;4) qurtlarni oziqlantiradi; 5) urug’langan tuxum hujayradan rivojlanadi; 6) og’iz organlari yaxshi rivojlanmagan; 7) orqa oyoqlari gul changini yig’ib olishgamoslashgan; 8) nishtari bo’lmaydi. A) a-3, 4, 7; b-1, 8 B) a-1, 3, 4; b-2, 8 C) a-5, 6; b-1, 3 D) a-1, 5; b-6, 8 2 / 50 Zog`ora baliqning umurtqa pog`onasi nechta umurtqadan iborat ? A) 39-42. B) 41-44. C) 40-43. D) 38-41. 3 / 50 Qaysi hayvonlarning burni havo o’tkazish vazifasini bajarmaydi? A) lansetnik, qurbaqa, timsoh B) latimeriya, triton, salamandra C) losos, forel, akula D) kapcha ilon, qizilto’sh, zog’ora 4 / 50 Baqalarda o`rta quloq qayerdan boshlanadi, nima vazifani bajaradi ? A) ichki quloqdan, tovushni kuchaytiradi B) tashqi quloq teshigida, tovushni o`tkazish C) nog`ora pardadan tovushni kuchaytirib beradi D) yevstaxeya nayidan , tovush tebranishlari chastotasini oshiradi 5 / 50 Itbaliqning rivojlanishiga xos bo'lmagan xossani aniqlang. A) tashqi jabralar halqum devorida joylashgan ichki jabra bilan almashinadi B) qon aylanish doirasi bitta C) yuragi ikki kamerali D) ichki jabralar halqum devorida joylashgan tashqi jabra bilan almashinadi 6 / 50 Botqoqlik toshbaqasi nima bilan oziqlanadi ? A) suv o`tlari bilan B) qamish va g`umay bilan C) umurtqasiz hayvonlar bilan D) dafniya, siklop 7 / 50 ushlardan o‘troq (a) va ko‘chib yuruvchi (b) qushlarni ko‘rsating.1) qorayaloq 2) mayna 3) kaklik 4) zog‘cha 5) musicha 6) chittak A) a-1, 4; b-2, 3,5,6 B) a-2, 3, 5, 6; b-1, 4 C) a-2, 3, 6; b-1, 4,5 D) a-1, 2, 3; b-4, 5, 6 8 / 50 Qaysi qushning tuxumdan chiqqan jo‘jasining quloq teshigi yopiq bo‘ladi? A) g‘oz B) pingvin C) qarg‘a D) o‘rdak 9 / 50 Xonakilashtirilgan, vazni 16 kg gacha bo`ladigan qush hisoblanmish kurkaning vatani qayer ? A) Yevropa B) Avstraliya C) Hindiston D) Amerika 10 / 50 Quyidagi mo'ynali hayvonlarni kemiruvchilar (I) va yirtqichlar (II)turkumiga ajrating. 1) norka 2) nutriya 3) ondatra 4) tulki 5) kojan 6) sug'ur 7) yumronqoziq A) I-1,2,3,4, II-5,6, 7 B) I- 1,2,3 II- 4,5,6,7 C) I-2,3,6, 7, II-1,4 D) I- 4,5,6, 7, II-1,3,5, 7 11 / 50 Mushuksimonlarning qaysi sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan ? A) ko`rish B) ta`m bilish C) eshitish D) hid bilish 12 / 50 Dengizda yashovchi sut emizuvchilarning tishlari bir xilda tuzilgan bo`lib, faqat oziqni tutib turish uchun xizmat qiladi ? A) tyulen B) ko`k kit C) morj D) delfinlar va kashalotlar 13 / 50 Suvda yashashga o'tgan, suvda bolalaydigan sutemizuvchini aniqlang. A) tyulen B) morj C) kasatka D) dengiz mushugi 14 / 50 Qaysi kurakoyoqlilarning quloq suprasi bo'lmaydi ? A) tyulen B) kasatka C) morj D) dengiz mushugi 15 / 50 Bir kecha -kunduzda kit qancha oziq yeydi ? A) 300 kg B) 1 tonna C) 500 kg D) 2-4 tonna 16 / 50 Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar guruhi qaysi ? A) sigir, suv ayg`iri, eshak, begemot B) qo`y, echki, zubr, alqor, morxo`r, suv ayg`iri C) qo`y, echki, zubr, sayg`oq, bug`u, jayron, jirafa, muflon D) begemot, muflon, sayg`oq, jirafa, ot, eshak 17 / 50 Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarning oshqozoni necha bo`lmali ? A) 3 B) 4 C) 2 D) oshqozoni bo`lmali emas 18 / 50 Ayiq qachon uyquga ketadi ? A) kunduzi B) tunda C) bahorda D) qishda 19 / 50 Kurakoyoqlilarga xos bo'lmagan belgilarni aniqlang. A) oldingi oyoqlari suzgich kurakka aylangan B) ko'p vaqtini suvda o'tkazadi C) suvda bolalaydi D) bo'yni kalta 20 / 50 Hidni yaxshi sezmaydigan hayvonlar ?1) yenotsimon it , 2) tulki, 3) kuyka, 4) ilvirs,5) korsak, 6) ko`rgalak,7) qizilto`sh,8) yaguar, 9) chiyabo`ri A) 1,2,5,9 B) 1,2,6,9 C) 3,4,5,7 D) 3,4,6,7,8 21 / 50 Kavsh qaytaruvchilar oshqozonida kletchatkaning hazm bo'lishiga yordam beruvchi organizmlarni aniqlang. A) bakteriya va xivchinlilar B) sporalilar va soxta oyoqlilar C) bakteriya va infuzoriya D) infuzoriya va nozema 22 / 50 Xongul qayerda boqilmoqda ? A) Qizilqum qo`riqxonasida, Payg`ambar orolida B) Payg`ambar orolida , Nurotada C) Ustyurt, Nurotada D) Buxoroda, Nurotada 23 / 50 Suv ayg`iri qayerda yashaydi ? A) Janubiy Amerikada. B) Tropik Afrikada C) Avstraliyada D) Antarktidada 24 / 50 Kitning mo`ylovi qayerda joylashgan va nima vazifani bajaradi ? A) tumshug`ining 2 yonida, tuyg`u B) yuqorigi jag`, sezgi C) yuqorigi jag`idan pastga qarab popukli muguz plastinkalar osilib turadi, bu plastinkalar kit mo`ylovi deyiladi D) ostki jag`ida, o`ljani tutish 25 / 50 Tanasi yoriqlarga kirishga moslashgan hayvonlar ?1) ondatra 2) nutriya 3) sug`ur 4) norka5) qunduz 6) qashqaldoq A) 4,5,6 B) 2,4,6 C) 1,3,5 D) 1,2,3 26 / 50 Tulkiga xos xususiyatlar qaysi javobda to`g`ri keltirilgan ?1)cho`l va dashtlarda, tog`oldi, qishloq, shaharlar atrofida yashaydi2)yozda inda yashaydi, u yerda 4-5 ta ko`zi yumuq bola tug`adi3)bahorda inda yashaydi u yerda 4-5 ta ko`zi yumuq bola tug`adi4)bolalarini urg`ochilari boqadi 5) bolalarini ota-onalari boqadi 6) kuzdaoilasi tarqalib ketadi 7) asosan mayda kemiruvchilar va hasharotlar bilan oziqlanadi 8) uy parrandalariga ham hujum qiladi 9) foydali hayvon(mo`ynasi) ,kemiruvchi va hasharotlarni yeb qishloq xo`jaligiga foyda keltiradi A) 1,3,5,7,9 B) 2,3,5,6,7,8,9 C) 1,2,3,4,5,6,7,8,9 D) 1,2,6,7,8,9 27 / 50 Bug`u va loslarning shoxi har necha yilda alamshinib turadi ? A) har yili B) 4 yilda C) 3 yilda D) 2 yilda 28 / 50 Morj va to`ng`iz uchun umumiy bo`lgan xususiyat ? A) serpusht B) hayot tarzi C) qoziq tishi kuchli rivojlangan D) mo`ynasi uchun ovlanadi 29 / 50 Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozoni necha bo`limdan iborat ? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 30 / 50 Suvsarsimonlar oilasiga mansub bo'lmagan hayvonlarni aniqlang. A) ondatra, nutriya B) olaqo'zan, norka C) qashqaldoq, bo'rsiq D) suvsar, qunduz 31 / 50 Bo`riga xos xususiyatlar qaysi javobda keltirilgan ?1) Respublikamizning cho`llari, to`qaylari, tog`oldi va bog`li hududlaridauchraydi 2) yil bo`yi juft hosil qilib yashaydi3) urchish vaqtidagina juft hosilqiladi 4) bo`ri oilasi bir-biridan 12-30 km uzoqlikda yashaydi 5) og`irligi 30-35 kg 6) og`irligi 40-50 kg 7) 3-4 tadan 13 tagacha ko`zi yumuq bola tug`adi8) 15 yilgacha umr ko`radi A) 1,2,3,4,5,7 B) 1,2,4,6,7,8 C) 1,2,3,5,7,8 D) 2,7,8 32 / 50 Delfinlar o`ljani qanday topadi ? A) poylab B) quvib C) hididan D) ultratovushdan foydalanadi 33 / 50 Suv ayg'irining qaysi tishlari kuchli rivojlangan ? A) katta oziq B) kurak C) kichik oziq D) qoziq 34 / 50 Qo'ng'ir (1) va oq (2) ayiqlar nimalar bilan oziqlanadilar ?a) o'simlik ildizi b) o'simlik nihollari c) mevalar d) hasharot va sug'urlar e) tyulen f) baliqlar A) 1 - a, b, c, d; 2 - e, f B) 1 - a, b, c; 2 - d, e, f C) 1 - a, b; 2 - d, e D) 1- e,d,f; 2- a, b, c 35 / 50 Ko'k kitlarga xos bo'lmagan xususiyatni aniqlang. A) uzunligi 30 m, vazni 150 t B) yuqori jag'idan mo'ylovlari osilib turadi C) tishlari bo'lmaydi D) o'ljani topish uchun ultrabinafsha nurlardan foydalanadi 36 / 50 Kashalotlar va delfinlar qaysi turkumga kiradi ? A) dengiz sutemizuvchilariga B) mushuksimonlarga C) kurak oyoqlilarga D) kitsimonlarga 37 / 50 Yirtqich sutemizuvchilarning yirtqich tishlari qaysi tishning o'zgarishi hisoblanadi ? A) yuqori va pastki oziq tishlar B) qoziq C) kurak D) faqat yuqori oziq tishlar 38 / 50 Qashqaldoqqa xos bo`lgan belgilar ?1) ,,Qizil kitob” ga kiritilgan 2) inlarini jarlikka va tepaliklar yon bag`rida quradilar 3) koloniya bo`lib inlarida yashaydilar 4) tog` o`rmonlari, to`qay va dashtlarda yashaydi 5) o`latni tarqatadi 6) hasharotlar, kemiruvchilar, to`kilgan meva va o`simliklarni , yer osti tuganaklari bilan oziqlanadi A) 1,2,4 B) 2,4,6 C) 3,5,6 D) 1,3,5 39 / 50 Qashqaldoqqa xos bo`lmagan xususiyatlar ?1) ,,Qizil” kitobga kiritilgan 2) inlarini jarliklar va tepaliklar yon bag`ridaquradi 3) koloniya bo`lib inlarida yashaydi4) tog` o`rmonlari, to`qay va dashtlarda yashaydi 5) o`latni tarqatadi6) hasharotlar, kemiruvchilar, to`kilgan meva va o`simliklarni , yer osti tuganaklari bilan oziqlanadi A) 2,4,6 B) 1,2,4 C) 1,3,5 D) 3,5,6 40 / 50 Tulenlar qayerda yashaydi ? A) okeanlarda B) uzoq Sharq dengizlarida C) Arktika dengizlarida D) dengizlarda 41 / 50 Morjning qaysi tishlari qadrlanadi ? A) qoziq B) oziq C) kurak D) barchasi 42 / 50 O'zbekiston cho'llarida yakka holda, juft- juft yoki o'ttiztagacha poda bo'libyashagan, rangi qo'ng'ir tusda bo'lgan, faqat qo'riqxonalarda saqlanib qolgan hayvonni aniqlang. A) g'izol B) zubr C) qulon D) zebra 43 / 50 Kit suvda suzganda qaysi suzgichlar bilan suzadi ? A) tog` suzgichlari va dum suzgichlari bilan B) juft suzgichlari bilan C) dum suzgichlari bilan D) dum suzgich va oldingi suzgichlar yordamida 44 / 50 Toq tuyoqli hayvonlarni belgilang ? A) karkidon, suv ayg`iri B) morxo`r, jirafa, begemot C) cho`chqa, suv ayg`iri D) ot, eshak, zebra, qulon, karkidon 45 / 50 Mushuksimonlar oilasiga kiruvchi hayvonlar nomlari qaysi qatorda berilgan ? A) arslon, qoplon, bo`rsiq B) yo`lbars, silovsin, ilvirs, yovvoyi mushuk C) ilvirs, yenotsimon it, bo`rsiq D) gepard, qoplon, sher, chita 46 / 50 Qaysi hayvonlar faqat orqa, oldingi va dum suzgichlarga ega ?1) tyulen 2) delfin 3) morj 4) kasatka5) dengiz mushugi 6) pingvin7) kashalot 8) ko`k kit A) 2,4,7,8 B) 5,6 C) 2,4 D) 1,3,5,6 47 / 50 Quyidagi hayvonlarni turkumlari bilan juftlab ko'rsating.1)kojan 2) korsak 3) kaputsin a)qo'lqanotlilar b) primatlar c) yirtqichlar A) 1b 2c 3a B) 1 a 2 c 3 b C) 1 c 2 a 3 b D) 1a 2b 3c 48 / 50 Delfinlarga xos bo'lgan xususiyatni aniqlang. A) o'ljani topish uchun ultratovushdan foydalanadi B) uzunligi 30 m, vazni 150 t C) tishlari bo'lmaydi D) yuqori jag'idan mo'ylovlari osilib turadi 49 / 50 Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarga xos bo`lmagan xususiyatlar ?1) bo`yni kalta 2) qoziq tishi kuchli rivojlangan 3) kurak tishi kuchli rivojlangan 4) oshqozoni bo`lmalarga bo`lingan 5) dumi uzun 6) oshqozoni 1 kamerali A) 3,5,1 B) 1,4,3 C) 3,4,5 D) 1,2,6 50 / 50 Latcha, olaqo`zan, norka, qunduz, bo`rsiq kabi hayvonlar qaysi oilaga kiradi ? A) yirtqichlar B) mushuksimonlar C) suvsarsimonlar D) kemiruvchilar 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 7-sinf Zoologiya 58-59-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 7-sinf Zoologiya 52-53-54-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 7-sinf Zoologiya 46-47-48-mavzular yuzasida testlar