Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Zoologiya » 7-sinf Zoologiya 31-32-33-mavzular yuzasida testlar 7-sinf Zoologiya 7-sinf Zoologiya 31-32-33-mavzular yuzasida testlar InfoMaster Aprel 14, 2022 479 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Zoologiya 31-32-33-mavzular yuzasida testlar 31- mavzu.NERV SISTEMASI VA SEZGI ORGANLARI. 32- mavzu.BALIQLARNING KO’PAYISHI VA RIVOJLANISHI. 33- mavzu.BALIQLARNING XILMA- XILLIGI; TOG’AYLI BALIQLAR SINFI. 1 / 50 Amyobaning hazm qilish vakuolasi qaysi paytda paydo bo`ladi ? A) sitoplazma bo`linishi bilan. B) yadrodan hazm shirasi ajralishi bilan. C) sitoplazmadan hazm shirasi ajralishi bilan. D) sista hosil qilishi bilan. 2 / 50 Evgelena qanday oziqlnadi? A) fotosintez yo’li bilan B) yolg’onoyoqlari yordamida C) membranadagi maxsus teshikchalar orqali D) xivchini yordamida 3 / 50 Kiprikli chuvalchanglarni parazit holda yashashga moslanishi tufayli qaysi hayvonlar kelib chiqqan? A) askarida, ostritsa, gijja B) so’rg’ichlilar, yumaloq chuvalchanglar C) to’garak chuvalchanglar, so’rg’ichlilar D) so’rg’ichlilar, tasmasimon chuvalchanglar 4 / 50 Rasmdagi 4-raqamda nima ifodalangan? A) voyaga yetgan exinokokk; B) exinokokk pufagi. C) cho’chqa tasmasimoni boshi; D) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 5 / 50 Nereidaning tuklari tananing ikki yonida har bir tana bo’g’imining ... o’simtalarida to’p-to’p bo’lib joylashgan? A) qoplovchi to’qima B) epiteliyli C) muskulli D) biriktiruvchi 6 / 50 axkash nimalar bilan oziqlanadi A) o’simlik qoldiqlari B) o’simlik barglari C) o’simliklarning yosh novdalari D) mayda hayvonlar 7 / 50 Hasharotlarning hamma oyoqlaridagi bo’g’imlar yig’indisi qancha bo’ladi? A) 15 B) 16 C) 30 D) 20 8 / 50 Tut ipak qurti va karam kapalagi qurtining umumiy jihatlari qaysi javobdato’g’ri ko’rsatilgan?1) so’lak bezlari kuchli rivojlangan; 2) pillada g’umbakka aylanadi; 3) sholg’om va achambiti bargi bilan oziqlanadi; 4) qorinqismida 5 juft soxta oyoqlari bo’ladi; 5) og’iz a`zosi kemiruvchi tipda; 6) soxta oyoqlari bo’g’imlarga bo’linmagan; 7) ko’krakqismida 5 juft soxta oyoqlari bo’ladi; 8) yon tomonida bir necha qator sariq va qora dog’lari bor; 9) haqiqiy oyoqlaribo’g’imlarga bo’linmagan; 10) orqa tomonida bir necha qator sariq va qora dog’lari bor. A) 2, 4, 9, 10 B) 4, 5, 6 C) 5, 7, 9 D) 1, 2, 3, 8 9 / 50 Ikki qanotlilardan erkak chivin nima bilan oziqlanadi? A) faqat sovuq qonli hayvonlar qoni bilan B) odamning qoni bilan C) o’simlik shirasi bilan D) o’simliklarning changi bilan 10 / 50 Jabra teshiklarini tashqi tomondan teri burmalari qoplab, Jabra oldi bo’shlig’ini hosil qiladigan hayvonni belgilang. A) daryo qisqichbaqasi B) baqachanoq C) zog’ora baliq D) lansetnik 11 / 50 Eng yirik akula ? A) kit akula. B) ko`k akula C) tikanli akula. D) suyakdor akula. 12 / 50 Baliqlarning yurak va nafas olish markazi qaysi miyada joylashgan? A) o’rta miya B) uzunchoq miya C) oldingi miya D) orqa miya 13 / 50 Tog`ayli baliqlarning belgilarini ajratib ko`rsating.1) tanasi tangachalar bilan bir tekis qoplangan, 2) suzgich pufagi bo`ladi,3) suzgich pufagi bo`lmaydi, 4) faqat tuxum qo`yib ko`payadi, 5) jabra qopqog`ijabrani himoya qilib turadi, 6) jabra qopqog`i yo`q, 7) skeleti tog`aydan iborat,8) skeleti suyakdan iborat, 9) ko`pchiligi tirik tug`ib ko`payadi A) 1,3,8,9, B) 1,4,6,8 C) 3,4,6,7, D) 3,6,7,9, 14 / 50 Oq slaning … atrof-muhitdagi narsalarni payqashda, oziqning ta`mini bilishda,suvning tarkibini aniqlashda muhim o’rin tutadi. A) bir juft ko’zlari B) bir juft mo’ylovlari C) yon chiziqlari D) tangachalari 15 / 50 Qaysi baliq og`zidan 70 VT kuchlanishli elektr zaryadi chiqaradi ? A) skat. B) laqqa. C) mitti akula. D) tikan baliq. 16 / 50 Tog`ayli baliqlar guruhini belgilang ? A) akula, osetr. B) karp, sterlyad. C) okun, skat. D) skat, akula. 17 / 50 Skatlarning tanasi qanday shaklda bo`ladi ? A) yassi rombsimon yoki disksimon. B) torpedasimon. C) duksimon. D) suyri. 18 / 50 Qaysi baliq suv havzalarining tinch oqadigan sayoz joylariga, suv omborlari va ko’llarga tuxum qo’yadi? A) skatlar B) zog’ora baliq C) ugor balig’I D) tikan baliq 19 / 50 Skatlar suv tubida qanday suzadi ? A) qorin suzgichlarini to`lqinsimon harakatlantirib. B) ko`krak suzgichlarini to`lqinsimon harakatlantirib. C) dum suzgich qanotlarini to`lqinsimon harakatlantirib. D) anal suzgichlari yordamida. 20 / 50 Qaysi baliq 300 mingtagacha tuxum qo’yadi? A) zog’ora baliq B) tilyapiya C) okun D) treska 21 / 50 Hayoti davomida bir marta uvildiriq tashlaydigan baliqlarni toping. A) laqqa, olabug’a B) zog’ora, oq kumush C) keta, gorbusha D) cho’rtan, oq qayroq 22 / 50 Zog’ora baliqning nasliga g’amxo’rlik qilishi nimadan iborat? A) tuxum qo’yish uchun qulay joy tanlashdan B) tuxum qo’yish uchun qulay joy tanlash va uya qurish C) bolalarini himoya qilish D) uya qurish va bolalarini boqishdan 23 / 50 Mantaning bosh skeleti qanday suyaklardan iborat? A) miya qutisi, jag’lar, Jabra ravoqlari B) miya qutisi, jag’lar, Jabra qopqoqlari, tishlar C) miya qutisi, jag’lar, Jabra ravoqlari, Jabra qopqoqlari D) miya qutisi, Jabra ravoqlari, Jabra qopqoqlari 24 / 50 Akulalar va skatlar qaysi sinfga kiradi ? A) tog`ayli baliqlar. B) yirtqich baliqlar. C) suyak-tog`ayli baliqlar. D) suyakli baliqlar. 25 / 50 Tikanli akula qaysi sinfga mansub ? A) sutemizuvchilar sinfi B) suyak-tog'ayli baliqlar sinfi C) tog'ayli baliqlar sinfi D) suyakli baliqlar sinfi 26 / 50 Baliqlarning eshitish a`zosi qanday tuzilgan? A) ichki va o’rta quloq B) tashqi quloq C) ichki quloq D) o’rta quloq 27 / 50 Baliqlarda ta`m bilish hujayralari qayerda joylashgan ?1) og`izda 2) tilda 3) yon chizig`ida4) halqumda 5) oshqozonda 6) butun tanasi A) 1,4,6. B) 1,2,3. C) 4,5,6. D) 2,3,4. 28 / 50 Qaysi baliqning ko'krak suzgichlari tanasi bilan tutashib ketgan ? A) baqra B) akula C) manta D) cho'rtan 29 / 50 Qaysi baliqlarning tuxumlari va lichinkalarining juda ko’p qismi boshqa hayvonlarga yem bo’ladi? A) treska, okun B) akula, dengiz tulkisi C) zog’ra baliq, tilyapiya D) tikan baliq, dengiz otchasi 30 / 50 Qaysi baliqlarda jabra qopqoqlari va suzgich pufaklari bo`lmaydi ? A) cho`rtanlarda. B) karpsimonlarda. C) osetrsimonlarda. D) tog`ayli baliqlarda. 31 / 50 Tog`ayli baliqlarning suyakli baliqlardan asosiy farqini ko`rsating ? A) skeleti tog`aydan iborat, jabra qopqog`i, suzgich pufagi bo`lmaydi, tirik tug`adi. B) skeleti suyakdan iborat bo`lib, jabra qopqog`i, suzgich pufagi bo`lmaydi. C) skeleti tog`aydan iborat, jabra qopqog`i va suzgich pufagi bor, asosan tuxum qo`yib ko`payadi. D) tanasi suyak va emal tangchalari bilan qoplangan, tirik tug`ib ko`payadi. 32 / 50 … yashovchi baliqlarning muskullari va suzgichlari, xususan, dum suzgichi kuchli rivojlanagan bo’ladi. A) dengiz va okeanlarning juda chuqur joyida B) rang-barang riflar orasida C) suv yuzasida D) dengiz tubida 33 / 50 Tanasi torpedasimon bo’lib, dum suzgichi juda kuchli rivojlangan. Juda serharakat yirtqichdir.Ushbu ta`rif qaysi hayvonga tegishli? A) soxta kurakburun baliq B) akula C) timsoh D) kasaktka 34 / 50 Qanday baliqlar o’zidan yog’du taratadi? A) suvning yuza qismida yashaydigan B) rang-barang marjon riflari orasida yashaydigan C) ochiq dengizlarda yashaydigan D) dengiz va okeanlarning juda chuquqr joylarida yashaydigan 35 / 50 Baliqlarning qaysi sezgi organi sezuvchi hujayralarga ega bo’lgan xaltachalardan iborat? A) hid bilish B) yon chiziqlar C) eshitish D) ta`m bilish 36 / 50 Skeletining tuzilishiga ko`ra baliqlar qanday sinflarga ajratilgan ? A) suyakli, suyak-tog`ayli baliqlar. B) suyakli, suyaksiz baliq. C) osyortsimonlar, karpsimonlar, seldsimonlar, losossimonlar, cho`rtanlar sinfi. D) suyakli va tog`ayli baliqlar. 37 / 50 Urg’ochilari uchun qulay uya yasaydigan baliqni toping. A) tikan baliq B) okun C) zog’ora baliq D) dengiz otchasi 38 / 50 Baliqlarning qaysi turkum vakillarida ichki urug'lanish kuzatiladi ?1) bakra 2) akulalar 3) skatlar4) karpsimonlar 5) losossimonlar A) 1, 2, 3 B) 2,3 C) 3, 4, 5 D) 2, 4, 5 39 / 50 20-30 tagacha tirik bola tug’ib ko’payadigan organizmlarni belgilang. A) gavial, tulenlar B) skatlar, yomg’ir chuvalchangi C) chayonlar, skatlar D) halqali chuvalchanglar 40 / 50 Nasliga g’amxo’rlik qiladigan baliqni toping. A) okun B) treska C) dengiz sigiri D) tilyapiya 41 / 50 Faqat yaqindan ko'radigan, narsalarning shakli va rangini farq qila oladigan hayvonni aniqlang. A) boyo'g`li B) ko'rgalak C) dengiz otchasi D) qizilto'sh 42 / 50 Dengiz tulkisi hayvonlarning qaysi turkum vakili hisoblanadi? A) tangachalilar B) dumsizlar C) kurakoyoqlilar D) skatlar 43 / 50 Dengiz tulkisi (a), beluga (b) ning bosh skeletini tashkil etuvchi suyaklar qaysi javobda to’g’ri berilgan?1)tog’aydan tashkil topgan miya qutisi;2)suyak bilan qoplangan miya qutisi; 3) jag’lar; 4) jabra ravoqlari; 5) jabra qopqoqlari. A) a-1, 2, 4, 5; b-1, 2, 4, 5 B) a-2, 3, 4; b-1, 3, 5 C) a-1, 3, 4; b-2, 3, 4, 5 D) a-1, 3, 4, 5; b-1, 3, 4, 5 44 / 50 Baliq (1), uy pashshasi (2) va yashil bronza qo'ng'izi (3) ning ta'm bilish hujayralari qayerda joylashgan ?oldingi oyoqlari panjasidagi tukchalarda a)og'iz bo'shlig'ida b)paypaslagichlarda d) halqumda e) tana yuzasida f) mo'ylovida j) yostiqchasimon xartumchada A) 1 b, d, e; 2 a, c; 3 f B) 1 b, d, e; 2 c, j; 3 a, f C) 1 b,d; 2e,f; 3c D) 1 b, d, e; 2 a; 3 c 45 / 50 Kit, akula nima bilan oziqlanadi ? A) yirik baliqlar bilan. B) timsohlar bilan. C) suv toshbaqalari bilan. D) mayda qisqichbaqasimonlar va baliqlar bilan. 46 / 50 Eng kichik akula berilgan javobni toping ? A) seldsimon akula. B) dengiz farishtasi. C) kulrang akula. D) tikanli akula. 47 / 50 Baliqlarning qaysi birida suzgich pufaklari bo`lmaydi ? A) gorbusha. B) manta. C) keta. D) okun. 48 / 50 Qaysi baliqlar tirik tug`adi ? A) cho`rta, oq amur. B) laqqa, xumbosh. C) zog`ora, tikan baliq. D) akula, skat. 49 / 50 Qaysi baliqning bosh skeleti faqat bosh miyani himoya qilib turadigan miya qutisi, o’g’iz bo’shlig’ini o’rab turadigan jag’lar va Jabra ravoqlari suyaklaridan iborat? A) akula B) zog’ora baliq C) strelyad D) bacra 50 / 50 Tanasi torpedasimon, tangachalari qalin plastinkachalardan iborat bo`lgan,har qaysi tangacha ustida sirtdan emal bilan qoplangan tishsimon o`simtasi bor,bu xususiyatlar qaysi baliq uchun xos ? A) cho`rtan. B) treska C) akula D) skat. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 7-sinf Zoologiya 58-59-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 7-sinf Zoologiya 52-53-54-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar