Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok №5 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy blok №5 InfoMaster May 2, 2024 258 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №5 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. O`g`lima o`xshaydi ovozing saning. Ushbu gapda kelishik qo`shimchasini olgan ot haqida qaysi fikr noto`g`ri? A) shaxs oti hisoblanadi. B) qaratqich aniqlovchi vazifasini bajargan. C) asos fonetik hodisaga uchragan. D) asosi faqat jarangli undoshlardan iborat. 2 / 10 2. Tavsiflanayotgan voqelik … yaxshi bilish, tildagi so’z ma’nolari … yetarli anglash, nutq mazmuni … e’tibor bilan qarash aniq nutq tuzish malakasi … shakllanishi uchun imkon beradi. Yuqoridagi gapda qaysi kelishik qo’shimchalari qo’llanilishi kerak? A) tushum, jo’nalish, chiqish B) tushum, jo’nalish, qaratqich C) chiqish, tushum, qaratqich D) chiqish, jo’nalish, qaratqich 3 / 10 3. Qaysi qatorda shevaga oid so`z ot so`z turkumida emas? A) Juringlar! Qaytishda cho`milamiz! – dedi Oqboy (Sh.Xolmirzayev) B) Yo ulimdi musobaqaga yuborganim uchun menga bir so‘m bering? (Zulfiya Qurolboy qizi) C) Qishloqdi dunyo tanidi nima, tanimadi nima? (Zulfiya Qurolboy qizi) D) Sen meni boshimdi aylantirma, - deya muallimning gapini to`xtatdi u. (Zulfiya Qurolboy qizi) 4 / 10 4. Baxt shunday narsaki, borligida uni kishi sezmaydi, yo‘qligida orzu qiladi. Baxtli odam “Men baxtliman” deb olamga jar solmaydi. Inson hech qachon baxtga to‘ygan, “baxtliman” degan emas. Parchada qatnashgan yasama so`zlar miqdori? A) 7 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 6 ta 5 / 10 5. E’timodlik bir kishining shahodatiga binoan toshkandlik Yusufbek hojining og‘li – Otabek, bu kunda xonimizg‘a qarshi bosh ko‘targan Aziz parvonachi va o‘z otasining vakolatlari bilan Marg‘ilon kelib, bu yerdagi fuqarolarni ham xon janobig‘a qarshi oyoqlandirmoqchi bo‘lg‘an. Ushbu matnda ajratib ko`rsatilgan ko`hna so`zning ma`nosi qaysi qatorda berilgan? A) hukmdor farmonini bituvchi kotib B) Qo`qon xonligida pullarni qabul qilib oluvchi, saqlovchi, xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori C) turkiy xalqlarda hukmdorning eng oliy unvoni D) tungi mirshab yoki mirshablar boshlig`i 6 / 10 6. Qaysi gapda olmosh yoq? A) Barcha shodlik senga bo’lsin. B) Har kim ekkanini o’radi. C) Dildoraning bari gaplari haqiqat edi. D) Lola har doim darsga kech keladi. 7 / 10 7. Qaysi qatorda faqat mavhum otlar berilgan? A) chopiq, odam, go’zallik B) dev, yaxshilik, achitqi C) o’quvchi, o’kinch, tuman D) quvonch, qo’rqinch, xayol 8 / 10 8. Vatanning vayronasi // umrning g`amxonasi. (Maqol) Belgi o`rnida qanday tinish belgisi qo`yiladi? A) ikki nuqta B) vergul C) tire D) nuqtali vergul 9 / 10 9. Zilola opa shogirti Maftuna bilan muziydan chiqganda, soat oltidan oshgandi. Zilola opa bolalarini boxchadan olishga shoshardi. Shu sababdan taksida ketmoqchi bo‘lishdi. Aksiga olib, mashinalar kam. Nihoyat, oq “Neksiya” chetrog`da to‘xtadi... (“Gulxandan”) Ushbu parchada necha o`rinda imloviy xatolikka yo`l qo`yilgan? A) 4 B) 2 C) 3 D) 5 10 / 10 10. Qaysi gapdagi ibora toliqmoq ma’nosiga teng? A) ich-etini yemoq B) og’zining tanobi qochmoq C) mazasi qochmoq D) tinkasi qurimoq 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 34 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29