Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok №5 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy blok №5 InfoMaster May 2, 2024 187 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №5 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Alo…ida, …ola, vo...a, ar…eolog, asla…a, pa…ta, a…ir, a…il, ba…t, ba…o, …isobchi, ba..s, ba…odir, va …ima, gav…ar, giyo… , gazet...on, go…, guvo…, gul…an, Yuqorida berilgan so`zlardan nechtasida bo`g`iz undoshi qo`llanadi? A) 12 ta B) 9 ta C) 11 ta D) 13 ta 2 / 10 2. Zilola opa shogirti Maftuna bilan muziydan chiqganda, soat oltidan oshgandi. Zilola opa bolalarini boxchadan olishga shoshardi. Shu sababdan taksida ketmoqchi bo‘lishdi. Aksiga olib, mashinalar kam. Nihoyat, oq “Neksiya” chetrog`da to‘xtadi... (“Gulxandan”) Ushbu parchada necha o`rinda imloviy xatolikka yo`l qo`yilgan? A) 5 B) 3 C) 4 D) 2 3 / 10 3. E’timodlik bir kishining shahodatiga binoan toshkandlik Yusufbek hojining og‘li – Otabek, bu kunda xonimizg‘a qarshi bosh ko‘targan Aziz parvonachi va o‘z otasining vakolatlari bilan Marg‘ilon kelib, bu yerdagi fuqarolarni ham xon janobig‘a qarshi oyoqlandirmoqchi bo‘lg‘an. Ushbu matnda ajratib ko`rsatilgan ko`hna so`zning ma`nosi qaysi qatorda berilgan? A) Qo`qon xonligida pullarni qabul qilib oluvchi, saqlovchi, xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori B) tungi mirshab yoki mirshablar boshlig`i C) turkiy xalqlarda hukmdorning eng oliy unvoni D) hukmdor farmonini bituvchi kotib 4 / 10 4. Ikkinchi bo`g`ini ochiq bo`g`in bo`lgan so`zni aniqlang? A) kitoblar B) sabrsizlik C) somonsiz D) ko`nglidan 5 / 10 5. Vatanning vayronasi // umrning g`amxonasi. (Maqol) Belgi o`rnida qanday tinish belgisi qo`yiladi? A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul 6 / 10 6. Qaysi gapdagi ibora toliqmoq ma’nosiga teng? A) og’zining tanobi qochmoq B) tinkasi qurimoq C) mazasi qochmoq D) ich-etini yemoq 7 / 10 7. Qaysi gapda olmosh yoq? A) Lola har doim darsga kech keladi. B) Barcha shodlik senga bo’lsin. C) Dildoraning bari gaplari haqiqat edi. D) Har kim ekkanini o’radi. 8 / 10 8. Baxt shunday narsaki, borligida uni kishi sezmaydi, yo‘qligida orzu qiladi. Baxtli odam “Men baxtliman” deb olamga jar solmaydi. Inson hech qachon baxtga to‘ygan, “baxtliman” degan emas. Parchada qatnashgan yasama so`zlar miqdori? A) 5 ta B) 4 ta C) 7 ta D) 6 ta 9 / 10 9. Qaysi juft so`z sanalmaydi? A) yaxshi-yomon B) erta-kech C) qishin-yozin D) ustma-ust 10 / 10 10. O`g`lima o`xshaydi ovozing saning. Ushbu gapda kelishik qo`shimchasini olgan ot haqida qaysi fikr noto`g`ri? A) asosi faqat jarangli undoshlardan iborat. B) shaxs oti hisoblanadi. C) asos fonetik hodisaga uchragan. D) qaratqich aniqlovchi vazifasini bajargan. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 27 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29