Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy №4 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy №4 InfoMaster May 2, 2024 54 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №4 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. To’ldiruvchi ajratib ko’rsatilgan gapni aniqlang. A) Ikki dunyo ham mard va saxiylarniki, mard bo’l. B) Ukasiga ham shu to’pni sovg’a qildi. C) Biz shaharda baland binolarni ko’rdik. D) Bajarilgan ishlar haqida hisobot berildi. 2 / 10 2. Qaysi gapdagi so’zlar imlosida faqat tovush almashish hodisasi kuzatiladi? A) U endi podshoning topshirig’ini bajarish uchun uni tinmay maqtar, butun ayyorligini ishga solar edi. B) Barmog’ingiz bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani biroz bosib tursangiz, shunda tish og’rig’i darrov to’xtaydi. C) Ho’kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog’ quruq poyani tashlab qo’yar ekan. D) Garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asos bo’lmasa ham, ko’nglimda o’zimga tasalli berish, aldash kabi bir kayfiyat bor edi 3 / 10 3. Qaysi gapda ko’p nuqta o’rnida “urib” so’zini ham, “tushirib” so’zini ham qo’llash mumkin? A) Endi sizni o’z lavozimingizdan …… jazolaganini bildirib qo’ymoqchi. B) Ertalabdan yomg’ir maydalab … turdi, kechga yaqin qorga aylandi. C) Omon ikkalamiz bir kosa go’jani paqqos …… oldik. D) Elmurod hammani mukofotga taqdim etganda o’zini … qoldirgan edi. 4 / 10 4. Qaysi javobdagi so’zlar imloviy jihatdan xato yozilgan? A) tanaffus, halol B) milliyon, musoboqa C) suhbat, tamoyil D) inshoot, manba 5 / 10 5. Shu boisdan u o’ttizinchi yillar… boshida adabiyot… chetlatilgan, uning uchun nashriyot eshiklari yopib qo’yilgan edi. Ushbu gapda nuqtalar o’rniga qaysi kelishik qo’shimchalarini qo’llash uslubiy jihatdan to’g’ri sanaladi? A) chiqish, tushum B) qaratqich, chiqish C) qaratqich, tushum D) tushum, chiqish 6 / 10 6. Qaysi gapda ajratib ko’rsatilgan sifat hajm-o’lchov ma’nosini ifodalab kelgan? A) Vazmin, mulohazali bu yigitni korxonada hamma yoqtirib qolgan edi. B) Tortinchoqqina Nigorani ham davraga sudrab chiqib raqs tushishga majbur qildi. C) Biz o’zimizdan kuchli, o’zimizdan baxtli avlodni tarbiya etmog’imiz lozim. D) Uning qovoqlari keng, yuzlari oq-qizil edi, shahlo ko’zlari esa har doim kulib turardi. 7 / 10 7. Og’zi qulog’iga yetmoq iborasining ma’nosi qaysi javobda to’g’ri izohlangan? A) beparvo bo’lmoq B) B) og’zi qiyshayib qolmoq C) xursand bo’lmoq D) saxiylik qilmoq 8 / 10 8. Qaysi gapdagiso’zlarning barchasi o’z ma’nosida qo’llangan? A) Bu achchiq gapni eshitgan zahotimoq peshonamdan sovuq ter chiqib ketdi, yuragimni qo’rquv eza boshladi. B) G’azal ham bo’lurmi buncha dilrabo, Bunchalar serishva, bunchalar tannoz? C) Bulut bugun o’zining ko’kish ko’ylagini erinmay yuvishga tushdi, shekilli, yomg’ir tinay demasdi. D) Men gulzordagi chiroyli gullardan guldasta yasab oyimga sovg’a qildim. 9 / 10 9. Bu kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida har kuni og’ziga mayda toshlarni soladi va she’rlar, turli matnlarni o’qish bilan…… .Ushbu gapdagi ko’p nuqta o’rniga qaysi birlikni qo’llash uslubiy jihatdan to’g’ri sanaladi? A) erishadi B) qiziqadi C) shug’ullanadi D) harakat qiladi 10 / 10 10. Imlo qoidasiga ko’ra noto’g’ri yozilgan so’z qatnashgan gapni toping. A) Fitrat fors shoiri Bedil haqida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. B) Bulbul Arabiston yarim orolining janubida qishlab, aprelning oxirida yurtimizga uchib keladi C) Metall idishlarda ovqat saqlab yeyish sog’liq uchun zararlidir. D) Tamagirlik bilan adolat bir-biriga ziddir. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 27 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29