Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 9-sinf Adabiyot » 9-sinf Adabiyot 13-mavzu 9-sinf Adabiyot 9-sinf Adabiyot 13-mavzu InfoMaster Mart 24, 2022 399 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Adabiyot 13-mavzu yuzasida testlar 13 – MAVZU: SHAROF BOSHBEKOV 1 / 32 "Alpomish" dostonida alplar "Kelganboy" deb kimni aytishar edi? A) Qalmoqshchni B) Boysarini C) Alpomishni D) Kayqubodni 2 / 32 Farhodning ariq qazuvchilarga madad qilishi unga xos qaysi xususiyatlardan dalolat beradi? A) Sadoqat, jasorat B) Insonparvarlik, mehnatsevarlik C) Mardlik, qahramonlik. D) Odoblilik, kamtarlik 3 / 32 1529 yilda Xojaga alohida hurmat bilan qarab shayxulislomlik mansabini bergan hukmdor kim edi? A) Ubaydullaxon B) Temir Sulton C) Jonibek Sulton D) Kistan Qaro 4 / 32 Ogahiy kimning “Yusuf va Zulayho” asarini tarjima qilgan A) N Ganjaviy B) Sa’diy Sheroziy C) Badriddin Hiloliy D) Jomiy 5 / 32 Furqatning quyidagi asarlaridan qaysi biri musaddas shaklida yozilgan? A) “Sayding qo‘yaver sayyod...” B) “Fasli navbahor o‘ldi...” C) “Kishi holimni bilmas, mehribondin adashganman” D) “Surmadin ko‘zlar qaro...” 6 / 32 Quyidagi shaxslardan qaysi biri o'z asarlari uchun ko'p ma'lumotlarni Imom al-Buxoriy bilan uchrashuvlaridan olganligini yozgan? A) Abu Iso at-Termiziy B) Shamsuddin az-Zahabiy C) Shayx Doxiliy D) Abdulloh ibn al-Muborak 7 / 32 «Navoiy» romanida Navoiyning sadoqatli navkari, barvasta qomat, aqlli, boadab yigit kim? A) Abdullo B) Shirim C) Boboali D) Badriddin 8 / 32 «Ulug'bek xazinasi» romanida «makruh kitoblar» to'g'risidagi tahdidli so'zlarni kim aytgan? A) Nizomiddin Xomush B) Qalandar Qarnoqiy C) Mirzo Ulug'bek D) Xoja Salohiddin 9 / 32 «Sohibqiron» dramasida Temurning tulporining laqabi nima? A) Do'nan B) Saman C) To'riq D) Kuno'g'lon 10 / 32 Omon Matjonning «Eng so'nggi xazina» she'rida millatning o'zligini tayin etadigan eng so'nggi va bebaho xazina nima ekani, usiz milliy erkka erishib bo'lmasligi voqeaband yo'sinda aks ettirilgan? A) milliy urf-odat B) milliy g'urur C) milliy qadriyat D) milliy qo'shiq 11 / 32 Halima Xudoyberdiyevaning qaysi she'rida birinchi misra she'rning so'nggida ham takrorlanadi? A) «Shunchaki» she'rida B) «Bir o'rim soch tarixi» she'rida C) «Begim, sizni tabiat...» she'rida D) «Dorilomon kunlar keldi...» she'rida 12 / 32 Qaysi turga mansub asarlarda shaxsning ichki tuyg'ulari, hissiyoti, ruhiy kechinmalari, sezimlari asosiy o'rinda bo'ladi? A) lirik turga B) maxsus turga C) epik turga D) dramatik turga 13 / 32 «Temir xotin» komediyasida kirn kimni feodal, inkvizator, taraqqiyotning dushmani sifatida baholab, robotni beayov ekspluatatsiya qilganlikda ayblaydi? A) Qumri Qo'chqorni B) Alomat Olimjonni C) Olimjon Qo'chqorni D) Olimjon Alomatni 14 / 32 Sharof Boshbekov o'z ssenariysi bo'yicha suratga olingan qaysi kinoga rejissorlik qilgan? A) «Ma'rif va Sharif» B) «Masxaraboz» C) «Charxpalak» D) «Doka ro'mol qurishi» 15 / 32 «Temir xotin» komediyasida robotga qanday nom qo'yadilar? A) Qumri B) Sevginator C) Sharofat D) Alomat 16 / 32 «Temir xotin» komediyasidagi voqealar necha kun ichida bo'lib o'tadi? A) sakkiz kun B) besh kun C) yetti kun D) uch kun 17 / 32 «Temir xotin» asarida qaysi obrazlar o`rtasida xalq qismatining g`oyat fojiaviy manzarasi haqida murosasiz bahs bo`lib o`tadi ? A) Turobjon va Qo`chqor. B) Olimjon va Qo`chqor. C) Alomat va Qo`chqor. D) Qumri va Qo`chqor 18 / 32 Sh.Boshbekov pyesalari to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping? A) «Eski shahar gavroshlari», «Mirzo Ulug`bek», «Charog`bonlar» B) «Tushov uzgan tulporlar», «Oltin devor» C) «Taqdir eshigi», «Besh kunlik kuyov», «Temir xotin». D) «Eshik qoqqan kim bo`ldi», «Temir xotin», «Tushov uzgan tulporlar». 19 / 32 Sharof Boshbekovning qaysi pyesasi oldin respublika teatr festivalida bosh sovringa loyiq topilgan bo'lsa, so'ngra O'rta Osiyo respublikalari orasida o'tkazilgan teatr festivalining mutlaq g'olibi bo'lgan? A) «Charxpalak» B) «Charog'bonlar» C) «Temir xotin» D) «Tushov uzgan tulporlar» 20 / 32 Sharof Boshbekovning qaysi asari respublikalararo ko'rik-tanlov sovrindori bo'lgan? A) «Mehr va mauzer» B) «Tushov uzgan tulporlar» C) «Eski shahar gavroshlari» D) «Charog'bonlar» 21 / 32 «Temir xotin» komediyasida dramaturg qishloqdagi haqiqiy holatni aks ettirishda qaysi obrazdan unumli foydalanadi? A) Qo'chqor obrazidan B) Qumri obrazidan C) Olimjon obrazidan D) «temir xotin» obrazidan 22 / 32 Sharof Boshbekov qaysi teleserialning ssenariy muallifi hisoblanadi? A) «Taqdir eshigi» B) «Tushov uzgan tulporlar» C) «Charog'bonlar» D) «Charxpalak» 23 / 32 «Temir xotin» komediyasida qaysi obraz tilidan asar voqealari mobaynida bir necha bor «rakatopsin» so'zi ishlatiladi? A) Sharofat B) Qo'chqor C) Qumri D) Olimjon 24 / 32 «Temir xotin» komediyasi qaysi qo'shiq bilan yakunlanadi? A) «Gul yaxshi-yu gul yaxshi, Gulning popugi yaxshi». B) «Qo'ling qo'lbog'da bo'lsin, Beling belbog'da bo'lsin». C) «Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak, Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak». D) «Yana o'ynaylik, yana kuylaylik, iqbolimiz porloq ekan, davron suraylik». 25 / 32 «Temir xotin» komediyasida kim kimni gipnoz qilib yig'latadi? A) Olimjon Alomatni B) Alomat Qo'chqorni C) Olimjon Qo'chqorni D) Alomat Olimjonni 26 / 32 . «Temir xotin» komediyasida: «0'ttiz-o'ttiz besh yoshlarda, lekin yoshiga nisbatan ancha katta ko'rinadi», - deya ta'riflangan qahramonni toping. A) Alomat B) Qumri C) Qo'chqor D) Sharofat 27 / 32 «Temir xotin» komediyasida qaysi obraz ikki marta Toshkentga borganligi bilan maqtanar edi? A) Olimjon B) Turobjon C) Qumri D) Qo'chqor 28 / 32 «Temir xotin» komediyasida o'zbek ayoli ruhiyati o'zining cheksiz ko'lami va yuksak ezguliklari bilan yorqin aks ettirilgan bo'lib, qaysi qahramon ayoliga «ко'р o'qishi» bilan maqtanganda ayol erining aslida o'qimishlilik darajasi qandayligini juda yaxshi bilgani holda uni fosh etmaydi, uyaltirmaydi? A) Turobjon B) Olimjon C) Qo'chqor D) Safar 29 / 32 Temir xotin» komediyasining birinchi sahnasida qaysi timsolning sodda, topqir, gapga chechan, hazilkash va maqtanchoqligi tasvirlanadi? A) Alomatning B) Sharofatning C) Olimjonning D) Qo'chqorning 30 / 32 «Temir xotin» komediyasida robot dalada yurgan Qo'chqor akani qanday qilib topib olar edi? A) issiqlik chiqarishi yordamida B) xarita yordamida C) elektromagnit to'lqinlari yordamida D) sun'iy yo'ldosh yordamida 31 / 32 «Temir xotin» komediyasida robotning necha yilda yasalganligi aytiladi? A) uch yilda B) bir yilda C) besh yilda D) yetti yilda 32 / 32 Sharof Boshbekovning qaysi komediyasi hozirgi kungacha tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'lib kelmoqda? A) «Temir xotin» B) «Charog'bonlar» C) «Charxpalak» D) «Tushov uzgan tulporiar» 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz