Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 9-sinf Adabiyot » 9-sinf Adabiyot 12-mavzu 9-sinf Adabiyot 9-sinf Adabiyot 12-mavzu InfoMaster Mart 24, 2022 106 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Adabiyot 12-mavzu yuzasida testlar 12 – MAVZU: SHAVKAT RAHMON 1 / 31 ”Alpomish “ dostonida “ Xudoning yaratgan sheri “ deya ta’riflangan obraz qaysi? A) Alpomish B) Ko’kaldosh C) Shohimardon pir D) Qorajon 2 / 31 A.Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonida hoqon Farhodga atab necha qasr qurdiradi va necha yilda bitkazadi ? A) Yetti qasr qurib, etti oyda bitkazadi B) Bir qasr qurib, bir yilda bitkazadi C) Yetti qasrni yetti rangda qurib, yetti yilda bitkazadi D) To’rt qasrni to’rt faslga moslab qurdiradi va to’rt yilda bitkazadi 3 / 31 Xojaning “Maqsad ul-atvor” dostoni qaysi hukmdorga bag‘ishlanadi? A) Abulqosim Bobur Mirzoga B) Boysunqur Mirzoga C) Jonibek Sultonga D) Husayn Mirzoga 4 / 31 Ogahiy tarjima qilgan “Shoh va gado” asari kimning qalamiga mansub? A) Shayx Sa’diy B) Forobiy C) Hiloliy D) Munis 5 / 31 Furqat chet ellarda yurgan paytlarida qaysi gazeta bilan doimiy aloqada bo'lgan? A) "Sadoi Turkiston" B) "Ishtirokiyun" C) "Oina" D) "Turkiston viloyatining gazeti" 6 / 31 Uzoq yillar Sharqning turli-tuman mamlakatlariga safar qilgandan keyin umrining oxirlarida al-Buxoriy besh yil (863-868-yillarda) qayerda yashab, madrasada hadis ilmidan dars bergan? A) Qohirada B) Damashqda C) Nishopurda D) Bag'dodda 7 / 31 «Navoiy» romanida tunda yashirincha shaharga kirgan Husayn Boyqaro Imom Faxriy mozoriga yetganda kimni uning o'ziga qarashk jamoa yigitlari bilan Bog'i Zog'onning Gavharshodbegim madrasasiga yopishgan darvozasini o'rashga yuboradi? A) Ibrohim barlosni B) Sulton Xo'ja O'zbekni C) Muzaffar barlosni D) darvesh Arlotni 8 / 31 Ali Qushchi Mirzo Ulug’bekka «Ulugvbek xazinasini» qayerga yashirganligini aytadi? A) «Ajdar» g'origa. B) «Ixtiyoriddin» qa’lasiga C) Usta Temur Samarqandiy g'origa D) kitoblar orasiga. 9 / 31 «Sohibqiron» dramasida Amir Temur loy jangida kirn sabab nochor qolganligini aytadi? A) Qosimbek sabab B) Aloviddin sabab C) Amir Husayn sabab D) Kayxisrav sabab 10 / 31 Omon Matjonning «Eng so'nggi xazina» she'rida qaysi urug'ning yalqov va loqayd yashashi ta'kidlanadi? A) o'rta urug'ning B) juda katta urug'ning C) katta urug'ning D) kichik urug'ning 11 / 31 H Hudoyberdiyeva tarjimai holida qaysi asarlarini onaizori ta’sirida bitganini aytadi ? A) “Yuragimning og’riq nuqtalari “ B) A,C C) “ Hindiqushdan nola keldi “ D) “Bir o’rim soch tarixi “ 12 / 31 . Shavkat Rahmonning qaysi she'rida butun bir millatning hayot va borliqqa munosabat yo'sinini tubdan o'zgartirish kerakligi shoirni muvozanatdan chiqaradi va u xolis tasvir yo'lidan bormay, asarga bevosita aralashganday bo'ladi? A) «Jangda o'lgan emas biror bahodir» B) «Baxt so'zi» C) «Tong ochar ko'zlarin...» D) «Turkiylar» 13 / 31 Qaysi turga mansub asarlarda shaxsning ichki tuyg'ulari, hissiyoti, ruhiy kechinmalari, sezimlari asosiy o'rinda bo'ladi? A) dramatik turga B) lirik turga C) epik turga D) maxsus turga 14 / 31 Shavkat Rahrhonning vafotidan so'ng nashr etilgan kitobini toping. A) «Saylanma» B) «Rangin lahzalar» C) «Eng qayg'uli shodlik» D) «Uyg'oq tog'lar» 15 / 31 Shavkat Rahmonning «Turkiylar» she'ridan olingan quyidagi qaysi satrda oqibat butun dahshati bilan ifodalangan? A) «Yovga ters qaragan musulmon emas» B) «Bormi er yigitlar, bormi erqizlar» C) «Tug'ildi, tug'ildi, tug'ildi qullar» D) «Turkda bosh qolmadi...» 16 / 31 Shavkat Rahmon «Jangda o'lgan emas biror bahodir» she'rining so'nggida bahodirlarni kimlar o'ldirganligi haqidagi xulosani chiqaradi? A) johillar B) nomardlar C) qo'rqoqlar D) dushmanlar 17 / 31 Shavkat Rahmonning qaysi she'rida sevinchdan yig'layotgan qiyoqlar, ovozini qayrayotgan chigirtka va mehnatkashligi bilan dunyoni masxara qilmoqchi bo'lgan chumoli timsollarida, lirik qahramonning olam hamda odamlar haqidagi murakkab va o'ziga xos qarashlari aks etgan? A) «Turkiylar» B) «Tong ochar ko'zlarin...» C) «Baxt so'zi» D) «Jangda o'lgan emas biror bahodir» 18 / 31 Shavkat Rahmon qaysi she'rida shonli bobolarga munosib bo'lolmagan xalqlarga xos illatlarni ayovsiz fosh etadi? A) «Baxt so'zi» B) «Jangda o'lgan emas biror bahodir» C) «Turkiylar» D) «Tong ochar ko'zlarin...» 19 / 31 Shavkat Rahmonning «Tong ochar ko'zlarin» she'ridagi qaysi obraz faqat ishlashni bilib, atrofdagi go'zallik va ezgulikdan bexabar qolayotgan inson timsoli hisoblanadi? A) chumoli B) ninachi C) chigirtka D) asalari 20 / 31 Shavkat Rahmon qaysi she'rida: «Turkda bosh qolmadi» tarzidagi xulosani chiqaradi? A) «Turkiylar» B) «Jangda o'lgan emas biror bahodir» C) «Baxt so'zi» D) «Tong ochar ko'zlarin...» 21 / 31 Shavkat Rahmonning «Turkiylar» she'rida «Yovga ters qaragan musulmon emas» hukmi necha marta takrorlanadi? A) ikki marta B) besh marta C) yetti marta D) uch marta 22 / 31 Quyidagi misralar Shavkat Rahmonning qaysi she'ridan olingan? Bu holda buvaklar bo'g'ilib o'lar, qui Bilol ezilib yig'lar falakda... О 'zlarin yondirar borliqdan to 'ygan Badaxshon la'liday asl malaklar. A) «Jangda o'lgan emas biror bahodir» B) «Tong ochar ko'zlarin...» C) «Baxt so'zi» D) «Turkiylar» 23 / 31 Shavkat Rahmon qaysi she'rida lirik ifodaning ta'sir kuchini oshirish uchun imlo qoidalariga o'zgarish kiritadi, chunonchi, «yetkazib» so'zini «yetkarib» shaklida ishlatadi va bunda «z» tovushini «r» sonori bilan almashtirish qilinajak ishning zalvorini oshirganday bo'ladi? A) «Tong ochar ko'zlarin...» B) «Baxt so'zi» C) «Turkiylar» D) «Jangda o'lgan emas biror bahodir» 24 / 31 . Shavkat Rahmonning qaysi she'rida tabiatning kishi ruhiyatida umidbaxshlik uyg'otgan holati aks etgan? A) «Tong ochar ko'zlarin...» B) «Turkiylar» C) «Jangda o'lgan emas biror bahodir» D) «Baxt so'zi» 25 / 31 Shavkat Rahmonning qaysi she'rida: «0'rgimchak to'qiydi tolalar, xonqizi boradi mehmonga», «Chigirtka qayraydi ovozin» tasvirlari uchraydi? A) «Baxt so'zi» B) «Jangda o'lgan emas biror bahodir» C) «Tong ochar ko'zlarin...» D) «Turkiylar» 26 / 31 Shavkat Rahmon Ispaniyaga ijodiy safar qilgach, o'zi sevgan atoqli ispan shoirining she'rlarini qaysi nom ostida she'riy kitob holida o'zbek tilida nashr ettiradi? A) «Uyg'oq tog'lar» B) «Rangin lahzalar» C) «Saylanma» D) «Eng qayg'uli shodlik» 27 / 31 Shavkat Rahmonning «Tong ochar ko'zlarin...» she'rida lirik qahramonning qaysi obrazga qarata: «...dunyoni qilma ko'p masxara» tarzidagi murojaati uchraydi? A) kapalakka B) o'rgimchakka C) chigirtkaga D) chumoliga 28 / 31 Dunyo she'riyatidagi yangi va ilg'or tajribalarni o'zbek poeziyasiga kiritish yo'lida izlangan Shavkat Rahmon qaysi atoqli ispan shoirining she'rlarini o'zbekchaga ag'darib, chop ettiradi? A) Kalderonning B) Lafontenning C) Federiko Garsia Lorkaning D) Lope de Veganing 29 / 31 Shavkat Rahmonning qaysi she'rida: «0'ynoqi shu'lalar - bolalar», - deyiladi? A) «Turkiylar» B) «Baxt so'zi» C) «Jangda o'lgan emas biror bahodir» D) «Tong ochar ko'zlarin...» 30 / 31 Shavkat Rahmonning qaysi she'rida: «Sevinchdan yig'laydi qiyoqlar», «Chechaklar jilmayar sevinib» ifodalari uchraydi? A) «Jangda o'lgan emas biror bahodir» B) «Tong ochar ko'zlarin...» C) «Turkiylar» D) «Baxt so'zi» 31 / 31 Shavkat Rahmon qaysi she'rida: «Qandoq bardosh berib yashayman keyin baxtsiz kimsalarning nigohlariga», - deya yozadi? A) «Turkiylar» B) «Tong ochar ko'zlarin...» C) «Baxt so'zi» D) «Jangda o'lgan emas biror bahodir» 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz