8-sinf Adabiyot 5-mavzu

0

8-sinf Adabiyot 5-mavzu yuzasida testlar

5 – MAVZU: G`OFUR G`ULOM   

1 / 24

“Kuntug‘mish” dostonida Kuntug‘mishning vujudidan kasallik topolmay, dardini ishqdan bilgan va buni podshoga yetkazgan ayyor timsolni aniqlang.

2 / 24

Lutfiyning qaysi g'azali radifidagi barcha so'zlar turkiy so'zlar hisoblanadi?

3 / 24

Bor- yo`g`i 13 ta so`z ishlatilgan ruboiy?

4 / 24

Nodiraning qaysi g'azali lirik qahramonning (g'azal «Kel», - degan undov so'z bilan boshlanadi, maqta'da «Ey Nodira», - degan undalma keltiriladi) shoiraga murojaati tarzida bitilgan?

5 / 24

G'afur G'ulomning qaysi she'rida ortiqcha nasihatbozlikdan, aql o'rgatishdan, yo'l ko'rsatishdan asar ham yo'q, aksincha, mehribon, jonkuyar otaning ezgu umidlari ko'ngilga xush yoquvchi ovozda farzandga izhor etiladi?

6 / 24

G'afur G'ulomning «Vaqt» she'rida tarixda qolish uchun arzirli biror ish qo'lidan kelishiga ko'zi yetmay, ulkan buzg'unchilik, vahshiylikka qo'l urib, Diana ma'badi - ibodatxonasiga o't qo'ygan qaysi tarixiy shaxs nomi keltiriladi?

7 / 24

G’afur G’ulomning qaysi she’rida shuhrat qozonmoq uchun Gerostratdek ibodatxonaga o’t qo’yish shart emasligini bayon qilgan ?

8 / 24

G'afur G'ulom qaysi she'rida «hasharchi qo'shni qiz»ning sevgi iztiroblari haqida to'xtalib o'tadi?

9 / 24

G‘.G‘ulomning «Vaqt» she’ri haqida berilgan ma’lumotni aniqlang.

10 / 24

Quyidagi misralar G'afur G'ulomning qaysi she'ridan olingan? Aziz asrimizning aziz onlari, Aziz odamlardan so'raydi qadrin.

11 / 24

G'. G'ulomning ijodiy tafakkuriga xos faylasufona mulohazakorlik, kichik tuyulgan hayotiy detallardan katta umumlashmalar yasay olish iste'dodi qaysi she'rida yaqqol o'z ifodasini topgan?

12 / 24

Lev Tolstoy, Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor deganimizda ko'z oldimizda epik (nasriy) janr ustalari namoyon bo'lsa, Sergey Yesenin, Abdulla To'qay, Usmon Nosir, Hamid Olimjon nomi tilga olinganda, beixtiyor, she'r musiqasi qulog'imizga chalinadi. G'. G'ulom qaysi janrlarda o'zidan nodir namunalar qoldirgan?

13 / 24

G'afur G'ulomning «Sog'inish» she'rida lirik qahramon kimning kitobini o'qisa, «loyqa xayolotlar chashmaday» tinishini aytadi?

14 / 24

G‘afur G‘ulom o‘zining qaysi she’rida “o‘zbek otasi”ning bo‘rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosini aks ettirgan?

15 / 24

G'afur G'ulomning qaysi she'rida «Jabrda masala qo'sh muammodir. Xuddi shunda bir ulug' qurilish jodir» misralari uchraydi?

16 / 24

G'afur G'ulomning qaysi she'rida «o'zbek otasi»ning bo'rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosi yaratilgan?

17 / 24

Urush yillarida frontda jang qilayotgan o'g'lini kutayotgan ota kechinmalar G'G'ulomning qaysi she'rida ifodalangan?

18 / 24

G‘. G‘ulomning «badiiy topilmalari, lirik pafosi, kuchli samimiyati bilan o‘quvchini jalb qilgan» she’rlarini aniqlang.

19 / 24

Qaysi javobdagi asarlar G‘afur G‘ulom qalamiga mansub?

20 / 24

G'afur G'ulomning quyidagi qaysi she'rida «AI-jabr val-muqobala» - algebra faniga asos solgan buyuk bobokalonimiz Al-Xorazmiy tilga olinadi?

21 / 24

G‘. G‘ulom urush yillaridayozilgan she’rlari jamlangan qaysi asari uchun 1946-yilda Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan?

22 / 24

G'afur G'ulomning qaysi she'ri: «Shoirlar yarim avliyodirlar» degan fikming yaqqol isboti hisoblanadi?

23 / 24

E, o`g`lim jonginang salomat bo`lsin, O`z bog`ing, o`z mevang danaging saqla Shu meros bog`ingni, o`z qo`lingga ol Menga topshirilgan merosiy haq-la Ushbu misralar G`.G`ulomning qaysi asaridan olingan?

24 / 24

Qaysi javobda G‘afur G‘ulomning asarlari berilgan?

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0