Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 8-sinf Adabiyot » 8-sinf Adabiyot 4-mavzu 8-sinf Adabiyot 8-sinf Adabiyot 4-mavzu InfoMaster Mart 23, 2022 163 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Adabiyot 4-mavzu yuzasida testlar 4 – MAVZU: NODIRA 1 / 23 "Kuntug'mish" dostonida Kuntug'mish polvon necha yoshgacha ilmu hunar kasb-kamolot hosil qiladi? A) 14 yoshgacha B) 7 yoshgacha C) 10 yoshgacha D) _Aniq aytilmagan 2 / 23 Lutfiyning qaysi g'azalida to'g'ridan to'g'ri «ko'zing - hindi» deyilmasdan, ko'z tasviri bilan maqolda «hindi» so'zining kelishi zimdan shu fikrni yuzaga chiqaradi? A) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» B) «Qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul» C) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» D) «Xoh inon, xoh inonma» 3 / 23 Ahbob so`zining ma’nosi nima? A) go`zal qiz B) sevimli C) yor D) do`stlar 4 / 23 Nodiraning qaysi g'azalida 2 karra undov so'z va 2 bor undalma ishlatilgan? A) «Jilva ko'rsatdi chu ul sarvi diloro bog' aro...» g'azalida B) «Oqibat» radifli g'azalida C) «Etib ket» radifli g'azalida D) «Eshit» radifli g'azalida 5 / 23 Nodiraning qaysi g'azalida an'anaviy daraxt timsollari («sarvi ozod», «sarvi noz», «naxli oh», «shoxi shamshod»)dan keng foydalanilgan? A) «Etib ket» radifli g'azalida B) «Oqibat» radifli g'azalida C) «Na gul sayr ayla, na fikri bahor et..» deb boshlanuvchi g'azalida D) «Eshit» radifli g'azalida 6 / 23 Nodiraning turmush o'rtog'i Umarxon qanday taxallus bilan ijod qilgan? A) Marg'iloniy B) Xon C) Amiriy D) Umarxon 7 / 23 Lutfiyning «Xoh inon, xoh inonma» radifli g'azalidan olingan quyidagi baytda qaysi badiiy san'atdan foydalanilgan? Yoqub bikin ko'p yig'idin qolmadi sensiz Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma A) husni ta'lil B) tajnis C) talmeh D) irsoli masal 8 / 23 Nodira qalamiga mansub «Eshit» radifli g'azalning radifi («eshit» so'zi) qaysi tilga mansub? A) arab tiliga B) fors-tojik tiliga C) uyg'ur tiliga D) turkiy tilga 9 / 23 Nodiraning «Oqibat» radifli g'azalidagi eng muhim badiiy san'at qaysi? A) mubolag'a B) tazod C) tashbeh D) tashxis 10 / 23 Nodiradan nechta devon qolgan? A) beshta B) uchta C) bitta D) ikkita 11 / 23 Nodiraning qaysi g'azalida «sarvi ozodim», «sarvi nozim», «parizodim», «tab'i noshodim» undalmalari bir yo'la ikki obyektga qaratilgan holda qo'llangan? A) «Oqibat» radifli g'azalida B) «Eshit» radifli g'azalida C) «Etib ket» radifli g'azalida D) «Ehtiyoj» radifli g'azalida 12 / 23 Nodiraning qaysi g'azalida lirik qahramon gapni to'g'ridan-to'g'ri yorga murojaatdan boshlaydi, ammo g'azalning boshidan-oxirigacha biror joyda «yor» so'zi ishlatilmaydi? A) «Etib ket» radifli g'azalining B) «Eshit..» radifli g'azalining C) «Na gul sayr ayla, na fikri bahor et..» deb boshlanuvchi g'azalining D) «Oqibat» radifli g'azalining 13 / 23 Qaysi hukmdorning buyrug'i bilan Nodiraning o'zi, o'g'illari va nevaralari vahshiyona qatl etiladi? A) Buxoro amiri Nasrulloxonning B) Qo'qon xoni Nasrulloxonning C) Xiva xoni Isfandiyorxonning D) Qo'qon xoni Isfandiyorxonning 14 / 23 Nodiraning «Eshit» radifli g'azali qanday g'azal sanaladi? A) orifona B) oshiqona C) rindona D) musalsal 15 / 23 Nodiraning forsiy she'rlari jamlangan devoni qanday nomlangan? A) «Devoni Nodira» B) «Devoni Макпипа» C) «Devoni Komila» D) «Devoni forsiy» 16 / 23 Nodirani zullisonayn shoiralar qatoriga kiritishimizning sababi nimada? A) ijodida ikki xil she'riy san'atning ko'p qo'llanilganligi B) o'zbek va fors-tojik tillarida ijod qilganligi C) arab va turk tillarida ijod qilganligi D) ijodida ikki xil janrning ko'p qo'llanilganligi 17 / 23 Nodira qalamiga mansub «Oqibat» radifli g'azalning maqta'sida qaysi badiiy san'at qo'llanilgan? Nodira, bulbul kabi to nola insho ayladim, Navbahor o'tti, xazon o'ldi guliston oqibat A) tazod B) mubolag'a C) tanosub D) tashbeh 18 / 23 Nodiraning «Eshit» radifli g'azali qofiyasidagi so'zlar qaysi tilga mansub? A) arab B) turkiy C) uyg'ur D) fors-tojikcha 19 / 23 Nodiraning qaysi g'azali lirik qahramonning (g'azal «Kel», - degan undov so'z bilan boshlanadi, maqta'da «Ey Nodira», - degan undalma keltiriladi) shoiraga murojaati tarzida bitilgan? A) «Etib ket» radifli g'azali B) «Oqibat» radifli g'azali C) «Na gul sayr ayla, na fikri bahor et..» deb boshlanuvchi g'azali D) «Eshit» radifli g'azali 20 / 23 Nodiraning qaysi musammat (muashshar)i o'zbek so'z san'atining ajoyib namunasi hisoblanadi? A) «Na gul sayr ayla, na fikri bahor et...» B) «Firoqnoma» C) «Kel, sanga, ey shahi jahon, mamlakati jahon fido...» D) «Jilva ko'rsatdi chu ul sarvi diloro bog' aro...» 21 / 23 Nodiraning qaysi taxallus bilan ham o'zbekcha she'rlar bitgani ma'lum? A) Komila B) Oyshabegim C) Mohlaroyim D) Maknuna 22 / 23 Nodiraning nisbatan to'la deb hisoblangan turkiy devonida (ayrimlari tojikcha) nechta g'azal mavjud? A) 174ta B) 156ta C) 189ta D) 140 ta 23 / 23 Nodira fors-tojik tilidagi asarlarini qaysi taxallus bilan yozgan? A) Mohlaroyim B) Nodira C) Komila D) Maknuna 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz