Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 8-sinf Adabiyot » 8-sinf Adabiyot 11-mavzu 8-sinf Adabiyot 8-sinf Adabiyot 11-mavzu InfoMaster Mart 23, 2022 174 Ko'rishlar 102 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Adabiyot 11-mavzu yuzasida testlar 11 – MAVZU: OZOD SHARAFIDDINOV 1 / 30 "Kuntug'mish" dostonida Xolbeka sovchilarga qo'ygan sharti nima edi? A) kurash B) qimor C) nard D) merganlik 2 / 30 Lutfiy haqida bitilgan quyidagi misralar qaysi manbadan olingan? «...To'qson to'qqiz yoshida olamdin o'tdi. Qabri Dehikanordadur, o'z maskani erdi». A) «Nasoyim ul-muhabbat» B) «Muzakkir ul-ahbob» C) «Majolis un-nafois» D) «Tazkirat ush-shuaro» 3 / 30 Nasr va nazm aralash bitilgan asar? A) “ Mahbub ul - qulub ” B) “ Devoni Foniy ” C) “ G`aroyib us- sig`ar ” D) “ Xazoyin ul- maoniy ” 4 / 30 Nodiraning «Oqibat» radifli g'azalidagi eng muhim badiiy san'at qaysi? A) mubolag'a B) tashxis C) tazod D) tashbeh 5 / 30 G'afur G'ulomning qaysi she'ri: «Shoirlar yarim avliyodirlar» degan fikming yaqqol isboti hisoblanadi? A) «Kuzatish» B) «Sog'inish» C) «Sen yetim emassan» D) «Vaqt» 6 / 30 Oybekning qaysi she'rida quvonchlarga baxil hayotdan ozor topgan lirik qahramon ko'nglidagi dardlar zalvori seziladi? A) «Cholg'u tovushi» B) «Na'matak» C) «Kuz yomg'iri...» D) «Qoraxat» 7 / 30 «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida qaysi obraz otasining xuni uchun Jaloliddindan o'ch olmoqchi bo'ladi? A) Yaroqbek B) Amir Badriddin C) Qodog'on no'yon D) Elbors pahlavon 8 / 30 «Nil va Rim» she'rining to'rtinchi qismida tilga olingan ko'zi tug'ma ojiz bo'lgan qadimgi yunon shoiri kim? A) Homer B) Tifon C) Minis D) Vergiliy 9 / 30 Said Ahmad qaysi ijodkorning yumorini o'zida mujassamlashtira olgan adib hisoblanadi? A) Mirkarim Osimning B) Abdulla Qahhorning C) Mirtemirning D) G'afur G'ulomning 10 / 30 «Chinor» romanida «Bir zumlik qo`rqoqlik uchun uch kishining umri to`lov bo`ldi» degan yozuvchi kimlarni nazarda tutgan. A) Bektemir, Sharofat xola, Akbarali. B) Abdusamad, Kenja, Bektemir C) Akbarali, Sharofat xola, Kenja. D) Bektemir, Abdusamad, Tursunboy. 11 / 30 «0'lsam, ayrilmasman quchoqlaringdan» maqolasida Ozod Sharafiddinov olis zamonlarda o'tgan qaysi ajdodimizning Vatan yo'lidagi buyuk fidokorligini yodga oladi? A) To'marisning B) Amir Temurning C) Jaloliddin Manguberdining D) Shiroqning 12 / 30 Ozod Sharafiddinov nomzodlik dissertatsiyasini qayerda himoya qilgan? A) Toshkentda B) Londonda C) Moskvada D) Sankt-Peterburgda 13 / 30 Ozod Sharafiddinov qariyb qirq yil qaysi ilm dargohida yoshlarga bilim va tarbiya bergan? A) Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Pedagogika universiteti)da B) Moskva davlat universitetida C) O'rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)da D) O'zbekiston dorilfununi (hozirgi Samarqand davlat universiteti)da 14 / 30 Ozod Sharafiddinov universitetni tamomlaganidan keyin necha yil o'tar-o'tmas nomzodlik dissertatsiyasini ham himoya qiladi? A) uch yil B) besh yil C) yetti yil D) bir yil 15 / 30 Ozod Sharafiddinov qaysi maqolasida o'z ruhiyatidagi uzoq yillik o'zgarishlardan xulosa yasab: «Vatan tuyg'usi insonning o'zi bilan birga o'sib-ulg'ayadigan tuyg'u bo'lar ekan», - deydi? A) «ljodni anglash baxti» B) «Mustaqillik me'mori» C) «0'lsam, ayrilmasman quchoqlaringdan» D) «lstiqlol fidoyilari» 16 / 30 Ozod Sharafiddinov mashhur rus yozuvchisining qaysi asarini tarjima qilgan ? A) “Anna Karenina “ B) “Urush va tinchlik “ C) “Tug’ilish” D) «Iqrornoma» 17 / 30 Ozod Sharofiddinov qachon va qayerda tavallud topgan? A) )1929 yil Qo`qon shahri yaqinidagi Oxunqaynar qishlog`ida B) 1930 yilda Qo`qon shahri Oxunqaynar qishlog`ida C) 1929 yil O`sh shahrida D) 1928 yilda Toshkentning Beshyog`och dahasida. 18 / 30 Ozod Sharafiddinov 1997-yildan to umrining oxiriga qadar qaysi jurnalning bosh muharriri vazifasida faoliyat yuritgan? A) «Yosh kuch» jurnalining B) «Yoshlik» jurnalining C) «Tafakkur» jurnalining D) «Jahon adabiyoti» jurnalining 19 / 30 Ozod Sharafiddinovning «0'lsam, ayrilmasman quchoqlaringdan» maqolasida qanday odamlarni: «...basharasini har qanday niqob bilan panalamasin, ma'naviy qashshoq, imonsiz, xudo-bexabar, baxtsiz odamlardir», - deydi? A) ilm-ma'rifatdan yiroq, johil, ota-onasini ham hurmat qilmaydigan, nodon odamlarni B) mehr-shafqatdan, odamiylikdan yiroq, odamfurushlarni C) Vatan muhabbatidan benasib, Vatanga loqayd qaraydigan, Vatanga qo'l ko'tarishdan toymaydigan odamlarni D) insoniy tuyg'ulardan yiroq, ilmsiz, bebaxt odamlarni 20 / 30 Sho'ro davri (1968-yil)da O. Sharafiddinov muharrirlik qilgan qaysi to'plam hamma yerdan yig'ishtirib olingan? A) «Yalovbardorlar» B) «Hayot bilan hamnafas» C) «Talant - xalq mulki» D) «Tirik satrlar» 21 / 30 Ozod Sharafiddinov «0'isam, ayrilmasman quchoqlaringdan» maqolasida: «Qayga borsam, g'oz yurarman boshda do'ppi gerdayib», - deya qaysi shoir satrlaridan ijodiy foydalanadi? A) Muhammad Yusuf («Vatanim») B) Erkin Vohidov («0'zbegim») C) Hamid Olimjon («0'zbekiston») D) Abdulla Oripov («0'zbekiston») 22 / 30 Ozod Sharafiddinovga qachon O’zbekiston Qahramoni unvoni berildi ? A) 2002 B) 2000 C) 1997 D) 2003 23 / 30 Ozod Sharafiddinovning 1962-yilda chop etilgan ilk kitobi qanday nomlangan edi? A) "Iste'dodjilolari" B) "Zamon. Qalb. Poeziya" C) "Birinchi mo'jiza" D) "Adabiyot — hayot darsligi" 24 / 30 Ozod Sharofiddinov «Jahon adabiyoti» jurnaliga qaysi yillari bosh muharrirlik qilgan? A) 1997-1999 yillari. B) 1997-2005 yillari C) 1991-2005 yillari D) 1997-2003 yillari 25 / 30 Ozod Sharafiddinovning farzandlariga aytgan (avlodlarga ham bir vasiyatdek yangrab qolgan) so'nggi so'zlarini toping. A) «Vatanni asranglar, axir bu go'zal Vatan Allohning el qatori sizga ham atagan buyuk tuhfasi...» B) «Yuragingizni asranglar, sizning eng katta boyligingiz ana shu рок yuragingizdir...» C) «G'ururingizni asranglar, chunki biz o'zbeklarmiz, o'zbekning o'z g'ururi bor...» D) «Kitoblarimni asranglar, mening eng katta boyligim mana shu kitoblar edi...» 26 / 30 Ozod Sharafiddinov qanday mukofotlar bilan taqdirlangan? A) «0'zbekiston xalq yozuvchisi» va «0'zbekiston Qahramoni» unvonlari, «Buyuk xizmatlari uchun» va «Do'stlik» ordenlari B) «0'zbekiston xalq yozuvchisi» va «0'zbekiston Qahramoni» unvonlari, «Mustaqillik» va «Amir Temur» ordenlari C) «0'zbekiston xalq yozuvchisi» unvoni, «Buyuk xizmatlari uchun» va «Mustaqillik» ordenlari D) «0'zbekiston Qahramoni» unvoni, «Buyuk xizmatlari uchun» va «Mehnat shuhrati» ordenlari 27 / 30 Ozod Sharafiddinovning mustaqillik yillarida chop etilgan kitoblarini aniqlang. 1) “Istiqlol fidoyilari”; 2) “Sardaftar sahifalari”; 3) “Ma’naviy kamolot yoiida”; 4) “Dovondagi o‘ylar”; 5) “Ijodni anglash baxti”. A) 1,2,3,4 B) 1,2,4,5 C) 1,2,3,4,5 D) 3,4,5 28 / 30 Ozod Sharafiddinov 1951-yilda qaysi oliy dargohni muvaffaqiyatli yakunlaydi? A) Boku Oliy pedagogika institutini B) Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutini C) Samarqand davlat universitetini D) O'rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)ni 29 / 30 Ozod Sharafiddinov kimning ijod maktabida tahsil olgan edi ? A) P Qodirov B) G’afur G’ulom C) A Qodiriy D) A Qahhor 30 / 30 Ozod Sharafiddinov qaysi jurnalda bosh muharrir o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan? A) «Yoshlik» jurnalida B) «Jahon adabiyoti» jurnalida C) «Yosh kuch» jurnalida D) «Tafakkur» jurnalida 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz