Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 8-sinf Adabiyot » 8-sinf Adabiyot 10-mavzu 8-sinf Adabiyot 8-sinf Adabiyot 10-mavzu InfoMaster Mart 23, 2022 250 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Adabiyot 10-mavzu yuzasida testlar 10 – MAVZU: ASQAD MUXTOR 1 / 29 "Kuntug'mish" dostonidagi Mohiboy bilan Gurkiboy Zangar shahrida onalarini birinchi marta qayerda ko'radilar? A) Kampiming uyida B) Olim Sayyodning uyida C) Buvraxon podshonikida D) Xo'lmo'min yasavulboshinikida 2 / 29 Lutfiyning qaysi g'azali irsoli masal san'ati asosiga qurilgan? A) «Qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul» B) «Xoh inon, xoh inonma» C) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» D) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» 3 / 29 Bor- yo`g`i 13 ta so`z ishlatilgan ruboiy? A) “ Bo’lmas emish “ B) “ Ey umri aziz ” radifli ruboiy C) “ Ahbob, yigitlikni g`animat tutingiz… ” ruboiysi D) “ Yaxshi ” radifli ruboiy 4 / 29 Nodirani zullisonayn shoiralar qatoriga kiritishimizning sababi nimada? A) ijodida ikki xil she'riy san'atning ko'p qo'llanilganligi B) arab va turk tillarida ijod qilganligi C) ijodida ikki xil janrning ko'p qo'llanilganligi D) o'zbek va fors-tojik tillarida ijod qilganligi 5 / 29 G'afur G'ulomning «Vaqt» she'rida tarixda qolish uchun arzirli biror ish qo'lidan kelishiga ko'zi yetmay, ulkan buzg'unchilik, vahshiylikka qo'l urib, Diana ma'badi - ibodatxonasiga o't qo'ygan qaysi tarixiy shaxs nomi keltiriladi? A) Gerakl B) Gelios C) Geron D) Gerostrat 6 / 29 Oybek bir she'rida: «Viqor-la o'shshaygan qoya labida», «quyoshga ko'tarib bir savat oq gul», - deya qaysi obrazning mag'rur timsolini chizadi? A) sharsharaning B) na'matakning C) qoyaning D) lolaning 7 / 29 «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasidan olingan quyidagi satrlar qaysi qahramon tilidan aytilgan? Eshit, xalq ham и kuyday, mangu poydor! Bilasanmi, biz qaytar kunda и maqom Yo'limizni belgilar! U kunga salom! A) Nasaviy B) Jaloliddin C) Sultonbegim D) Jaloliddinning onasi 8 / 29 Usmon Nosir qaysi she'rida «Тun qancha qora bo'lsa, oy shuncha yorug'!» misrasiga ramziy ma'noni jo qiladi? A) «Yurak» B) «She'rim» C) «Nil va Rim» D) «Yana she'rimga» 9 / 29 «Qochoq» hikoyasida Tursunboy bilan birga o'qigan, birga katta bo'lgan, urushda qahramon bo'lgan raisning o'g'li kim? A) A'zamjon B) Nizomjon C) To'lanboy D) Azizxon 10 / 29 «Shunday kasb kerakki, qasd qilib qo`ydim: kecha-yu kunduz ishga ketay. Toki odamlar meni ko`rmasin, faqat mehnatimni ko`rishsin. «Mehnat», «Mehnat», «Mehnat!» boshqa narsa kerak emas» («Chinor»). Yuqoridagi so`zlar kimga tegishli. A) Tursunboy B) Ablusamad C) Akbarali D) Bektemir. 11 / 29 «Chinor» romanida qaysi qishloq Akbaralining nomi bilan qayta nomlanadi va Akbarobod deb atala boshlanadi? A) Bildirsoy B) Kapsan C) Olmaliq D) Shodasoy 12 / 29 “Chinor” romanining markazida turuvchi obraz kim? A) Azimjon B) Akbarali C) Bektemir D) Ochil bobo 13 / 29 «Chinor» romanidan olingan quyidagi fikriar qaysi qahramonga tegishli? «Bir zum... faqat bir zum... O'sha lahzada bir zumgina o'zimni boshqacha tutganimda edi... Odam o'zini o'zi o'ldirganda ham unga birzumlik bardosh yetishmay qoladi, deyishadi...» A) Azimjon B) Akbarali C) Abdusamad D) Bektemir 14 / 29 «Chinor» romanida Akbaralining hikoyasini tinglagan Ochil boboning hamrohi kim edi? A) do'sti Bektemir B) o'g'li Abdusamad C) qo'shnisi Hadya D) nevarasi Azimjon 15 / 29 Asqad Muxtorning “Chinor “ romani qahramonlari qaysi javobda berilgan ? A) A’zamjon , To’lanboy , Bektemir , Akbarali B) Azimjon , Bektemir ,Ochil buva ,To’lanboy C) Bektemir , A’zamjon , Ochil buva ,Akbarali D) Ochil buva , Azimjon , Akbarali,Bektemir 16 / 29 Asqad Muxtorning " Chinor" romanida "mo’rt bir barg" deya kim tasvirlanadi? A) Sharofat opa B) Ochil bobo C) Bektemir aka D) Akbarali 17 / 29 “Chinor” romani boshida qaysi obraz butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin qarindoshlaridan xabar olgani otlanadi? A) Ochilbobo B) Akbarali C) Bektemir D) Azimjon 18 / 29 Asqad Muxtorning “Chinor ” romanida Ochil buva Akbaralini qanday tanib qoladi? A) Akbaralining ko’z qarashidan B) Akbaralining ovozidan C) Akbarali o’zini buvasiga tanitadi D) Azimjonga o’xshashligidan 19 / 29 Asqad Muxtorning bolalarga bag'ishlangan hikoyalar to'plamlarini toping A) «Chin yurakdan», «Dunyo bolalari» B) «Hayotga chaqiriq», «Dunyo bolalari» C) «Davr mening taqdirimda», «Hayotga chaqiriq» D) «Tug'ilish», «Dunyo bolalari» 20 / 29 «Chinor» romani qahramoni Bektemir urushda asir tushib, necha yillik sargardonlikdan keyin yurak hovuchlab uyiga qaytib keladi? A) 9 yillik B) 12 yillik C) 10 yillik D) 13 yillik 21 / 29 «Chinor» romani qahramoni Bektemir qayerlik edi? A) Enasoylik B) Kapsanlik C) ) Shodasoylik D) Qo'ng'irotlik 22 / 29 Asqad Muxtorning qissalarini toping. A) «Quyosh belanchagi», «Sizga aytar so'zim» B) «Daryolar tutashgan joyda», «Qoraqalpoq qissasi» C) «Buxoroning jin ko'chalari», «Sizga aytar so'zim» D) «Buxoroning jin ko'chalari», «Po’lat quyuvchi» 23 / 29 «Chinor» romanida romanga jalb etilgan barcha katta-kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi qaysi obraz taqdiriga borib bog'lanadi? A) 93 yoshli Azim bobo B) 91 yoshli Ochil bobo C) 91 yoshli Azim bobo D) 93 yoshli Ochil bobo 24 / 29 Quyidagi parchada kim tasvirlanyapti? «U endi o`ttizlardan oshgan bo`lsa ham, yuziga bevaqt keksalikning nuqsi urib qolgan. Taroqsiz sochlariga oq oralagan, holg`in, so`lg`in,…novcha, ingichka, kamgaproq edi.» A) Abdusamad. B) Bektemir. C) Tursunboy D) Akbarali 25 / 29 «Chinor» romanida: «Hayot berahm. Qo'rqoqqa ayniqsa berahm. ...haqiqatni yuzaga chiqazish uchun jasorat кегак...» - degan gaplarni kim aytgan? A) Akbarali B) Bektemir C) Azimjon D) Ochil bobo 26 / 29 «Chinor» romanida: «Odam deb o'lgan odam doim tirik bo'ladi», - degan gapni kim aytgan? A) Bektemir B) Ochil bobo C) Akbarali D) Azimjon 27 / 29 «Chinor» romanida «Bir zumlik qo`rqoqlik uchun uch kishining umri to`lov bo`ldi» degan yozuvchi kimlarni nazarda tutgan. A) Bektemir, Abdusamad, Tursunboy. B) Abdusamad, Kenja, Bektemir C) Bektemir, Sharofat xola, Akbarali. D) Akbarali, Sharofat xola, Kenja. 28 / 29 «Chinor» romanida konda temir balkalar bosib, halok bo'lgan qahramon kim? A) Akbarali B) Azimjon C) Azim bobo D) Bektemir 29 / 29 A.Muxtorning «Chinor» romanidagi Akbarali qanday shaxs. A) ig`vogar, tovlamachi. B) manman, takabbur. C) vijdonsiz, ikkiyuzlamachi. D) qo`rqoq, irodasiz. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz