Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 7-sinf Adabiyot » 7-sinf Adabiyot 1-mavzu 7-sinf Adabiyot 7-sinf Adabiyot 1-mavzu InfoMaster Mart 19, 2022 284 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Adabiyot 1-mavzu yuzasida testlar 1 – MAVZU: HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY 1 / 20 Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Dardiga darmon istamas” she’rida takrorlab kelivchi – naqorat misra qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? A) Ey Nihol bing hay fey insoniyat islomiyat B) Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas C) Uxlama ko’p o’zbek eli asri taraqqiy vaqtida. D) Bizni ellar loadal yer uzra davron istamas 2 / 20 "Ul menim qo 'limda о 'z qalamim bilan ynz sahifadan ortig 'roq eski nsuldagi yozishmalarimiko'rib, tarbiyag'a kirishdi". Hamzaning xotiralaridan olingan ushbu qaydlar kim haqida? A) Munavvarqori Abdurashidxon B) Muhammadxo'ja Behbudiy C) AbdullaTo'qmullin D) Abdul la Avion iy 3 / 20 .Hamzaning "Dardiga darmon istamas" she'rida qanday dard haqida so'z yuritilmoqda? A) O'sha kezlarda yurtda keng tarqalgan yuqumli kasallik B) Poraxo'rlik, sudxo'rlik C) lchkilikbozlik va qimor D) Ma'rifatsizlik, jaholat 4 / 20 .Hamza o'zining birinchi jadid usulidagi maktabini qachon va qaerda ochdi? A) 1914 yil Marg'ilonda B) 1915 yil Qo'qonda C) 1919 yil Buxoroda D) 1910 yil Toshkentning Qashqar mahallasida 5 / 20 Qayerda Hamzaning tashabbusi bilan arab tili kursi ochiladi? A) Buxoroda B) Namanganda C) Qo'qonda D) Toshkentda 6 / 20 Hamza tarjimayi holida eslashicha, necha yoshlaridan she'r mashq qila boshlagan? A) 20 yoshlaridan B) 5 yoshlaridan C) 7 yoshlaridan D) 10 yoshlaridan 7 / 20 Hamza qaysi she'rida boshqa xalqlarning taraqqiy etganiga havas qiladi va o"z millatining ko'zi ochiimasligidan iztirobga tushadi? A) )"Dardiga darmon istamas" B) "O'zbek xotin - qizlariga" C) "Yig'la, Turkiston" D) "Yaxshi holin yo'qotgan oqibatsiz Turkiston" 8 / 20 “Dardiga darmon istamas” she’ri qanday shaklda yozilgan? A) Musaddas B) Murabba C) Musallas D) Muxammas 9 / 20 Hamza nima uchun o’z taxallusiga “hakimzoda” nomini qo’shgan? A) otasining ismi Hakim bo’lgani uchun B) otasi tabib bo’lgani uchun C) bobosi mashhur tabib bo’lgani uchun D) hakim bo’lgani uchun 10 / 20 Hamza o'zbeklar orasidan birinchi bo'lib nechanchi yilda sahna asari yaratadi? A) 1908-yilda B) 1906-yilda C) 1907-yilda D) 1905-yilda 11 / 20 Quydagi she’riy misra Hamzaning qaysi asaridan olingan? “ Uxlama ko’p, O’zbek eli, asri taraqqiy vaqtida”. A) “Salom ayting” B) “Sog’inib” C) “Yaxshi holing yo’qotgan, oqibatsiz Turkiston” D) “Dardiga darmon istamas” 12 / 20 Hamzaning maktablari qaysi jihati bilan el orasida tez mashhur bo'lib ketadi? A) chet tillarini oson o'rgatishi bilan B) dunyoviy fanlarning puxta o'rgatilganligi bilan C) diniy darslarning puxta o'rgatilganligi bilan D) savod tez chiqarilgani bilan 13 / 20 Qaysi javobdagi ma’lumot Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida? A) U jamiyat a’zolarini ma’rifatli, o‘qimishli va ilg‘or fikrli qilishga qaratilgan «Millatimga», «Ahvolimiz» she’rlari va «Juvonboz» hikoyasi muallifidir. B) U yangi usulda ta’lim berishga ixtisoslashgan jadid maktablari ochgan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun «Yengil adabiyot», «Qiroat kitobi» singari darslik va majmualar yaratgan. C) U insonlarning kelajagi uchun tarbiya muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlab, shunday deydi: «.. .tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidur» D) U Shahrisabz va Karkida yangi usulda ta’lim berishga ixtisoslashgan jadid maktablari ochadi. Yangi maktablar uchun «Muxtasar islom tarixi», «0‘qu» singari darsliklarni yaratadi. 14 / 20 .Hamza Hakimzoda o'zining dastlabki she'rlarini qaysi taxallus ostida yozgan edi? A) Notavon B) Mahmud C) Mijmar D) Nihoniy 15 / 20 Hamza 1912-yilda ko'plab shaharlarga boradi va qayerda o'qish uchun to'xtaydi? A) Afg'onistonda B) Hindistonda C) Turkiyada D) Saudiyada 16 / 20 Hamza tashkil qilgan kutubxona nomi? A) "Al isloh" B) ”G'ayrat" C) “Turon" D) "Oyna" 17 / 20 Qaysi javobdagi ma’lumot Hamza haqida emas? A) Ijodkor yangi maktablar uchun «Muxtasar islom tarixi», <<0‘qu» singari darsliklarni yaratgan. B) Ijodkorning otasi tabib bo‘lgani uchun uning nomiga «tabibning o‘g‘li» ma’nosini beradigan nom qo‘shib aytiladi. C) Shoir tarjimayi holida eslashicha, o‘n yoshlaridan she’r mashq qila boshlagan. Abdulla To‘qmullin uning ijod namunalarini ko‘rib, unga har jihatdan yordam va maslahat bergan. D) Shoir kishilarga ma’rifat tarqatish maqsadida Marg‘ilonda «G'ayrat» kutubxonasini ochadi. 18 / 20 Hamza uch oy ichida qaysi tilni ma'lum darajada o'zlashtirib, otasiga xatlar yoza boshlaydi? A) uyg'ur B) fors C) arab D) rus 19 / 20 Hamza Abdulla To'qmullin degan tatar ma'rifatchisi bilan qayerda tanishadi? A) Xivada B) Toshkenda C) Namanganda D) Qo'qonda 20 / 20 .Hamzaning yangi jadid maktablari uchun yozgan darsliklari.... A) "Yengil adabiyot", "O'qish kitobi", "Qiroat kitobi" B) "Boshlang'ich sinflar uchun kitob", "Tazhib ussibyon" C) "Yengil adabiyot", "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim" D) "Risolai savod", "O'qish kitobi", "Ikkinchi muallim" 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz