Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №5 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №5 InfoMaster Mart 30, 2022 116 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №5 HARAKAT NOMI HARAKAT NOMINING YASALISHI MUSTAHKAMLSH SIFATDOSH SIFATDOSHLARNING ZAMON SHAKLLARI .O’TGAN ZAMON SIFATDOSHI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Bunday bo’g’in unli bilan tugaydi yoki bir unlidan iborat bo’ladi Ushbu izoh quyidagi qaysi tushunchaga taaluqli? A) yopiq bo’g’inga B) ochiq bo’g’inga C) berkitilgan bo’g’inga D) berkitilmagan bo’g’inga 2 / 50 Namgarchilikda so'zi nechta ma'noli qismga ajraladi? A) 4 B) 2 C) З D) 5 3 / 50 Tarkibida ikkita so'z yasovchi qo'shimchasi mavjud bo'lgan so'zni toping A) shildiroq B) chanqoq C) isitma D) ozroq 4 / 50 O’timli fe'llar asosan qaysi kelishikdagi so’zlar bilan birga qo’llanadi ?. A) tushum. B) yo’nalish. C) qaratqich. D) o’rin-payt. 5 / 50 Insonning ichki kechinmalarini ifodalovchi fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday nomlanadi? A) harakat fe’llari B) o’timsiz fe’llar C) o’timli fe’llar D) holat fe’llari 6 / 50 Qaysi javobda faqat orttirma nisbatdagi fe’llar berilgan? A) pishirmoq,sug’ormoq,qiynalmoq B) ko’rsatmoq,qaytarmoq,o’tkazmoq C) yozdirmoq,so’rattirmoq,ekishmoq D) oqizmoq, yuvinmoq,otilmoq 7 / 50 Orttirma nisbat ma'nosi kuchaygan so'zni aniqlang. A) o'qittirmoq B) bildirib qo'ygin C) surishtirishdi D) gapirtirma 8 / 50 Qaysi javobdagi fe’llarda ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) so’ratasan,borilgan ,terilibdi B) uqtirdi ,to’kishdi ,ilindi ,olingan C) kiyintiribdi ,yozdirildi ,ko’rsatilgan D) kesilguncha ,tarqalsa ,ilg’ab olmoq 9 / 50 Qaysi qatorda sifatdosh yasovchi qo’shimchalar berilgan ? A) –(i)b, -a ,-y ,-gan B) –gan ,-moq ,-moqchi C) –gach ,-gani ,-qach D) –ar ,-mas ,-yotgan 10 / 50 Sifatdosh qaysi javobda berilgan A) Ariqchada kumushdek suv shildurab oqmoqda B) Yangi qurilgan maktabning ochilishi bolalar uchun unutilmas bayram bo’ldi . C) Quyosh chiqquncha manzilga yetib borishdi D) Bog’imizga gul ko’chati ekkani bordik . 11 / 50 Qaysi xususiyat harakat nomiga xos ? A) Harakat nomlari otlar kabi turlanadi B) Harkat nomlari zamonni ko’rsatadi C) Harakat nomi fe’llar kabi tuslanadi D) Harakat nomlari shaxs son ko’rsatadigan fe’l shakllaridan hisoblanadi 12 / 50 Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatdaligi qanday belgilanadi ? A) nisbat hosil qiluvchi birinchi qo’shimchaga qarab B) o’zakka nisbatan eng yaqin joylashganligiga qarab C) nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo’shimchaga qarab D) tarkibida birdan ortiq nisbat hosil qiluvchi qo’shimchalar bo’lgan fe’llar bir necha nisbatga oid bo’ladi 13 / 50 Harakat nomlari gapda qanday bo’lak vazifasida keladi? A) ikkinchi darajali bo’lak vazifasida B) A, C C) bosh bo’lak vazifasida D) faqat ega vazifasida 14 / 50 Harakat nomi qatnashgan gapni toping A) Sukunat ichra mashinaning ovozi eshitildi B) O’qishga kirish –mening oily maqsadim . C) Kimdir eshikni ohista taqillatdi . D) Hamma maktabga shoshilmoqda 15 / 50 Otlashgan sifatdosh ishtirok etgan qatorni aniqlang . A) Hamma xonalar nihoyatda did bilan bezatilgan . B) Ayrilganni ayiq yer ,bo’linganni bo’ri yer . C) O’zaro kurashayotgan tomonlar tinchlik yo’lidagi sog’lom tashabbuslarni tushunishni istamayaptilar D) Arzimas narsa uchun xafa bo’laveradigan kishining do’stlari dushmanga aylanaveradi 16 / 50 O’tgan zamon sifatdoshi berilgan so’zlar qatorini aniqlang . A) bilimli ,siniq ,torgina B) gapirmoq ,bormoq ,aytmoq C) soqqan ,kechikkan ,qo’rqqan D) qizil ,pushti ,oq 17 / 50 O'tgan zamon sifatdoshi qaysi qo'shimcha yordamida hosil qilinadi ? A) -gan B) - yotgan C) - b(ib) D) -ydigan ,adigan ,-(a ) r 18 / 50 Fe’lning harakat nomi shakli qaysi gap tarkibida qo’llangan A) Haydar tayyor edi . B) Manzuraxon mehmonxona eshigini sekin ochdi C) Bilim olish va yuksalish sharafli burchingizdir . D) Suv shovullab oqmoqda . 19 / 50 Harakat nomining qaysi shakli bo’lishsizlik ko’rsatkichi -ma qo’shimchasini qabul qiladi ? A) Harakat nomining uchala shakli ham –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi B) –(i)sh shakli C) –moq, (i)sh shakli D) –u(v) shakli 20 / 50 Harakat nomi ishtirok etgan gapni toping A) Sizlar uyga borib turinglar ,men dalani bir aylanib kelaman B) Ko’kdagi qoramtir bulutlar asta-sekin tarqala boshladi . C) Amir Temurning hayoti va ijtimoiy –siyosiy faoliyatini o’rganish bizda endi boshlandi D) Uning dili siyoh bo’ldi 21 / 50 Yo’lchi og’ir ho’rsindi Ushbu gapda qo’llangan fe’l qaysi nisbatda ? A) majhul B) o’zlik C) aniq D) birgalik 22 / 50 Fe’lning harakat nomi shakli tarkibida qanday qo’shimchalar bo’lishi mumkin? A) shaxs-son shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar B) nisbat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar C) mayl shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar D) zamon shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar 23 / 50 Harakat nomi qo’shimchalari to’g’ri berilgan qatorni belgilang. 1.-ish 2.-uv 3.-gan 4.-gani 5.-moq 6.-ar 7.-mak A) 1,2,5 B) 1,2 C) 1,2,5,7 D) 1,2,3,4,5,6,7 24 / 50 Bilgan topib so’zlar ,bilmagan qopib ,deganlaridek ,onangni aytmoqchio bo’lgan so’zi faqat shu edi Mazkur gapdagi sifatdoshlarning zamonini ,otlashgan sifatdoshni ko’rsating A) o’tgan zamon ,bilgan ,bilmagan B) kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar C) o’tgan zamon,bilgan ,so’zlar D) o’tgan va kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar 25 / 50 Qaysi qatordagi fe’llarda ikkitadan nisbat qo’shimchasi mavjud ? A) qurdirdi ,bitkazdi,keltirdi B) surishtirdi,o’tkazdi,to’kildi C) yozdirildi,urishdi,o’zgartirdi D) sevintirdi ,yozdirildi ,so’rattirdi 26 / 50 Harakat nomi berilmagan gapni toping A) Botirlar qo’rquvni bilmaydilar . B) Bilim o’qish va takrorlash mevasidir . C) Maqsadimiz – tinch yashash ,o’qish va ishlash D) O’qish,o’rganish—hammaning burchi 27 / 50 Yuvintirishdi fe’li qaysi nisbatdaligini aniqlang A) birgalik B) majhul C) orttirma D) o’zlik 28 / 50 Fe'lning harakat nomi shakli qo'shimchasi berilgan javobni toping. A) -ma B) -gan C) -moq D) –ib 29 / 50 Qaysi qatordagi fe’lga bir yo’la ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) Kampir bemorning og’ziga suv tomizdi B) Chol maktubni Xayrinisoga o’qittirdi C) Boy shum bolani bozorga choptirdi D) Ahmadjon polkovnikni chaqirtirdi 30 / 50 Berilgan gapdagi sifatdosh qaysi zamon ko’rsatkichini olgan ? Derazasi ko’chaga qaragan uy oynalaridan tashqariga chiroq yorug’i tarqalmoqda A) sifatdoshda zamon ko’rsatkichi bo’lmaydi B) kelasi zamon C) o’tgan zamon D) hozirgi zamon 31 / 50 Harakat nomlarini aniqlang A) yuksalish, tanimoq , yashamoq,qurish B) qalam ,jasorat ,iroda ,maqsad C) tozalik,mashg’ulot ,jamoat D) chaqqon ,sabzavot ,poliz,suv 32 / 50 Sifatdoshning takroriy shakli qaysi qatorda berilgan ? A) Shuncha urinib unutolmaganim endi birdaniga o’zidan –o’zi ko’ngildan chiqdi ketdi . B) Temirchi degan kuyib kuyib temirchi bo;ladi-da. C) “Hozirgi yoshlar qariyalarni kuydirgani kuydirgan “,-deb oh chekdi . D) O’ktam yura – yura keng maydonga chiqib qoldi. 33 / 50 O’qittirishdi fe’lida nechta nisbat qo’shimchasi mavjud? A) 1 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta 34 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Laylakning ketishini emas ,kelishini kutishadi B) Esayotgan mayin shabada Komiljonga juda yoqimli tuyuldi . C) Vohid ho’l sochlarini taray-taray bog’ga sho’ng’idi D) Bolalar o’tloqqa chiqib olishdi 35 / 50 Fe’ldagi nisbat qo’shimchalari qaysi qo’shimchalar turiga mansub ? A) so’z shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar B) so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar C) fe’l yasovchi qo’shimchalar D) kichraytirish erkalash qo’shimchalari 36 / 50 Yuvintirildi so’zidagi nisbatlar nomi qaysi qatorda tog’ri berilgan? A) o’zlik,ortirma, majhul B) o’zlik,ortirma, birlik C) aniq,majhul, nisbat D) majhul,o’zlik,aniq 37 / 50 Qaysi gapda o’tgan zamon sifatdoshi qatnashmagan ? A) Shuncha o’qisa ham, uning bilganidan bilmagani ko’p ekan. B) Yaxshi o’qigani uchun u mukofotlandi C) Salima yaxshi dars tayyorlagani uchun maqtovga sazovor bo’ldi. D) Bolalar o’ynab kelgani ko’chaga chiqdi 38 / 50 Fe’lning sifatdosh shakli qatnashgan gap qatorini belgilang A) Cho’lning sahro shamoli va cho’l quyoshidan qoraygan yuzida g’azab alomati yo’q edi . B) Havo tebranishlari to’siqqa uchrasa xuddi koptokdek orqaga qaytadi . C) Teatr Yunonistonda paydo bo’lgan . D) Tabiat sirlarini bilish va aqlni o’stirish uchun odam har doim aqlini mashq qildirib turish kerak . 39 / 50 Harakat nomi qanday qo'shimchalarni olishi mumkin? A) barchasi to 'gr’i B) ko 'plik C) egalik D) kelishik 40 / 50 Qaysi qatordagi gapda otlashgan sifatdosh qo’llangan ? A) Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir . B) O’qigan olim ,o’qimagan o’ziga zolim . C) Bilim –qaytarish va takrorlash mevasidir . D) Ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzaldir . 41 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Poezd soat ikkilarda stansiyadan qo’zg’aldi . B) Hayot yashash uchun kurashdan iborat . C) Muzdekkina tong shabadasi ochiq derazadan esadi D) Halimaning ko’zida sevinch chaqnaydi . 42 / 50 Odatlanmoq fe’li qaysi nisbatdagi fe’l hisoblanadi ? A) majhul B) orttirma C) aniq D) birgalik 43 / 50 Qaysi qatorda fe’lning sifatdosh shakli berilgan ? A) Davlat –qo’shini fuqarolariga sadoqatli va fidoiyligi bilan qudratlidir B) Bir kalima shirin so’z qilichni qiniga kiritar . C) Yozilgan narsa avlodlar xotirasida ,qilingan ishdan ham uzoq yashaydi D) Vahima –dushmanning yo’ldoshi 44 / 50 Qaysi qatordagi gapda sifatdosh mavjud? A) Tong saharlab darvoza taqqilladi . B) A.Jomiy ---sharqning buyuk mutafakkiri C) Kecha yoqqan qor tezda erib ketdi D) Ko’klam kelsa ko’chat ek degan ekan mashoyihlar. 45 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni aniqlang A) yayov bormoq ,hikoya qilmoq B) o’tov ,yaylov ,qatnov C) boshqaruv ,o’lchov ,tinglash D) ko’chish ,o’qish ,turmush 46 / 50 Harakat nomi qanday sintaktik vazifa bajaradi? A) Barcha gap bo'laklari vazifasida kela oladi. B) kesim C) to'ldiruvchi D) ega 47 / 50 Harakat nomi berilgan gapni toping A) otgani ,sepganda ,mustahkamlash B) qo’rqmoq ,o’qish ,yashash C) o’qimoq ,kulgan ,oqqach D) o’rganish ,topmoq,kelib 48 / 50 Bir fe’l o’zak negiziga qaysi nisbatning ikki uch qo’shimchasi ketma ket qo’shilishi mumkin ? A) majhul B) o’zlik C) aniq D) orttirma 49 / 50 Otlashgan sifatdosh qo’llangan gapni toping A) U bugungi pochtani indamay ko’ra boshladi B) To’tixon xatni ko’ziga surtar ,o’par ,hidlar edi C) Chaqirilganlar ro’yxatga tirkalgandir D) Men she’rga soldim aytar so’zimni ,Baxtiyor sezaman g’oyat o’zimni 50 / 50 Qaysi qo’shimchalar bilan yasalgan harakat nomi bo’lishsizlik ko’rsatkichi –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi ? A) –(i)sh B) –(u)v C) qabul qilmaydi D) –moq 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz