Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 6-sinf Biologiya » 6-sinf Biologiya 19-21-mavzular 6-sinf Biologiya 6-sinf Biologiya 19-21-mavzular InfoMaster Aprel 11, 2022 923 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 5 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Biologiya 19-20-21-mavzular yuzasida testlar 1 / 49 O’simliklarni o’rganish ishlarining boshlanishi kimning nomi bilan bog’liq? A) Teofrast B) Beruniy C) Arestotel D) ibn Sino 2 / 49 Raffleziyaga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1) Sumatra orolida o’sadi 2)Kanar orolida o’sadi 3)Meksikada o’sadi 4)diametri 1 m gacha yetadi 5)ulkan gul A) 1.4 B) 3,4,5 C) 2,4,5 D) 1,4,5 3 / 49 Sklereid hujayralar qaysi mevalarning urug’ining qobig’ida (1) va meva etida (2)bo’ladi. A) 1-soxta kashtan,olma 2-kaktus,ananas B) 1-behi,nok 2-olcha,o’rik,yong’oq C) 1-yong’oq,behi,olcha 2-nok,olma D) 1-olcha,yong’oq,o’rik 2-behi,nok 4 / 49 Novda va ildizlarning 1-uchki va 2-ichki qismlarida joylashgan meristemalarni aniqlang. A) 1-kurtakning o‘sish konusi; 2-ildizning bo’linuvchi zonasi B) 1-kurtakning o‘sish konusi va ildizning bo’linuvchi zonasi; 2-kambiy. C) 1-kurtakning o‘sish konusi; 2-kambiy D) 1-kurtakning o‘sish konusi va ildizning o’suvchi zonasi; 2-floema. 5 / 49 Qovunning ildiz tizimi qanday? A) o’q ildiz B) popuk ildiz C) yon ildizli popuk ildiz D) asosiy ildiz 6 / 49 Begoniyaning iuldizi turi qanday? A) qo’shimcha ildiz B) yon ildiz C) asosiy ildiz D) o’q ildiz 7 / 49 Begoniyaning ildiz turini aniqlang. A) o'q B) qo'shimcha C) yon D) asosiy 8 / 49 Poyadan va bargdan qaysi ildiz hosil bo'ladi? A) yon B) qo'shimcha C) o'q D) asosiy 9 / 49 O’raluvchi poyaga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang. 1)terak 2)sebarga 3)olma 4)bug’doy 5)qo’ypechak 6)temirtikan 7)karnaygul 8)tok 9)qulupnay 10)g’ozpanja A) 2 B B) 9.1 C) 5.7 D) 8 10 / 49 Novdaning ikkita barg oralig'i qismi qanday ataladi? A) bo'g'im oralig'i B) barg qo'ltig'i C) o'sish konusi D) bo'g'im 11 / 49 Kambiy hujayralariga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1)doimo bo’linib turadi 2)yosh hujayralar 3)nozik hujayralar 4)poyaning eniga o’sishini ta’minlaydi 5)lub bilan yog’ochlik o’rtasida joylashgan 6)yog’ochlik ko’ndalang kesilganda uning markaziy qismida joylashgan bo’ladi 7)bo’linish xususiyati cheklangan A) 2,3,4,5,6,7 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3,4,5,6 D) 2,3,4,5,7 12 / 49 Bargning qaysi tuzilmasi tufayli barg mustahkam bo’ladi? A) po’st B) naylar C) tomirlar D) barg bandi 13 / 49 Poyaning ichki qismlarini to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring. 1)o’zak 2)kambiy 3)lub 4)ksilema 5)po’st A) 5,3,4,2,1 B) 1,2,3,4,5 C) 5,3,2,4,1 D) 5,2,3,4,1 14 / 49 Transpiratsiya nima? A) barglarning to‘kilishi B) nafas olish C) bargning suv bug’latishi D) ildizdan suvning so’rilishi 15 / 49 O’sish konusi hujayralariga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. 1)yupqa qobiqli 2)hujayralari doimo bo’linib turadi 3)bo’linishi natijasida poya bo’yiga o’sadi 4)bo’linish xususiyati cheklangan A) 1,2,3 B) 3.4 C) 2.3 D) 1,3,4 16 / 49 Barglari novdada qarama-qarshi joylashgan butalarni belgilang. 1)rayhon 2)g’o’za 3)tok 4)yalpiz 5)qirqbo’g’im 6)pomidor 7)chinnigul 8)olma 9)ligustrum 10)nastarin 11)o’rik 12)dalachoy 13)sambitgul 14)terak 15)kiyiko’t 16)tut 17)mavrak 18)qumrio’t 19)atirgul 20)gazanda 21)oqquray 22)kampirchopon 23)do’lana A) 5,13,18 B) 1 C) 9.1 D) 1,4,7,9,10,12,15,17,20,22 17 / 49 Loviyasimon(a) va ovalsimon(b) hujayralar bargning qaysi qismlarida bo’ladi? 1)barg po’stida 2)barg tomirlarida 3)barg etida 4)qavat ustunchalar ostida 5)barg tukchasida A) a-2,b-4 B) a-1,b-4 C) a-3,b-5 D) a-4,b-1 18 / 49 Ovalsimon va yumaloq hujayralarning joylashgan o’rnini tog’ri belgilang. A) ustunsimon hujayralarning ustida B) loviyasimon hujayralarning ostida C) ustunsimon hujayralarning ostida D) loviyasimon hujayralarning ustida 19 / 49 Burchoq o’simligidagi gajak qaysi tuzilmaning o’zgarishidan hosil bo’lgan? A) toq bargchalar o’rnida B) juft patsimon bargdagi oxirgi barg C) novda D) juft bargchalarning o’rnida 20 / 49 Novdada barglar qanchalik qalin va ko’p joylashgan bo’lsa ularning quyosh nuriga nisbatan ehtiyoji qanday bo’ladi? A) yorug’lik teng taqsimlanadi natijada yorug’lik tushmaydigan barglar tezda qurib qoladi B) har qaysi bargi quyosh nuri tushib turadigan holatda, quyoshga qarab o’girilib turadi C) Ustki qismdagi barglari quyosh nuriga to’yinganligi uchun yirik, pastdagilari esa nimjon va nozik bo’ladi D) Pastki qsimdagi barglari yirik, ustki qismdagilari esa mayda bo’ladi 21 / 49 Bir jinsli gullarga ega bo'lgan o'simliklarni belgilang. 1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong'oq 7)makkajo'xori 8) qovoq. A) 2,3,4,5 B) 1,2,3,4,5,7 C) 1,2,3,4,5,6,7,8 D) 1,3,4 22 / 49 Quyidagi o’simliklardan ayrim jinsli bo’lmaganlarini belgilang. 1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong’oq 7)makkajo’xori 8)shaftoli 9)olma 10)o’rik 11)gilos A) 1,3,4 B) 8,9,10,11 C) 1,6,7,8,9,10,11 D) 2,3,4,5 23 / 49 Tugunchalar gulning boshqa a’zolariga nisbatan joylanishiga qarab qanday bo’ladi? A) ostki va ustki B) Oddiy va murakkab C) bir va ikki jinsli D) bir va ko’p uyali 24 / 49 To’g’ri gul deb nimaga aytiladi? A) umuman teng bo’lakka ajralmasa B) agar gulqo’rg’on ikkitadan ortiq teng bo’lakka ajralsa C) gul faqat teng ikki bo’lakka ajralsa D) A va B 25 / 49 Olxo’rining gul formulasini to’g’ri belgilang. A) Gk5 Gt5 Ch~ U1 B) Gk4 Gt4 Ch4+2 U(2) C) Gk4 Gt4+2 Ch4+2 U1 D) Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2) 26 / 49 Quyidagi rasmda qanday jarayon tasvirlangan A) o`simliklar barcha organlari nafas olishi B) organik moddalarni lub tolalari orqali harakatlanishi C) suv va unda erigan mineral moddalarning harakatlanshi D) bargning suv bug`latishi 27 / 49 Quyidagi qulni nomimi ayting A) angishvonagul B) binafsha C) suvyig`ar D) qo`ng`iroqgul 28 / 49 Lolaning gul formulasini to’g’ri belgilang. A) Gk5 Gt5 Ch~ U1 B) Og3+3 Ch3+3 U1 C) Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2) D) Og3+3 Ch3+3 U(3) 29 / 49 Achambitining gul formulasini to’g’ri belgilang. A) Gk4 Gt4+2 Ch4+2 U1 B) Gk4 Gt4 Ch4+2 U(2) C) Gk5 Gt5 Ch~ U1 D) Gk0 Gt(5) Ch(~) U(2) 30 / 49 Barglari jingalaklarga aylangan o’simlikni belgilang A) bodring B) no‘xat, loviya C) piyozbosh, karam, aloe D) qulupnay 31 / 49 Sachratqining gul formulasini to’g’ri belgilang. A) Gk0 Gt(5) Ch(5) U(2) B) Gk0 Gt(5) Ch5 U1 C) Gk5 Gt(5) Ch(5) U(2) D) Gk5 Gt5 Ch~ U1 32 / 49 Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan o’simliklarni belgilang. 1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za A) 3,4,8,12 B) 1,6,9 C) 5,7,10,11 D) 2,3,4,5,7,12 33 / 49 Gultojsimon oddiy gulqo’rg’onli o’simlikni belgilang. A) g’o’za B) lavlagi C) lola D) sachratqi 34 / 49 Quyidagi rasmda nima tasvirlangan A) bir uyli gul B) urug`chili gul C) ikki uyli gul D) changchili gul 35 / 49 To’g’ri gulli o’simliklarni belgilang. 1)shaftoli 2)olma 3)na’matak 4)gladiolus 5)nastarin 6)isfarak 7)lola 8)behi 9)rayhon 10)marmarak 11)binafsha 12)qo’ng’iroqgul 13)parpi 14)kiyiko’t 15)loviya 16)burchoq 17)suvyig’ar 18)angishvonagul 19)beda A) 4,5,6,9,10,14,15,16,19 B) 1,2,5,7,8 C) 1,2,3,7,8,12,17 D) 4,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19 36 / 49 Piyozbosh uzunasiga kesib qaralganda uning organlari joylashgan joyini to’g’ri joylashtiring. 1)Piyozboshning tubida 2)tubidan pastga qarab 3)tubidan yuqoriga qarab 4)o’rtasida 5)tashqi tomonida qaysi organlari joylashgan bo’ladi? a)kurtaklari b) kalta poyacha c)seret barglar d)quruq qobiq e)qo’shimcha ildiz A) t.j.y B) 1-b; 2-e; 3-c; 4-a; 5-d; C) 1-a; 2-b; 3-c; 4-e; 5-d; D) 1-a; 2-e; 3-b; 4-a; 5-d; 37 / 49 O’zi ayrim jinsli bo’lib urug’chili va changchili gullari (har ikkalasi) to’pgul hosil qiladigan o’simlik(lar)ni belgilang. 1) yong’oq 2) tol 3) tok 4) makkajo’xori A) 2.4 B) 1.3 C) 2 D) 1,2,3,4 38 / 49 Kurtak va bosh piyoz uchun umumiy bo'lgan jihatni belgilang. A) seret barglari bo'ladi B) hammasi C) tubida qisqargan kalta poyacha bo'ladi D) tashqi tomondan quruq qobiq bilan qoplangan bo'ladi 39 / 49 Qiyshiq gulli o’simliklarni belgilang. 1)shaftoli 2)olma 3)na’matak 4)gladiolus 5)nastarin 6)isfarak 7)lola 8)behi 9)rayhon 10)marmarak 11)binafsha 12)qo’ng’iroqgul 13)parpi 14)kiyiko’t 15)loviya 16)burchoq 17)suvyig’ar 18)angishvonagul 19)beda A) 1,2,5,7,8 B) 4,5,6,9,10,14,15,16,19 C) ,2,3,7,8,12,1 D) 4,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19 40 / 49 Ildizpoyada nimalar bo’ladi? 1)qo’shimcha ildiz 2)shakli o’zgargan barg 3)qo‘shimcha kurtak 4)quruq qobiq 5)asosiy ildiz A) 2,3,5 B) 2.3 C) 1,2,3 D) 1,2,3,5 41 / 49 Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan o’simliklarni belgilang 1)angishvonagul 2)binafsha 3)suvyig’ar 4)qo’ng’roqgul 5)marmarak 6) g’oza A) 2,3,6 B) 1,4,5 C) 1,2,5 D) 4,5,6 42 / 49 Murakkab gulqo’rg’onli o’simliklarni belgilang. 1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za A) 2,3,4,5,7,12 B) 1,6,9,11 C) 5,7,10,11 D) 3,4,8,12 43 / 49 Kartoshka tugunagiga xos bo’lmagan xususiyatlarni belgilang. 1)yumaloq 2)yer osti organlarida hosil bo’ladi 3)o’zida ko’p miqdorda oziq moddalari to’playdi 4)o’zida ko’p miqdorda kraxmal saqlaydi 5)tashqi tuzilishi jihatdan novdaga o’xshaydi 6) ichki tuzilishi jihatdan novdaga o’xshaydi 7)chuqurchalari-ko’zchlalarida kurtaklari joylashadi 8)kurtaklari tugunakning ichida joylashadi A) 6.7 B) 5.7 C) 6.8 D) 5.8 44 / 49 Urug’chi qanday qismlardan tashkil topgan? A) 2; changchi va changchi ipi B) 3; urug’kurtak, markaziy va tuxum hujayra C) 3; tuguncha, ustuncha va tumshuqcha D) 3; tuguncha, ustuncha va og’izcha 45 / 49 Qaysi o`simlikning bargi himoya qilish vazifasini bajaradi A) 1 B) 1 va 3 C) 3 D) 2 46 / 49 Ildizpoyali o’simliklarni belgilang. A) anzur piyoz, sarimsoq piyoz, bosh piyoz, lola, boychechak B) kartoshka, batat, shoyigul C) shoyigul, batat, kartoshkagul D) g’umay, qamish, ajriq, yalpiz, shirinmiya, gulsafsar 47 / 49 Shakli o‘zgargan yerusti novdalariga … misol bo‘ladi. A) jingalak, gajak va tikan B) havo ildizlari C) piyozbosh, tugunak, ildizpoya D) barg va kurtak 48 / 49 Shakli o‘zgargan novdalar …larga bo‘linadi. A) jingalak, gajak va tikan B) yerosti va yerusti shakli o‘zgargan novda C) barg va kurtak D) piyozbosh, tugunak, ildizpoya 49 / 49 Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilmagan o’simliklarni belgilang. 1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za A) 2,3,4,5,7,12 B) 1,3,4,8,12 C) 5,7,9,10,11 D) 1,6,9 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz