Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 6-sinf Adabiyot » 6-sinf Adabiyot 8-mavzu 6-sinf Adabiyot 6-sinf Adabiyot 8-mavzu InfoMaster Mart 18, 2022 84 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Adabiyot 8-mavzu yuzasida testlar 8 – MAVZU: ERKIN VOHIDOV 1 / 27 G'afur G'ulom «Shum bola» qissasiga keyinchalik yangi boblarkiritgan holda qaysi obrazga juda ko'p detallar qo'shadi? A) Hoji bobo B) Sariboy C) eshon D) Omon 2 / 27 Baxshillaning onasini mehmon kelayotganidan ogohlantirgan va ko'zga ilinadigan narsalarni ichkariroqqa berkitishni tayinlagan kim edi? A) mahalla oqsoqoli B) akasi C) Fayzi dasturxonchi D) dadasi 3 / 27 «Sariq devni minib» asaridagi Hoshimjon o'qiydigan maktab direktorining ism-familiyasi kim? A) Akbar Nosirov. B) Hayitvoy Qosimov. C) Otajon Azizovich. D) Xursanali Sharafiddinovich. 4 / 27 Janni Rodarining ‘Hurishni bilmaydigan kuchukcha “, “Sehrli nog’ora “ , “Ayyor Buratino “ ,”Sahrodagi uy “ ,”Milanda yoqqan shlyapa yomg’iri “ ,”Rinaldoning sarguzashtlari “ ertaklarini qanday xususiyat birlashtirtib turadi ? A) Hammasi bir xil mavzuda yozilgan B) Rim ertaklari turkumiga kiradi C) Uchtadan yakuni bor ertaklar turkumiga kiradi D) Telefonda aytilgan ertaklar turkumiga kiradi 5 / 27 Muqimiy oilasidan ajralgach, hayotida nima asosiy kasb va tirikchilik manbayi bo'lib xizmat qilgan? A) pattachilik B) xattotlik C) nowoylik D) mirzalik 6 / 27 A.Qahhorning tugallanmay qolib, vafotidan so'ng nashr etilgan asari? A) ”So’nggi nus’halar” B) ”Bemor “ C) ”Zilzila” D) ”Tobutdan tovush” 7 / 27 Qaysi javobdagi ma’lumot «Muzqaymoq» hikoyasi haqida emas? A) Hikoyada tintuv o‘tkazayotgan kapitanlardan biri bolani Pavlik Morozovga o‘xshatadi. B) Hikoyada shahar komsomol qo‘mitasining kotibi bolani «Ha, qashqirdan tug‘ilgan qashqircha!» deb haqoratlaydi. C) Hikoyada Egamberdi Yoqubovning oilasiga SAKUda birga o‘qigan o‘rtoqlari mehmonga kelishi tasviri uchraydi. D) Hikoyada do‘stining handalak yeb turganini ko‘rgan bola otasidan handalak olib berishini iltimos qiladi. 8 / 27 E. Vohidovning qaysi dostonida xalqlar, millatlar, dinlar o‘rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta kulfatlar olib kelishi teran tasvirlangan? A) “Nido” B) “Istanbul fojiasi” C) ”Ruhlar isyoni D) ”Palatkada yozilgan doston” 9 / 27 . “O’zbegim” qasidasida muallif Erkin Vohidov “Ko’ksim osmon, o’zbegim” deya yakunlangan bandda qaysi shoirlar nomini tilga olgan? A) Pushkin, Bayron,Navoiy B) Furqat, Muqumiy, Nodira C) Firdavsiy, Xorazmiy D) Mirzo Bobur, Shoh Mashrab 10 / 27 E. Vohidov “O’zbegim” qasidasida kimni she’riyatning gulshanida mahzun so’lgan deb ta’riflaydi? A) Nodira B) Bobur C) Furqat D) Navoiy 11 / 27 Erkin Vohidov qalamiga mansub dramalar nomi qaysi javobda berilgan? A) "Tog'lar sadosi”, "Quyosh yurti" B) "Orzu chashmasi”, "Kuyov - C) "Xotiram siniqlari", “Oltin devor " D) "Istambul fojiasi", “Oltin devor ” 12 / 27 E. Vohidov “O’zbegim” qasidasida kimni “fig'oni olam uzra soldi o’t” deya tilga oladi? A) Navoiy B) Bobur C) M. Ulug’bek D) Furqat 13 / 27 Erkin Vohidov ota-onasi vafot etgach, kimning qo'lida tarbiyalangan? A) tog'asining B) bobosining C) xolasining D) buvisining 14 / 27 Nolishingdan Hind-u Afg‘on Qildi afg‘on. o‘zbegim. Ushbu parcha ostiga chiziigan so‘zning ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A) nay navosiga nag'ma qiluvchi B) borlig'ini in’om qiluvchi C) g'amdan nola qiluvchi, faryod etuvchi D) o'zligini namoyon qiluvchi 15 / 27 Erkin Vohidov qalamiga mansub quyidagi asarlardan qaysilari drama hisoblanadi? 1) “Oltin devor”; 2) “Ruhlar isyoni”; 3) “Istanbul fojiasi”; 4) “Hozirgi yoshlar”. A) 1,2,3 B) 2.3 C) 1,3,4 D) l,3 16 / 27 Qaysi javobdagi ma’lumot Erkin Vohidov haqida emas? A) U Dantening «Ilohiy komediya»sini o‘zbek tiliga o‘girgan. B) 0‘n yoshga yetar-yetmas ham ota, ham onadan ajrab qolgan yosh shoirni tog‘asi o‘z tarbiyasiga oladi. C) U «Oltin devor», «Istanbul fojiasi» kabi dramalar muallifidir. D) Uning el-yurt va adabiyot oldidagi xizmatlari inobatga olinib, «0‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan. 17 / 27 Qaysi ma’lumot Erkin Vohidov haqida emas? A) Ijodkor Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida dunyoga kelgan. B) Ijodkorning birinchi marta respublika matbuotida «Qushcha» nomli she’ri bosilib chiqqan. C) Ijodkor shoir G‘ayratiy tomonidan tashkil etilgan adabiy to‘garakda ijod sirlarini o‘rgangan. D) Ijodkor «Yoshlik» jurnalining dastlabki bosh muharriri sifatida yoshlarning adabiyotga kirib kelishi uchun jonbozlik ko‘rsatgan. 18 / 27 E.Vohidovning dastlabki she'riy to'plamini belgilang? A) "Hozirgi yoshlar" B) “Tong nafasi” C) "Charog'bon" D) 'Tirik sayyoralar" 19 / 27 Qaysi javobda Erkin Vohidovning dostonlari berilgan? A) «Quyosh maskani “ , «Ruhlar isyoni» B) «Tong nafasi», «Oltin devor » C) «Nido», «Jannatga yo‘l» D) «Orzu chashmasi», «Quyosh maskani» 20 / 27 Qaysi javobda Erkin Vohidov haqida ma’lumot berilgan? A) U «Yillar armoni», «Sohibqiron» asarlari muallifidir. B) U «Osmonning oxiri», «Qora quyosh» dostonlari muallifidir. C) Shoirning matbuotda birinchi marta «Qushcha» she’ri bosilib chiqadi. D) U nemis shoiri Gyotening «Faust» asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 21 / 27 Erkin Vohidov qalamiga mansub qaysi komediya uzoq yillardan beri o'zbek teatri sahnasidan tushmay kelyapti? A) «Maysaraning ishi» B) «Oltin devor» C) «Istanbul fojiasi» D) «Kelinlar qo'zg'aloni» 22 / 27 E.Vohidovning urushning kishilar qalbida qoldirgan og'ir jarohatlari haqida yozgan asari qaysi javobda ko'rsatilgan? A) "Istambul fojiasi" B) "Nido" C) "Palatkada yozilgan doston" D) "O'ch" 23 / 27 Erkin Vohidov qalamiga mansub dostonlar nomi qaysi javobda berilgan? A) "Xotiram siniqlari", “Mushoira" B) "Tog'lar sadosi”, "Quyosh yurti" C) "Orzu chashmasi”, "Quyosh maskani- D) "Istambul fojiasi", “Nido” 24 / 27 E Vohidov ellik yildan ko’proq davr mobaynida ijod etgan asarlarini to’plab necha jildlik saylanmasini o’quvchilarga taqdim etdi ? A) 4-jild B) 20-jild C) 16-jild D) 2 -jild 25 / 27 E. Vohidov “O’zbegim” qasidasida kimni osmon toqiga narvon qo’ygan zot deb ulug'laydi? A) Muqimiy B) Navoiy C) M. Ulug’bek D) Furqat 26 / 27 Quyidagi asarlardan qaysi birini Erkin Vohidov o‘zbek tiliga tarjima qilgan? A) «Yevgeniy Onegin». B) «Faust». C) «Qiyiq qizning quyilishi». D) «Otello». 27 / 27 Erkin Vohidov bir she’rida choynak va piyola harakatlari orqali qanday fazilatni ulug‘ lagan? A) Sahiylikni. B) Mehribonlikni. C) Kamtarlikni. D) Xushmuomalalikni 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz