Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 6-sinf Adabiyot » 6-sinf Adabiyot 21-mavzu 6-sinf Adabiyot 6-sinf Adabiyot 21-mavzu InfoMaster Mart 18, 2022 271 Ko'rishlar 4 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Adabiyot 21-mavzu yuzasida testlar 21 – MAVZU: IBROYIIM YUSUPOV 1 / 40 Shum bolaning Sariboyga to’qigan yolg’onlari qaysi qatorda tartibi bilan to’g’ri ko’rsatilgan ? 1 Dondon sopli pichog’ingiz sinib qo’ldi. 2. Tozi it o’ldi 3.to’riqashqa ot harom o’ldi 4.Og’ilxona, qo’rg’onga o’t ketdi. 5. Bo’riboyvachcha o’ldi. 6.Adol apa tug’di. A) 1,2,3,5,4,6 B) 1,4,3,2,5,6 C) 1,2,3,4,5,6 D) 2,1,3,4,5,6 2 / 40 Qaysi qatorda Turob To’la qalamiga mansub dramalar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang ? A) Qanotlan qo’shiqlarim “,”Oromijon”,”Muborakbod” B) “Momo yer”,”Ayajonlarim “ ,”Samandar” C) A,C D) “Qizbuloq “, “Nodirabegim “, “Momo yer “ 3 / 40 Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» romani qahramoni - Hoshimjon Ro'ziyev «bir xatoga yo‘l qo‘yib, butun maktabga sharmandayi sharmisor» bo'ladi. Shu voqea nima edi? A) O'zi va do'sti Qosimjonga yettita fandan a’lo baho qo‘yib, chorak bahosini chiqarishi. B) Kuchuk tufayli sinfdoshlari bilan janjallashib qolishi. C) Bir partada o'tiradigan do'sti Orif bilan janjal qilishi. D) Maktab direktori nomiga ariza yozishi. 4 / 40 J. Rodarining ilk to'plami qanday nomlangan edi? A) «Telefonda aytilgan ertaklar» B) «Osmondagi tort» C) «Quvnoq she'rlar kitobi» D) «Chippolinoning sarguzashtlari» 5 / 40 Muqimiyning Tanobchilar" hajviyasidagi qishloq odamlari nutqidan ularning qaysi xislatlari anglashiladi? A) ijtimoiy, huquqsizlik B) tartibbuzarlik C) kamtarlik D) soliq tizimining nobopligi 6 / 40 A.Qahhorning tugallanmay qolib, vafotidan so'ng nashr etilgan asari? A) ”Bemor “ B) ”Zilzila” C) ”So’nggi nus’halar” D) ”Tobutdan tovush” 7 / 40 «Muzqaymoq» hikoyasida «yosh, xushqad, xushsurat yigitcha» deb tasvirlangan, bolaning oilasi boshiga kulfat tushgunga qadar ularning uyiga bo‘zchining mokisidek qatnagan, ammo otasi qamalgandan keyin qorasini ham ko‘rsatmay ketgan, hattoki uni «Ha, qashqirdan tug‘ilgan qashqircha!» deb haqoratlagan ikkiyuzlamachi qahramon kim? A) rus kapitanlaridan biri B) bolaning pochchasi C) qamoqxona qorovuli D) komsomol qo‘mitasining kotibi 8 / 40 E. Vohidov “O’zbegim” qasidasida kimni osmon toqiga narvon qo’ygan zot deb ulug'laydi? A) M. Ulug’bek B) Furqat C) Muqimiy D) Navoiy 9 / 40 "Urushning so'nggi qurboni" hikoyasidagi Umri xola oilasining kulfati baxtsizligining bosh aybdori qaysi javobda to'g'ri berilgan A) Ilhom samavarchi B) Xadicha C) Shone'mat D) Urush 10 / 40 «...Bola va o'smir rtihidagi go'zallikni himoyalashga e’tibor» berib kelayotgan yozuvchi kim? A) Tohir Malik. B) Xudoyberdi To'xtaboyev. C) Erkin Vohidov. D) O'tkir Hoshimov. 11 / 40 Qaysi qatorda Said Ahmadning qissalari berilgan? A) “Jimjitlik”, “Muhabbat” B) “Hukm”, “Qadrdon dalalar” C) “Ufq”, “Hukm” D) “Qishloq hukm ostida”, “Qadrdon dalalar” 12 / 40 Musa Jalil “Ishonma “ she’rida “ Bu so’zni do’stlar aytmas meni sevsalar “ jumlalari necha marta takrorlangan ? A) 3 B) 2 C) 4 D) 20 13 / 40 .«Tapir-tupur ot keldi, Chiqib qarang - kirn keldi?» misralari qaysi xalq qo'shig'ida uchraydi? A) «Maydagul» B) «Oq terakmi, ko'k terak» C) «Xo'sh-xo'sh» D) «Chittigul» 14 / 40 A Navoiy “Mahbub ul qulub” asarida aytilishicha ,bemahal hadya qilingan zarbof chopon nimaning belgisi ? A) hilmga B) tilga C) safarga D) saxovatga 15 / 40 "Zarbulmasal”ning qaysi hikoyasida noshukurlik tanqid qilinadi? A) “ Dumsiz eshak” B) “Kabutar bilan Zog’” C) ”Yodgor po’stindo’z” D) “Maymun bilan Najjor “ 16 / 40 Avaz O'tarning «Maktab», «Til» she’rlari qaysi janrda yozilgan? A) Ruboiy. B) G'azal. C) Fard. D) Qit’a. 17 / 40 “G’ayratsiz jahl-…, qayg’usiz oshiq-….,shogirdsiz olim - ….” Nuqtalar o’rniga qo’yilishi kerak bo’lgan so’zni toping A) tubanlik B) ahmoqlik C) bekor D) tul 18 / 40 Zulfiya Toshkentning qaysi mahallasidan ekanligini o'z tarjimai holiday qayd etadi? A) Samarqand Darvoza B) Degrizlik C) Iqon D) Gavkush 19 / 40 Qaysi qatorda Pirimqul Qodirovning qissalari berilgan? A) «Qora ko‘zlar», «Avlodlar dovoni» B) «Егк», «Dunyoning ishlari» C) «Najot», «Meros» D) «Yayra institutga kirmoqchi», «Diyonat» 20 / 40 Bo’ri polvonning o’g’li Tilovberdi polvon kimdan yengiladi? A) Bo’ri polvondan B) Maksim polvondan C) Abray polvondan D) Normurod polvondan 21 / 40 Ibroyim Yusupov qaysi she’riga “Har kimning tug’ilgan yeri –Misr shahri “ maqolini epigraf qilib tanlaydi ? A) “Oltin qirg’oq” B) “Qadrdon so’qmoqlar “ C) ”Buloqlar qaynaydi “ D) “Qora tol” 22 / 40 Yusupovning «Qadrdon so'qmoqlar» she'ri nimaning yonma-yon qizil kendir bilan shivirlashib o'sib yotishi tasviri bilan boshlanadi? A) chinorning B) terakning C) atirguining D) tolning 23 / 40 I Yusupov tug’ilgan ovul nomi ? A) Shakar B) Jambil C) Azot D) Chimkent 24 / 40 Ibroyim Yusupovning tarjimalari 1986-yilda qaysi nom bilan chop etilgan? A) «Kun chiqish yo'lovchisiga» B) «Turnalar» C) «Mangu buloqlar» D) «Dala armonlari» 25 / 40 Ibroyim Yusupovning “Akatsiya gullagan joyda “ ,”Gilamchi xotin haqida haqiqat “ , “Dala armonlari “ ,Mangu buloq “ kabi asarlari qaysi janrda ? A) she’r B) ballada C) doston D) drama 26 / 40 Ibroyim Yusupov “Qadrdon so’qmoqlar “ she’rida umrni nimaga o’xshatiladi ? A) narvonga B) qo’shterakka C) oqar suvga D) shamolga 27 / 40 Ibroyim Yusupovning qalamiga mansub librettoni toping. A) «Ajiniyoz» B) «Qirq qiz» C) «Umirbek laqqi» D) «Aktrisaning iqboli» 28 / 40 Ibroyim Yusupovning dramatik asarlari qaysi qatorda berilgan? A) «Mangu buloq», «Buloqlar qaynaydi». «Gilamchi xotin haqida». B) «Qora tol», «Turnalar». «Mening yigit vaqtim...» C) «Dala armonlari», «Oltin qirg‘oq», «Choi to‘rg‘ayi». D) «Qirq qiz», «Aktrisaning iqboli», «Umirbek laqqi». 29 / 40 «Qadrdon so'qmoqlar» she'rining nechanchi bandi lirik qahramonning aynan ijod kishisi ekaniga nozik ishora qiladi? A) birinchi B) uchinchi C) ikkinchi D) to'rtinchi 30 / 40 Ibroyim Yusupov “Qadrdon so’qmoqlar “ she’rida mosh paykalda chug’urlayotgan gala chumchuqlar kimlarga o’xshatiladi? A) ko’cha boshidagi qo’shni kampirlarga B) bog’cha bolalariga C) bozordagi savdogarlarga D) she’r o’qiyotgan yosh shoirlarga 31 / 40 Ibroyim Yusupov “Qadrdon so’qmoqlar “ she’riga quyidagilardan qaysini epigraf qilib keltiradi ? A) Har kimning tug’ilgan -Misr shahri (maqol ) B) Vatan ostonadan boshlanadi C) Qadrimga yig’layman D) Qadr bilmas qarindoshdan qadr bilgan yot yaxshi 32 / 40 Yusupovning «Qadrdon so'qmoqlar» she'rida nimalar lirik qahramon yodiga uzoqlashib ketgan bolaligini soladi? A) xarobalar B) kabutariar C) turnalar D) paxtazorlar 33 / 40 Ibroyim Yusupov nechanchi yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat mukofoti sohibi bo’lgan ? A) 1985-yil B) 1974-yil C) 1975-yil D) 1984-yil 34 / 40 Quyidagi misralar Ibroyim Yusupovning qaysi she’ridan olingan? Ota, narvon bo‘pti anov qo'sh terak! Bolam, terak emas bu umr-ku. bu! A) «Mening yigit vaqtim». B) «Turnalar». C) «Qadrdon so'qmoqlar». D) «Qora tol». 35 / 40 I. Yusupovning «Qadrdon so'qmoqlar» she'rida «bizning joylar», - deganda qayerni nazarda tutadi? A) bolaligi o'tgan maktabning o'yin maydonchasini B) do'stlari bilan quvlashmachoq o'ynagan joylarni C) bolaligi o'tgan soy bo'yini D) qo'shni qiz bilan sayr qilgan joylarni 36 / 40 Yusupovning qaysi she'ri yoshlik, bolalik sog'inchi haqida? A) «Oltin qirg'oq» B) «Mening yigit vaqtim...» C) «Qadrdon so'qmoqlar» D) «Dala armonlari» 37 / 40 .Ibroyim Yusupov 2004-yilda qanday yuksak mukofotga sazovor bo'lgan? A) «0'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi» B) «0'zbekiston Qahramoni» C) «Mehnat qahramoni» D) «0'zbekiston xalq shoiri» 38 / 40 Ibroyim Yusupovning ilk davlat idorasidagi faoliyati qayerda bo’lgan ? A) Respublikaning tarix til va adabiyot ilmiy tekshirish institutida B) o’zi o’qigan pedagogic institutida C) Amudaryo jurnalida D) Qoraqalpog’iston Yozuvchilar Uyushmasida 39 / 40 . Quyidagi misralar Ibroyim Yusupovning qaysi she'ri oxiriga ilova qilingan? Cholga salom bersam o'sha so'qmoqda, «Kimsan?» - deb tanimay menga qaradi. Bir bola uchrasa sal nariroqda «Kimning o'g'lisan?» - deb men ham so'radim. A) «Qadrdon so'qmoqlar» B) «Mening yigit vaqtim...» C) «Kun chiqish yo'lovchisiga» D) «Qoraqalpoqni ko'p maqtamang ko'zimcha» 40 / 40 Qaysi qaytorda Ibroyim Yusupovning o‘zbek tilida nashr etilgan kitoblari berilgan? A) «Akatsiya gullagan joyda», «Gilamchi xotin haqida haqiqat», «Turnalar», «Azim rivoyati» B) «Qirq qiz», «Aktrisaning iqboli», «Umirbdk laqqi», «Nasihatlar» C) «Kun chiqish yo‘lovchisiga», «Qoraqalpoqni ko‘p maqtamang ko‘zimcha», «Naqliya so‘zlar» D) «Buloqlar qaynaydi», «Oltin qirg‘oq», «Dala armonlari», «Cho‘l to‘rg‘ayi» 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz