Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 5-sinf Adabiyot » 5-sinf Adabiyot 6-mavzu 5-sinf Adabiyot 5-sinf Adabiyot 6-mavzu InfoMaster Mart 16, 2022 171 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 5-sinf Adabiyot 6-mavzu yuzasida testlar 6 – MAVZU: HAMID OLIMJON 1 / 25 Maqolni davom ettiring. «Tikansizgul bo'lmas, Mashaqqatsiz- ... ». A) ish B) hunar C) rohat D) boylik 2 / 25 Topishmoqlar qancha hajmda va qanday shaklda bo’ladi ? A) nasriy ,hajmi chegaralanmagan B) dramatik ,to’rt misragacha C) nasriy va she’riy ,to’rt misragacha va undan ko’p D) lirik ,ikki –to’rt misrali 3 / 25 Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning gaplari, ishlari, ma'qullashlari, xulqiy sifatlari biz uchun nima hisoblanadi? A) sakkiz yoshlaridan B) o'n olti yoshlaridan C) o'n yoshlaridan D) olti yoshlaridan 4 / 25 “Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganlarining o’zinyioq yaxshilikka yo’yadilar” Ushbu xulosa Ezopning qaysi masalida aks etgan ? A) «Kiyik bilan tokzor». B) «Bo'ri bilan Laylak» C) «Eshak bilan baqalar D) «Yovvoyi echkilar bilan cho'pon» 5 / 25 Ertaklarning uzun boshlanmalarida qaysi qush «qizil ekan, quyrug‘i uzun ekan, ko‘k muzga mingan ekan, muruti singan ekan», deya ta’riflanadi? A) ola qarg‘a B) qirg'ovul C) qizilishton D) qora qarg‘a 6 / 25 H.Olimjonning "Oygul bilan Bahtiyor" ertagida susambillik savdogar "yetti iqlimning boji" deb nimani ta'riflagan? A) Jurjonlik podshohini B) Ikki halqa gavharni C) Oygulni D) Ikki sirg’asini 7 / 25 Xirs va hirs so’zlarining ma’nosi? A) xirs ayiq, hirs-insonning xunuk nafsi B) xirs-polvon, hirs-ochko’zlik C) xirs-ilon, hirs-insonning nafsi D) xirs-bo’ri, hirs-insonning xunuk yuzi 8 / 25 «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostonidagi xon zulmiga qarshi bosh ko‘targan xalq qo‘zg‘oloniga boshchilik qilgan, kuchlar teng emasligi uchun mag‘lub bo‘lib, qizining ko‘z o‘ngida xon tomonidan qatl etilgan qahramon nomini aniqlang. A) Darxon B) Baxtiyor C) Tarlon D) Qoraxon 9 / 25 Hamid Olimjonning «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostoni haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Saroyda xizmat qiladigan, xondan juda ko‘p jabr-u jafo ko‘rgan Tarlon Oygulni qutqarishga jazm qiladi. B) Oygul: «Tiriklikda to‘ymovding sira qon-yoshga, Mana endi to‘yib ol, boshing ko‘mib ich», deya zolim xonning tanasidan uzilgan boshini chuqurga otadi. C) Ushbu dostonda Oygulning xalqni xon zulmidan xalos qilish niyatida katta qo‘shin bilan Jambilga hujum qilishi va g‘alabaga erishishi tasvirlanadi. D) Ushbu dostonda Oygul tabiatida o‘zbek qizlariga xos mardonalik, tantilik, tadbirkorlik fazilatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. 10 / 25 "Oygul bilan Bahtiyor" ertagida (H.Olimjon) uch oy sandiqda oqib yurgan Oygulni kim qutqargan edi? A) jambillik kampir B) jurjonlik dehqon C) susambillik baliqchi D) Bahtiyor 11 / 25 "Oygul bilan Bahtiyor" ertagida Oygulni sandiqqa solib, oqizib yuborgan kim edi? A) Bahtiyor B) Xon C) Darxon D) Tarlon 12 / 25 «Oygul bilan Baxtiyor» dostonida Oygul ,qonxo’r xondan qutulgan Jambil eliga kimni rahbar etib tayinlaydi ? A) o’zini B) Darxonni C) Bahtiyorni D) Tarlonni 13 / 25 «Oygul bilan Baxtiyor» ertagida zolim xonni qayerda ushlashadi? A) bozorda B) saroyda C) og'ilda D) bog'da 14 / 25 H.Olimjonning "Oygul bilan Bahtiyor" ertagining yozilishiga sabab bo'lgan ertakni belgilang A) "Uch og'a ini botirlar" B) "Zumrad va Qimmat" C) "Malikai Husnobod" D) "Guliqahqah" 15 / 25 «Oygul bilan Baxtiyor» dostonida keltirilgan joy nomlarini aniqlang 1 Jambil 2 Jurjon 3 Susambil A) faqat 3 B) 2.3 C) 1.2 D) 1,2,3 16 / 25 Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni qahramoni Oygul qayerlik edi? A) Matansoylik B) Susambillik C) Naymanlik D) Jambillik 17 / 25 “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni qahramoni Baxtiyor qayerlik edi? A) Jambillik B) Naymanlik C) Matansoylik D) Susambillik 18 / 25 Hamid Olimjon qalamiga mansub tarixiy mavzudagi she'riy drama qaysi? A) «Jinoyat» B) «Semurg'» C) «Mashrab» D) «Muqanna» 19 / 25 Oygul bilan Baxtiyor ertagida Darxon kim? A) xizmatkor B) qo’zg’olon boshlig’i C) Oygulning otasi D) В, С 20 / 25 Oygul bilan Baxtiyorda Oygulni zindondan qutqargan qul? A) Tarlon B) Darxon C) Dehqon D) Baxtiyor 21 / 25 Hamid Olimjon xotirasiga ehtirom tarzida yozilgan «0'riklar gullar...», “Haykal “ she'rlarining muallifi kim? A) Usmon Azim B) Anvar Obidjon C) Abdulla Oripov D) Zulfiya 22 / 25 Susambillik savdogar Oygul cholga sotish uchun bergan ikki halqa gavharni anday ta’riflaydi ? A) “Yetti iqlimning boji “ B) “Bahosi yeti shahar bahosiga teng “ C) “Dunyodagi eng chiroyli gavhar “ D) “Sehrli gavhar “ 23 / 25 “Oygul bilan Baxtiyor” dostoni qachon yaratilgan? A) 1940 B) 1930 C) 1909 D) 1937 24 / 25 “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida “xirs”(ayiq)ga o’xshatilgan inson? A) Darxon B) o’tinchi chol C) Jambilning zolim xoni D) Jarjon shoxi 25 / 25 Qaysi javobda «Oygul bilan Baxtiyor» dostoni qahramoni Tarlon haqida ma’lumot berilgan? A) U daryo bo‘yiga o‘tin tergani kelganida daryoda oqib kelayotgan sandiqni ko‘rib qoladi va uni suvdan olib chiqadi. B) U Oygulning otasi edi, isyonchilarga boshchilik qilar edi. C) U saroyda xizmat qilardi, xondan juda ko‘p jabr-u jafo ko‘rgan keksa qul edi. D) U Oygulning ko‘z o'ngida zolim xon tomonidan qatl etiladi, bu esa xalqning g‘azabini yanada oshiradi. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz