Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 5-sinf Adabiyot » 5-sinf Adabiyot 20-mavzu 5-sinf Adabiyot 5-sinf Adabiyot 20-mavzu InfoMaster Mart 16, 2022 665 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 5 Vaqtingiz tugadi! 5-sinf Adabiyot 20-mavzu yuzasida testlar 20 – MAVZU: NODAR DUMBADZE 1 / 39 Maqolning tushirib qoldirilgan so'zlarini toping. «... - dilning chirog'i, ... - ilm chorbog'i». A) Ilm, maktab B) Bola, ona C) Bilim, shogird D) Ilm, ustoz 2 / 39 Nimaning mo’ylovi oyog’idan uzun ? Topishmoqning javobini toping A) Suvarak B) Echki C) Ninanichi D) Chumoli 3 / 39 Payg'ambarimizni ko'rgan va u kishi bilan suhbatda bo'lgan A) roviylar B) sahobalar C) muhaddislar D) tobeinlar 4 / 39 Yomon fe’lli, baxil odam, unga har qancha yaxshilik qilmang, og‘irini yengil qilaman, yordam beraman, deb o'ylamang, baribir и sizning yaxshiligingizni bilmaydi. Bil’aks, o‘zining yomonlik qilmaganini yaxshilikka yo'yadi. Bu bilan o‘z tubanligini yana bir marta namoyish etadi. Ezopning qaysi masalidan xuddi shunday xulosa chiqarish mumkin? A) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» B) «Eshak bilan baqalar» C) «Bo‘ri bilan laylak» D) «Ustiga tuz ortilgan eshak» 5 / 39 “Uch og’a -ini botirlar» ertagida aka-ukalar nima uchun barcha xatarlardan omon chiqdilar? A) Bog‘bon bilan cho'ponning to‘g‘riso‘zligi uchun. B) Sherni oidirgani uchun. C) Podshohningqizlarini yaxshi ko'rib qolganliklari uchun. D) Otalarining o‘gitlariga amal qilganliklari uchun. 6 / 39 Qaysi javobda «Oygul bilan Baxtiyor» dostoni qahramoni Tarlon haqida ma’lumot berilgan? A) U Oygulning ko‘z o'ngida zolim xon tomonidan qatl etiladi, bu esa xalqning g‘azabini yanada oshiradi. B) U Oygulning otasi edi, isyonchilarga boshchilik qilar edi. C) U daryo bo‘yiga o‘tin tergani kelganida daryoda oqib kelayotgan sandiqni ko‘rib qoladi va uni suvdan olib chiqadi. D) U saroyda xizmat qilardi, xondan juda ko‘p jabr-u jafo ko‘rgan keksa qul edi. 7 / 39 Grimmlarning dunyoga mashhur qaysi ertaklarining qahramonlari hammadan turtki yeydigan, so'kish eshitadigan va eng qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar bo'lib, ertak davomida o'zlarining halol mehnati, yoqimli so'z va odoblari bilan baxtiyor bo'ladilar? A) «Duymchaxon», «Qorqiz» B) «Qor malikasi», «Duymchaxon» C) «Zolushka», «Qor malikasi» D) «Zolushka», «Qorqiz» 8 / 39 M Osimning “Zulmat ichra nur “ tarixiy qissasida hirotliklar “Davlatxona “ deb qaerni atashar edi ? A) Alisher Navoiyning uyini B) Husayn Boyqorolarning Xiyobon mahallasidagi ikki qavatli uyini C) Mehmonlar qo’nadigan karvonsaroyni D) Shohruhmirzo saroyini 9 / 39 Oybekning qissalari berilgan qatomi toping. A) “Baxtigul va Sog’indiq”, “O’ch”, “Navoiy” B) “Nur qidirib ’, “Bola Alisher”, “Bolalik” C) “Qutlug’qon”, “Dilbar davr qizi”, “Nur qidirib” D) “Ulug yo’l”, “Oltin vodiydan shabadalar”, “Quyosh qoraymas” 10 / 39 “Bulut” she’rida shoir bulutni nimalarga qiyoslaydi? A) Oq qandga, osmon to‘la oqqushlarga, oq otga, ro‘yoga, Paxta xirmonlariga. B) Oppoq gullarga, qorli cho’qqilarga, oq barqutga, ro‘yoga, paxta xirmonlariga. C) Oq otga, Osmon to’la oqqushlarga, qorli cho’qqilarga, ro‘yoga, Paxta xirmonlariga. D) Osmon to'la oqquvlarga, qorli cho‘qqilarga, oq barqutga, ro‘yoga, paxta xirmonlariga. 11 / 39 O'tkir Hoshimov «Farzandlarimga o'gitlar»da kimdan qo'rqish kerakligini farzandlarga uqtiradi? A) do'stga aylanganday ko'ringan dushmandan B) dushmanga aylangan do'stdan C) har narsaga befarq qarovchidan D) siyratingdagi dushmandan 12 / 39 “Sher bilan durroj” hikoyatida nima qoralanadi? A) o‘g‘rilik B) yolg‘onchilik C) maqtanchoqlik D) kibr 13 / 39 Bobur nechta devon tuzgan va bizgacha shulardan nechtasi yetib kelgan? A) to'rtta, ikkita B) uchta, ikkita C) uchta, bitta D) ikkita, bitta 14 / 39 Muqimiy "Sayohatnoma"si qanday she'riy shaklda yaratilgan? A) ikkilik B) oltilik C) beshlik D) to'rtlik 15 / 39 “Guliston “dagi bir hikoyatda Sa’diy nimani “qaynar buloq “ ,”tuganmas davlat “deb ataydi ? A) san’atni B) hunarni C) kulgi tabassumni D) kamtarlikni 16 / 39 Abdulla Avloniyning «Saxiylik» hikoyasida kim kimga savob uchun pul beradi? A) bola, musofirga B) ota ,faqirga C) ota ,musofirga D) bola , faqirga 17 / 39 Erkin Vohidovning «Tandir haqida ertak» she'rida nima sababdan chol va kampirning uylari buzilishi aytiladi? A) katta magazin qurilishi sababli B) katta ko'cha qurilishi sababli C) katta xiyobon qurilishi sababli D) katta haykal qurilishi sababli 18 / 39 A. Oripov “O‘zbekiston” she’rida kimni sahroda kon ochdi, deya ta’kidlaydi? A) F. Xo jayev B) Sh. Rashidov C) A, Ikromov D) H. Abdullayev 19 / 39 Anvar Obidjonning «Bahromning hikoyasi» she'ridagi «oydinda yozilgan aji-buji xat» muallifmi toping. A) Sariqvoy B) bolakay C) Yapaloq D) Oppoq 20 / 39 Nodar Dumbadzening qaysi asari asosida o'zbek san’atkorlari tomonidan yaratilgan ko‘p qismli videofilm namoyish etiladi va adib ijodiga qiziqish bizning yurtimizda yanada kuchayadi? A) «Kukaracha» qissasi B) «Abadiyat qonuni» romani C) «Oq bayroqlar» romani D) “Quyoshni ko‘ryapman» romani 21 / 39 N Dumbadzening qaysi asarlarida ikkinchi jahon urushi yillarida gruzin qishloqlaridagi og’ir va mashaqqatli hayot manzaralari bir-biriga o’xshamaydigan taqdir egalari obrazi yorqin aks ettirilgan ? A) “Quyoshni ko’ryapman”,”Kukaracha” B) “Oq bayroqlar”,”Quyosh kechasi” C) “Men ,buvim,Iliko va Illarion”,”Quyoshni ko’rayapman” D) “Qishloq bolalari” ,”Abadiyat qonuni” 22 / 39 “Hellados”da hikoyasi personaji Xrista Aleksandrid kim ? A) Jamolning tog’asi B) Yangulining otasi C) Yangulining o’ng qo’li D) Anikaning ukase 23 / 39 Nodar Dumbadzening «Hellados» hikoyasi qahramoni Yanguli qayerda yashar edi ? A) Makmagon ko’chasida B) Varonij ko’chasida C) Venetsian ko’chasida D) Istambul da 24 / 39 Nodar Dumbadzening «Hellados» hikoyasida Jamol marhumning Yanguli ekanligini qanday taniydi? A) sochidan B) chap to‘shining ustidagi yozuvdan C) qo‘lidagi uzukdan D) kiyimidan 25 / 39 “Hellados “hikoyasi qahramoni Jamol asli qayerlik? A) gretsiyalik B) botumilik C) tblisilik D) suhumilik 26 / 39 Nodar Dumbadzening dastlabki romani qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan ? A) “Quyosh kechasi” B) “Kukaracha “ C) “Quyoshni ko’ryapman” D) “ Men ,buvim Iliko va Illarion “ 27 / 39 “Onasini eslolmaydi –chaqaloqligidayoq yetim qolgan .Ota –bolaning bor-yo’q davlati bir parcha tomorqa ,bittagina sigir va eshakdan iborat .Oshko’k ,sut-qatiq sotib kun ko’rishadi” Ushbu ta’rif kimning oilasi haqida ? A) Jamolning B) Petyaning C) Anikaning D) Yangulining 28 / 39 Nodar Dumbadzening asarlarini o’zbek tiliga kim tarjima qilgan ? A) Nosir Fozilov B) Nizom Komil C) Mirkarim Osim D) Jamol Kamol 29 / 39 “Hellados”da hikoyasida Yangulining taqdiri qanday kechadi ? A) Gretsiyaga ketadi B) Bir notanish ofitserga hizmatkor bo’lib yollanadi C) o’zini kemadan tashlab halok qiladi D) kasal bo’lib halok bo’ladi 30 / 39 “Hellados “hikoyasida Anika kim ekanligini aniqlang A) Musiqa o’qituvchisi B) Yangulining onasi C) Jamolning onasi D) Yelena Mixailovaning xolasi 31 / 39 “Hellados”da hikoyasida greklar o’z yurtlari Elladaga qaysi kemada jo’nab ketishadi ? A) “Poseydon “ B) “Pobeda “ C) “Oddisey” D) “Pingvin” 32 / 39 “Hellados”da hikoyasidagi Jamol onasining ismi .. A) Nina B) Mida C) Anya D) Aniko 33 / 39 Nodar Dumbadzening qaysi asari asosida o’zbek san’atkorlari tomonidan ko’p qismli videofilm yaratilgan ? A) “Quyoshni ko’ryapman” B) “Abadiyat qonuni” C) “Kukaracha “ D) “ Men ,buvim Iliko va Ilarino” 34 / 39 N Dumbadzening zamonaviy mavzudagi qaysi asarlarida insonlarning bir-biriga munosabatidagi odamiylik ,oqibat singari fazilatlar ulug’langan ? A) “Qishloq bolalari” ,”Abadiyat qonuni” B) “Men ,buvim,Iliko va Illarion”,”Abadiyat qonuni” C) “Oq bayroqlar”,”Quyosh kechasi” D) “Quyoshni ko’ryapman”,”Kukaracha” 35 / 39 “Hellados”da hikoyasida skripka laqabli bola .. A) Anika B) Koka C) Yanguli D) Jamol 36 / 39 Nodar Dumbadzening qaysi asarida insonning hayotdagi o’rni ,undan talab etiladigan fidoiylik ,halollik ,vijdonlilik ,adolatparvarlik xususiyatlari to’g’risida keng mushohada yuritilgan ? A) “Hellados” B) “Oq bayroqlar” C) “Qishloq bolalari” D) “Abadiyat qonuni “ 37 / 39 Nodar Dumbadzening «Hellados» hikoyasi kimning tilidan bayon qilingan? A) Jamolning otasi tilidan B) muallif tilidan C) Jamol tilidan D) Yanguli tilidan 38 / 39 “Cho’pday ozg’in, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, ko’zlari charosdek qop-qora, qo’llari uzunligidan tizzasiga tushib turadigan o’n to’rt yoshli bu bola yon atrofdagi tengqurlari uchun naqd azroilning o’zi edi” A) Jamol B) Koka C) Yanguli D) Anika 39 / 39 NodarDumbadzening «Quyoshni ko‘ryapman» nomli asari haqidaberilganto‘g‘ri hukmni toping. A) bu asar qissa janrida yozilgan B) bu asar asosida o‘zbek san’atkorlari tomonidan videofilm ishlangan C) dastlabki yirik romani D) urushi yillarida gruzin qishloqlaridagi mashaqqatli hayot aks ettirilgan hikoyalar turkumi sanaladi: 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz