Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 5-sinf Adabiyot » 5-sinf Adabiyot 13-mavzu 5-sinf Adabiyot 5-sinf Adabiyot 13-mavzu InfoMaster Mart 16, 2022 217 Ko'rishlar 96 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 5-sinf Adabiyot 13-mavzu yuzasida testlar 13 – MAVZU: ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBOUR 1 / 32 "Yog' yeganda yot yaxshi, Qon yutganda - qarindosh." Ushbu maqol g'oyasi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? A) sevgida vafodorlik B) yaxshi qo'shnichilik C) janjalkashlik D) mehr-oqibat 2 / 32 Topishmoqning javobini toping: “Shahari bor odami yo’q , Daryosi bor suvi yo’q “ A) anor B) kapgir C) xarita D) taroq 3 / 32 Payg'ambarimiz so'zlarining qachon, qanday sharoitda, kimlar huzurida aytilganligi haqidagi hujjat nima deb ataladi? A) hadis B) musnad C) vahiy D) sanad 4 / 32 Ezopning “Yovvoyi echkilar bilan cho’pon” masalidan qanday xulosa kelib chiqadi? A) to’g'ri va rostgo’y bo’lish B) mehnatsevarlik C) haqiqatgo’y bo’lish D) do’stga sadoqat 5 / 32 Podsho nima uchun o’z qizlarini oddiy musofir yigitlarga turmushga berishga osongina rozi bo’ldi ? A) aka-ukalarning ahilligi uchun B) boyligi uchun C) tarbiyaliliklari uchun D) pahlavonligi uchun 6 / 32 "Oygul bilan Bahtiyor" ertagida (H.Olimjon) uch oy sandiqda oqib yurgan Oygulni kim qutqargan edi? A) susambillik baliqchi B) jambillik kampir C) jurjonlik dehqon D) Bahtiyor 7 / 32 Gans daraxtning qaysi qismini ko’tarishini bildiradi? A) tanasini B) tomirini C) shox-shabbalarini D) barglarini 8 / 32 “Zulmat ichra nur” asarida “Mabodo, telba Mironshohning haromzodalaridan biri taxtga o‘ltirsa bormi, siz bilan mening boshimizda yong‘oq chaqadur” deb kim aytadi? A) Muhammad Ali B) Mirsaid C) G‘iyosiddin D) Husayn Boyqaro 9 / 32 «Bolaning ko'ngli poshsho» hikoyasidagi voqealar qaysi faslda bo'lib o'tgan? A) qishda B) kuzda C) yozda D) bahorda 10 / 32 Mirtemir qaysi she’rida Yusuf Xos Hojib obraz darajasida ish- latgan “qut” so’zini “baraka” obrazi darajasiga ko’taradi? A) “Bulut” B) “Shudring” C) “Baliq ovi” D) “To’rg’ay” 11 / 32 O'tkir Hoshimovning qaysi asari har biri mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topadi? A) «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» B) «Dunyoning ishlari» C) «Ikki karra ikki - besh» D) «Ikki eshik orasi» 12 / 32 “Sher bilan durroj” hikoyatida nima qoralanadi? A) yolg‘onchilik B) kibr C) maqtanchoqlik D) o‘g‘rilik 13 / 32 ( Bobur) Ruboiyning to'g'ri tartibini belgilang. 1) Sen shu'lasen, ul shu'lag'a kuldurmen. 2) Nisbat yo'qdur, deb ijtinob aylamakim. 3) Shohmen elga, vale senga quldurmen. 4) Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen. A) 1,2, 3,4 B) 4,3,2,1 C) 4, 1,2,3 D) 3,4, 1,2 14 / 32 Bobur butun ko'rgan-kechirganlarini qaysi asarida mufassal bayon qilgan? A) «Muxtasar»da B) «Mubayyin al-zakot»da C) «Boburnoma»da D) «Xatti Boburiy»da 15 / 32 Bobur nechta devon tuzgan va bizgacha shulardan nechtasi yetib kelgan? A) to'rtta, ikkita B) uchta, ikkita C) uchta, bitta D) ikkita, bitta 16 / 32 Bobur qaysi janrning tengsiz namunalarini yarata olgan? A) g'azal B) ruboiy C) tuyuq D) qit'a 17 / 32 Boburning qaysi ruboiysida yaxshilikning sharofati, yomonlikning kasofati, vafoga vafoning, jafoga jafoning qaytajagi haqida so'z ketadi? A) «Jismimda isitma kunda mahkam bo'ladur» B) «Наг kimki, vafo qilsa, vafo topqusidur» C) «Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen» D) «Hajringda bu tun ko'ngulda qayg'u erdi» 18 / 32 Boburning qaysi misra bilan boshlanuvchi ruboiysida fojia hazil bilan beriladi? A) “Hajringda bu tun ko'ngulda qayg'u erdi” B) “Ko'ngli tilagan murodiga yetsa kishi" C) "Tole' yo'qi jonimg’a balolig' bo'ldi” D) “Beqaymen-u xarobi siym ermassen" 19 / 32 «Bobur» so'zi qaysi tildan olingan va qanday ma'noni anglatadi? A) arab tilidan, «sher» B) fors tilidan, «yo'lbars» C) arab tilidan, «yo'lbars» D) fors tilidan, «sher» 20 / 32 Boburning quyidagi ruboiysida qo'llangan «laim» so'zining ma'nodoshini toping. Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen, Ham mol yig'ishtirur laim ermasmen. Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz, Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen. A) xazinabon B) gado C) mansabdor D) oltin 21 / 32 (Bobur) Ruboiy misralarining to'g'ri tartibini belgilang. 1) Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz; 2) Bir-birini necha kun g'animat tutungiz; 3) Chun gardishi charx budurur, tengri uchun; 4) Jamiyatingiz borini davlat tutungiz. A) 1,4, 3,2 B) 4, 2, 1,3 C) 1,2, 4,3 D) 1,2, 3,4 22 / 32 Otasi bevaqt vafot etgach, Farg'ona hokimligi necha yoshli Boburning zimmasiga tushadi? A) 15 yoshli B) 16 yoshli C) 12 yoshli D) 10 yoshli 23 / 32 Bobur «Ey bodi sabo» deb boshlanuvchi ruboiysida qayerdagi yoriga xabar yuboradi? A) Xurosondagi B) Hindistondagi C) Farg'onadagi D) Andijondagi 24 / 32 Boburning quyidagi ruboiysidagi «beqaydmen» so'zining ma'nosi qaysi javobda to'g'ri berilgan? Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen, Ham mol yig'ishtirur laim ermasmen. Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz, Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen. A) yolg'iz B) erkin, kishansiz C) ayriliq D) g'ariblik 25 / 32 Boburning qaysi ruboiysi mazmunini shoirning hayotdagi shiori edi deyish mumkin? A) «Jismimda isitma kunda mahkam bo'ladur» B) «Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen» C) «Hajringda bu tun ko'ngulda qayg'u erdi» D) «Наг kimki, vafo qilsa, vafo topqusidur» 26 / 32 Boburning bizgacha yetib kelgan she'rlarining qanchasi ruboiy hisoblanadi? A) uch yuzga yaqini B) uch yuzdan ortig'i C) yuzga yaqini D) ikki yuzdan ortig'i 27 / 32 Boburning avlodlari hind diyorida qancha muddat hukmronlik qildilar? A) uch yuz yildan ortiq B) to'rt yuz yilga yaqin C) ikki yuz yildan ortiq D) yuz yilga yaqin 28 / 32 Bobur qaysi ruboiysida Kobul va G'azna shaharlarini jangsiz egallab olsa-da, butun ko'ngli ona Vatanida ekanligini ta'kidlagan? A) «Наг kimki vafo qilsa, vafo topqusidir» deb boshlanuvchi ruboiysida B) «Ko'ngul tilagan murodiga yetsa kishi» deb boshlanuvchi ruboiysida C) «Beqaydman-u xarobi siym ermasman» deb boshlanuvchi ruboiysida D) «Hajringda bu tun ko'ngulda qayg'u erdi» deb boshlanuvchi ruboiysida 29 / 32 Boburning bizgacha yetib kelgan she'rlarining hajmi qancha? A) 500 dan ortiq B) 400 dan ortiq C) 300dan ortiq D) 200 dan ortiq 30 / 32 Bobur qalamiga mansub quyidagi misralar qanday janrda yozilgan va «sarrishtayi aysh» birikmasining ma'nosi nima? Tuz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur. Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur. Sarrishtayi ayshdin ko'ngulni zinhor Uz. oh, Zahiriddin Muhammad Bobur A) tuyuq; tong shamoli, mayin shabada B) ruboiy; maishat, turmush tutumi C) tuyuq; maishat, turmush tutumi D) ruboiy; tong shamoli, mayin shabada 31 / 32 Bobur «Ko'ngli tilagan murodiga yetsa kishi...» deb boshlanuvchi ruboiysini qachon yozgan? A) Andijondan ketib, tog'-u toshlarda yurgan vaqtida B) Hindistonni zabt etish arafasida C) Umrining so'nggi yillarida D) Kobulni zabt etgan vaqtda 32 / 32 Boburning qaysi ruboiysi Andijonning xiyonatchilar qo'liga o'tishi, o'zining ikki-uch yil tog'-u toshlarda sarson-sargardon bo'lib yurishi tufayli yaratilgan? A) «Beqaydman-u xarobi siym ermasman» deb boshlanuvchi ruboiysida B) «Ko'ngul tilagan murodiga yetsa kishi» deb boshlanuvchi ruboiysida C) «Hajringda bu tun ko'ngulda qayg'u erdi» deb boshlanuvchi ruboiysida D) «Наг kimki vafo qilsa, vafo topqusidir» deb boshlanuvchi ruboiysida 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz