Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 11-sinf Adabiyot » 11-sinf Adabiyot 7-mavzu 11-sinf Adabiyot 11-sinf Adabiyot 7-mavzu InfoMaster Mart 26, 2022 91 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Adabiyot 7-mavzu yuzasida testlar 7 – MAVZU: BOBORAHIM MASHRAB 1 / 26 «Go'ro'g'lining tug'ilishi» dostonida Rayhon arabni izlab yo'lga chiqqan Go'ro'g'li qaysi buloqqa yetib boradi? A) Oydin buloq B) Ko'kbuloq C) Oyna D) Qorabuloq 2 / 26 M Koshg’ariyning "Devoni lug’otit turk" asari qaysi sulola hukmdorligi davrida yaratiigan? A) saljuqiylar B) mang’itlar C) samoniylar D) qoraxoniylar 3 / 26 Yusuf Xos Hqjib " Qutadg’u bilig " dakimni '• Qilmishlari to’g’ri fe'li, tabiati rost tili chin, yetuk, koni va ko’nuli boy, bilimli, zakovatli hushyor, yomonlarga misli bir olov edi" deb ta'riflaydi? A) O’zg’urmishni B) O’g’dulmishni C) Oyto’ldini D) Kuntug’dini 4 / 26 "Qisasi Rabg'uziy”da keltirilgan “Sulaymon va chumoli hikoyati”da Manzara podshoh Sulaymonga tanbeh bera turib, tangridan uchqur shamol o'miga nima so'rash ma’qulroq edi, deydi? A) uchar taxtni B) dev va jinlarning jilovini C) barcha jonivorlarning tili.ni D) ma’rifatni 5 / 26 Iskandar bacha fanlarni mukammal egallagach, nimani o`rganadi? A) “ Qur’on ” ni B) musiqani C) kamon otishni D) harbiy san’atni 6 / 26 Ingliz olimi Denison Ross boburning qaysi asarini bequsurlikda yagona hamda jo‘n uslubda yozilgan deb keltiradi? A) “Risolayi volidiya” B) “Devon” C) “Vaqoye”’ D) “Mubayyin” 7 / 26 Mashrab qalamiga mansub «0'rtar» g'azalining yuqori darajadagi ohangdorlikka ega bo'lgan matla'sini toping. A) Qayu til birla. ey jono, seni vasfing bayon aylay, Tilim lol-u ko'zum giryon, so'ngaklarni nihon o'rtar. B) Agar oshiqlig'im aytsam, kuyub jon-u jahon o'rtar, Bu ishq sirrin bayon qilsam. taqi ul xonumon o'rtar. C) Kishiga ishq o'tidin zarraye yetsa, bo'lur giryon, Bo'lub besabr-u betoqat, yurak-bag'ri chunon o'rtar. D) Meni bexonumon tinmay kuyub-yondim firoqingda, Oting tutsam, nigoro debki, zavqidin zabon o'rtar. 8 / 26 Quyidagi qaysi misrada Mashrab ma'naviy olamining o'zak nuqtasl bo'y ko'rsatlb turibdi deyish mumkin? A) «Qaroqchi qo'rqitar har yerda topsa karvon уolg'iz» B) «Bir xudodin o'zgasi barcha g'alatdur Mashrabo» C) «Ma'rifatnl xonaqosina qadam kelturmisham» D) «Soldim tun-u kun nafs itim birla urushni» 9 / 26 Mashrab «O‘ttum» radifli g‘azalida nafsni, tanholikni va xomushlikni nimalarga o‘xshatadi? A) TJY B) kofir, qilich, pichoq C) mayxona, may, qadah D) dunyo, kofir, bolta 10 / 26 Mashrabning xalqimiz orasidagi eng mashhur ijod namunasi qaysi? A) “Qalandar bo‘l” radifli g'azali B) “Xoh inon, xoh inonma” radifli g'azali C) “0‘rtar” radifli g‘azali D) “Ko‘rsat jamoling” g‘azali 11 / 26 Mashrab qalamiga mansub «0'rtar» g'azalidan olingan quyidagi baytda qo'llanilgan «jovidon» so'zining ma'nosini toping.Bu Mashrab dardini, jonoki, harkim boshig'a sol ma, Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o'rtar. A) suyak B) go'zal C) makonsiz D) abadiy 12 / 26 Mashrabning «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» g'azalidagi qaysi obraz oshiq (solik) qalbida sodir bo'layotgan ilohiy ma'rifat darajasining ortib borishi bilan aloqador? A) do'st B) pir C) jonon D) ag'yor 13 / 26 Mashrab she’rlarning katta qismida qaysi san’atning yorqin namunalari namoyon bo’Iadi? A) Raddul-matla B) Sahli mumtane C) Saj va saraxbori navo D) Tajohuli orifona 14 / 26 Mashrab bir hikmatida “Qaroqchi qo‘rqitar har verda topsa...” nimani voki kimni yolg‘iz, devdi? A) Oshiqni yolg‘iz B) Karvonni yolg‘iz C) Yorni yolg'iz. D) Insonni yolg'iz 15 / 26 Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!Bo'lmasa qoshimda jonon, bu jahonni na qilay?! Mazkur g’azal bavtida qaysi badiiy san’at qo’Uangan? A) tazod B) tanosub C) tajnis D) tajohuli orifona 16 / 26 «Otashnafas shoir» sifatida shuhrat qozongan Boborahim Mulla Vali o'gli Mashrab qayerda, qanday oilada tug'ilgan? A) Farg'onada savdogar oilasida B) Farg'onada, bo'zchi kosib oilasida C) Namanganda, bo'zchi kosib oilasida D) Namanganda, savdogar oilasida 17 / 26 Mashrabning «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» g'azalidagi qaysi baytda ilohiy ma'rlfatga intilmasdan yashash umr mazmunini yo'qqa chiqaradi, degan haqiqat mujassamlashgan? A) Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?! Ibrohimdin qolg'on ul eski do'konni na qilay?! B) Arshning kungurasin ustig'a qo'ydum oyog'im, Lomakondon xabar oldim, bul makonnl na qilay? C) Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?! Bo'lmasa qoshlmda jonon, bu jahonni na qilay? D) Zarraye nuri quyoshdek bu jahon ichra tamom, Oshkoro bo'lmasa, sirri nihonni na qilay?! 18 / 26 Mashrabning qaysi she'rida lirik qahramon Yaratganning o'zidan boshqa hamma narsaning xato - g'alat ekanini ta'kidlaydi? A) «Bulbuldayinkim faryod etarman...» B) «Na g'urbatlarni chektim charxi bebunyod dastingdin...»g'azalidan uramanmi C) «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» D) «Agar oshiqlig'im aytsam...» 19 / 26 Mashrab kimning qo'lida din va falsafa tarixini, fors tilini o'rganadi? A) Hidoyatullo Ofoq Xoja eshon qo'lida B) So'fi Eshon Mavlaviy qo'lida C) So'fi Eshon Nasimiy qo'lida D) So'fi Eshon mullo Bozor Oxund qo'lida 20 / 26 Mashrabning "Hoh inon, hoh inonma" radifli g’azali qaysi shoirning ayni shunday radifli g’azaliga tazmin qilingan? A) Lutfiy B) Sakkokiy C) Atoiy D) Sayfi Saroyi 21 / 26 Mashrab she'rlarida qo'llangan «lomakon» so'zining ma'nosini toping. A) sermakon B) makonsiz C) nafs makoni D) ishq makonl 22 / 26 Mashrabning “Hech ilme siynaga jo bo lmadi takrorsiz” misrasi haqidagi to’g’ri xulosa: A) Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!, g’azalidan olingan B) Bulbuldayinkim faryod etarman, murabba’sidan C) Na g‘urbatlami chektim charxi bebunyodl dastingdin, muxammasidar. D) hayotiy hikmatlar darajasiga yetgan misralaridan 23 / 26 Sensan sevarim, xohi inon, xohi inonma - (Mashrab)Baytning ikkinchi misrasini toping. A) Ohi saharim, xohi inon, xohi inonma B) Gulbargi tarim, xohi inon, xohi inonma C) Qondur jigarim, xohi inon, xohi inonma D) Ey labshakarim, xohi inon, xohi inonma 24 / 26 Mashrabning Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!, g’azalining boshidan oxirigacha qanday holat ustunlik qiladi? A) so‘roq ohangining saqlanishi B) Xudoga munojot C) Yorga bo’lgan ishtiyoq D) bir uyada birlashadigan so‘zlar miqdorining ko'pligi 25 / 26 Mashrab qaysi she'rida bir solik (yo'lovchi) sifatida bu uzun yo'lning asosiy bosqichlarini bosib o'tgan solik tilidan «bodani ichgan solik Arsh kungarasining ustiga ham oyoq qo'ya» olishini aytadi? A) «Na g'urbatlarni chektim charxi bebunyod dastingdin...» B) «Bulbuldayinkim faryod etarman...» C) «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» D) «Agar oshiqlig'im aytsam...» 26 / 26 Mashrab she'riyatning mulamma, mustazod, muxammas, musaddas, musabba' singari janrlarida ijod qilgan bo'lsa-da, uning shuhratini, ayniqsa, qaysi janrdagi asarlari oshirgan? A) g'azal va murabba'lari B) g'azal va ruboiylari C) g'azal va muxammaslari D) g'azal va mustazodlari 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz