Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy №4 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy №4 InfoMaster May 2, 2024 103 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №4 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi javobdagi so’zlar imloviy jihatdan xato yozilgan? A) inshoot, manba B) milliyon, musoboqa C) tanaffus, halol D) suhbat, tamoyil 2 / 10 2. Qaysi gapda ko’p nuqta o’rnida “urib” so’zini ham, “tushirib” so’zini ham qo’llash mumkin? A) Ertalabdan yomg’ir maydalab … turdi, kechga yaqin qorga aylandi. B) Elmurod hammani mukofotga taqdim etganda o’zini … qoldirgan edi. C) Omon ikkalamiz bir kosa go’jani paqqos …… oldik. D) Endi sizni o’z lavozimingizdan …… jazolaganini bildirib qo’ymoqchi. 3 / 10 3. Bu kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida har kuni og’ziga mayda toshlarni soladi va she’rlar, turli matnlarni o’qish bilan…… .Ushbu gapdagi ko’p nuqta o’rniga qaysi birlikni qo’llash uslubiy jihatdan to’g’ri sanaladi? A) shug’ullanadi B) qiziqadi C) harakat qiladi D) erishadi 4 / 10 4. Pastda esa odamni oqizadigan katta suv xarsanglarga urilib, shovullab oqayapti. Berilgan gapda qaysi turkumga oid so’zni yozishda imloviy xatoga yo’l qo’yilgan? A) ravishdosh B) ravish C) fe’l D) ot 5 / 10 5. Qaysi javobda ajratib yoziladigan so’zlar berilgan? A) umum\jahon, ish\yoqmas B) Boltiq\bo’yi, oltin\gugurt C) obro’\e’tibor, qo’l\arra D) tamom\bo’l, yangidan\yangi 6 / 10 6. Qaysi gapdagiso’zlarning barchasi o’z ma’nosida qo’llangan? A) G’azal ham bo’lurmi buncha dilrabo, Bunchalar serishva, bunchalar tannoz? B) Men gulzordagi chiroyli gullardan guldasta yasab oyimga sovg’a qildim. C) Bu achchiq gapni eshitgan zahotimoq peshonamdan sovuq ter chiqib ketdi, yuragimni qo’rquv eza boshladi. D) Bulut bugun o’zining ko’kish ko’ylagini erinmay yuvishga tushdi, shekilli, yomg’ir tinay demasdi. 7 / 10 7. Shu boisdan u o’ttizinchi yillar… boshida adabiyot… chetlatilgan, uning uchun nashriyot eshiklari yopib qo’yilgan edi. Ushbu gapda nuqtalar o’rniga qaysi kelishik qo’shimchalarini qo’llash uslubiy jihatdan to’g’ri sanaladi? A) qaratqich, tushum B) tushum, chiqish C) qaratqich, chiqish D) chiqish, tushum 8 / 10 8. Quyida berilgan nechta gapda paronimlarni qo’llash bilan bog’liq xatoliklarga yo’l qo’yilgan? 1)Jayron tog’dan tog’ga o’tib, qayerga borishini bilmasdi. 2)Mahsulot o’ramiga yarog’lilik muddati yozib qo’yilgan. 3)Shiroq xiyla bilan dushmanni mag’lub qildi. 4)Quyosh hamal yulduzlar burchiga o’tishi bilan kunlar isiy boshladi. A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta 9 / 10 9. Qaysi gapda ajratib ko’rsatilgan sifat hajm-o’lchov ma’nosini ifodalab kelgan? A) Uning qovoqlari keng, yuzlari oq-qizil edi, shahlo ko’zlari esa har doim kulib turardi. B) Biz o’zimizdan kuchli, o’zimizdan baxtli avlodni tarbiya etmog’imiz lozim. C) Tortinchoqqina Nigorani ham davraga sudrab chiqib raqs tushishga majbur qildi. D) Vazmin, mulohazali bu yigitni korxonada hamma yoqtirib qolgan edi. 10 / 10 10. Qaysi gapdagi so’zlar imlosida faqat tovush almashish hodisasi kuzatiladi? A) Barmog’ingiz bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani biroz bosib tursangiz, shunda tish og’rig’i darrov to’xtaydi. B) Garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asos bo’lmasa ham, ko’nglimda o’zimga tasalli berish, aldash kabi bir kayfiyat bor edi C) U endi podshoning topshirig’ini bajarish uchun uni tinmay maqtar, butun ayyorligini ishga solar edi. D) Ho’kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog’ quruq poyani tashlab qo’yar ekan. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 34 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29