Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 10-sinf Adabiyot » 10-sinf Adabiyot 7-mavzu 10-sinf Adabiyot 10-sinf Adabiyot 7-mavzu InfoMaster Mart 25, 2022 15 Ko'rishlar 81 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Adabiyot 7-mavzu yuzasida testlar 7 – MAVZU: T.FAROG’IY 1 / 26 ”Rustamxon” dostonida “Ajab suratli bir qiz,jamoli kunni xira qilguday, aqli ketib otda yiqilib qolgudek”degan ta’rif kimga tegishli? A) Suluv B) Xuroyim C) Ximcha D) Oftoboyim 2 / 26 Rus xizmatchisi Remezov, sheved zobiti logann Stralenberg, olim Misser Shmidtlar topib, ilm ahliga ma'lum qilingan yodnoma nomi qaysi javobda to’g’ri korsatilgan? A) "Orxun Enasoy obidalari" B) "Qutatg’u bilig" C) "Irq bitigi" D) "Avesto" 3 / 26 Ahmad Yassaviy «Ishq da'vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi bilan boshlanuvchi hikmatida ishqni nimaga o'xshatadi? A) yetib bo'lmas oydin oyga B) bebaho gavharga C) ko'zni oluvchi qizil gulga D) olovida kuydiruvchi quyoshga 4 / 26 Atoyining «Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalida mashuqaning yuzi (mengiz) oshiqqa nimani eslatadi? A) jannat bog'ini B) g'unchayi xandonni C) go'zal mohni D) subhi sodiqni 5 / 26 . Alisher Navoiyning qaysi g'azalida bir qarashda oshiqning dil izhoriga oid tuyg'ular ifodasi aks etayotganday ko'rinsa-da, aslida, obyektiv voqelikka bo'lgan estetik munosabat ifodasi bosh o'rinda turganligini payqash qiyin emas? A) «Ey sabo...» deb boshlanadigan g'azalida B) «Ko'zung ne balo qaro bo'lubtur» deb boshlanadigan g'azalida C) «Наг gadokim...» deb boshlanadigan g'azalida D) «Meni men istagan...» deb boshlanadigan g'azalida 6 / 26 «Boburnoma»da kotib «Boburnoma»ni qanday nom bilan ataydi? A) «Boburiya» B) «Vaqoe» C) «Harb ish» D) «Volidiya» 7 / 26 Turdi Farog'iyning qaysi she'rining lirik qahramoni nazarida «umri kiromi», «g'ussayi behuda» afsus va nadomatlar bilan to'lib-toshmoqda va barchasi «zaxmi nishi ro'zgor ahlini talx-u tundiman» degan xulosa uchun asos bo'lmoqda? A) «Yod mandin...» B) «Bu mulk» C) «Turdiman...» D) «Тог ko'ngulluk beklar...» 8 / 26 Turdi Farog'iy qaysi she'rida hayot shoir uchun minglab sinovlarni, ko'plab qiyinchiliklarni ro'para qilganligi sabab hozir hatto ignaning teshigidan nam o'tadigan darajaga yetib kelganligini aytadi? A) «Turdiman...» B) «Bu mulk» C) «Тог ko'ngulluk beklar...» D) «Yod mandin...» 9 / 26 Turdi Farog'iyning qaysi she'rida kechagi imkon va imtiyoz, bugungi imkonsizlik va mavhumiyat she'rxon ko'z oldida qiyoslab beriladi? Hukm jori, so'z qabuli, bir dun dargo'sh edim, Ahli davlatlar bilan yor-u harif, hamdo'sh edim, Hoy-hoyi bazmlarda shahd no'sho-no'sh edim, Xush zamonlar yuz qazoni boshida sarpo'sh edim, Bu zamon yavg'on qozon ostida qolg'on yundiman. A) «Bu mulk» B) «Тог ko'ngulluk beklar...» C) «Yod mandin...» D) «Turdiman...» 10 / 26 Turdi Farog'iy qaysi she'rida «Dizzax» - Jizzaxni tilga oladi? A) «Yod mandin...» B) «Тог ko'ngulluk beklar...» C) «Bu mulk» D) «Turdiman...» 11 / 26 Turdi Farog'iy qaysi she'ri yozilayotgan paytda o'z tug'ilgan joyida emas, boshqa o'lkalarda yashashga majbur bo'lganligi sabab, kunlarning qiyinligini, vaziyatning og'irligini «bo'lmagay mundin batar» ifodasi orqali ko'rsatib beradi? A) «Bu mulk» B) «Turdiman...» C) «Тог ko'ngulluk beklar...» D) «Yod mandin...» 12 / 26 Turdi Farog'iyning muxammasidan olingan quyidagi qaysi band Turdining iltijolari, Yaratganga murojaati bilan boshlanadi? A) Voqife yo'q, bu musofirlig'da mandin ne o'tar, Baski yuz ko'yi bila ro'zi kelib, ro'zi ketar. B) Nozli hukmi qazo hech kirn rad-u man' etmadi, Barcha bo'yniga solan bu rishtani qat' etmadi. C) Xeshman, darvish miskin, mustahiq devonadin, Bahramand et iltifot-u himmati mardonadin. D) Qilmadim shukronayi, soldurdi tufroq oshima, Qolmadi juz dard-u g'am hamdam, musohib qoshima. 13 / 26 Shoir Turdidan bizga qadar saqlanib qolgan adabiy meros nechta she'rni tashkil etadi va ular qaysi tilda ijod etilgan? A) 72 ta she'r, o’zbek va fors-tojik B) 18 ta she'r, o’zbek va fors-tojik C) 100 ta she'r, o’zbek D) 164 ta she'r, o’zbek va fors-tojik 14 / 26 Turdi Farog'iy qaysi she'rida tushkunlikka tushgan, qiyinchiliklar girdobida yashayotgan shaxs fojiasining tasvirini chizar ekan, qiynalib ketdim demaydi, balki xalqona tilda: «Oshimga tufroq soldirdi», - deydi? A) «Тог ko'ngulluk beklar...» B) «Bu mulk» C) «Yod mandin...» D) «Turdiman...» 15 / 26 Turdi Farog'iy qaysi she'rida: «...yaxshi zamonlar ko'rdiman», - deb ta'kidlaydi va ayni paytda, «rindlarning sarxayli», «xush aysh»larni «damo- dam» (muntazam, uzluksiz) ko'rganligi bilan faxr-u iftixor ham etadi, o'ziga mehr ko'rsatganlarning davrasida «bazm-u majlis qurgan»ligini ham ta'kidlaydi? A) «Yod mandin...» B) «Bu mulk» C) «Тог ko'ngulluk beklar...» D) «Turdiman...» 16 / 26 Turdi Farog'iyning qaysi she'rida lirik qahramon arzimas bir qatragina suvning «zoti qulzum» - dengizga taalluqli ekanligini unutmaslik lozimligiga ishora qiladi? A) «Turdiman...» B) «Bu mulk» C) «Yod mandin...» D) «Тог ko'ngulluk beklar...» 17 / 26 Turdi Farog'iyning qaysi she'rida lirik qahramon iztiroblarining manbalari kashf etilib, ular orasida «charxi dun», «gardishi davron», shuningdek, taqdirning buqalamunliklari ajralib turadi? Charxi dun qildi manga javr-u jafolar behisob, Gardishi davron berur har lahza yuz ming pech-u tob. A) «Yod mandin...» B) «Bu mulk» C) «Turdiman...» D) «Тог ko'ngulluk beklar...» 18 / 26 Turdi Farog'iyning bizgacha qancha fardi yetib kelgan? A) bir dona B) besh dona C) to'rt dona D) uch dona 19 / 26 Turdi Farog'iyning quyidagi baytida qo'llanilgan «faroz», «nishib», «qarib» so'zlarining ma'nolarini toping. Yuz farozidin ozib, tushdum nishibi qirqqa, Xavf-u biym-u vahm arosinda qaribi qirqqa. A) «faroz» - balandlik, «nishib» - pastlik, «qarib» - yaqin B) «faroz» - pastlik, «nishib» - balandlik, «qarib» - qarimoq C) «faroz» - balandlik, «nishib» - pastlik, «qarib» - qarimoq D) «faroz» - yaqin; «nishib» - balandlik, «qarib» - pastlik 20 / 26 Turdi Farog'iy qaysi she'rida «tifli ashk» - ko'z yoshining eng kichik bo'lagi singari nazarlardan qolmoq inson uchun yaroqsiz holatga kelib qolgan tanga pulga o'xshatiladi? A) «Тог ko'ngulluk beklar...» B) «Turdiman...» C) «Bu mulk» D) «Yod mandin...» 21 / 26 Turdi Farog’iy nechanchi yillarda yashagan? A) 1640-1700 B) 1650-1699 C) XVII asrda yashab, taxminan 1699 yoki 1700 yilda vafot etgan D) XVII asr oxiri', XVIII asr boshlari 22 / 26 Turdi qaysi davrda va qayerda yashab ijod etgan? A) XV asrda Xurosonda Husayn Boyqaro hukmronligi davrida B) XVII asrning ikkinchi yarmida Abdulazizxon va Subxonqulixonlar hukmronligi davrida Buxoroda C) XVIII asrning ikkinchi yarmida Ashtarxoniylar davrida Buxoroda D) XVII asr o’rtalari va XVIII asr boshlarida Samarqandda Shayboniylar hukmronligi davrida 23 / 26 Turdi Farog'iyning «Yod mandin...» deb boshlanuvchi she'rining yakunlovchi bandida mojarolarning ostida qaysi urug'ning boshliqlari turganligi ravshanlashadi? A) Qirq urug'ining B) Nayman urug'ining C) Yuz urug'ining D) Ming urug'ining 24 / 26 Turdi Farog'iyning bizgacha qancha fardi yetib kelgan? A) to'rt dona B) uch dona C) bir dona D) besh dona 25 / 26 Quyidagi bayt qaysi shoirning qaysi asaridan keltirilgan? Tor ko’ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling. To’qson ikki bovli o’zbek yurtidir, tenglik qiling. A) Bobur "Boburnoma" B) Turdi Farog’iy "Subhonqulixon" C) Gulhaniy "Zarbulmasal" D) Muqumiy "Tanobchilar" 26 / 26 Turdi Farog'iy kimning huzurida moddiy qiyinchilikda yashaydi? A) Rahimbiy huzurida B) Oqbo'tabiy huzurida C) Nodirmuhammad huzurida D) Subhonqulixon huzurida 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz