Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 10-sinf Adabiyot » 10-sinf Adabiyot 13-mavzu 10-sinf Adabiyot 10-sinf Adabiyot 13-mavzu InfoMaster Mart 25, 2022 60 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Adabiyot 13-mavzu yuzasida testlar 13 – MAVZU: ABDULLA ORIPOV 1 / 32 “Rustamxon” dostonida Sultonxon kimlarning ko'rsatmalari orqali ikki xotinining necha qop tilla olganliklarini aniqlaydi? A) qozikalonlar B) xazinabonlar C) mastonlar D) Ximcha 2 / 32 "Tabg’achga taslim bo’ganligi uchun tangri o’l degan shekilli turk xalqi o’ldi, yo’q bo’ldi tugadi - Turk sir xalqi yeridan birorta urug’ qolmadi" Ushbu so’zlar qaysi adabiy yodgorlikda qayd etilgan? A) "Dcvoni lug’atit turk"da B) "To’nyuquq bitiktoshi"da C) "Kultegin bitiktoshi"da D) "Bilga hoqon" bitiktoshida 3 / 32 Yassaviy tasawuf ilmini chuqur egallagani uchun xalq orasida qanday naql paydo boigan? A) “Madinada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad” B) “Buxoroda Hamadoniy, Turkistonda Xo‘ja Ahmad” C) “Turkistonda Qul Xo‘ja, Bag‘dodda Bag‘dodiy” D) “Eronda Bistomiy, Turstonda Ahmadiy” 4 / 32 "Movlono Balxdin bo’lur erdi. Darveshvash va xushxulq munbasit kishi erdi. Turkiyon erdi". "Majolis un nafois"dan olingan parcha kim haqida? A) Sakkokiy B) Gadoiy C) Atoyi D) Lutfiy 5 / 32 Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobida nechanchi qism Allohga toat-ibodat qiluvchilar haqida? A) uchinchi qism B) beshinchi qism C) ikkinchi qism D) birinchi qism 6 / 32 «Boburnoma»da Alisher Navoiy qurdirgan hammomlar qanday nomlar bilan tilga olinadi? A) «Xalosiya» va «Ixlosiya» B) «Safoiya» va «Shifoiya» C) «Qudsiya» va «Ixlosiya» D) «Unsiya» va «Xalosiya» 7 / 32 Turdi Farog'iy qaysi she'rida «tifli ashk» - ko'z yoshining eng kichik bo'lagi singari nazarlardan qolmoq inson uchun yaroqsiz holatga kelib qolgan tanga pulga o'xshatiladi? A) «Turdiman...» B) «Тог ko'ngulluk beklar...» C) «Yod mandin...» D) «Bu mulk» 8 / 32 Ко zung ne balo qaro bo 'lubtur, Kim, jong 'a qaro balo bo 'lubtur Baytda qo'llanilgan badiiy san'atni ainqlang A) tamsil B) tardi aks C) tashbeh D) tanosub 9 / 32 Behbudiyning “Padarkush “dramasida qanday kamchiliklar seziladi ? A) Toshmurodning otasiga gap qaytarishi B) Toshmurodning maktabga bormasligini ko’rsatish C) Qotillik epizodi suniy D) Tangriqulning ichkilikka berilganini bayon qilish 10 / 32 “O’tkan kunlar “ uchun ishlangan filmda bosh rollarni mahorat ila o'ynagan aktyorlarning nomlari qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? A) G'ani A'zmov, To'ti Yusupova, Yodgor Sa'diyev B) Yaqub Ahmedov, Dilorom Qambarova, Turg'un Xonto'rayev C) O'lmas Aliho'jayev, Gulchehra Jamilova, Abbos Bakirov D) Erkin Komilov, Ikroma Boltaboyeva, Shukur Burhonov 11 / 32 Hamid olimjonning “Na boʻlgʻay…” deb boshlanuvchi gʻazali qaysi bahrda yozilgan? A) Rajaz B) Hazaj C) Ramal D) Mutaqorib 12 / 32 S. Ahmadning “Qora ko‘z majnun” hikoyasida Bo‘rixon nima sababdan boshqa dinga o‘tib ketadi? A) urushda asir tushib, boshqa dinga o‘tishga majbur boiadi B) armiyada boshidan qattiq jarohatlanib, esini tanimay qoladi, shu sababli qabul qiladi C) xristian diniga kim o‘tsa, katta pul va’da qilingan edi. D) sevgi ko'zini ko‘r qilib qo‘yadi. 13 / 32 Abdulla Oripovning qaysi she'ridagi Ollohga muhabbat tushunchasining ifodasi shoirni o'z salaflari, ya'ni mumtoz o'zbek shoirlarining estetik olami bilan bog'lashga imkon beradi? A) «Yurtim shamoli» B) «Qo'riqxona» C) «Yillar armoni» D) «Birinchi muhabbatim» 14 / 32 Abdulla Oripov «Qo'riqxona» she'rida xudbin va dilozor kimsani nimaga o'xshatgan? A) ochko'z bo'riga B) og'zi qon yirtqichga C) ajdarhoga D) och ayiqqa 15 / 32 «Yurtim shamoli» she'rida turli holat, vaziyat, ko'rsatma, o'zgarish, har xil qayg'u-g'am va shodlik - barcha-barchasi qaysi metafora vositasida ifoda qilinadi? A) «yurt» metaforasi B) «qalb» metaforasi C) «shamol» metaforasi D) «bahor» metaforasi 16 / 32 Abdulla Oripovning qaysi she'rida visolga erishmagan oshiq nolasi, g'aflatda qolib muhabbat tuyg'usiga beparvo bo'lgan lirik qahramonning ichki dard va kechinmalari o'z aksini topgan? A) «Yurtim shamoli» B) «Surat va siyrat» C) «Munojot»ni tinglab» D) «Birinchi muhabbatim» 17 / 32 “Munojat”ni tinglab she’rida shoirga kuy emas, balki kimlar yig‘lavotgandek tuyuladi? A) Qodiriy, Cho'lpon B) Navoiy, Mashrab C) Navoiy, Xayyom D) Qodiriy, Furqat 18 / 32 A. Oripov qaysi she'rining oxirida «Abdullaning boqiy kamolb birikmasini keltirish orqali o'z ma'naviy olamining barkamol bo'lishiga umid qiladi? A) «Munojot» tinglab» B) «Yurtim shamoli» C) «Birinchi muhabbatim» D) «Ayol» 19 / 32 «Qo'riqxona» she'rida shoirning maqsadi nima? A) yo'qolib borayotgan noyob gul turlarini asrashga undash B) insoniy fazilat va qadriyatlarni asrashga undash C) qo'riqxonaning ahamiyatini yoritib berish D) yo'qolib borayotgan hayvonlarni asrashga undash 20 / 32 A Oripovning qaysi she'ri shoirning kuyga, rubob va chalg'uvchiga murojaati uslubida yozilgan? A) «0'zbekiston» she'ri B) «Yurtim shamoli» she'ri C) «Birinchi muhabbatim» she'ri D) «Munojot»ni tinglab» she'ri 21 / 32 Abdulla Oripov «Qo'riqxona» she'rida ezgulik nima kabi kamyob bo'lib ketmasligini istaydi? A) Qor odam kabi B) zavol topgan ayiq kabi C) tojdor turna kabi D) otashga duch kelgan polopon kabi 22 / 32 «Yurtim shamoli» she'rida hayot va inson nimalarga qiyoslanadi? A) Hayot «gulshan vodiy»ga, inson esa «shamol»ga qiyoslanadi. B) Hayot «shamol»ga, inson esa «xas»ga qiyoslanadi. C) Hayot «Karbalo dashti»ga, inson esa «Majnun»ga qiyoslanadi. D) Hayot «yo'l»ga, inson esa «yildirim»ga qiyoslanadi. 23 / 32 Abdulla Oripov qaysi she'rida vijdon, «ezgu, latif hislar» ham himoyaga muhtojligiga urg'u beradi? A) «Birinchi muhabbatim» B) «Yurtim shamoli» C) «Ayol» D) «Qo'riqxona» 24 / 32 «Yurtim shamoli» she'ridagi asosiy obraz qaysi? A) yurt B) bahor C) shamol D) ko'ngil 25 / 32 A. Oripov «Ко'rgаn-bilganlarim» nomli avtobiografik maqolasida o'zi tug'ilgan qishloq nomini qanday ataydi va uning qadimiy o'zbek urug'larining bir shoxobchasi bo'lishi mumkinligini ham ta'kidlaydi? A) Qo'ng'irtov B) Asht C) Neko'z D) Nasaf 26 / 32 Abdulla Oripov «Qo'riqxona» she'rida «уаgопа zaminni asraganday» nimani hamma narsadan ortiq asrash kerakligini uqtiradi? A) oqibatni B) insofni C) vijdonni D) hayoni 27 / 32 Abdulla Oripov qaysi she'rida «Sen beshik emassan, dorsan, tabiat, Sen ona emassan, jallodsan, dunyo!» xulosasiga keladi? A) «Qo'riqxona» B) «Birinchi muhabbatim» C) «0'zbekiston» D) «Munojot»ni tinglab» 28 / 32 Abdulla Oripov «Qo'riqxona» she'rida oqibat go'yo nimaga o'xshab zavol topmasligini istaydi? A) ayiqqa B) Orol dengiziga C) Qor odamga D) tojdor turnaga 29 / 32 A. Oripovning qaysi she'rida inson umr yo'llarida noo'rin paydo bo'lgan «shamol» - tuhmat yo bo'hton - uning hayotini izdan chiqarishi tasvirlanadi? A) «Ayol» B) «Munojot» tinglab» C) «Yurtim shamoli» D) «Birinchi muhabbatim» 30 / 32 Abdulla Oripovning qaysi she'rida dunyoning sirliligi, «tuynuksiz qasr»ligi ifodalanadi? A) «Qalb» B) «Yillar armoni» C) «Birinchi muhabbatim» D) «Munojot»ni tinglab» 31 / 32 «Yurtim shamoli» she'rida insonning dunyoga kelishi va ketishi qaysi obraz orqali ifodalanadi? A) yomg'ir B) shamol C) bulut D) quyosh 32 / 32 «Yurtim shamoli» she’rida qaysi dasht nomi keltirilgan? A) Karbalo B) Qizilqum C) Sahroyi kabir D) Qoraqum 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz